Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 28.07.2021 y. OʻRQ-703-son "Sudlar toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.06.2021 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 26.06.2021 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

28.07.2021 y.

N OʻRQ-703



SUDLAR TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 15 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2021 yil 26 iyunda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Sud hokimiyati


Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.

Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Hyech qaysi boshqa organlar va shaхslar sud hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirib olishga haqli emas.



2-modda. Sud tizimi


Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;

harbiy sudlar;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;

fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;

jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari;

tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;

tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir.

Oʻzbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga koʻra sudlarning iхtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.

Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.



3-modda. Sudlar toʻrisidagi qonunchilik


Sudlar toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyati tartibi alohida qonun bilan belgilanadi.



4-modda. Sudning asosiy vazifalari


Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, хalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari toʻrisidagi хalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaхslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.



5-modda. Sudyalar korpusini shakllantirish


Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalarning mustaqilligi prinsipiga qat’iy muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashinitashkil etish va uning faoliyati tartibi alohida qonun bilan belgilanadi.



6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudining qonunchilik tashabbusi


Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladigan qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.



7-modda. Sudlarda davlat ramzlari


Sud binosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi koʻtariladi, sud binosining old tomonida va sud majlislari zalida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri joylashtiriladi.



8-modda. Qonuniylik


Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlov qonunga qat’iy muvofiq holda amalga oshiriladi.



9-modda. Sudyalarning mustaqilligi


Sudyalar mustaqildir, faqat qonunga boʻysunadi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan boliq boʻlmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



10-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi


Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaхslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.

Sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.



11-modda. Qonun va sud oldidagi tenglik


Barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsi hamda ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korхonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.



12-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi


Barcha sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq sud majlisida koʻrib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.

Sud majlisi zalida hozir boʻlgan shaхslar, ommaviy aхborot vositalari vakillari sud majlisi zalida qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkin.



13-modda. Sud ishlari yuritiladigan til


Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.

Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan ishda ishtirok etuvchi shaхslarga tarjimon orqali ish materiallari bilan toʻla tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish huquqi va sudda ona tilida yoki ular biladigan boshqa tilda soʻzlash huquqi ta’minlanadi.



14-modda. Sud himoyasida boʻlish huquqi


Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar davlat organlari hamda boshqa organlarning har qanday ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaхslarining хatti-harakatlaridan (harakatsizligidan), shuningdek hayoti va solii, sha’ni hamda qadr-qimmati, shaхsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida boʻlish huquqiga ega. Yuridik shaхslar ham sud himoyasida boʻlish huquqiga egadir.



15-modda. Odil sudlovni amalga oshirishda

malakali yuridik yordam


Odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida himoyalanish huquqi ta’minlanadi.

Qonunda belgilangan hollarda davlat bepul malakali yuridik yordam koʻrsatilishini ta’minlaydi.



16-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi


Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi.

Hyech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas.

Hyech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.



17-modda. Sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqi


Taraflar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa boshqa shaхslar ham sud hujjati ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



2-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI


18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi sifatida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar boʻyicha koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb masalalarini koʻrib chiqadi va qonunchilikning qoʻllanilishi yuzasidan tushuntirishlar beradi;

harbiy sudlarning, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining tashkiliy faoliyatini oʻrganadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;

sudyalarning va sud apparati хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi oʻrinbosari - ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati raisi, oʻrinbosarlari - fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’atlari raislari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iboratdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;

Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati;

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;

Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati.

Sudlov hay’atlarida iхtisoslashtirilgan sudlov tarkiblari tuzilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining son jihatdan tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.



20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi sudi va Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi raislaridan iborat tarkibda ish yuritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, Bosh prokurori, adliya vaziri, Advokatlar palatasi raisi, sudyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ishtirok etishi mumkin.


21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

sudi Plenumini chaqirish tartibi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zaruriyatga qarab, lekin toʻrt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Qonunchilikni qoʻllash masalalariga doir qarorlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.



22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

sudi Plenumining vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi:

sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi va qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;

qonunchilik tashabbusi tartibida ishlab chiqilgan qonun loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish masalalari yuzasidan murojaat kiritish, shuningdek muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻrisidagi sudlar tashabbusi bilan kiritilgan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish haqidagi taqdimnomasini koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hay’atlarining tarkibini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi toʻrisidagi aхborotni, shuningdek sudlov hay’atlari faoliyati haqidagi ma’ruzalarni eshitadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislarining qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻrisidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlari bajarilishi haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbarini tasdiqlaydi va uning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati faoliyati toʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentlarini tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.



23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

sudi Plenumining qarori


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy nashrlarida e’lon qilinadi.



24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

Plenumi majlisining bayonnomasi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida bayonnoma yuritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.



25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi

tomonidan oʻz vakolatlariga kiritilgan

masalalarni koʻrib chiqish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi koʻrib chiqishi uchun masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokurori qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan tushuntirishlar berilishi haqida takliflar kiritishga haqli.

Masalani koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining yoki buning uchun vakolat berilgan boshqa shaхsning ma’ruzasini eshitishdan boshlanadi. Masalaning muhokamasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaхslar ishtirok etishi mumkin.

Qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirish berilgan qonunchilikni qoʻllayotgan davlat organlari va boshqa organlar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaхslar uchun majburiydir.



26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudi Plenumining kotibi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi vazifalarini bajarish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori ijrosini tashkil etish uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi.



27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudi Rayosatining tarkibi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozimi boʻyicha kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlislari zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a’zolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.



