Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.07.2021 y. PQ-5187-son "Raqamli ishonch" raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tugatishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.07.2021 y.

N PQ-5187



"RAQAMLI IShONCh" RAQAMLI

IQTISODIYoTNI RIVOJLANTIRIShNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh JAMARMASINI

TUGATIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Vazirlik va idoralar faoliyatining ularga yuklatilgan vazifalar va vakolatlarni amalga oshirish yuzasidan samaradorligini oshirish maqsadida:


1. Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) "Raqamli ishonch" raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasini (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tugatish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik Jamarmaning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha vorisi hisoblanadi.


3. "Universal Mobile Systems" mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi boʻyicha ishtirokchi huquqi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 19 iyuldagi

PQ-5187-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan

ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 sentyabrdagi "Raqamli ishonch" raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3927-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrdagi "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4022-son qarori 1-3, 5 va 8-bandlari.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4301-son qaroriga 2-ilovaning 38-pozitsiyasi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 maydagi "Raqamli iqtisodiyot va "Elektron hukumat" tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4321-son qarori 2-bandi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi "Elektron hukumat" tizimi doirasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4328-son qarori 1, 4, 6 va 7-bandlari.


6. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi "Oʻzbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida"gi 31-son qarori.


7. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 avgustdagi "Jizzaх viloyatida golf industriyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 721-son qarori.


8. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 oktyabrdagi "Jizzaх viloyatining allaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 838-son qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 19 iyul