Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.07.2021 y. 425-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari hamda Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.07.2021 y.

N 425




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING MOLIYa-IQTISODIYoT VA

KAMBAALLIKNI QISQARTIRISh MASALALARI

BOʻYIChA OʻRINBOSARI - OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIY TARAQQIYoT VA KAMBAALLIKNI

QISQARTIRISh VAZIRINING FUNKSIONAL

VAZIFALARI HAMDA MAKROIQTISODIY TAHLIL,

TARKIBIY OʻZGARTIRIShLAR, MOLIYa-BANK TIZIMI,

DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh, RAQOBATNI

RIVOJLANTIRISh, TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-

QUVVATLASh VA KAMBAALLIKNI QISQARTIRISh

MASALALARI KOTIBIYaTI TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov oʻn kun muddatda Kotibiyat rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari hamda Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambaallikni qisqartirish masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2020 yil 23 apreldagi 249-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 iyul