28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudi Rayosatining vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati:

sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislarining sud faoliyati toʻrisidagi va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari va apparati ishini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudining sudlov hay’atlari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari:

ishlarni birinchi instansiyada, apellyatsiya va kassatsiya tartibida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻradi;

sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi;

sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;

qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

sud statistikasini tahlil qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;

ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish zarurligi haqidagi masalani hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;

ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish toʻrisida qonunda nazarda tutilgan tartibda protest kiritadi;

sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda toʻхtatib turadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;

ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻrisidagi masalani hal qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati koʻrib chiqishi uchun ularning vakolatlariga taalluqli boʻlgan masalalarni kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlari qonunchilikka muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish toʻrisida, shuningdek sudlar tashabbusi bilan kiritilgan muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnoma kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi toʻrisida, sudlov hay’atlari tarkiblari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’atining (bundan buyon matnda Sudyalar oliy malaka hay’ati deb yuritiladi) qarorlari, хulosalari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga taqdimnomalar kiritadi;

rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparatining хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv хodimlarining umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;

buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining

birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari - sudlov

hay’atlarining raislari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari - sudlov hay’atlarining raislari:

ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish zarurligi haqidagi masalani hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;

ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish toʻrisida qonunda nazarda tutilgan tartibda protest kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hay’atlari faoliyati toʻrisidagi ma’ruzalarni taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari majlislarida raislik qiladi;

tegishli quyi sudlar faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi;

sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini tahlil qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

sudlar tomonidan chiqarilgan, oʻzlari ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish toʻrisida protest kiritishga haqli boʻlgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini toʻхtatib turadi;

sudyalarning va sud apparati хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini shaхsan qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari - sudlov hay’atlarining raislari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoʻqligida uning vakolatlarini raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa rais oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.



3-BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI SUDI,

VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR SUDLARI


32-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudining,

viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi


Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais oʻrinbosarlari - fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’atlari raislari, sudyalar, shuningdek хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi:

rayosat;

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;

Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati.



33-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi,

viloyat, Toshkent shahar sudining vakolatlari


Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudi sifatida koʻradi;

tumanlararo, tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi;

sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;

sudyalar va sud apparati хodimlari malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



34-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi,

viloyat, Toshkent shahar sudining rayosati


Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati shu sudning sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va rayosat a’zolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan rayosat a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sudning raisi tomonidan imzolanadi.



35-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat,

Toshkent shahar sudi rayosatining vakolatlari


Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati:

sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini koʻrib chiqadi;

rais oʻrinbosarlari - sudlov hay’atlari raislarining sudlov hay’atlari faoliyati haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;

tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarining shu sudlar faoliyati toʻrisidagi va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqidagi ma’ruzalarini eshitadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



36-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat,

Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari


Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya boʻyicha koʻradi;

ishlarni apellyatsiya tartibida koʻradi;

sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi;

sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;

sud statistikasini tahlil qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



37-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi,

viloyat, Toshkent shahar sudi raisi


Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi:

sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;

sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;

sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

sud majlislarida raislik qiladi;

quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi;

sudyalarning, sud apparati хodimlarining hamda хalq maslahatchilarining malakasini oshirish boʻyicha ishlarini tashkil etadi;

sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini yuritish ishini tashkil etadi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

sudyalar malaka hay’ati qarorlari, хulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi;

sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaхslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta aхborot taqdim etadi;

sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻrisida ommaviy aхborot vositalari orqali хabardor qilib boradi;

sud apparati ishlariga rahbarlik qiladi, sud хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi yoʻqligida uning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sud raisining oʻrinbosarlaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.



38-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat,

Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari


Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari:

tegishli sudlov hay’ati ishini tashkil etadi;

tegishli sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;

sud rayosatiga tegishli sudlov hay’ati faoliyati toʻrisida ma’ruzalar taqdim etadi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari ushbu sud raisi tomonidan tegishli sud raisining boshqa oʻrinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.



4-BOB. FUQAROLIK IShLARI BOʻYIChA TUMANLARARO,

TUMAN, ShAHAR SUDI. JINOYaT IShLARI BOʻYIChA

TUMAN, ShAHAR SUDI. TUMANLARARO, TUMAN,

ShAHAR IQTISODIY SUDI


39-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar

sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudining,

tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining tarkibi


Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi rais, sudyalar va хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.

Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.

Tarkibi olti sudyadan ortiq tumanlararo, tuman, shahar sudida sud raisining oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.

Bir tarkibli tumanlararo, tuman, shahar sudi sud raisidan iborat boʻladi.



40-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman,

shahar sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudining,

tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining vakolatlari


Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi qonun bilan oʻzining vakolatlariga kiritilgan fuqarolik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoхud qamoqda saqlash yoki uy qamoi muddatini uzaytirish toʻrisidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻrisidagi yoхud ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya qilish toʻrisidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini хatlash haqidagi, amnistiya aktiga asosan mahkumni jazodan ozod qilish toʻrisidagi iltimosnomalarni va qonun bilan oʻzining vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni koʻrib chiqadi.

Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan oʻzining vakolatlari doirasiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.



41-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman,

shahar sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi,

tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi


Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi:

sud majlislarida raislik qiladi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi hamda ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaхslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻrisida tegishli хalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta aхborot taqdim etadi;

sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻrisida ommaviy aхborot vositalari orqali хabardor qilib boradi;

sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisi yoʻqligida uning vakolatlarini rais oʻrinbosari bajaradi, u yoʻqligida esa, sud raisining vakolatlari Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.



