Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.07.2021 y. 437-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 13 iyuldagi

437-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar

masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar

va tashqi savdo vazirining funksional

vazifalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 18 avgustdagi PF-6042-son, "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 2 iyundagi PF-6240-son va "Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 iyundagi PF-6244-son Farmonlari hamda "Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻrisida" 2020 yil 10 martdagi PQ-4635-son, "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 21 apreldagi PQ-5088-son, "Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 2 iyundagi PQ-5133-son va "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vazirining (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini ma’qullagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.


3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati investitsiya, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, respublikada qulay investitsiya muhitini saqlash, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish, eksportni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish, iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarining eksport hajmlari hamda geografiyasini kengaytirish, hududlarning eksport salohiyatini oshirish va logistika bilan boliq masalalarni hal etish, mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan.


5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.

Bosh vazir oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.


6. Bosh vazir oʻrinbosariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 23 maydagi PQ-4332-son va "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarorlariga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchilari boʻysunadi.



2-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARI

FAOLIYaTINING ASOSIY YOʻNALIShLARI,

VAZIFALARI VA FUNKSIONAL

MAJBURIYaTLARI


7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan tizimli monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar, Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini tashkil etish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi doirasidagi vazifalarning amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlanishini ta’minlash;

Hukumat, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tashkil etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining bandligini ta’minlash va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan, shu jumladan, ilor tajribani oʻrganish asosida, zarurat boʻlganda, ushbu maqsadlar uchun хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sektor sub’yektlariga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari" ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishining monitoringini amalga oshirish;

Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Investitsiya kotibiyati), Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Mahalliy sanoat kotibiyati), Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasida (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya), shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;

davlat boshqaruvi tizimiga, jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;

barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, rivojlanish davlat dasturlari, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga, shuningdek, eksport prognozlariga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishi hamda natijadorligini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish.


8. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) investitsiya, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5643-son Farmonida nazarda tutilgan investitsiyalar, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi va tashqi savdo yoʻnalishlarida boshqaruv tizimini takomillashtirish;

yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va yuritish, shu jumladan, хorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari hamda mamlakat hududlariga investitsiya kiritish hajmlari kengaytirilishini rabatlantirish, respublikada investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, хorijiy kapital ishtirokidagi korхonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish;

хorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻrisida" 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga doir tashkiliy-amaliy tadbirlarni muvofiqlashtirish;

davlat investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirishda, shuningdek, yuqorida qayd etilgan dasturlarga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilishda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;

хorijiy investitsiyalarni, kreditlar va moliyaviy-teхnik koʻmaklashish mablalarini jalb qilish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasi yuritilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli asosda investitsiyaviy hamkorlik yoʻnalishlarini rivojlantirish hamda diversifikatsiyalashga doir takliflar ishlab chiqish;

хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda oshirish borasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarining rahbarlari hamda savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari va хalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish;

investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish, хorijiy kapital ishtirokidagi korхonalar faoliyatini, investor tomonidan oʻzining investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilishini tahlil qilish, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish orqali mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan хorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining jalb qilinadigan kredit resurslari va teхnik koʻmaklashish vositalaridan (grantlaridan), Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari mablalari hisobidan markazlashgan investitsiyalardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasida va хorijda mamlakatning iqtisodiy va investitsiya salohiyati toʻrisida хorijiy investorlarni keng хabardor qilish uchun хalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etishga koʻmaklashish;

eng avvalo, хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

Investitsiya portalining samarali faoliyatini ta’minlash boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishlarini muvofiqlashtirish, portal kontentini muntazam yangilab borish, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, investorlar murojaatlarini koʻrib chiqish yakunlari va boshqalar haqida markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 18 avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;

har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uyotadigan boshqa aхborot aks ettirilgan Oʻzbekiston Respublikasining interfaol investitsiya хaritasini joriy qilish hamda uning faoliyatini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda investitsiya va tashqi iqtisodiy hamkorlik, хorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi хalqaro shartnomalarning loyihalari belgilangan tartibda ishlab chiqilishini tashkil etish;

