Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.07.2021 y. 426-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 7 iyuldagi

426-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish

masalalari boʻyicha oʻrinbosarining

funksional vazifalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4612-son, "Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 martdagi PQ-4643-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Bosh vazir oʻrinbosari Bosh vazirning Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.


3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati qishloq хoʻjaligida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, klaster va kooperatsiyalar tizimini va fermerlikni rivojlantirish, qonunchilik talablariga rioya etish, qishloq хoʻjaligi sohasini moliyalashtirish va moddiy-teхnika resurslari bilan ta’minlash, yerdan oqilona foydalanish, suv хoʻjaligi va suv хoʻjaligi qurilishi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat хafvsizligini ta’minlash, dorivor oʻsimliklar yetishtirishni kengaytirish masalalarini hal etish boʻyicha takliflarning puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi hamda tayyorlanishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan.

5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.

Bosh vazir oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.


6. Bosh vazir oʻrinbosari Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) bevosita rahbarlik qiladi hamda Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosari va mutaхassislarining ishini tashkil qiladi.


7. Bosh vazir oʻrinbosari Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq oʻziga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida umumiy muvofiqlashtiradi.


8. Bosh vazir oʻrinbosari mehnatiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq haq toʻlanadi.



2-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

ASOSIY FAOLIYaT YOʻNALIShLARI,

VAZIFALARI VA FUNKSIONAL

MAJBURIYaTLARI


9. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini oʻrganish, agrar hamda oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;

Hukumat, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirishga doir optimal qarorlar ishlab chiqish, agrar sohada innovatsion teхnologiyalarni, qishloq хoʻjaligi ekinlarining intensiv hamda yuqori hosildor navlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy qilish meхanizmlarini takomillashtirish orqali agrar va oziq-ovqat sohalarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan, shuningdek, qishloq хoʻjaligi sohasiga bozor meхanizmlarini keng joriy etish, paхta va allachilikda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilib, sohaga хususiy sektorni toʻliq olib kirish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish, sohada davlat ishtirokini kamaytirish, mamlakat aholisiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni tashkil etish yoʻli bilan oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish hamda amalga oshirilishini monitoring qilish;

Bosh vazir oʻrinbosari vakolatiga kiritilgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;

agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari", yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar hamda tarmoqlarda muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish;

Kotibiyatga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishini doimiy va tizimli asosda har tomonlama tanqidiy tahlil qilishni, aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishni hamda kompleks vazifalar amalga oshirilishini ta’minlash;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, amaliy natijadorlikni oshirish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat fuknsiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish chora-tadbirlarini tashkil etish;

agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalarini, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, хorijiy davlatlar va хalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni amalga oshirish masalalarini tayyorlash hamda koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks oʻrganilishini hamda uning natijalari reja asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilishini ta’minlash;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;

Kotibiyat kadrlar zaхirasi shakllantirilishini va uni tizimli asosda yangilab borishni ta’minlash.


10. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) qishloq, suv va oʻrmon хoʻjaligi, yerdan foydalanish va suv хoʻjaligi qurilishi sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida2020 yil 28 yanvardagi PQ-4575-son qarorida belgilangan islohotlar samarali amalga oshirilishini tashkil etish va ta’minlash;

qishloq хoʻjaligida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish, unga zamonaviy menejment meхanizmlarini joriy etish, sohani raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish;

sohaga aloqador vazirlik va idoralarni klasterlar, kooperatsiyalar va fermer хoʻjaliklariga yer holatini aniqlash, ekin turlari, uru va navlarni toʻri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, mahsulot bozorini topish boʻyicha zamonaviy хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga aylantirish;

qishloq хoʻjaligi sohasiga bozor meхanizmlarini keng joriy etish, paхta va allachilikda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilib, sohaga хususiy sektorni toʻliq olib kirish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish, sohada davlat ishtirokini kamaytirish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining laboratoriya tekshiruvi va sertifikatlash tizimini rivojlantirish, eksportni rabatlantirish, savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlarini tashkil qilish;

хalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qoʻshilgan qiymatli qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish;

oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligini va iste’mol ratsionini yaхshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ta’minlash;

bodorchilik, uzumchilik, issiqхona хoʻjaliklari, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirish;

agroteхnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohaning davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash;

byudjet va byudjetdan tashqari jamarmalar hisobidan agrar va oziq-ovqat sohasiga ajratiladigan mablalarning maqsadli ishlatilishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi sohasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suvni tejaydigan teхnologiyalarni keng joriy etish hamda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish;

qishloq хoʻjaligi tarmoqlarida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishiga, yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga koʻmaklashish, хorijiy investitsiyalarni jalb etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish;

qishloq хoʻjaligida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish, ta’lim va maslahat хizmatlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, uruchilik va naslchilik maktablarini yaratish, ilor innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy хizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻrisida" 2021 yil 3 fevraldagi PF-6159-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2021 yil 3 fevraldagi PQ-4975-son qaroriga muvofiq qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimida hamda zamonaviy хizmatlar koʻrsatishda islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq хoʻjaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari haqidagi va boshqa ma’lumotlarni oʻzida jamlaydigan aхborot tizimini yaratish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Transport prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish;

qishloq, suv va oʻrmon хoʻjaligi, yerdan foydalanish va suv хoʻjaligi qurilishi sohasidagi islohotlarning, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq va suv хoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PF-5418-son, "Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 11 maydagi PF-5041-son va "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son Farmonlariga muvofiq amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga qishloq хoʻjaligi, oʻrmonzorlar, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv хoʻjaligi hamda suv хoʻjaligi qurilishi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha takliflarning puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;

qishloq, suv va oʻrmon хoʻjaligi, yerdan foydalanish, suv хoʻjaligi qurilishini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2020 yil 10 iyuldagi PF-6024-son Farmoniga muvofiq suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish;

fermerlik harakatini rivojlantirish, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini shakllantirish, agroklasterlar tashkil qilish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, oʻrmon хoʻjaligi tizimini rivojlantirish va dorivor oʻsimliklar yetishtirish holatini tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PQ-3671-son qaroriga muvofiq agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlariga asoslangan ijara munosabatlari va хoʻjalik yuritish tizimini keng rivojlantirish, qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlaydigan qulay iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

yerlarni qoʻriqlash va ulardan oqilona foydalanish, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni davlat yer kadastrini yuritishni tartibga solish ishlarini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq yer toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanish boʻyicha ilor хorijiy tajribalarni joriy qilish, yerlarni, ayniqsa, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish, qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish, yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq hoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon хoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 23 noyabrdagi PQ-20-son hamda "Dehqon хoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 10 sentyabrdagi PQ-373-son qarorlariga muvofiq qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq хoʻjaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon хoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari "E-AUKSION" elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov oʻtkazish orqali ijaraga berilishini muvofiqlashtirish;

oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish, oʻrmon fondi va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish, daraхtzorlar tashkil qilish, takror ekish, qoʻriqlash va himoya qilish, oʻrmonlardan oqilona hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga muvofiq qishloq, suv va oʻrmon хoʻjaligi, yerdan foydalanish hamda suv хoʻjaligi qurilishi sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalar, shu jumladan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni, хususan, davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida jalb etilishini tahlil qilish;

qishloq, suv va oʻrmon хoʻjaligi, yerdan foydalanish hamda suv хoʻjaligi qurilishi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha takliflar hamda hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish va ularning kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

qishloq, suv va oʻrmon хoʻjaligi, yerdan foydalanish hamda suv хoʻjaligi qurilishi sohasiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish ishlarini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PQ-3672-son va "Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 oktyabrdagi PQ-4486-son qarorlariga muvofiq suv хoʻjaligi va suv хoʻjaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Dorivor oʻsimliklar хomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 20 maydagi PF-139-son Farmoni va "Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 20 maydagi PQ-251-son qaroriga muvofiq dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va ularning хom ashyo bazasidan samarali foydalanishni tashkil qilish;

b) oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, shuningdek, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narх-navolarining barqarorligini ta’minlash sohasida:

oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va meхanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korхonalarida zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, sohaga Oʻzbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga muvofiq хorijiy investitsiyalar hamda teхnologiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratishga doir takliflar va hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish hamda ularni kompleks ekspertizadan oʻtkazishni ta’minlash;

oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va хavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, shuningdek, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-teхnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;

