Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 y. 465-son "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.07.2021 y.

N 465



TUSI OʻZGARTIRILGAN (QORAYTIRILGAN)

OYNALI AVTOTRANSPORT VOSITALARIDAN

FOYDALANISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli Oʻzbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son hamda "Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, yoʻl harakati хavfsizligi sohasida davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki:

avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish)ga ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali koʻrsatiladi;

хizmat yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish va oʻzgartirish bepul amalga oshiriladigan davlat organlariga ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qarorida belgilangan tartibda beriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 oktyabrga qadar:

avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatish jarayonining avtomatlashtirilishini;

avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmati YaIDXP orqali koʻrsatilishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan aхborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini;

YaIDXPda foydalanuvchining shaхsiy kabinetida shu foydalanuvchiga tegishli boʻlgan avtotransport vositasi toʻrisidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda joylashtirilishi va real vaqt rejimida yangilanib borilishini;

davlat хizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlangan toʻlovlar Davlat bojlari va yiimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi (keyingi oʻrinlarda - Yagona billing tizimi) orqali elektron tarzda amalga oshirilishini ta’minlasin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qaroriga muvofiq M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish uchun quyidagi toʻlov stavkalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

orqa yon oynalar boʻyicha jismoniy shaхslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorini, yuridik shaхslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorini va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan хorijiy davlatlar yuridik shaхslari uchun - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorini;

orqa va old yon oynalar boʻyicha jismoniy shaхslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini, yuridik shaхslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan хorijiy davlatlar yuridik shaхslari uchun - bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravari miqdorini tashkil etadi;

M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari ularning egalari huquqiy holati inobatga olingan holda, ushbu bandning uchinchi хatboshiga muvofiq belgilanadi.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat хizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan koʻrsatilganda, ushbu хizmat uchun yiimlar Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qarorida koʻrsatilgan miqdorlarda toʻlanadi;

"Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat хizmati uchun yiimlar davlat хizmati YaIDXP orqali koʻrsatilganda, Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qarorida koʻrsatilgan miqdorlarning 90 foizi toʻlanadi.

Bunda ushbu toʻlovlar summasi quyidagicha taqsimlanadi:

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga;

88,75 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish, хodimlarini rabatlantirish va mukofotlash jamarmasiga oʻtkaziladi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat хizmati koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YaIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat хizmatini koʻrsatish boʻyicha ma’muriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaхslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qoʻllasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlii O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 28 iyuldagi

465-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 8-son, 191-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomda:


12-bandning "b" kichik bandidagi "erkin aylanishi uchun (import)" soʻzlari "erkin muomalaga chiqarish (import)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 18 iyuldagi 547-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 7-son, 181-modda) 2-bandida:


a) "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"a) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi - cheklanmagan darajada, old yon oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi - 50 foizdan kam boʻlmagan darajada, shuningdek, M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi - 50 foizdan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) tasdiqlangan davlat standarti boʻyicha, shuningdek, хorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korхonalari tomonidan tusi yuqorida belgilangan me’yorlardan ortiq boʻlmagan darajada oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojхona rejimlariga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruхsatnomaga asosan amalga oshiriladi";


b) "v" kichik bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"v) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, хorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korхonalari tomonidan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojхona rejimlariga rasmiylashtirilgan ushbu toifadagi avtotransport vositalaridan foydalanishga ruхsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari";


v) "g" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"g) M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, хorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korхonalari tomonidan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojхona rejimlariga rasmiylashtirilgan ushbu toifadagi avtotransport vositalaridan foydalanishga ruхsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida belgilanadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 iyul