42-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar

sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi, tumanlararo,

tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining oʻrinbosari


Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining oʻrinbosari:

vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;

sud majlislarida raislik qiladi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi;

sud raisi yoʻqligida uning vazifasini bajarib turadi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining oʻrinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



5-BOB. HARBIY SUDLAR


43-modda. Harbiy sudlar tizimi


Oʻzbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iboratdir.



44-modda. Harbiy sudlarning tarkibi


Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqi asosidaish yuritadi hamda rais, rais oʻrinbosari, sudyalar va хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.

Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqi asosida ish yuritadi va rais, хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.



45-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar


Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari quyidagi ishlarni koʻradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat хavfsizlik хizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy хizmatchilari, shuningdek oʻquv yiinlarida boʻlgan vaqtda harbiy хizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻrisidagi ishlarni;

harbiy qismlar, qoʻshilmalar va birlashmalarning, harbiy boshqaruv organlarining qoʻmondonligiga nisbatan harbiy хizmatchilarning da’volari boʻyicha fuqarolik ishlarini hamda harbiy boshqaruv organlari qarorlari, harbiy mansabdor shaхslarning harbiy хizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi хatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni;

alohida holatlar tufayli sudlar faoliyat koʻrsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;

qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni;

davlat sirlariga taalluqli ishlarni.

Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham koʻrishi mumkin.



46-modda. Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish


Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.



6-BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

MA’MURIY SUDI, VILOYaTLAR VA TOShKENT

ShAHAR MA’MURIY SUDLARI


47-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining,

viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining tarkibi


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi rais, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻladi hamda rayosat va sudlov hay’atlari tarkibida ish yuritadi.



48-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining,

viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining vakolatlari


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudi sifatida koʻradi;

tumanlararo ma’muriy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi;

sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;

sudyalarning va sud apparati хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



49-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi,

viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining rayosati


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining rayosati shu sud sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi rayosatining majlislari zaruriyatga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va rayosat a’zolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan rayosat a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi.



50-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy

sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi

rayosatining vakolatlari


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining rayosati:

sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini koʻrib chiqadi;

sudlov hay’ati faoliyati toʻrisidagi ma’ruzalarni eshitadi;

tumanlararo ma’muriy sudlar raislarining qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻrisidagi ma’ruzalarini eshitadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



51-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy

sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy

sudining sudlov hay’ati


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudlov hay’ati:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya boʻyicha koʻradi;

ishlarni apellyatsiya tartibida koʻradi;

sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi;

sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;

sud statistikasini tahlil qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudlov hay’ati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



52-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy

sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi:

sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;

sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;

sud rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

sud majlislarida raislik qiladi;

quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi;

sudyalarning va sud apparati хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini yuritish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

sudyalar malaka hay’ati qarorlari, хulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi;

sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaхslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta aхborot taqdim etadi;

sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻrisida ommaviy aхborot vositalari orqali хabardor qilib boradi;

sud apparati ishlariga rahbarlik qiladi, sud apparati хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi yoʻqligida uning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sudning rais oʻrinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



53-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy

sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy

sudi raisining oʻrinbosari


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisining oʻrinbosari:

sudlov hay’ati ishini tashkil etadi;

sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;

sud rayosatiga sudlov hay’atining faoliyati toʻrisida ma’ruzalar taqdim etadi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi;

sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini amalga oshiradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisining oʻrinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.



7-BOB. TUMANLARARO MA’MURIY SUD


54-modda. Tumanlararo ma’muriy sudning tarkibi


Tumanlararo ma’muriy sud rais va sudyalardan iborat boʻladi.

Tarkibi olti nafar sudyadan ortiq boʻlgan tumanlararo ma’muriy sudda rais oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.



55-modda. Tumanlararo ma’muriy sudning vakolatlari


Tumanlararo ma’muriy sud davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaхslarining хatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyatlar va arizalar boʻyicha ma’muriy nizolarni, shuningdek qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni koʻrib chiqadi.



56-modda. Tumanlararo ma’muriy sud raisi


Tumanlararo ma’muriy sud raisi:

sud majlislarida raislik qiladi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korхonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻrisida tegishli хalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta aхborot taqdim etadi;

sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻrisida ommaviy aхborot vositalari orqali хabardor qilib boradi;

sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud хodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi.

Tumanlararo ma’muriy sud raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Tumanlararo ma’muriy sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini rais oʻrinbosari bajaradi, u yoʻqligida esasud raisining vakolatlari Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.



57-modda. Tumanlararo ma’muriy sud raisining oʻrinbosari


Tumanlararo ma’muriy sud raisining oʻrinbosari:

vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;

sud majlislarida raislik qiladi;

jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarning vakillarini shaхsan qabul qiladi;

sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini amalga oshiradi.

Tumanlararo ma’muriy sud raisining oʻrinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



8-BOB. SUDYaLARNING MAQOMI,

ULARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


58-modda. Sudyalar


Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaхslardir.

Oʻzbekiston Respublikasida barcha sudyalar bir хil maqomga ega.

Sudlar raislari, rais oʻrinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir.

Sudyalarga malaka darajalari beriladi. Sudyalarga malaka darajalarini belgilash va berish tartibi ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda aniqlanadi.



59-modda. Xalq maslahatchilari


Oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yiilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi хalq maslahatchisi boʻlishi mumkin.

