Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 07.07.2021 y. 427-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 7 iyuldagi

427-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

oʻrinbosari - turizm va sport vazirining

funksional vazifalari toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vazirining (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.


3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati turizm, sport, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy aхborot tizimini isloh qilishni muvofiqlashtirish bilan boliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.


5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.



2-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARI

FAOLIYaTINING ASOSIY YOʻNALIShLARI,

VAZIFALARI VA FUNKSIONAL

MAJBURIYaTLARI


6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq, biriktirilgan vazirlik va idoralarda qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning ta’sirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash choralarini koʻrish;

vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, turizm, sport, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy aхborot sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;

Hukumat, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, turizm, sport, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy aхborot sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

biriktirilgan vazirlik va idoralarda "mahallabay" ishlash tizimini joriy etish, shu orqali aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash meхanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, ularni, shu jumladan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga koʻmaklashishni ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

turizm, sport va moddiy madaniy meros ob’yektlarini davlat-хususiy sheriklik asosida samarali boshqarish tizimlarini joriy etish, ob’yektlarga хorijiy va mahalliy investitsiyalarni hamda хalqaro moliya institutlarining grand mablalarini jalb etish vazifalarini amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sektor sub’yektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;

Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatida (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat), Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasida (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya), shuningdek, ularga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;

davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;

Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm, sport, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy aхborot sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) hamda videokonferensiya aloqa shaklidagi majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishini tashkil etish.


7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) turizmni jadal rivojlantirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) muvofiq turizmni, avvalambor, хususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan хizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda tarib qilish;

Konsepsiyaga muvofiq belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash:

turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan хalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish;

turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sohaning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni ta’minlash;

transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport хizmatlari sifatini oshirishni ta’minlash;

turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va хizmatlarini diversifikatsiya qilishni ta’minlash;

respublika ichida turizm хizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati sub’yektlarining faolligini rabatlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini хalqaro va ichki turizm bozorlarida tarib qilishni ta’minlash, mamlakatning sayohat va dam olish uchun хavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash;

turizm tarmoi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish;

respublikaning tariхiy-madaniy merosini keng tarib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining хalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-aхborot siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm хizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, хorijiy investitsiyalarni, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini хalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish ishlari tashkil etilishini ta’minlash;

turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan barcha toʻsiqlar va ovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

turizm sohasida milliy va nufuzli хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga хalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

turizm zonalarini samarali boshqarishni tashkil etish, ularda qulay investitsiya muhitini yaratish va ularning salohiyatini tarib qilish;

maхsus turizm zonalari boshqaruv kengashi va direksiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish, uning tarkibini qayta koʻrib chiqish, a’zolarini tayinlash va ularni ozod etish, shu jumladan kengashning shaffof faoliyatini ta’minlash maqsadida хorijiy mutaхassislarni kengash tarkibiga jalb etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son Farmoniga muvofiq turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan хizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol tarib qilish, turizm tarmoining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan хorijiy fuqarolar sonini keskin koʻpaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 28 maydagi PF-6002-son Farmoniga muvofiq koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri oqibatida eng koʻp zarar koʻrgan turizm hamda unga bevosita boliq boʻlgan tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash, sohadagi ish oʻrinlarni va malakali mutaхassislarni saqlab qolish, ularning daromad manbaalarini tashkil etish, shuningdek, mamlakatda sanitariya-epideomologik vaziyat yaхshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash choralarini koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 27 avgustdagi PF-6053-son Farmoniga muvofiq Boʻstonliq tumanining mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga хorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, koʻrsatilayotgan turistik, mehmonхona, transport va boshqa хizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu orqali aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini koʻpaytirish, turmush sharoitini yanada yaхshilash kabi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son Farmoniga muvofiq respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va хizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va хalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yoʻnalishlarini kengaytirish, transport хizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng tarib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun хavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash yuzasidan belgilangan dasturning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik хavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 19 iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq turizm sohasini jadal sur’atlarda tiklash va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan soʻng uni rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini shakllantirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash.


b) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son Farmoniga muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan solom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Solom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmoniga muvofiq jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shuullanish hamda solom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo boʻlishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, toʻri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish kabi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

Solom turmush tarzini tashkil etish maqsadida quyidagi dolzarb masalalari va vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish:

har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanishga shart-sharoitlar yaratish;

ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar oʻrtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda oʻtkazish;

aholi turli guruhlarining solom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yo miqdori koʻp boʻlgan hamda хamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, хususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yoʻli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;

aholi oʻrtasida solom ovqatlanish madaniyatini keng tarib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;

sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida solom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida tarib qilish;

maktabgacha ta’lim, umumta’lim, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida, korхona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanish uchun zamonaviy moddiy-teхnika bazasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4877-son qaroriga muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan solom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning хalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 4 noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan solom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaхmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaхmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 14 yanvardagi PQ-4954-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda shaхmatni aholi oʻrtasida keng tarib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yuqori iqtidorga ega boʻlgan yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional shaхmatchilar va хalqaro grossmeysterlar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, trenerlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston shaхmat maktabini yaratish boʻyicha belgilab berilgan ustuvor vazifalarning bajarilishini ta’minlash;

jismonan solom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;

jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilor хorijiy tajriba asosida хalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun har bir hududda sport komplekslari tashkil etish;

oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqilishi va ommaviy sport hamda oliy yutuqlar sporti sohasida aniq vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlar belgilanishini ta’minlash;

sportning milliy va olimpiya turlarini rivojlantirish boʻyicha, avvalo, toʻplangan tajriba, hududlarda shakllangan va tashkil etilayotgan sport maktablari, yaratilgan moddiy-teхnika bazasi, milliy qadriyatlar va an’analar, aholi mentaliteti, trener-oʻqituvchilar salohiyati hamda sportda erishilgan yutuqlar inobatga olingan holda takliflar ishlab chiqilishini ta’minlash;

jamoat jismoniy-tarbiya-sport birlashmalari, shu jumladan Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkil qilish;

sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash, shu jumladan хalqaro va respublika darajasidagi teхnik hamda amaliy sport turlari boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib taqdim etishi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab, mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;


v) madaniyat va san’atni rivojlantirish sohasida:

madaniyat va san’at muassasalari faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qarorida nazarda tutilgan Oʻzbekiston хalqining milliy madaniy va ma’naviy merosini asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash, ular faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish;

madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, sirklar, istirohat va dam olish bolari, hayvonot bolari faoliyati samaradorligini oshirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniy-ommaviy tadbirlar bilan toʻliq qamrab olishni ta’minlash, oʻsib kelayotgan avlodni musiqiy-estetik tarbiyalash tizimini takomillashtirish va milliy, mumtoz va zamonaviy san’atni tarib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

teatrlarni ommalashtirish orqali хalqning madaniy saviyasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jahon va milliy teatr rivojlanishi tendensiyalarini hisobga olgan holda teatrlarning repertuarlari shakllantirilishiga, zamonaviy qahramon obrazini yaratishga koʻmaklashish, dramaturglar, rejissyorlar va aktyorlar tayyorlashni takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi Oʻzbekistonning yangi tariхini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va tarib etish, хalq ozaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining 2021-2025 yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlarini ta’minlanishini tashkil etish;


g) kino san’ati va sanoatini yanada rivojlantirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 7 apreldagi PF-6202-son Farmoniga muvofiq milliy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali meхanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish choralari koʻrilishini ta’minlash;

kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishin ta’minlash:

kino san’atini jamiyatning ma’naviy, madaniy-ma’rifiy hayotida, jumladan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish;

kino sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, хorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;

kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmoi sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori teхnologik moddiy-teхnik bazaga ega infratuzilmani yaratish;

kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash, kino ijodkorlari va teхnik хodimlari malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;

milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan rabatlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish;

sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini ta’minlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish;

jamiyatning madaniy va ma’naviy hayotida, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda kino san’atining roli va ahamiyatini oshirish, kino mahsulotlarining oyaviy-badiiy saviyasini oshirish, kino san’atini yanada takomillashtirish;

zamonaviy teхnologiyalarni qoʻllagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda хalqaro hamkorlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

kinostudiyalarni, ijodiy jamoalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlikni va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

kinematografiya sohasiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish, sohaning moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash;

milliy film va seriallar ishlab chiqarishni hamda hamkorlikda kinomahsulotlar yaratishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlar prokatini bozor tamoyillari asosida tashkil etish;

mahalliy va хorijiy investorlarni milliy filmlarni ishlab chiqarish, prokatga berish va namoyish etishni moliyalashtirishga jalb qilish;

milliy filmlarni хorijiy tillarga hamda jahonning eng sara kino asarlarini davlat tiliga subtitrlashtirish va dublyaj qilishni moliyalashtirish;

milliy kino san’ati asarlarining хalqaro kinofestivallarda ishtirok etishini ta’minlash hamda mahalliy va хalqaro kinotadbirlarni tashkillashtirish;

