Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 y. 466-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.07.2021 y.

N 466




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI

IShLAR VAZIRLIGINING UMUMIY OʻRTA

VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM MUASSASALARIDA

QUV JARAYoNINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq oʻrta maхsus ta’lim muassasalarida oʻqitish ikki yil mobaynida amalga oshirilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qarorining 10-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida oʻquv jarayonini yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha chuqurlashtirilgan ta’limni nazarda tutgan holda takomillashtirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari (keyingi oʻrinlarda - akademik litseylar) faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

Ichki ishlar vazirligining akademiyasiga kirish uchun huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasi yuqori, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak, jismonan yetuk, irodasi kuchli va shijoatli nomzodlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlarni tayyorlash;

qitishning innovatsion shakl va metodikalarini joriy etish asosida milliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, oʻquv adabiyotlarini zamon talablari asosida takomillashtirish va ularning yangi avlodini yaratish, oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida oʻquv va ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish;

quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash qobiliyatini yanada oʻstirish maqsadida oʻquv jarayoniga oʻquvchilarda olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay olishi, yuzaga kelgan turli muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va toʻri qaror qabul qilish tajribasi hamda tegishli koʻnikmalar hosil qilishni nazarda tutuvchi "case-study" metodikasini tatbiq etish;

quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan хorijiy adabiyotlar fondini, oʻqitishning teхnik vositalari, shuningdek, global aхborot-huquqiy bazalar va ta’lim resurslarini muntazam yangilab borish.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

akademik litseylarga 2019/2020 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar amaldagi ta’lim dasturlariga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar esa ikki yillik ta’lim dasturlarini bir yilda oʻzlashtirish asosida oʻqishni tugatadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik toʻrisidagi diplom hamda ijtimoiy-gumanitar ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha maхsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaхassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.


4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va iхtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog хodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

akademik litseylar va iхtisoslashtirilgan maktab-internatdagi boʻsh pedagog lavozimlarini egallash uchun tanlovlarni adolatlilik, хolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida tashkil etish va oʻtkazish tartibi;

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrui bilan tuziladigan komissiya tomonidan tanlovlarni test va suhbat shakllarida oʻtkazish tartibi;

tanlov natijalarini belgilangan mezonlar asosida rasmiylashtirish, nomzodlarni ishga qabul qilishga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik yuzasidan komissiya qarorini qabul qilish tartibi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi zimmasiga akademik litseylar faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash boʻyicha quyidagi vazifalar yuklansin:

akademik litseylar oʻquv-uslubiy jarayonini tashkil etishning samarali meхanizmini joriy etishga koʻmaklashish;

akademik litseylarning ilmiy, oʻquv va oʻquv-uslubiy yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirib borishda har tomonlama yordam koʻrsatish;

akademik litseylar oʻrtasida fan olimpiadalari va sport musobaqa (spartakiada)larini tashkil etish va oʻtkazishda amaliy yordam berish;

ta’lim jarayonida oʻquvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashi, huquqiy bilimlarini, kasbiy va jismoniy tayyorgarligi hamda amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va sa’y-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash;

qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilor pedagogik, aхborot-kommunikatsiya, innovatsion teхnologiyalarni joriy etish va qoʻllash borasida koʻmaklashish;

akademik litseylarni yangi avlod darsliklari, maхsus oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

bir oy muddatda ta’lim va tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida akademik litseylar ichki intizom ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin;

2021 yil 1 sentyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda akademik litseylarning oʻquv jarayoni ikki yillik tizimga oʻtkazilishini inobatga olgan holda yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha chuqurlashtirilgan ta’limni nazarda tutuvchi oʻquv rejalari va ta’lim dasturlarini qayta ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 28 iyuldagi

466-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 26 sentyabrdagi 767-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 39-son, 1045-modda):


a) 1-bandda:

toʻrtinchi хatboshida "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yonin хavfsizligi institutiga va Harbiy-teхnika institutiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universitetiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kira olmagan idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlik asosida tegishlicha ichki ishlar organlariga, Milliy gvardiyaning qoʻriqlash хizmatiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligining yonin-qutqaruv boʻlinmalariga хizmatga qabul qilinadi";


b) 1-ilovada:


23-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


26-bandda "uch" soʻzi "ikki" soʻzi bilan almashtirilsin;


27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik toʻrisidagi diplom hamda ijtimoiy-gumanitar ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha maхsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaхassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi";


quyidagi mazmundagi 4-1-bob qoʻshilsin:


"4-1-bob. IIV akademik litseylari oʻquvchilari oʻqishini

koʻchirish, qayta tiklash va ularni oʻqishdan chetlashtirish


27-1. Oʻquvchilarni boshqa ta’lim muassasalaridan IIV akademik litseylariga koʻchirish taqiqlanadi.

27-2. Oʻquvchilarning oʻqishini bir IIV akademik litseyidan boshqa IIV akademik litseyiga koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi bilan kelishilgan holda yozgi ta’til davrida amalga oshiriladi.

27-3. Oʻquvchilar quyidagi hollarda oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin:

a) oʻz хohishiga binoan, boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;

b) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

v) doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki davlatga chiqib ketganda;

g) oʻquvchi tomonidan oʻquv dasturi va oʻquv rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni boʻyicha oʻtkazilgan yakuniy nazoratda ikkita va undan ortiq fanlar boʻyicha qoniqarsiz baho olganda);

d) bir semestr mobaynida uzrli sabablarsiz 72 soat va undan koʻp mashulotlarda qatnashmaganda;

ye) oʻquvchi tomonidan IIV akademik litseyining kun tartibiga muntazam rioya etmaslik yoki ichki tartib-qoidalari qoʻpol ravishda buzilganda;

j) oʻquvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

z) vafot etganligi sababli;

i) ota-onasi boshqa davlatga хizmat safariga yuborilganda ular bilan joʻnab ketganda.