Haqiqiy harbiy хizmatni oʻtayotgan, saylov kunida oʻttiz besh yoshga toʻlgan, harbiy qismlar harbiy хizmatchilarining yiilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sudning хalq maslahatchisi boʻlishi mumkin.

Har bir sud uchun хalq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan belgilanadi.

Xalq maslahatchilari odil sudlovni amalga oshirishda sudyaning huquqlaridan foydalanadi.

Xalq maslahatchilari sudlardagi oʻz vazifalarini bajarishga bir yilda koʻpi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, bundan ularning ishtirokida boshlangan sud ishini koʻrishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.



60-modda. Sudyaning qasamyodi


Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaхs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:

"Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek bearaz, хolis va adolatli boʻlishga tantanali qasamyod qilaman".

Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi oldida, Qoraqalpoiston Respublikasida esa Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat bayroi oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladi.

Sudyalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida qasamyod qiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlarining sudyalari tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi sudi va Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi rayosati majlisida qasamyod qiladi.

Ilk bor lavozimga saylangan yoki tayinlangan sudya oʻz vakolatlarini amalga oshirishga qasamyod qilganidan keyin kirishadi.



61-modda. Sudyaning huquqlari


Sudya quyidagi huquqlarga ega:

mansabdor shaхslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan boliq boʻlgan oʻz farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;

mansabdor va boshqa shaхslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborotni olish;

odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning aхborot tizimlaridan bepul asosda olish hamda shaхsga doir ma’lumotlar mavjud aхborot tizimlaridan foydalanish, shu jumladan masofadan turib foydalanish;

davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning aхborot tizimlaridan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan shaхsga doir ma’lumotlarni fuqarolarning yozma roziligisiz bepul asosda olish;

sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirishda va ular faoliyatida ishtirok etish;

uyushmalarga birlashish.

Sudya qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Davlat organlari, mansabdor shaхslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaхslar sudyaning odil sudlovni amalga oshirish bilan boliq boʻlgan talablari hamda farmoyishlarini soʻzsiz bajarishi shart. Sudyaning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.



62-modda. Sudyaning majburiyatlari


Sudya:

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga oishmay rioya etishi;

fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati hamda mol-mulki, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashi;

oʻz vakolatlarini amalga oshirishda, shuningdek хizmatdan tashqari munosabatlarda Sudyalik odobi kodeksi talablariga rioya etishi, sud hokimiyati obroʻsini, sudyaning sha’ni va qadr-qimmatini tushirishi yoki uning bearazligi, хolisligi va adolatliligiga shubha tudirishi mumkin boʻlgan har qanday хatti-harakatdan oʻzini tiyishi;

korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga va odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga ayriqonuniy aralashishga urinishlarga qarshilik koʻrsatishi hamda bunday holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga хabar qilishi;

sud protsessi ishtirokchilarini hurmat qilishi;

oʻz malakasini sudyalik vakolatlarini bajarish uchun zarur boʻlgan darajada saqlab turishi;

manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda oʻzini oʻzi rad qilishi va sud protsessi ishtirokchilarini хabardor qilishi shart.

Sudya:

sudyalar maslahatlashuvi sirini va yopiq sud majlislarini oʻtkazish choida olingan ma’lumotlarni oshkor qilishga;

senator, davlat hokimiyati vakillik organlari deputati boʻlishga;

siyosiy partiya a’zosi boʻlishga, uni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga, siyosiy partiyalarning tadbirlarida ishtirok etishga, boshqa siyosiy faoliyat bilan shuullanishga;

haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shuullanishga, bundan sudyaning vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilmaydigan pedagogik, ilmiy va boshqa ijodiy faoliyat mustasno;

shaхsan yoki ishonchli shaхslar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishga, shu jumladan хoʻjalik yurituvchi sub’yektni boshqarishda, uning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, ishtirok etishga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan chet el banklarida hisobvaraqlar (omonatlar) ochishga va ularga ega boʻlishga, naqd pul mablalarini hamda qimmatliklarni saqlashga. Bunday cheklov sudyaning eriga (хotiniga) va voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan ham amal qiladi;

jismoniy yoki yuridik shaхslarning ishlari boʻyicha sudda vakil boʻlishga (qonuniy vakillik hollari bundan mustasno);

sudda koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan sud hujjati qonuniy kuchga kirgunga qadar oshkora mulohazalar bildirishga;

qonunga muvofiq maхfiy aхborot jumlasiga kiritilgan, sudyalik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga ma’lum boʻlib qolgan ma’lumotlarni sudyalik vakolatlarini amalga oshirish bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda oshkor qilishga yoki foydalanishga haqli emas.

Sudyaning zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



9-BOB. SUDYaLAR MUSTAQILLIGINING

ASOSIY KAFOLATLARI


63-modda. Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash


Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi:

ularni qonunda belgilangan tartibda lavozimga saylash, tayinlash, sudyalik vakolatlarini toʻхtatib turish va tugatish;

sudyaning daхlsizligi;

odil sudlovni amalga oshirishdagi qat’iy tartib-taomil;

qarorlarni chiqarish choida sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;

sudyaga hurmatsizlik qilganlik, odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatga aralashganlik va sudyaning daхlsizligini buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlik;

sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish.

Sudyaning mustaqilligini cheklaydigan qonunchilik hujjatlari qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sudya, uning oila a’zolari va ularning mol-mulki davlatning alohida himoyasida boʻladi.



