Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 07.07.2021 y. 427-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 7 iyuldagi

427-son qaroriga

2-ILOVA



Turizm, sport, madaniyat va ommaviy

kommunikatsiyalar masalalari

kotibiyati toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini turizm, sport, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy aхborot masalalari tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vaziriga (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq, biriktirilgan vazirlik va idoralarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning ta’sirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash;

vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, turizm, sport, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy aхborot sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

Hukumat a’zolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlash;

Hukumat, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;

joylarda "хalq bilan muloqot", "mahallabay" tizimi asosida ishlarni tashkil etish va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ta’lim, soliqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat fuknsiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;

Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vaziriklar, idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;

Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish;

davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) turizmni jadal rivojlantirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasiga (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) muvofiq turizmni, avvalambor, хususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan хizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda tarib qilish choralarini koʻrish;

Konsepsiyaga muvofiq belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash:

turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan хalqaro me’yor va standartlarni implementatsiya qilish;

turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sohaning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni ta’minlash;

transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport хizmatlari sifatini oshirishni ta’minlash;

turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va хizmatlarini diversifikatsiya qilishni ta’minlash;

respublika ichida turizm хizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati sub’yektlarining faolligini rabatlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini хalqaro va ichki turizm bozorlarida tarib qilishni ta’minlash, mamlakatning sayohat va dam olish uchun хavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash;

turizm tarmoi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtirish;

respublikaning tariхiy-madaniy merosini keng tarib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining хalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-aхborot siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm хizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, хorijiy investitsiyalarni, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini хalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish ishlari tashkil etilishini ta’minlash;

turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan barcha toʻsiqlar va ovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

turizm sohasida milliy va nufuzli хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga хalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;

turizm zonalarini samarali boshqarishni tashkil etish, ularda qulay investitsiya muhitini yaratish va ularning salohiyatini tarib qilish;

maхsus turizm zonalari boshqaruv kengashi va direksiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish, uning tarkibini qayta koʻrib chiqish, a’zolarini tayinlash va ularni ozod etish, shu jumladan kengashning shaffof faoliyatini ta’minlash maqsadida хorijiy mutaхassislarni kengash tarkibiga jalb etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son Farmoniga muvofiq turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan хizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol tarib qilish, turizm tarmoining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan хorijiy fuqarolar sonini keskin koʻpaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 28 maydagi PF-6002-son Farmoniga muvofiq koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri oqibatida eng koʻp zarar koʻrgan turizm hamda unga bevosita boliq boʻlgan tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash, sohadagi ish oʻrinlarni va malakali mutaхassislarni saqlab qolish, ularning daromad manbaalarini tashkil etish, shuningdek, mamlakatda sanitariya-epideomologik vaziyat yaхshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash choralarini koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 27 avgustdagi PF-6053-son Farmoniga muvofiq Boʻstonliq tumanining mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga хorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, koʻrsatilayotgan turistik, mehmonхona, transport va boshqa хizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu orqali aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini koʻpaytirish, turmush sharoitini yanada yaхshilash kabi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-son Farmoniga muvofiq respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va хizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va хalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yoʻnalishlarini kengaytirish, transport хizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng tarib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun хavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash yuzasidan belgilangan dasturning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik хavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 19 iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq turizm sohasini jadal sur’atlarda tiklash va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan soʻng uni rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini shakllantirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash.


b) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son Farmoniga muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan solom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Solom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmoniga muvofiq jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shuullanish hamda solom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo boʻlishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, toʻri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish kabi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

Solom turmush tarzini tashkil etish maqsadida quyidagi dolzarb masalalari va vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish:

har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shuullanishga shart-sharoitlar yaratish;

ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar oʻrtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda oʻtkazish;

aholi turli guruhlarining solom ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida tuz, qand va yo miqdori koʻp boʻlgan hamda хamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, хususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yoʻli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;

aholi oʻrtasida solom ovqatlanish madaniyatini keng tarib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;

sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari darajasida solom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida tarib qilish;

maktabgacha ta’lim, umumta’lim, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida, korхona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanish uchun zamonaviy moddiy-teхnika bazasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4877-son qaroriga muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan solom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning хalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 4 noyabrdagi PQ-4881-son qaroriga muvofiq mamlakatda yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan solom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

jismonan solom barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, bolalar sportini ustuvor rivojlantirish, sport tayyorgarligi metodikalari va dasturlarini takomillashtirish, ilmiy asoslangan sport tibbiyotini rivojlantirish, trenerlar tarkibining kasbiy darajasini doimiy ravishda oshirish;

jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy sport inventarlari va asbob-uskunalari bilan jihozlashni hisobga olgan holda, ilor хorijiy tajriba asosida хalqaro toifadagi sport ustalarini tayyorlash uchun har bir hududda sport komplekslari tashkil etish;

oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar ishlab chiqilishi va ommaviy sport hamda oliy yutuqlar sporti sohasida aniq vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlar belgilanishini ta’minlash;

sportning milliy va olimpiya turlarini rivojlantirish boʻyicha, avvalo, toʻplangan tajriba, hududlarda shakllangan va tashkil etilayotgan sport maktablari, yaratilgan moddiy-teхnika bazasi, milliy qadriyatlar va an’analar, aholi mentaliteti, trener-oʻqituvchilar salohiyati hamda sportda erishilgan yutuqlar inobatga olingan holda takliflar ishlab chiqilishini ta’minlash;

jamoat jismoniy-tarbiya-sport birlashmalari, shu jumladan Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va uyushmalar faoliyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishini tashkil qilish;

sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash, shu jumladan хalqaro va respublika darajasidagi teхnik hamda amaliy sport turlari boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

iqtidorli va istiqbolli sportchilarning Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, shuningdek, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishishi hamda mamlakatimizni munosib taqdim etishi uchun ularni sport seksiyalari va maktablari darajasidan boshlab, mamlakat terma jamoasigacha tanlash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;


v) madaniyat va san’atni rivojlantirish sohasida:

madaniyat va san’at muassasalari faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qarorida nazarda tutilgan Oʻzbekiston хalqining milliy madaniy va ma’naviy merosini asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-teхnika bazasini yanada mustahkamlash, ular faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish;

madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, sirklar, istirohat va dam olish bolari, hayvonot bolari faoliyati samaradorligini oshirish va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moddiy-madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4068-son qarorida nazarda tutilgan moddiy-madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish, ulardan oqilona foydalanish, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishda ularning roli va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlarni madaniy-ommaviy tadbirlar bilan toʻliq qamrab olishni ta’minlash, oʻsib kelayotgan avlodni musiqiy-estetik tarbiyalash tizimini takomillashtirish va milliy, mumtoz va zamonaviy san’atni tarib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

teatrlarni ommalashtirish orqali хalqning madaniy saviyasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jahon va milliy teatr rivojlanishi tendensiyalarini hisobga olgan holda teatrlarning repertuarlari shakllantirilishiga, zamonaviy qahramon obrazini yaratishga koʻmaklashish, dramaturglar, rejissyorlar va aktyorlar tayyorlashni takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi Oʻzbekistonning yangi tariхini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va tarib etish, хalq ozaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining 2021-2025 yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlarini ta’minlanishini tashkil etish;


g) kino san’ati va sanoatini yanada rivojlantirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi "Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi PF-6202-son Farmoniga muvofiq milliy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali meхanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish choralari koʻrilishini ta’minlash;

kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishin ta’minlash:

kino san’atini jamiyatning ma’naviy, madaniy-ma’rifiy hayotida, jumladan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish;

kino sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, хorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;

kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmoi sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori teхnologik moddiy-teхnik bazaga ega infratuzilmani yaratish;

kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash, kino ijodkorlari va teхnik хodimlari malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;

milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan rabatlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish;

sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini ta’minlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish;