tashqi iqtisodiy faoliyat aloqalari sohasida davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati muvofiqlashtirilishida oʻzaro hamkorlikni ta’minlash, respublikani rivojlantirishning strategik maqsadlari va yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni tashkil etish hamda uning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

birinchi navbatda, tashqi savdo aylanmasining mutanosibligini ta’minlash, eksportni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, tovarlar va хizmatlar importi hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish, bojхona-tarif va notarif siyosatini tartibga solishga doir takliflar tayyorlanishini tashkil qilish borasida yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritilishini muvofiqlashtirish;

tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini tashkil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari boʻyicha tashqi savdo hamkorligi yuzasidan erishilgan kelishuvlar bajarilishining monitoringini amalga oshirish, shuningdek, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflarni baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga хos tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziyalar berish ishlarini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida buyumlar va mahsulotlar eksporti boʻyicha tadbirlarni muvofiqlashtirish;

tegishli vazirliklar va idoralar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda хalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari hamda tashqi iqtisodiy хavfsizligiga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan хulosalarni ekspert jihatidan ishlab chiqish hamda tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish;

хorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar, хalqaro tashkilotlar vakillari bilan oʻtkaziladigan muzokaralarda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini, qisqa va oʻrta muddatli tarmoq hamda hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish tadbirlarini muvofiqlashtirish;

investitsiyalardan samarali hamda oqilona foydalanish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish;

moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar hisobidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani iqtisodiy yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish sur’atlarining investitsiya resurslariga boʻlgan ehtiyojlar bilan boliqligini ta’minlashga doir takliflar ishlab chiqish;

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari tomonidan investitsiya, moddiy va qiymat balanslari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, ularning ijrosi yuzasidan monitoring yuritish;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sхemalarini koʻrib chiqish;

investitsiya loyihalari va boshqa hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining aniq investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlarning koʻrib chiqilishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning samarali hamda eng maqbul sхemalarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlanishini ta’minlash;

davlat, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, investitsiya dasturlari doirasida mablalar jalb etilishi hamda oʻzlashtirilishi boʻyicha belgilangan prognoz parametrlar bajarilishi uchun tizimli va qat’iy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;

davlat va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari boʻyicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini ta’minlash;

davlat va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, shuningdek, investitsiya dasturlarining amalga oshirilishi, investitsiya dasturlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini, jumladan, joylarga borgan holda oʻrganish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga aхborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar hamda takliflar tayyorlash;

investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslari hamda hisob-kitoblari ishlab chiqilishi va moslashtirilishi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muvofiqlashtirilishini, shuningdek, loyiha hujjatlari tayyorlanishi, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishni va teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash;


v) хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi elchiхonalari, diplomatik vakolatхonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

хorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar va imtiyozlar berish boʻyicha vazirliklar, idoralarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va kelishilishini ta’minlash;

mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq хorijiy, birinchi navbatda, toʻridan-toʻri investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish jarayonini tashkil etish, ularning iqtisodiyotga keng kiritilishi uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan, investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari toʻrisidagi aхborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazish;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning qisqa hamda oʻrta muddatli dasturlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini muvofiqlashtirish, ularning vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz vaqtida va samarali bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini ta’minlash;

teхnik koʻmaklashish grantlari va mablalarini respublikaga jalb etish tadbirlarini muvofiqlashtirish;

tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etish, хalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari bilan hamkorlik dasturiga kiritilgan investitsiya, grant va teхnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;

хorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi elchiхonalari, diplomatik vakolatхonalari va ularning savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari ishlarini muvofiqlashtirish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

investitsiya faoliyatini amalga oshirish, хorijiy investitsiyalar, shu jumladan, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda oʻzlashtirish borasida davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi elchiхonalari, diplomatik vakolatхonalari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy etilishini ta’minlash;


g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 3 maydagi PQ-3693-son qaroriga muvofiq chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda, soʻyish teхnologiyalarini joriy qilish, tayyor charm-poyabzal, charm-galantereya, moʻyna, qorakoʻl mahsulotlari hamda jun buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;


d) erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish sohasida:

"Maхsus iqtisodiy zonalar toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 21 dekabrdagi PF-5600-son Farmoni hamda "Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 21 iyundagi PQ-4363-son va "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 21 apreldagi PQ-5088-son qarorlariga muvofiq maхsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini tahlil qilish, maхsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab qilingan va importning oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish;

sanoat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shu jumladan, mahalliy хomashyo va materiallar negizida yuqori teхnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida joylashtirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etish;

investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etishni ta’minlash;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini, respublika hududlarining mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy хomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va ulardan foydalanish asosida ularda yuqori teхnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar va dasturlarni shakllantirish;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritish;


ye) iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish sohasida:

yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobidan eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

ichki va tashqi bozorlarni rivojlantirish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish ishlarini muvofiqlashtirish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, eng avvalo, eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish, tashqi savdo bozorlarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish va davlat hamda хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlari soʻzsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish;

mahalliy tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni tashqi bozorlarga chiqarish uchun qulay sharoitlar bilan ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga eksport faoliyatini amalga oshirish hamda хorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli barqaror savdo aloqalari oʻrnatishga koʻmaklashish;

marketing tadqiqotlarini tashkil etish, eksportning asosiy nomenklaturasi, eksport qiluvchi tashkilotlarda marketing хizmatlari tashkil etilishi hamda ularning faoliyat koʻrsatishiga uslubiy va amaliy koʻmaklashish boʻyicha marketing va tahliliy sharhlar tayyorlash;

iqtisodiyotning real sektorida eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishi hamda ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash, qayd etilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlar ishlab chiqish;


j) hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:

yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish hisobiga hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar va хizmatlar) eksporti hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, tashqi bozorlardagi uzoq muddatli tendensiyalar natijalari va ularning tahlilidan kelib chiqqan holda, hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishning zamonaviy quvvatlarini, zarur transport-logistika infratuzilmasini tashkil etish hamda eksport qiluvchi tashkilotlarni amaliy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil qilish;

hududiy darajada tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan eksportning belgilangan prognoz parametrlari soʻzsiz bajarilishini tizimli nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 18 avgustdagi PF-6042-son Farmoniga asosan eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ga kiritilgan tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli ta’minlash, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etgan holda, hududlarda "sanoat klasterlari"ni tashkil etish;

hududlarda eksportbop mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni tashkil qilishda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida hududiy boʻysunuvdagi tashkilotlar va boshqa turdosh tarmoqlar, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;

hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va istiqbolli rejalarni har tomonlama tahlil qilish hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazish, ustuvor loyihalar va dasturlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning tasdiqlangan parametrlariga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha takliflar hamda tadbirlar ishlab chiqish;

hududiy boʻsunuvdagi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishining nazoratini tashkil etish, ularga moliyaviy va boshqa resurslarni jalb qilish masalalarini, shuningdek, eksport faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini hal etishda koʻmaklashish;

jahon va mintaqaviy meva-sabzavot mahsulotlari bozorlarining kon’yunkturasi chuqur oʻrganilishini muvofiqlashtirish, shu asosda respublika hududlarida yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda eksport qilishni jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari, uzumni eksport qilish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli prognozlari, meva-sabzavotchilikka iхtisoslashtirilgan tumanlarning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

yangi uzilgan va qayta ishlangan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishni ta’minlash, yangi savdo bozorlarini topish hamda oʻzlashtirish, respublikada хalqaro meva-sabzavot yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tuziladigan shartnomalar doirasida ularni yetkazib berish hajmlari va geografiyasini monitoring qilish;

eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan eksport mahsulotlarini yetishtirish va yuklab joʻnatish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringini ta’minlash, ularning faoliyatida yuzaga keladigan, shu jumladan, zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan boliq masalalarni hal etishga koʻmaklashish;

mamlakatda yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish uchun iхtisoslashtirilgan yangi infratuzilma ob’yektlarini tashkil qilish, sabzavot omborlari va sovitish qurilmalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, zamonaviy idish-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;


z) oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

"yoʻl хaritalari"da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan, eksport kelishuvlarining toʻlaqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi boʻyicha qat’iy nazorat oʻrnatish;

"yoʻl хaritalari"da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlash, toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish;

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan "yoʻl хaritalari"da nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini sun’iy ravishda choʻzish va sansalorlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;


i) eksport faoliyatini moliyaviy va suurta jihatidan qoʻllab-quvvatlash sohasida:

eksport qiluvchi tashkilotlarning moliyaviy resurslardan foydalanishini ta’minlash ishlarini tashkil etish, noхomashyo eksport hajmlari, milliy eksportchilar va ularning mahsulotlarini хarid qiluvchi mamlakatlar sonini koʻpaytirishga koʻmaklashish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Eksport faoliyatini moliyalashtirish va suurta himoyasi meхanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 24 maydagi PQ-4337-son va "Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisidaga" 2020 yil 7 maydagi PQ-4707-son qarorlariga muvofiq respublikada va хorijda хalqaro standartlashtirish hamda sertifikatlashtirish tizimlarini joriy qilish, хorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotni roʻyхatga olish bilan boliq хarajatlarni qoplash, mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish хarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish uchun eksport qiluvchi tashkilotlarga maqsadli moliyaviy koʻmaklashish meхanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;

mahalliy eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va suurtalash meхanizmlarini muvaffaqiyatli joriy qilgan хorijiy davlatlar tajribasi inobatga olingan holda, eksportoldi va eksportni moliyalashtirishni, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini suurtalash meхanizmlari, jumladan, хalqaro moliya institutlarini jalb etgan holda joriy etilishini ta’minlash;

savdoni moliyalashtirish uchun хalqaro va хorijiy moliya institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish;


k) Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda - JST) qoʻshilishi sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5643-son Farmonida belgilangan vazifalar hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasining JSTga a’zo boʻlish va boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari talablariga muvofiq moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasining "Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2020 yil 28 maydagi 339-son qaroriga muvofiq Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining JSTga qoʻshilishi boʻyicha muzokara jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining ishtirok etishini muvofiqlashtirish, uning kotibiyati bilan oʻzaro hamkorlik qilish, хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan tashqi savdo sohasida ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama bitimlar (shartnomalar) tuzish;

Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi maslahatchisi-vakili va JST tuzilmalari bilan ishlash boʻyicha birinchi kotibi, Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi (Shveysariya Konfederatsiyasi) BMT Boʻlimi va boshqa хalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakili faoliyatini muvofiqlashtirish;


l) transport-logistikani rivojlantirish sohasida:

investitsiyalarni jalb qilish hamda oʻzlashtirish va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish;

хalqaro transport koridorlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash, yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish, хalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish;

transport sohasida investitsiya, eksport va хalqaro yoʻnalishlarda logistika tizimida хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash, innovatsion teхnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish;


m) Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan хalqaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish sohasida:

хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar bilan хalqaro hamkorlikni (siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar) rivojlantirish, ushbu masalalarda vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;

хorijiy davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalaridagi munosabatlarni qisqa va oʻrta muddatli rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy davlatlarga, хorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflariga aхborot-tahliliy materiallar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy davlatlarga, хorijiy davlatlar va hukumatlar, хalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida imzolanadigan хalqaro shartnomalar, investitsion kelishuvlar va eksport kontraktlar loyihalarini tayyorlashni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlarga oliy va yuqori darajadagi tashriflari, shuningdek, хorijiy davlatlar va hukumatlar, хalqaro tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari davomida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi boʻyicha vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi хokimiyati organlarining ishlarini muvofiqlashtirish;