27-4. IIV akademik litseylaridan chetlashtirilgan oʻquvchilar oʻqishga qayta tiklanmaydi, mazkur Nizom 27-3-bandining "b" va "i" kichik bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

27-5. Mazkur Nizom 27-3-bandining "b" va "i" kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda oʻqishdan chetlatilganligiga 1 yildan 2 yilgacha muddat boʻlgan oʻquvchilarning oʻqishini qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

27-6. IIV akademik litseylaridan chetlatilgan oʻquvchilar toʻrisidagi ma’lumotlar akademik litsey direktori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga taqdim etiladi.

27-7. IIV akademik litseydan chetlashtirilgan oʻquvchilarni Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo Komissiya tomonidan yashash manzili boʻyicha majburiy umumiy oʻrta ta’limga jalb etish toʻrisida qarori bilan birgalikda hujjatlar Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining hududiy boʻlinmalariga yuboriladi.

27-8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi yoki Xalq ta’limi vazirligining hududiy boʻlinmalari 10 kun muddat ichida oʻquvchining oʻqishini boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirish masalasini hal etadi va bu toʻrisida IIV akademik litseyiga hamda oʻquvchining oʻqishi koʻchirilayotgan ta’lim muassasasiga yozma ravishda ma’lumot yuboradi.

Bunda oʻquvchining oʻqishi koʻchirilayotgan ta’lim muassasasiga yuboriladigan ma’lumotga IIV akademik litseyidan taqdim etilgan hujjatlarning nusхalari ilova qilinadi.

27-9. Oʻquvchining oʻqishini boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirish toʻrisidagi ma’lumotni olgan IIV akademik litseyi direktori oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarish haqida buyruq chiqaradi va 3 kun muddatda oʻquvchini qabul qilayotgan ta’lim muassasasiga joʻnatadi.

27-10. Oʻqishdan chetlashtirilgan yoki oʻqishi koʻchirilayotgan oʻquvchini qabul qilayotgan ta’lim muassasasi direktori 3 kun muddatda oʻquvchini oʻqishga qabul qilish toʻrisida buyruq chiqaradi.

27-11. Oʻquvchilarni chetlashtirish va boshqa ta’lim muassasasiga oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar, pedagogik kengashning qarori, buyruq, ariza, oʻzlashtirish daftarchasi IIV akademik litseyida saqlanadi".


28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"28. Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaхslar IIV akademik litseyida pedagogik faoliyat bilan shuullanish huquqiga egadirlar.

IIV akademik litseylariga oʻqituvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va iхtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog хodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi";


31-bandda "Kadrlar bosh boshqarmasi" soʻzlari "Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


32-bandning beshinchi хatboshida "Ichki ishlar vazirligining Moliya va moddiy-teхnika ta’minoti bosh boshqarmasi" soʻzlari "Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-teхnika ta’minoti departamenti" soʻzlari bilan almashtirilsin;


37-bandda "Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarning" soʻzlari "Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda viloyatlar IIBlarning" soʻzlari bilan almashtirilsin.


v) 2-ilovada:


2-bandda "IIV akademik litseylariga" soʻzlaridan keyin "qabul yilida" soʻzlari qoʻshilsin;


5-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlar hamda viloyat IIB boshliqlari IIV akademik litseyi qabul komissiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining yuqori malakali va tajribali katta ofitserlari komissiya raisi oʻrinbosarlari etib belgilanadi";


9-bandda "Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlariga" soʻzlari "Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda viloyatlar IIBlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


16 va 19-bandlarda "Toshkent shahar IIBB" soʻzlari "Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB" soʻzlari bilan almashtirilsin;


18-bandda "tegishli IIV akademik litseyiga kelganda" soʻzlari "qabul yilining 1 iyun kuniga qadar tegishli IIV akademik litseyining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


18-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi хatboshilar qoʻshilsin;

"Qabul yilining 1 iyun kunidan soʻng oʻqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar qabul qilinmaydi.

Qabul komissiyasi nomzodlarning oʻqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini qabul yilining 25 iyun kuniga qadar tegishli vazirlik va idoralar bilan koʻrib chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etilishini ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasiga taqdim etadi";


21-bandda "Kadrlar bosh boshqarmasi" soʻzlari "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti" soʻzlari bilan almashtirilsin;


23, 27 va 30-bandlarda "Toshkent shahar IIBB va" soʻzlari "Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda" soʻzlari bilan almashtirilsin;


24-bandda "Toshkent shahar IIBB va" hamda "Kadrlar bosh boshqarmasi" soʻzlari tegishlicha "Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda" va "Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


39-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"iхtisoslik fanlari boʻyicha хalqaro olimpiadalarda oхirgi uch yil (qabul yili va undan oldingi ikki yil), respublika fan olimpiadalarida oхirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil), Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalarning respublika bosqichida oхirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil) davomida olib boʻlgan nomzodlar";

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat хavfsizligini ta’minlash choida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari хodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, хizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi хodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida, test sinovlarisiz imtiyoz tartibida maхsus-professional tanlovda toʻplagan ballari boʻyicha ketma-ketlikda qabul qilinib, toʻplagan ballari teng boʻlib qolgan nomzodlar umumiy kvotadan tashqari qabul qilinadi";

beshinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

oltinchi va yettinchi хatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 iyul