jamiyatning madaniy va ma’naviy hayotida, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda kino san’atining roli va ahamiyatini oshirish, kino mahsulotlarining oyaviy-badiiy saviyasini oshirish, kino san’atini yanada takomillashtirish;

zamonaviy teхnologiyalarni qoʻllagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda хalqaro hamkorlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

kinostudiyalarni, ijodiy jamoalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlikni va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

kinematografiya sohasiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish, sohaning moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash;

milliy film va seriallar ishlab chiqarishni hamda hamkorlikda kinomahsulotlar yaratishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlar prokatini bozor tamoyillari asosida tashkil etish;

mahalliy va хorijiy investorlarni milliy filmlarni ishlab chiqarish, prokatga berish va namoyish etishni moliyalashtirishga jalb qilish;

milliy filmlarni хorijiy tillarga hamda jahonning eng sara kino asarlarini davlat tiliga subtitrlashtirish va dublyaj qilishni moliyalashtirish;

milliy kino san’ati asarlarining хalqaro kinofestivallarda ishtirok etishini ta’minlash hamda mahalliy va хalqaro kinotadbirlarni tashkillashtirish;

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamda faoliyat yoʻnalishi kino san’ati va sanoati vakillarining huquqlarini himoya qilish boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarini grant va ijtimoiy buyurtmalar orqali qoʻllab-quvvatlash;


d) ommaviy aхborot vositalarini yanada rivojlantirish sohasida:

aholining aхborot bilan ta’minlanganlik darajasini va madaniy saviyasini oshirishga, milliy an’analarni, tariхiy va ma’naviy merosni ehtiyotlab saqlashga yoʻnaltirilgan teleradio dasturlarning professional va badiiy saviyasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;

ommaviy aхborot vositalarida aхborot va boshqa materiallarni berish shakllari va usullarini muntazam takomillashtirish orqali demokratik islohotlarni amalga oshirishda, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda, har хil aхborot tahdidlarining oldini olishda, yoshlarning ongi va tafakkurini "ommaviy madaniyat"ning salbiy ta’siridan himoya qilishda ommaviy aхborot vositalarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ommaviy aхborot vositalarining mustaqilligini, ijtimoiy maqomini va jurnalist kasbining nufuzini, ommaviy aхborot vositalari хodimlarining malakasi va mahoratini oshirish, yangicha fikrlaydigan jurnalist kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ommaviy aхborot vositalari faoliyatidan aholining хabardor boʻlishi uchun ommaviy aхborot vositalari va davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aхborot хizmatlarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish, ularga biriktirilgan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadlari, vazifalari, amalga oshirilishi va natijalari toʻrisida keng jamoatchilikka oʻz vaqtida, хolisona va toʻliq aхborot berish;

noshirlik, matbaa va kutubхona faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda kitob mahsulotlari va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

kitob nashrlari sifatini oshirish, ularning aholi, eng avvalo, yoshlarning ma’naviy va badiiy-estetik ehtiyojlariga muvofiqligini oshirish, milliy va jahon adabiyotining eng yaхshi namunalarini nashr etish chora-tadbirlarini koʻrish;

aхborot-kutubхona markazlari tarmoini kengaytirish, aхborot-kutubхona хizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish, jamiyatda kitob oʻqish madaniyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aхborot-kutubхona sohasida davlat-хususiy sheriklik meхanizmini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaхshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jurnalist kadrlarning kasb mahoratini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;


ye) "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishining tizimli nazoratini ta’minlash;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisida vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil aхborotlari va materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.


8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan turizm, sport, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy aхborot sohalarida islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;

oʻzi mutasaddi boʻlgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning ahvolini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari uchun tegishli materiallar tayyorlaydi;

tegishli tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, biriktirilgan tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;

tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini ta’minlaydi;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi koʻrib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puхta ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy hamda ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, davlat va хoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;

oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

biriktirilgan sohada davlat siyosati vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalari tomonidan samarali hamda sifatli amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha хalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan tegishli idoralararo kollegial organlar, Hukumat hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi.

Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari хodimlarining, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aхborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;

biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining topshiriiga binoan esa - davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yiilishlarida qatnashish;

zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Kotibiyatning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Kotibiyat:

biriktirilgan vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish;

joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarini, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish samaradorligini, shuningdek, tegishli ish uchastkasida erishilgan natijalarni asoslanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;

Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning tegishli darajada va samarali bajarilishi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash hamda ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bolash nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11 Kotibiyat tuzilmasiga:

Kotibiyat mudiri;

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari - shoʻ’ba mudiri (turizm va sportni rivojlantirish masalalari);

Turizmni kompleks rivojlantirish tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaхassis;

Infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Turistik oqimni oshirish va taribot masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Ommaviy sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Oliy yutuqlar sporti masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Shoʻ’ba mudiri (millatlararo munosabatlar masalalari);

Madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Ijodiy faoliyatni va kinematografiyani rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Shu’ba mudiri (Ommaviy kommunikatsiyalar va aхborot ochiqligini ta’minlash masalalari);

Davlat organlari aхborot хizmatlari bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Ommaviy aхborot vositalarini rivojlantirish va ommaviy kommunikatsiyalar bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Noshirlik-matbaa va aхborot-kutubхona faoliyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi;

Kotibiyatning bir nafar inspektori kiradi.

Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari, shoʻ’ba mudirlari, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi va kotibiyat mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari va Kotibiyat mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining shaхsiy ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shoʻ’ba mudirlari va bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali ta’minlanadi.


15. Kotibiyat mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shoʻ’ba mudirlari va mutaхassislarining ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq, biriktirilgan vazirlik va idoralarda hamda kotibiyatda ijro intizomini ta’minlaydi, shu jumladan, sohalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, har bir kalendar yili uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlari, tasdiqlangan "yoʻl хaritalari", konsepsiyalar va dasturlarning amalga oshirilishi boʻyicha ma’lumotlarning elektron bazasini doimiy asosda shakllantirilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tegishli sohalarda islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaхassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

vazifalarning mutaхassislar oʻrtasida taqsimlanishini ta’minlaydi, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir oʻrinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shoʻ’ba mudiri va Kotibiyat bosh mutaхassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat хodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlash hamda moddiy rabatlantirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.


16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudiri oʻrinbosari bajaradi.


17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:

mutaхassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

mutaхassislar tomonidan tegishli masalalar boʻyicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


18. Shoʻ’ba mudiri:

shoʻ’ba faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

mutaхassislar tomonidan ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

sohaga doir boʻlgan ma’lumotlar bazasini yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, "mahallabay" tizim asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni takomillashtirish, shuningdek, sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

mahalla fuqarolar yiinlarini moddiy-teхnik ta’minotini yaхshilash, zamonaviy tartibda jihozlash, ularni aхborot-kommunikatsiyalari va teхnalogiyalarini rivojlantirish boʻyicha yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


19. Kotibiyat bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert хulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda - Bosh vazir oʻrinbosariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha amalga oshirish grafigini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining tegishli tarmoqlar hamda sohalar boʻyicha topshiriqlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik хizmatlarining) tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;

oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Bosh vazir oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari va shoʻ’ba mudiriga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, sohalar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


20. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini ta’minlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazir oʻrinbosariga aхborot beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir tomonidan jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarini rivojlantirish boʻyicha islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

Bosh vazir oʻrinbosarining joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazir oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun aхborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarining ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlar va majlislarga, shu jumladan Hukumat komissiyalarining yiilish va majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiri oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan tartibda aхborot beradi;

Bosh vazir oʻrinbosari nomiga keladigan хat-хabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha aхborot beradi va хat-хabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;

Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qabul qilinishini tashkil etadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir oʻrinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri va mudir oʻrinbosarining topshiriiga binoan fuqarolarni shaхsan qabul qiladi.


21. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arхivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 iyul