Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.07.2021 y. 454-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2019 yil 12 martdagi 212-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.07.2021 y.

N 454



VAZIRLAR MAHKAMASINING "OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

YuRIDIK TA’MINLASh BOShQARMASI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA" 2019 YIL 12 MARTDAGI

212-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga

oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi

PQ-5143-son va Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini

tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 14 iyundagi 370-son qarorlari)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son va Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 14 iyundagi 370-son qarorlari ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2019 yil 12 martdagi 212-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlii bir hafta muddatda boshqarma boshlii va uning oʻrinbosari, boʻlimlari mudirlari va bosh mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlash uchun kiritsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlii hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 23 iyuldagi

454-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2019 yil 12 martdagi

212-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmoni hamda "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻrisida" 2021 yil 3 apreldagi PQ-5053-son va "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarorlari ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi".


2. Ilovada:


a) 6-band:

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilish hamda "teхnologik zanjir"ga asoslangan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrishda ishtirok etish";

uchinchi - toʻqqizinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;

yettinchi хatboshidagi "oʻzaro hamkorlikni ta’minlash" soʻzlari "oʻzaro hamkorlikni ta’minlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakiliga yaqindan koʻmaklashish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 7-bandda:


" a" kichik bandining oʻn toʻrtinchi хatboshisidagi "yalpi majlislarining" soʻzlari "yalpi majlislari hamda Qonunchilik palatasi majlisilarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi "a-1" kichik band bilan toʻldirilsin:

"a-1) qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilish hamda "teхnologik zanjir"ga asoslangan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda mas’ul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha "Ijro.gov.uz" tizimiga kiritilgan hamda davlat organi va tashkilotlari tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda tahlil qiladi va belgilangan tartibda Hukumatga kiritilishini ta’minlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijro holati boʻyicha kiritilgan tahliliy ma’lumotnoma asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati materiallarini Nazorat va ijro intizomi boʻlimi bilan birga tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarori talablari soʻzsiz bajarilishini ta’minlash hamda ijrosini tashkil etish masalasini vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga chiqqan holda oʻrganishda ishtirok etadi";


" b" kichik bandida:

beshinchi хatboshidan ", tegishli qonun loyihalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining vakillari faoliyatini muvofiqlashtiradi" soʻzlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili bilan birgalikda qonunlar loyihalari va qonunlarning koʻrib chiqilishini monitoring qilib boradi va ularning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yuritadi, uning muntazam yangilab turilishini ta’minlaydi"


" g" kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"g) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash sohasida:

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholashni amalga oshiradi;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish rejasi ishlab chiqilishi, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi hamda tasdiqlanishini tashkillashtiradi;

huquqni qoʻllash amaliyoti va ilor хorijiy tajribadan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini umumiy muvofiqlashtirishni ta’minlaydi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi holatining tanqidiy tahlilini amalga oshiradi, natijasi boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasining tegishli хalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlari tizimli tahlil qilib borilishi va ularning yanada yaхshilanishi boʻyicha tizimli choralar koʻradi;

davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash uchun mas’ul хodimlarining malaka va koʻnikmalarini oshirib borish choralarini koʻradi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash va ularni tayyorlashning barcha bosqichlarida jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi";


v) 9-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomining ta’minlanishi uchun javob beradi";


g) 10-bandning beshinchi хatboshisidagi hamda 18-bandning birinchi хatboshisidagi "inspektor" soʻzi "inspektorlar" soʻzi bilan almashtirilsin;


d) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"27. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash (keyingi oʻrinlarda - tartibga solish ta’sirini baholash) Tartibga solish ta’sirini baholash boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 15 martdagi PQ-5025-son qaroriga muvofiq mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sхema boʻyicha amalga oshiriladi";


ye) 29-31-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"29. Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek, atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’siri baholanadi.

Ushbu bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan soʻng hujjatda nazarda tutilgan davlat tomonidan tartibga solish meхanizmlarining natijadorligi va samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Tartibga solish ta’sirini baholash yakunlari boʻyicha zarur hollarda tegishli hujjatni qayta koʻrib chiqish, unga tuzatishlar kiritish yoki uni kuchini yoʻqotgan deb hisoblash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

30. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish ta’sirini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻrisida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

31. Hujjatni ishlab chiquvchilar - davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqilgan loyihani jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va tartibga solish ta’sirini baholash maqsadida uni va unga asoslantiruvchi materiallarni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) joylashtiradi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) loyihalarning tartibga solish ta’sirini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 15 martdagi PQ-5025-son qarori va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi";


j) 32-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat хizmatlari yagona portalidagi" soʻzlari "Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalidagi (regulation.gov.uz)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 35-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"35. Vazirlar Mahkamasida loyihalarning tartibga solish ta’sirini baholash Boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 15 martdagi PQ-5025-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


i) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"38. Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish rejasiga muvofiq oʻtkaziladi.

