Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.07.2021 y. 437-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.07.2021 y.

N 437




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh VAZIRINING INVESTITsIYaLAR VA

TAShQI IQTISODIY ALOQALAR MASALALARI

BOʻYIChA OʻRINBOSARI - INVESTITsIYaLAR VA TAShQI

SAVDO VAZIRINING FUNKSIONAL VAZIFALARI,

INVESTITsIYaLAR, EKSPORTNI QOʻLLAB-QUVVATLASh

VA TAShQI IQTISODIY ALOQALAR MASALALARI

KOTIBIYaTI, MAHALLIY SANOATNI RIVOJLANTIRISh

VA KOOPERATsIYa ALOQALARI MASALALARI KOTIBIYaTI

HAMDA INVESTITsIYa LOYIHALARINING AMALGA

OShIRILIShI VA TAShQI SAVDONI MONITORING

QILISh INSPEKSIYaSI TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 18 avgustdagi PF-6042-son va "Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 iyundagi PF-6244-son Farmonlari hamda "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov oʻn kun muddatda Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati va Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari, Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2020 yil 31 dekabrdagi 822-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 iyul