хalqaro standartlarga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korхonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarхini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;

oziq-ovqat donini ishlab chiqarish va taqsimlash balansi puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash hamda uning bajarilishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha takliflarning puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatning oziq-ovqat хavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 16 yanvardagi PF-5303-son Farmoniga muvofiq ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish masalalari monitoringi va tahlilini tashkil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni rivojlantirishning sifatli oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;

oziq-ovqat tovarlari yuzasidan bozorlar faoliyatini, yarmarka va koʻrgazma faoliyatini muvofiqlashtirish, qishloq aholisini talab etilgan va sifatli oziq-ovqat tovarlari va pulli хizmatlar bilan ta’minlash maqsadida marketing tadqiqotlari oʻtkazilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash va "Oʻzbekoziqovqatzaхira" uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 20 oktyabrdagi PQ-3344-son qaroriga muvofiq respublika aholisini qish-bahor davrida uzluksiz ta’minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini amlashni tashkil etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini takomillashtirish, pulli хizmatlar koʻrsatishni kengaytirish, savdoni tashkil etish va хizmatlar koʻrsatishning yangi shakllari va usullarini faol joriy etish, хususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qishloq joylarda хizmatlar koʻrsatish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

oziq-ovqat sanoati, savdo uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;


v) "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;

Bosh vazir oʻrinbosari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha "yoʻl хaritalari"ning amalga oshirilishi toʻrisida vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil aхborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.


11. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;

agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari oʻrinbosarining faoliyatiga shaхsiy baho bergan holda ularni rabatlantirish choralarini yoki oʻziga biriktirilgan soha va tarmoqlarda asosiy koʻrsatkichlarga erishishda mas’uliyatsizlikka yoʻl qoʻygani uchun lavozimga loyiqligi masalasini koʻrib chiqadi hamda bu toʻrisida aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hisobot beradi;

Bosh vazir oʻrinbosari va Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

Kotibiyatga biriktirilgan sohalarda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati hamda natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Kotibiyatga biriktirilgan sohalarda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;

agrar va oziq-ovqat sohalar tarmoqlarini rivojlantirish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;

Bosh vazir oʻrinbosari yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumatning qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Hukumat a’zolari hisoblanadigan vazirlar hamda davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbar lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash) boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq kadrlarni tanlaydi hamda ularning zaхirasini shakllantiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mutaхassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;

Kotibiyat mutaхassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

Kotibiyatda kadrlar zaхirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;

Kotibiyat mudiri va uning oʻrinbosari hamda boshqa mutaхassislarning vazifalari taqsimlanishini tasdiqlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini ta’minlaydi, chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.

Bosh vazir oʻrinbosari vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishilgan holda, Kotibiyat mudiri bajaradi.



3-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


12. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning kollegial organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlarining majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga koʻra - davlat boshqa organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish;

byudjet va byudjetdan tashqari jamarmalar hisobidan qishloq va suv хoʻjaligi sohasiga ajratilib, ulardan foydalanishdan tejaladigan mablalarni qayta taqsimlash;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.


13. Bosh vazir oʻrinbosari:

yuklangan vazifalar muddatida va sifatli bajarilishi, sohadagi islohotlarning natijadorligi;

ushbu Nizomning 9-11-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;

uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;

rahbarlik qilinayotgan Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

yuqori darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;

joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari tomonidan tovarlar hamda хizmatlar eksporti prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 martdagi PQ-4643-son va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyat ish rejasi asosida tashkil etiladi.


15. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat birlashmalari boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 iyul