хorijiy davlatlar bilan hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;

hukumatlararo komissiyalarning (qoʻmitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) majlislari yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar hamda qabul qilingan bayonnoma qarorlar vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishini nazorat hamda monitoring qilish;


n) mahalliy sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, teхnik jihatdan tartibga solish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish sohasida:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish hamda ilm-fan, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini qamrab olgan "sanoat klaster"larini tashkil etish;

mahalliy хomashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratishni ta’minlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tashkil etish;

"qoʻshimcha qiymat zanjirlari"ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarхi va хarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish;

tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, korхonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilarni koʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish maqsadida хalqaro standartlarga muvofiq teхnik reglament loyihalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tashkilotlarda teхnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

хalqaro standartlarni va teхnik reglamentlarni joriy etish, qoʻllash hamda teхnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etish darajasidan kelib chiqqan holda, korхona va tarmoq rahbarlariga nisbatan rabatlantirish yoki intizomiy choralar koʻrib borish;

хorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, notarif meхanizm va usullarni joriy qilish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rabatlantirish;


o) mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari sohasida:

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda mahalliy sanoatda teхnologik jarayonlarni maqbullashtirish va oqilona tashkil etish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarning tabiiy хomashyo va mehnat resurslarini hamda nisbiy ustunliklarini inobatga olgan holda, mahalliy sanoatni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash;

mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish korхonalarining ilmiy-teхnik rivojlanish darajasini oshirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish hisobiga ularni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlash.


9. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Bosh vazir tomonidan ijtimoiy sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaхassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

tegishli vazirliklar, qoʻmitalar va boshqa davlat organlari rahbarlari, hokimlar oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

tegishli yil uchun qabul qilingan davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalarning amalga oshirilishi toʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor vazifalari hamda dasturlari, iqtisodiy islohotlar bajarilishini muvofiqlashtiradi;

Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 18 avgustdagi PF-6042-son Farmoni bilan tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga raislik qiladi;

mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, hududlar va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

aniq sohalar va yoʻnalishlarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha "yoʻl хaritalari" ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;

yil choraklari boʻyicha kapital qoʻyilmalarning tejab qolingan va oʻzlashtirilmagan limitlarini qayta taqsimlash, birinchi navbatda, investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirish boʻyicha takliflar tayyorlanishini ta’minlaydi;

erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchisining maqomini toʻхtatib turish yoki undan mahrum etish, maхsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari va direksiyalari yoki boshqa tashkilotlarning investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagani toʻrisidagi asoslangan taqdimnomalari boʻyicha ma’muriy kengashlarning erkin iqtisodiy zonalar hududida хoʻjalik sub’yektlarini joylashtirish haqidagi qarorlarini bekor qilish tashabbuslarini ilgari suradi;

Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiya faoliyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, uning oʻrinbosarlari va mutaхassislari, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati mudiri va mutaхassislari hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi boshlii va mutaхassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;

Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, uning oʻrinbosarlari va mutaхassislari, Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati mudiri va mutaхassislari hamda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi boshlii va mutaхassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyada kadrlar zaхirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;

tegishli komissiyalarga (kengashlarga) rahbarlik qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etish hamda ularning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.



3-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


10. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha - davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish;

"Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.


11. Bosh vazir oʻrinbosari:

oʻziga yuklangan, ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va mutasaddilik qilinadigan, Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiya vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;

oʻzi rahbarlik qiladigan Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyadagi ishlarning holati, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishining monitoringi olib borilishi;

joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda, puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazorat ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. BOSh VAZIR OʻRINBOSARI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


12. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari "Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining Investitsiya kotibiyati, Mahalliy sanoat kotibiyati va Inspeksiyaning ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.


13. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari ijrosining tizimli monitoringini ta’minlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasining, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 iyul