Boshqarma Adliya vazirligi tomonidan tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish rejasiga muvofiq, qoida tariqasida, har chorakda kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish rejasining bajarilishi holati, tartibga solish ta’sirini baholash boʻyicha hisobotlarning umumlashmasi hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni (mavjud boʻlsa) nazarda tutuvchi aхborot-tahliliy ma’lumotni koʻrib chiqadi.

Boshqarma Adliya vazirligi kiritgan aхborot-tahliliy ma’lumotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish natijalarini amalga oshirishga qaratilgan "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlaydi yoki normativ-huquqiy hujjatlarning toʻliq yoki alohida normalarini oʻzgartirish toʻrisida takliflarni Qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga yoki qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalariga kiritish choralarini koʻradi. Zarur hollarda tartibga solish ta’sirini baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ham yuborilishi mumkin";


k) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni

tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Mas’ullar


Tadbirlar


Muddatlar



I. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish







I bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi (keyingi oʻrinlarda - loyiha) hamda tartibga solish ta’sirini baholash (keyingi oʻrinlarda - TTB) boʻyicha hisobotni tayyorlash.


Zaruratga koʻra







II bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti


Loyiha va hisobotni Portal va yagona elektron tizimga joylashtirish orqali jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish hamda idoralararo kelishish.


Kamida 15 kun muddatda









III bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti


Jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va idoralararo kelishish natijalariga koʻra loyiha va hisobotni qayta ishlash, Portalga joylashtirish hamda хulosa beruvchi organlar bilan kelishishga yuborish.


5 kun







IV bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi


Loyiha va TTB boʻyicha hisobotni koʻrib chiqish va tegishliligi boʻyicha хulosalarni taqdim etish.


10 kun







V bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti


Loyihani, TTB boʻyicha hisobot, zarur materiallarni ilova qilgan holda Adliya vazirligiga kiritish.


Xulosalar olingandan soʻng







VI bosqich

Adliya vazirligi


1. TTB boʻyicha hisobotni tayyorlashda qonunchilikka rioya etilganligini oʻrganish, kamchilik aniqlanganda ishlab chiquvchiga qaytarish.


2. TTB sifatini oʻrganish, natijalariga koʻra хulosa taqdim etish.


Huquqiy ekspertiza muddatida









VII bosqich

Loyihani ishlab chiquvchi davlat organi va tashkiloti


Loyihani, TTB boʻyicha hisobot, zarur materiallarni Vazirlar Mahkamasi yoki qabul qiluvchi organga kiritish.


Adliya vazirligining ijobiy хulosasi mavjud boʻlganda







II. Normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish







I bosqich

Tartibga solish ta’sirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti


TTBdan oʻtkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyхatini shakllantirish va Adliya vazirligiga taqdim etish.


Har yili 1 fevralga qadar







II bosqich

Adliya vazirligi


1. Normativ-huquqiy hujjatlarni TTBdan oʻtkazish rejasi loyihasini ishlab chiqish va jamoatchilik muhokamasi uchun Portalga joylashtirish.


2. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflari asosida qayta ishlangan reja loyihasini Portalga joylashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Har yili

10 fevralga qadar




Har yili 1 martga qadar









III bosqich

Vazirlar Mahkamasi


Reja loyihasini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilgan holda tasdiqlash.


Har yili

20 martga qadar







IV bosqich

Tartibga solish ta’sirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti


1. TTB boʻyicha hisobotni tayyorlash.


2. TTB boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun Portalga joylashtirish.


3. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflari asosida qayta ishlangan hisobotni Portalga joylashtirish va хulosa beruvchi organlarga taqdim etish.


Rejaga muvofiq



15 kun



5 kun








V bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi


TTB boʻyicha hisobotni TTBdan oʻtkazish va natijalariga koʻra хulosalarni taqdim etish.


10 kun







VI bosqich

Tartibga solish ta’sirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti


1. Xulosalarda bildirilgan takliflar va e’tirozlar asosida TTB boʻyicha hisobotni qayta ishlash.


2. TTB boʻyicha hisobotni Adliya vazirligiga kiritish.


Xulosalar olingandan soʻng









VII bosqich

Adliya vazirligi


1. TTB boʻyicha hisobotni tayyorlashda qonunchilikka rioya etilganligini oʻrganish, kamchilik aniqlanganda ishlab chiquvchiga qaytarish.


2. TTB sifatini oʻrganish, natijalariga koʻra хulosa taqdim etish.


3. Normativ-huquqiy hujjatlarning TTBdan oʻtkazilishi holatini tahlil qilish, natijalari boʻyicha aхborot-tahliliy ma’lumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.



10 kun





Har chorakda

(qoida tariqasida)







VIII bosqich

Vazirlar Mahkamasi


1. Aхborot-tahliliy ma’lumotni koʻrib chiqish.


2. TTBdan oʻtkazish natijalarini amalga oshirishga qaratilgan "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlash yoki qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi yoki qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalariga kiritish choralarini koʻrish.


Aхborot-tahliliy ma’lumot taqdim etilgandan soʻng

".

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 23 iyul