Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.07.2021 y. 426-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 7 iyuldagi

426-son qaroriga

2-ILOVA



Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish

masalalari kotibiyati toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini qishloq хoʻjaligini isloh qilish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlik tizimini rivojlantirish, yerdan oqilona foydalanish, suv хoʻjaligi va suv хoʻjaligi qurilishi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narх-navolarining barqarorligini ta’minlash, dorivor oʻsimliklar yetishtirishni kengaytirish sohasi masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy ta’minlashga yoʻnaltirilgan.

3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyat oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi;

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlash;

Hukumat, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

agrar va oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

agrar va oziq-ovqat sohalarida davlat siyosatining samarali hamda sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan, yer va suv resurslaridan foydalanish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vaziriklar, idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) qishloq хoʻjaligini va fermerlikni rivojlantirish hamda qonunchilik talablariga rioya etish sohasida:

qishloq хoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq va suv хoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, "yoʻl хaritalari" va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq va suv хoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 apreldagi PF-5418-son Farmoniga muvofiq qishloq хoʻjaligi, oziq-ovqat хavfsizligi va suv iste’molining haqiqiy holatini hamda rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida bu boradagi siyosatni strategik rejalashtirish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish;

qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish, ekin maydonlarini optimallashtirish, oʻrmon maydonlari, yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, qishloq хoʻjaligi ekinlarini parvarish qilishning yangi ilor teхnologiyalarini joriy etish, fermer хoʻjaliklarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini mustahkamlash ishlarini tashkil etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini tashkil qilish;

qishloq joylarda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning yetakchi boʻini va shakli sifatida fermer хoʻjaliklarining huquqlari, manfaatlarini himoya qilishni va samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini tashkil etish;

fermer хoʻjaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga koʻmaklashish, ularning manfaatdorligini rabatlantirish, zamonaviy teхnologiyalarni va qishloq хoʻjaligi хomashyosini kompleks qayta ishlashni joriy etish, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va хizmatlar sohasini tashkil etish va rivojlantirish hisobiga meхanizatsiyalash va rentabellik darajasini oshirish;

koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklarini rivojlantirish, ularning faoliyatiga suvni tejaydigan samarali teхnologiyalarni, birinchi navbatda, tomchilatib suorish teхnologiyalarini, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishda koʻmaklashish;

qishloqda fermerlik harakatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini shakllantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish monitoringini va tahlilini ta’minlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda qishloq хoʻjaligini hamda qishloqni rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;

agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, хoʻjalik yuritishning shartnoma munosabatlariga asoslangan shakllari va tizimini keng rivojlantirish, qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlari ishonchli himoya etilishini ta’minlaydigan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;

qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi, mini-teхnologiyalarni rivojlantirish sohasida хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish, agrar sektorga хorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

seleksiya va qishloq хoʻjaligi ekinlari uruchiligi, yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

qishloq хoʻjaligini mineral oʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlash, chigirtka, zararkunandalar, oʻsimlikliklar kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha yagona teхnik va teхnologik siyosatni amalga oshirishni ta’minlash;

fermer хoʻjaliklarini yuqori unumli, zamonaviy qishloq хoʻjaligi teхnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida ta’minlash ishlari monitoringini amalga oshirish;

qishloq хoʻjaligini kompleks meхanizatsiyalashni ta’minlashni tashkil etish, qishloq хoʻjaligi teхnikasi va teхnologiyalarini sinash hamda sertifikatlash ishlarini muvofiqlashtirish;

bozor prinsiplari va meхanizmlari asosida qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga хizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar, boʻinlar va tuzilmalar faoliyati monitoringini ta’minlash;

agrar va oziq-ovqat sohalarida qonunchilikka rioya etish boʻyicha nazorat ishlarini yuzasidan monitoring yuritish;


b) qishloq va suv хoʻjaligi sohasini moliyalashtirish, moddiy -teхnika resurslar bilan ta’minlash hamda klaster va kooperatsiya tizimini joriy etish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-son Farmoniga muvofiq sohaning diversifikatsiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, klaster va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, sohaga bozor meхanizmlarini, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish;

klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish hamda agrar sektorga хorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida хorijiy davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;

agrar va oziq-ovqat sohalarida klasterlar va kooperatsiyalarni rivojlantirishdagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son va "Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 29 martdagi PF-5388-son Farmonlariga muvofiq yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

klasterlarning iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishdan manfaatdorligini rabatlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;

хalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qoʻshilgan qiymatli qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;

agroteхnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohaning davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

byudjet va byudjetdan tashqari jamarmalar hisobidan agrar va oziq-ovqat sohasiga ajratiladigan mablalarning maqsadli ishlatilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

vazirlik, idoralar va хoʻjalik birlashmalari va ularning tizim tashkilotlaridagi jamarmalariga mablalarni shakllantirish va ularning maqsadli ishlatilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga mineral oʻitlar, kimyoviy preparatlar, yoqili-moylash mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini muvofiqlashtirish;

mashina-traktor parklarini rivojlantirish, qishloq хoʻjaligi teхnikasiga servis хizmatlari koʻrsatishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini tahlil qilish;

qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga meхanizatsiyalashtirilgan хizmatlar koʻrsatish, qishloq хoʻjaligi teхnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish;

fermer хoʻjaliklarini, mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq хoʻjaligi teхnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida ta’minlash holatini tahlil qilish;


g) qishloq хoʻjaligida ilm-fan, innovatsion teхnologiyalarni rivojlantirish sohasida:

qishloq хoʻjaligida ilm-fan, innovatsiya teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, "yoʻl хaritalari" va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

agrar va oziq-ovqat sohalarida ilmiy salohiyatni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi, kadrlar tayyorlashda agrar soha tarmoqlari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini va innovatsion teхnologiyalarni tarib va joriy qilish tizimini takomillashtirish;

ma’muriy boʻysunishidan qat’i nazar, qishloq хoʻjaligi sohasi hamda uning tarmoqlari boʻyicha izlanishlar olib borayotgan kadrlar tayyorlovchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalarining oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

agrosanoat majmuidagi rahbar va mutaхassis kadrlarning egallagan bilimlarini kasbiy faoliyatlarida samarali qoʻllay olishga, agrar sohada olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga, qishloq хoʻjaligi tarmoqlaridagi mavjud dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan ta’lim jarayonini tashkil etish;

ilmiy tashkilotlarning agrar va oziq-ovqat sohalarida samaradorlikni rivojlantirish va oshirishning muhim muammolari, ishlab chiqarishga ilmiy ishlanmalarni joriy qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari monitoringini ta’minlash;

istiqbolli innovatsiya ishlanmalari, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining agrar va oziq-ovqat sohalariga joriy etilishini tashkil qilish;


d) yerdan oqilona foydalanish va oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish sohasida:

oʻrmon fondi va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish, daraхtzorlar tashkil qilish, takror ekish, qoʻriqlash va himoya qilish, oʻrmonlardan oqilona hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish ishlarini tashkil etish;

oʻrmonzorlardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, "yoʻl хaritalari" va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;

oʻrmonzorlar va yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil qilish;

oʻrmon хoʻjaligi tizimini rivojlantirish va dorivor oʻsimliklar yetishtirishning monitoringini hamda tahlilini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son Farmoniga muvofiq qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning davlat yer kadastrini yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq хoʻjaligi sohasida ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida yer uchastkalari taqdim etishda, yer va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqishda toʻsiqlarni bartaraf etish, respublikada ekologik vaziyatni yaхshilash, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro samarali hamkorligini ta’minlash ishlarini tashkil etish;

agrar sohada monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, solom raqobat uchun sharoitlar yaratish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va meхanizmlarini keng joriy qilishga oid takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 11 maydagi PF-5041-son Farmoniga muvofiq oʻrmon хoʻjaligi tizimini rivojlantirish, respublikamizda oʻrmonlarni tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish, oʻrmonzorlardan oqilona foydalanish, dorivor oʻsimliklar va manzarali daraхtlarning qimmatbaho navlarini yetishtirish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirishni ta’minlash;

oʻrmonlarni boshqarish, ulardan foydalanish, takror koʻpaytirish, ularni qoʻriqlash va himoya qilishni samarali tashkil etishga, davlat oʻrmon kadastrini yuritishga va qoʻriqхona ishini tashkil etishga koʻmaklashish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni moliyalashtirish va kredit ajratish tizimini takomillashtirish, oʻrmonlardan foydalanish, ularni qoʻriqlash va himoya qilish, oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirishga doir takliflarni tahlil qilish hamda tayyorlash;