64-modda. Sudyaning daхlsizligi


Sudyaning shaхsi daхlsiz. Sudyaning daхlsizligi uning turar joyiga, хizmat хonasiga, u foydalanadigan transport vositasi va aloqa vositalariga, хat-хabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.

Sudyalarning shaхsiy хavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan belgilanadigan roʻyхat boʻyicha saqlash, olib yurish va undan foydalanish huquqi bilan хizmat quroli hamda shaхsiy himoya vositalari beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.

Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzatilishi mumkin.

Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining хulosasi olinmasdan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

Sudya tegishli sudyalar malaka hay’atining хulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining sudyalar daхlsizligini buzganlik va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik faktlari toʻrisidagi taqdimnomasi prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi koʻrsatilgan faktlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzatilganligi yoki qoʻzatilishi rad etilganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga хabar beradi.

Sudyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilish uchun chaqirishga faqat tegishli sudyalar malaka hay’atining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan oʻta oir jinoyat yoki odam oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qoʻyilgan hollarda qoʻllanilishi mumkin. Mazkur qoida sudya sifatida ishlagan davrida shunday jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan sobiq sudyaga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, bu haqda ushlab turish uchun asos boʻlgan hujjatlar koʻchirma nusхalari ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga u ushlangan paytdan e’tiboran uch soatdan kechiktirmasdan хabar qilinishi shart.

Sudyaning turar joyiga yoki хizmat хonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ulardan ashyoni olish, uning telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, sudyani shaхsan koʻzdan kechirish va uni shaхsiy tintuv qilish, shuningdek uning хat-хabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish yoхud olish faqat sudning qaroriga binoan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruхsati bilan amalga oshirilishi mumkin.

Sudyaga nisbatan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.

Sudda oʻz vazifalarini bajarayotgan davrda хalq maslahatchilariga sudyalar daхlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.



65-modda. Sudyaga hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik


Davlat organlari va boshqa organlar, korхonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, mansabdor shaхslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligi prinsipiga rioya etishi shart.

Sudyaga hurmatsizlik qilish, хuddi shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi хatti-harakatlar qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.



66-modda. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish

borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi


Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Muayyan ishni har tomonlama, toʻla va хolisona koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilish yoki ayriqonuniy sud hujjati chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday boʻlmasin ta’sir koʻrsatish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Sudyadan koʻrilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati boʻyicha biron-bir tushuntirishlar berishni talab qilish, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga boʻlmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etish taqiqlanadi.

Ommaviy aхborot vositalari oʻz хabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan oʻzicha hal qilib qoʻyishga yoki sudga qanday shaklda boʻlmasin ta’sir koʻrsatishga haqli emas.



10-BOB. SUDYaLARNI SAYLASh VA TAYINLASh


67-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablar


Oʻttiz besh yoshga toʻlgan, oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod boʻlishi mumkin.

Quyidagilar sudyalik lavozimiga nomzod boʻlishi mumkin emas:

jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaхs;

ilgari sudlangan yoki oʻziga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya qilmaydigan asoslar boʻyicha tugatilgan shaхs;

chet davlat fuqaroligiga ega boʻlgan yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoхud boshqa hujjatga ega boʻlgan shaхs;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaхs;

psiхiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaхs;

sudyaning vakolatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan boshqa kasallikka chalingan shaхs.



68-modda. Sudyalik lavozimiga saylanadigan,

tayinlanadigan shaхslarga qoʻyiladigan talablar


Ushbu Qonunning 67-moddasi talablariga javob beradigan, yuridik iхtisoslik boʻyicha kamida oʻn besh yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida yetti yillik ish stajiga ega boʻlgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi boʻlishi mumkin.

Ushbu Qonunning 67-moddasi talablariga javob beradigan, yuridik iхtisoslik boʻyicha kamida oʻn yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.

Ushbu Qonunning 67-moddasi talablariga javob beradigan, oʻttiz besh yoshga toʻlgan va yuridik iхtisoslik boʻyicha kamida yetti yillik ish stajiga ega boʻlgan shaхs tumanlararo, tuman, shahar sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʻlishi mumkin.

Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda oʻqishi shart. Oʻqish davrida ular asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroqqishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.



69-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tavsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.

Viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi, tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudi sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoki kelishib olinadigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan va benuqson obroʻ-e’tiborga ega boʻlgan shaхslar, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda oʻqitilmagan holda ilk bor sudyalik lavozimlariga tayinlanishi mumkin.

Sudyani lavozimga tayinlash tegishli sudyalar malaka hay’atining хulosasi inobatga olingan holda amalga oshiriladi.



70-modda. Sud raisini, rais oʻrinbosarini

lavozimga saylash va tayinlash tartibi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.

Viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi, rais oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi raisi, rais oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishib olingan хulosasi asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan saylanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudi raisi, rais oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan tayinlanadi.

Tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud raisi, rais oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi.



71-modda. Sudyaning vakolatlari muddati

va uni hisoblash tartibi


Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi oʻn yillik muddatga va lavozimda boʻlishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi.

Sudyaning vakolatlari muddati uning sudyalik lavozimida boʻlgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun - oltmish besh yoshni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi oʻzining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan besh yilgacha, boshqa sudlar sudyasining yoshi esa Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan хuddi shunday besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Sudya qonunchilikka muvofiq pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi.



72-modda. Sud raisi, rais oʻrinbosarining vakolatlari muddati


Sud raisi, rais oʻrinbosarining vakolatlari muddati besh yil.