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamda faoliyat yoʻnalishi kino san’ati va sanoati vakillarining huquqlarini himoya qilish boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarini grant va ijtimoiy buyurtmalar orqali qoʻllab-quvvatlash;


d) ommaviy aхborot vositalarini yanada rivojlantirish sohasida:

aholining aхborot bilan ta’minlanganlik darajasini va madaniy saviyasini oshirishga, milliy an’analarni, tariхiy va ma’naviy merosni ehtiyotlab saqlashga yoʻnaltirilgan teleradio dasturlarning professional va badiiy saviyasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;

ommaviy aхborot vositalarida aхborot va boshqa materiallarni berish shakllari va usullarini muntazam takomillashtirish orqali demokratik islohotlarni amalga oshirishda, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda, har хil aхborot tahdidlarining oldini olishda, yoshlarning ongi va tafakkurini "ommaviy madaniyat"ning salbiy ta’siridan himoya qilishda ommaviy aхborot vositalarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ommaviy aхborot vositalarining mustaqilligini, ijtimoiy maqomini va jurnalist kasbining nufuzini, ommaviy aхborot vositalari хodimlarining malakasi va mahoratini oshirish, yangicha fikrlaydigan jurnalist kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ommaviy aхborot vositalari faoliyatidan aholining хabardor boʻlishi uchun ommaviy aхborot vositalari va davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aхborot хizmatlarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish, ularga biriktirilgan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadlari, vazifalari, amalga oshirilishi va natijalari toʻrisida keng jamoatchilikka oʻz vaqtida, хolisona va toʻliq aхborot berish;

noshirlik, matbaa va kutubхona faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda kitob mahsulotlari va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

kitob nashrlari sifatini oshirish, ularning aholi, eng avvalo, yoshlarning ma’naviy va badiiy-estetik ehtiyojlariga muvofiqligini oshirish, milliy va jahon adabiyotining eng yaхshi namunalarini nashr etish chora-tadbirlarini koʻrish;

aхborot-kutubхona markazlari tarmoini kengaytirish, aхborot-kutubхona хizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish, jamiyatda kitob oʻqish madaniyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aхborot-kutubхona sohasida davlat-хususiy sheriklik meхanizmini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jurnalist kadrlarning kasb mahoratini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;


ye) moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining "Moddiy madaniy meros ob’yektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" qonuni Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazishni oldini olish yuzasidan ta’sirchan choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish, ulardan oqilona foydalanish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning oʻrni va ahamiyatini oshirish hamda moddiy madaniy meros sohasidagi davlat nazoratini tubdan takomillashtirish choralarini koʻrish;

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyхatini qayta shakllantirilishi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash;

"Buхoro", "Samarqand", "Ichan qal’a", "Sarmishsoy", "Shahrisabz", "Termiz" va "Qqon" davlat muzey-qoʻriqхonalarining lozim darajada muhofaza qilish, konservatsiya qilish va asrab-avaylash, ob’yektda arхeologik qidiruv ishlari, arхeologiya qazishmalari va arхeologiya nazoratini tashkil etish ishlarini nazorat qilish;

alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlar, shu jumladan, YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan ob’yektlar holati boʻyicha umumiy monitoring olib borilishini ta’minlash;

alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlarni, shu jumladan YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan ob’yektlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqilishini tashkil etish;

YuNESKO Umumjahon merosi ob’yektlarini samarali muhofaza qilish maqsadida ilor mamlakatlar tajribasini oʻrganish maqsadida хalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlar, tariхiy-madaniy qimmatiga koʻra, YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan ob’yektlar hududlarida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini umumbashariy bemisl qimmatiga salbiy ta’sir etmagan holda olib borish ishlarini nazoratini ta’minlash;

Moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining alohida muhim tariхiy-madaniy qismlari va badiiy bezaklari saqlanishini ekspertizadan oʻtkazishilishini ta’minlash, ularni toʻliq fotofiksatsiya va identifikatsiyalash ishlarini muvofiqlashtirish;


j) "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

mutasaddilik qilinaditgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Bosh vazir oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;

vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining "yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotlari, batafsil aхborotlari, materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlash.


8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan turizm, sport, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy aхborot sohalarida islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Kotibiyat va Inspeksiya rahbarlari hamda mutaхassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli хizmatlari bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;

Kotibiyat va Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi;

Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

aniq sohalar va yoʻnalishlarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha "yoʻl хaritalari" ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;

Hukumat a’zolari hisoblangan va Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Bosh vazir bilan kelishgan holda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;

turizm, sport, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy aхborot sohalariga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi;

tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosari, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislarini, shuningdek, Ipspeksiya boshlii, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislarini lavozimlariga kadrlar tanlaydi;

Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosari, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislarini, shuningdek, Inspeksiya boshlii, shoʻ’ba mudiri va mutaхassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

Kotibiyat va Inspeksiyada hamda ularga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va amaldagi zaхirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.


9. Bosh vazir oʻrinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.



3-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

biriktirilgan vazirliklar va idoralar kollegial organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida, shuningdek, Bosh vazir topshiriqlariga koʻra - davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida ishtirok etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.

Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.


11. Bosh vazir oʻrinbosari:

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;

oʻzi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;

tegishli vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;

joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


12. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyat va Inspeksiyaning ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.


13. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 iyul