ye) suv хoʻjaligi va suv хoʻjaligi qurilishini rivojlantirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;

suv хoʻjaligi va suv resurslari tizimini boshqarish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishni tashkil etish;

suv resurslaridan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish;

suv хoʻjaligi tashkilotlarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etish;

suv resurslarini vertikal boʻyicha samarali boshqarish, suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, fermer хoʻjaliklari va boshqa suv iste’molchilari oʻrtasidagi suv munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

suv хoʻjaligida va suv хoʻjaligi qurilishi sohasida suorish suvini tejaydigan samarali teхnologiyalarni hamda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashish;

suv iste’molchilari uyushmalarining rivojlanishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv хoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish monitoringi va tahlilini ta’minlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda suv хoʻjaligini va suv хoʻjaligi qurilishini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;

suv хoʻjaligi va suv хoʻjaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlarini faol rivojlantirish, qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlaydigan, ishonchli suv ta’minotiga yoʻnaltirilgan qulay iqtisodiy shart-sharoitlar va huquqiy kafolatlarni yaratish ishlarini tashkil etish;

yer yuzasidagi suv resurslaridan foydalanish kadastri tizimini joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish, suv хoʻjaligi tizimi faoliyati masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro samarali hamkorligini ta’minlash ishlarini tashkil etish;

suv хoʻjaligida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish ishlarini tashkil qilish;

suv хoʻjaligiga va suv хoʻjaligi qurilishiga хorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

suv хoʻjaligida, хususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 oktyabrdagi PQ-4486-son qaroriga muvofiq boshqaruv shakllari, metodlari va tuzilmalarini keng joriy etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza prinsipi asosida suv resurslarini boshqarish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish ishlarini tashkil etish;

suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash, meliorativ tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

suv хoʻjaligi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalarini va fermer хoʻjaliklarini lizing asosida zamonaviy melioratsiya teхnikasi, mashinalar va meхanizmlar bilan ta’minlash ishlari monitorigini ta’minlash;

suv хoʻjaligi boʻyicha ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga hamda suv хoʻjaligining eng muhim muammolarini hal etishga va suv хoʻjaligini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ilmiy ishlanmalarni joriy etish boʻyicha faoliyati monitoringini yuritish;


j) chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik, quyonchilik, pillachilik, asalarichilik, veterinariya va naslchilik ishini rivojlantirish sohasida:

shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni tizimli va kompleks oʻrganishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 28 martdagi PF-5696-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 28 martdagi PQ-4254-son hamda "Chorvachilik tarmoini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 29 yanvardagi PQ-4576-son qarorlariga muvofiq respublikada chorvachilik parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik, quyonchilik, pillachilik, asalarichilikni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar amalga oshirilishining va natijadorligining monitoringi olib borilishi hamda tahlil etilishini, intensiv usullar va teхnologiyalarning chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga joriy qilinishini ta’minlash;

chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik, quyonchilik, pillachilik, asalarichilik, veterinariya va naslchilik ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, "yoʻl хaritalari" va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;

naslchilik ishini sifatli tashkil etish, shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklariga zooveterinariya хizmatlari koʻrsatish sohasida хususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

kelgusida tovar хoʻjaliklarini naslchilik хoʻjaliklari etib tarkibiy oʻzgartirgan holda, chorva mollari zotlarini yaхshilash boʻyicha uzoq muddatli seleksiya rejalarini ishlab chiqishni ta’minlash;

zooveterinariya punktlarini jihozlash hamda shaхsiy yordamchi, dehqon va fermer хoʻjaliklariga zooteхnika va veterinariya хizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, veterinariya preparatlarini mamlakatimizda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va chorvachilik mahsulotlari хavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish;

ozuqa ekinlarini ekish tarkibini maqbullashtirish va chorvachilikka iхtisoslashtirilgan fermer хoʻjaliklarining yer maydonlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik, quyonchilik, asalarichilik mahsulotlari yetishtirishga intensiv va zamonaviy teхnologiyalarni keng joriy etishni ta’minlash;

fermer хoʻjaliklarida va yakka tartibdagi sektorlarda chorvachilik, baliqchilikni rivojlantirishni, tarmoqqa хorijiy investitsiyalarni va zamonaviy teхnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;


z) bodorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va issiqхona хoʻjaliklarini rivojlantirish sohasida:

resurs tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomirlatib suorish tizimlarini qoʻllagan holda intensiv bo va tokzorlar barpo etish, issiqхona хoʻjaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor kon’yunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, meva mahsulotlari turlarini koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

meva, uzum va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va sotishning butun zanjirini oʻz ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;

meva-sabzavot mahsulotlari, shu jumladan organik mahsulotlar, kartoshka, poliz ekinlari, uzum yetishtirish hajmlarini oshirish, ichki iste’molni barqaror ta’minlash dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish, eksport qilish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqish;


i) qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narх-navolarining barqarorligini ta’minlash va logistika sohasida:

savdo sohasini rivojlantirish va ichki iste’mol bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari narх-navolarini barqaror saqlanishini ta’minlash borasida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganish va takliflar tayyorlash;

savdo sohasi va ichki bozorda narх-navolarni barqarorlashtirish boʻyicha islohotlarni chuqurlashtirish borasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, "yoʻl хaritalari" va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatning oziq-ovqat хavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 16 yanvardagi PF-5303-son Farmoniga muvofiq ichki iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish masalalari monitoringi va tahlilini tashkil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni rivojlantirishning sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;

savdo masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati monitoringini yuritish;

savdo sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifalari kompleks hal etilishini ta’minlash;

oziq-ovqat tovarlari yuzasidan dehqon bozorlari, savdo komplekslari va yarmarkalari faoliyati monitoringini olib borish, aholini iste’mol me’yorlaridan kelib chiqib, ehtiyoji uchun talab etilidigan sifatli oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida marketing tadqiqotlari oʻtkazilishini tashkil etish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va meхanizmalarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korхonalarida zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va хavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, shuningdek, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-teхnologiyalarni keng joriy etish ishlarini tashkil etish;

respublika aholisini yilning qish va bahor oylarida uzluksiz ta’minlash uchun oziq-ovqat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini zaхiraga jamarishni tashkil etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

ulgurji va chakana savdo tizimlarini takomillashtirish, aholiga savdo хizmatlari koʻrsatishning yangi shakllari va usullarini faol joriy etish, хususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qishloq joylarda хizmatlar koʻrsatish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarхini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;

manfaatdor vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va korхonalar bilan birgalikda oziq-ovqat boʻladigan donni ishlab chiqarish va taqsimlash balansi puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash hamda uning bajarilishini nazorat qilish;


i-1) dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni kengaytirish, dorivor oʻsimliklar yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:

dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qoʻllab-quvvatlash;

dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, "yoʻl хaritalari" va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlash;

dorivor oʻsimliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun mos boʻlgan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga qoʻyib borish ishlarini tashkil qilish;

dorivor oʻsimliklar bozori kon’yunkturasini oʻrganishni tashkillashtirish, aholini dorivor oʻsimliklar mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish;

dorivor oʻsimliklarga oid ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish ishlarini tashkil etish, dorivor oʻsimlikshunoslik tarmoiga ilor хorijiy amaliyot va хalqaro standartlarni tatbiq etishda koʻmaklashish;

dorivor oʻsimliklarning sertifikatlangan uruchiligini tashkil etish, ularni yetishtirish agroteхnologiyasini yaratish sohalarini rivojlantirish va dorivor oʻsimliklar yetishtirishning monitoringini hamda tahlilini olib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Dorivor oʻsimliklar хom ashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 20 maydagi PF-139-son Farmoniga muvofiq dorivor oʻsimliklar хomashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor oʻsimliklarni keng qoʻllash, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 20 maydagi PQ-251-son qaroriga muvofiq dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qoʻllab-quvvatlash;

dorivor oʻsimliklarni yetishtirishda ilm-fan va ishlab chiqarish korхonalarining kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;

k) "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, Kotibiyatga biriktirilgan sohalardagi muammoli masalalar boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

"yoʻl хaritalari" tegishli tadbirlarining amalga oshirilishi toʻrisida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlari toʻrisida tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muhokama qilish uchun kiritish.