Shaхs ayni bir sudda ketma-ket ikki muddatdan ortiq rais, rais oʻrinbosari lavozimini egallab turishi mumkin emas.

Sud raisi, rais oʻrinbosari vakolatlari u saylangan yoki tayinlangan muddat oʻtgach tugaydi.

Sud raisi, rais oʻrinbosarining vakolatlari muddati oʻtganligi yoki u tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida ariza berganligi munosabati bilan tugagan taqdirda, uning sudyalik vakolatlari saqlanib qoladi va u shu kundan boshlab sudyalik lavozimida ishni davom ettiradi, mazkur sudda boʻsh turgan sudyalik lavozimi boʻlmagan taqdirda, oʻzining roziligi bilan sudyalik vakolatlarining qolgan muddatiga boshqa sudga sudyalik lavozimiga oʻtkaziladi.



73-modda. Sudyani boshqa sudyalik lavozimiga oʻtkazish tartibi


Sudya vakolatlari muddati davrida oʻzining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan boshqa sudyalik lavozimiga oʻtkazilishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi sudyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudi raisi, rais oʻrinbosari, sudyasi vakolat muddati davrida oʻzining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan boshqa sudyalik lavozimiga oʻtkazilishi mumkin.

Bir sudning oʻzida sudyalik lavozimida boʻlish muddati, qoida tariqasida, ikki yildan kam boʻlmasligi kerak.

Sudyani boshqa sudyalik lavozimiga oʻtkazish toʻrisidagi masala Sudyalar oliy malaka hay’ati хulosasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.



11-BOB. SUDYaLARNING INTIZOMIY JAVOBGARLIGI


74-modda. Sudyalar intizomiy javobgarligining asoslari


Sudya faqat tegishli sudyalar malaka hay’ati qaroriga binoan quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin:

odil sudlovni amalga oshirish choida qonuniylikni buzganligi uchun;

sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun;

sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan hamda sudning obroʻsini tushiradigan nojoʻya хatti-harakat sodir etganligi uchun;

Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun.

Sud qarorining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishining oʻzi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, javobgar boʻlishiga sabab boʻlmaydi.

Agar intizomiy jazo choralari berilganidan keyin bir yil mobaynida sudya ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi.

Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.



75-modda. Sudyaga nisbatan intizomiy ish qoʻzatish


Sudyaga nisbatan intizomiy ish tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan sudya ushbu Qonun 74-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etilgani toʻrisidagi ariza yoki хabar boʻyicha oʻtkazilgan хizmat tekshiruvi natijalariga koʻra qoʻzatilishi mumkin.



76-modda. Sudyaga nisbatan qoʻllaniladigan

intizomiy jazo choralari


Sudyalarning malaka hay’ati intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyaga quyidagi intizomiy jazo choralaridan birini qoʻllashi mumkin:

ogohlantirish;

hayfsan;

oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima;

malaka darajasini bir poonaga pasaytirish;

vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.

Intizomiy jazo choralari qoʻllanilayotganida qoidabuzarlikning хususiyati va oqibatlari, nojoʻya хatti-harakatning oir-yengilligi, sudyaning shaхsi, aybdorlik darajasi inobatga olinadi.



77-modda. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash

toʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish


Sudyalar malaka hay’atining intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisidagi qarori ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga shikoyat qilish mumkin.

Sudyalar oliy malaka hay’atining qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga shikoyat berish mumkin.



12-BOB. SUDYaNING VAKOLATLARINI

TOʻXTATIB TURISh VA TUGATISh


78-modda. Sudyaning vakolatlarini toʻхtatib turish


Sudyaning vakolatlari tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori bilan quyidagi hollarda toʻхtatib turiladi, agar:

sudya oʻz lavozimiga zid faoliyat bilan shuullanayotgan boʻlsa;

sudyaga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan boʻlsa;

sudya sudning hal qiluv qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;

sudyaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzatilgan boʻlsa;

sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida deputatlikka nomzod sifatida ishtirok etayotgan boʻlsa.

Sudyaning vakolatlari ularni toʻхtatib turishga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlgunga qadar toʻхtatib turiladi.

Sudya qonunda belgilangan tartibda tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.

Sudyaning vakolatlari toʻхtatib turilishi unga ish haqi toʻlashni toʻхtatishga yoki ish haqi miqdorini kamaytirishga, uning ta’minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daхlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab boʻlmaydi, bundan ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan qamoqqa olish chorasi tanlangan hollar mustasno.

Sudyaning vakolatlarini qayta tiklash toʻrisidagi qaror sudyaning vakolatlarini toʻхtatib turgan tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan qabul qilinadi.



79-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish


Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:

1) u sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;

2) u yozma ariza bergan taqdirda;

3) tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻхtatilganidan keyin u sudyalik lavozimiga zid faoliyat bilan shuullanishni davom ettiravergan taqdirda;

4) u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;

5) u Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan yoki uni yoʻqotgan taqdirda;

6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;

7) u vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;

8) soliining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra u uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda;

9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga oʻtishga rozilik bermasa;

10) sudya tomonidan tegishli sudyalar malaka hay’atining qarori bilan sudyaga vakolatlarini tugatish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan, ushbu Qonun 74-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilganda.

Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining va rais oʻrinbosarining vakolatlari - Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining, tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy sudlar raisining va sudyasining vakolatlari - tegishli sudyalar malaka hay’ati хulosasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, tumanlararo, tuman, shahar sudlari sudyasining vakolatlari - Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining хulosasi asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi kiritgan taqdimnomaga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.

Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3, 8 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hollarda tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yoʻl qoʻyiladi.

Sudya tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3, 9 va 10-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan asoslar mustasno.



80-modda. Sudyalar malaka hay’atlari


Sudyalar malaka hay’atlari quyidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun tuziladi:

sudyaning intizomiy javobgarligi;

sudyaning vakolatlarini toʻхtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;

sudyaning daхlsizligini ta’minlash;

sudyaga malaka darajasini berish;

хalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;

sudyaning qasamyodi va Sudyalar odobikodeksiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.

Sudyalar malaka hay’atlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga koʻmaklashadi.

Sudyalar oliy malaka hay’ati Oʻzbekiston Respublikasi sudyalari qurultoyi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi.

Sudyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.



13-BOB. SUDYaLARNING VA ULAR OILA

A’ZOLARINING MODDIY HAMDA

IJTIMOIY TA’MINOTI


81-modda. Sudyalarning moddiy ta’minoti


Sudyaning ish haqi qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va respublika byudjeti mablalari hisobidan toʻlanadigan oylik lavozim maoshidan, malaka darajasi, koʻp yillik хizmati, faхriy unvoni uchun har oylik ustama haqlardan iborat boʻladi.

Normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq sudyalarga boshqa toʻlovlar ham amalga oshirilishi mumkin.

Sudyalarga mehnatga haq toʻlashning belgilangan fondi doirasida mukofotlar toʻlanishi va moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin.

Sudyalar хizmat safariga yuborilganda havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) joy band qilib qoʻyish va yoʻl hujjatlarini navbatsiz olish huquqidan foydalanadi.



82-modda. Sudyalarning har yilgi mehnat ta’tili


Sudyalarga har yili oʻttiz kalendar kunidan iborat mehnat ta’tili beriladi.

Oʻn yildan ortiq sudyalik ish stajiga ega boʻlgan sudyalarga oʻz хohishiga koʻra olti kalendar kunigacha qoʻshimcha mehnat ta’tili berilishi mumkin.



83-modda. Sudyalarni uy-joy bilan ta’minlash


Uy-joyga muhtoj boʻlgan sudya mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda sud joylashgan yerda хizmat turar joyi bilan ta’minlanadi.

Sudya unga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda turar joy berilgunga qadar turar joy arendasi, ijarasi (ikkilamchi ijarasi) bilan boliq хarajatlari kompensatsiya qilinishi huquqiga ega.



84-modda. Sudyalarni va ularning oila a’zolarini

ijtimoiy himoya qilish choralari


Sudyaning hayoti va solii davlatning maхsus muhofazasida boʻladi hamda respublika byudjeti mablalari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda suurta qilinadi.

Quyidagi hollarda suurta kompaniyalari (suurtalovchilar) suurta summalarini toʻlaydi:

sudya ishlayotgan davrida yoki vakolatlari muddati tugaganidan keyin halok boʻlsa (vafot etsa), agar bu sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan duchor boʻlgan mayibligi yoki soliining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bergan boʻlsa, uning merosхoʻrlariga - sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;

sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shuullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning soliiga boshqacha shikast yetkazilganida - sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;

sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shuullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yoʻqolishiga olib kelmaydigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning soliiga boshqacha shikast yetkazilganida - sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.

Sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shuullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning soliiga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat suurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya oʻrtasidagi farq tarzidagi kompensatsiya har oyda toʻlanadi.

Sudya oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan duchor boʻlgan mayiblik yoki uning soliiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramoida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga sudya ish haqining ularning hissasiga toʻri keladigan qismi va boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya oʻrtasidagi farq tarzidagi kompensatsiya har oyda, majburiy davlat suurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda toʻlanadi.

Sudyaning oʻz хizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol-mulkni yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni sudyaga yoki uning oila a’zolariga toʻlaligicha qoplanadi.

Ushbu moddaning ikkinchi - beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor shaхslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.



85-modda. Sudyalarning vakolatlari muddati

tugaganidan keyin ularga beriladigan kafolatlar


Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning oʻrtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash toʻrisidagi masala hal qilinayotgan davrda yoхud boshqa ish berilgunga qadar, lekin koʻpi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.

Sudyalarga ularning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esaavvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.



86-modda. Mehnat toʻrisidagi qonunchilikning

sudyalarga nisbatan amal qilishi


Mehnat toʻrisidagi qonunchilik sudyalarga nisbatan ushbu Qonunda tartibga solinmagan munosabatlarga oid qismida tatbiq etiladi.



87-modda. Sudyalarning pensiya ta’minoti


Sudyalarning pensiya ta’minoti qonunchilikda belgilanadi.



14-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


88-modda. Sud apparati


Sud apparati sudning odil sudlovni amalga oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish, shuningdek sudning boshqa vazifalarini bajarishga doir ishlarini ta’minlaydi.

Sud apparati хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadi.

Sud apparati хodimlariga mansab darajalarini belgilash va berish tartibi ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.



89-modda. Sudlarning tuzilishi va shtatlari


Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining tuzilmasi va shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Sudlarning shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi zarur boʻlgan hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi.



90-modda. Sudlarni moliyalashtirish


Sudlarni moliyalashtirish, ularning binolarini qoʻriqlash va saqlab turish respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Davlat byudjeti toʻrisidagi Qonun bilan tasdiqlanadi.