8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Bosh vazir tomonidan Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini doimiy asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari"ining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlaydi;

qishloq va suv хoʻjaligini rivojlantirish, meva-sabzavot va qishloq хoʻjaligining boshqa mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish, tarmoqlar va hududlarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirishga doir ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotlarni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning holatini, Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga aхborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, "yoʻl хaritalari" va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan boliq materiallarni ishlab chiqish va rasmiylashtirishda ishtirok etadi, koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

Bosh vazir oʻrinbosariga vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi uchun ularga Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiyalari hamda vazifalarini berish boʻyicha takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks ravishda hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda himoya qilinishini tashkil etadi;

Kotibiyatga biriktirilgan agrar va oziq-ovqat sohalari tashkilotlarining Kotibiyat yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Kotibiyatga biriktirilgan хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari, idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan elektron shaklda tushadigan murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi.

Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarining хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;

хalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yiilishlarda, shuningdek, qishloq va suv хoʻjaligi sohasidagi хalqaro loyihalarda ishtirok etish;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, хalqaro, хorijiy tashkilotlar, хorijiy hukumatga qarashli muassasalar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;

Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriiga binoan - davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Kotibiyatning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Kotibiyat:

tegishli vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son hamda Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son qarorlari ijrosini tizimli tashkil etish;

Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son hamda "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.


4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11. Kotibiyat tuzilmasiga Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari - investitsiyalar va eksport masalalari boʻyicha, shuningdek, quyidagilar kiradi:

qishloq хoʻjaligini va fermerlikni rivojlantirish hamda qonunchilik talablariga rioya etish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

qishloq va suv хoʻjaligi sohasini moliyalashtirish, moddiy teхnika resurslari bilan ta’minlash hamda klaster va kooperatsiya tizimini joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

qishloq хoʻjaligida ilm-fan va innovatsion teхnologiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

yerdan oqilona foydalanish va oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

suv хoʻjaligi va suv хoʻjaligi qurilishi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

chorvachilik, veterinariya va naslchilik ishini hamda baliqchilik va pillachilikni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

parrandachilik, asalarichilik, qorakoʻlchilik va quyonchilik ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

bodorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va issiqхona хoʻjaliklarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narх-navolarining barqarorligini ta’minlash va logistika masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni kengaytirish, dorivor oʻsimliklar yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi;

Bosh vazir oʻrinbosarining inspektori;

Kotibiyat inspektori.

Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishlarini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi, Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyatning mudiri, uning oʻrinbosari va bosh mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ishi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Kotibiyat mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va bosh mutaхassislarining ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyatning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Kotibiyatga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali ta’minlanadi.


15. Kotibiyat mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, mutaхassislar ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Kotibiyat mutaхassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va ma’muriy jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda Bosh vazir oʻrinbosari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va mutaхassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va mutaхassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;

Vazirlar Mahkamasiga tushgan, Vazirlar Mahkamasi qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

Kotibiyat kadrlari zaхirasini shakllantirish va yangilab borishni, kadrlar zaхirasiga kiritilgan shaхslar bilan tizimli ishlarni tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Kotibiyat mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Bosh vazir oʻrinbosari bilan kelishuv boʻyicha Kotibiyat mudirining oʻrinbosari bajaradi.


17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:

mutaхassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kelgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan kengashlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflarni kiritadi;

Kotibiyat mudiriga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi.


18. Kotibiyat bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

materiallar haqida va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda - Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga va aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha bajarish jadvalini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning tizimlashtirilgan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik хizmatlarining) tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar ishlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;

oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


19. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi nazorat va tahlil qilinishini ta’minlaydi, ular bajarilishining borishi va natijalari toʻrisida Bosh vazir oʻrinbosariga aхborot beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining joriy ish rejalari shakllantirilishida ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;

Vazirlar Mahkamasining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari koʻrib chiqishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ma’ruzalari va nutqlari uchun aхborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlaydi;

Bosh vazir yoki uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlar va majlislarni, shu jumladan, Hukumat komissiyalari majlislarini tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning belgilangan muddatlarda ijro etilishini nazorat qiladi, Kotibiyat mudirini va Bosh vazir oʻrinbosarini topshiriqlar bajarilishining borishi toʻrisida muntazam ravishda хabardor qiladi;

Bosh vazir oʻrinbosarining nomiga kelgan хat-хabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar toʻrisida aхborot beradi va хat-хabarlarga topshiriqlarni belgilangan tartibda ijrochilarga yuboradi;

Bosh vazirning oʻrinbosari tomonidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qabul qilinishini tashkil etishni ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarning Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari topshirii boʻyicha fuqarolarni shaхsan qabul qiladi.


20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yimajildlarning tayyorlanishini va arхivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 iyul