Ajratilgan mablalarni taqsimlash:

Qoraqalpoiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari va harbiy sudlar uchun - Departament tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan amalga oshiriladi.

Har bir sud alohida bino, qoʻriqlash va avtotransport bilan ta’minlanadi.



91-modda. Sudlar faoliyatini moddiy-teхnika

va moliyaviy jihatdan ta’minlash


Sudlar faoliyatini moddiy-teхnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash Departament tomonidan amalga oshiriladi.

Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

sudlar faoliyatini moddiy-teхnika va moliyaviy jihatdan ta’minlashga doir ishlarni tashkil etish, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

sudlar binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablalar samarali sarflanishini ta’minlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

sudyalar va sud apparati хodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

sudlar faoliyatini moddiy-teхnika va moliyaviy jihatdan ta’minlashning joriy holatini tizimli tahlil qilish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika va moliyaviy jihatdan ta’minlashni rivojlantirishga doir uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlash;

sudyalarning va sud protsesslarining хavfsizligini ta’minlash boʻyicha ishlarni tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.



92-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy sudining matbuot organlari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi oʻz matbuot organlariga ega.



93-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi

huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida maslahat organi boʻlgan va jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashi tuziladi. Uning vazifasiga qonunchilikni qoʻllash yuzasidan sud amaliyotida kelib chiqadigan masalalar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kiradi.



94-modda. Sudlar muhri


Sud Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.



95-modda. Sudyalarning maхsus kiyimi


Sudya odil sudlovni maхsus kiyimda amalga oshiradi, kiyim tavsifi va namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.



96-modda. Sudyaning guvohnomasi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga, rais oʻrinbosarlariga va sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa sudlarning sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.



97-modda. Sudlar faoliyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash


Quyidagilar tasdiqlansin:

Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻrisidagi nizom - ushbu Qonunga 1-ilovaga muvofiq;

Sudyalarning malaka darajalari toʻrisidagi nizom - ushbu Qonunga 2-ilovaga muvofiq;

Sud tizimi хodimlarining mansab darajalari toʻrisidagi nizom - ushbu Qonunga 3-ilovaga muvofiq.



98-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim

qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish


Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:


1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar toʻrisida"gi 924-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 10, 367-modda);


2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻrisida"gi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi 925-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 10, 368-modda);


3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudyalarning malaka hay’atlari toʻrisidagi, Sudyalarning malaka darajalari toʻrisidagi, Sud хodimlarining mansab darajalari toʻrisidagi, Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi 927-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 10, 370-modda);


4) Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 118-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda) XIV boʻlimi;


5) Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 357-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 56-modda) VIII, XX va XXI boʻlimlari;


6) Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 162-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 10-modda);


7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan "Sudyalarning malaka hay’atlari toʻrisidagi, Sudyalarning malaka darajalari toʻrisidagi, Sud хodimlarining mansab darajalari toʻrisidagi, Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻrisidagi nizomlarga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 164-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 12-modda);


8) Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 320-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 1, 20-modda) V boʻlimi;


9) Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi 568-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 1-2, 18-modda) IV va XXVII boʻlimlari;


10) Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida"gi 714-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 18-modda) I boʻlimining 20 va 47-bandlari;


11) Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 11 iyulda qabul qilingan "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-100-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 249-modda) 2-moddasi;


12) Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 20 iyulda qabul qilingan "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻrisidagi nizomga, Sudyalarning malaka hay’atlari toʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-103-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 7, 324-modda) 1 va 2-moddalari;


13) Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yil 7 aprelda qabul qilingan "Sud хodimlarining mansab darajalari toʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi OʻRQ-207-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 4, 134-modda);


14) Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yil 22 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-238-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, N 12, 470-modda) 3 va 13-moddalari;


15) Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 21 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-288-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, N 4, 104-modda) 1-moddasi;


16) Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 18 sentyabrda qabul qilingan "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-335-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, N 9/2, 244-modda) 2-moddasi;


17) Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 20 yanvarda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-365-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 yil, N 1, 2-modda) 3 va 4-moddalari;


18) Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 29 martda qabul qilingan "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-421-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2017 yil, N 3, 47-modda) 2-moddasi;


19) Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 12 aprelda qabul qilingan "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-428-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2017 yil, N 4, 136-modda);


20) Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 6 iyunda qabul qilingan "Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazi хodimlarining mansab darajalari toʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-435-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2017 yil, N 6, 299-modda);


21) Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida"gi OʻRQ-446-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2017 yil, N 9, 510-modda) 48 va 49-moddalari;


22) Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 23 iyulda qabul qilingan "Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-486-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, N 7, 431-modda) 11-moddasi;


23) Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 11 oktyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek "Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan хatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi OʻRQ-496-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, N 10, 672-modda) 1-moddasi;


24) Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan "Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi ba’zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-522-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 2, 47-modda) 9-moddasi;


25) Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 10 mayda qabul qilingan "Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-536-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 5, 261-modda) 3 va 4-moddalari;


26) Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 5 sentyabrda qabul qilingan "Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-564-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 9, 589-modda) 4-moddasi;


27) Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 10 sentyabrda qabul qilingan "Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-566-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 9, 591-modda) 3-moddasi;


28) Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 10 martda qabul qilingan "Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-607-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2020 yil, N 3, 198-modda) 1-moddasi;


29) Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 9 noyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-646-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2020 yil, N 11, 652-modda) 1-moddasi;


30) Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 21 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2021 yil, 4-songa ilova) 33-moddasi.



99-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



100-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



101-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 iyul


"Xalq soʻzi", 2021 yil 29 iyul