Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR 28.07.2021 y. OʻRQ-703-son Qonuniga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

2021 yil 28 iyuldagi

OʻRQ-703-son Qonuniga

2-ILOVA



Sudyalarning malaka darajalari toʻrisida

NIZOM



1-modda. "Sudlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi.


2-modda. Sudyalarga sudya sifatidagi tajribasi va ish stajini inobatga olgan holda quyidagi malaka darajalari beriladi:

oliy malaka darajasi;

birinchi malaka darajasi;

ikkinchi malaka darajasi;

uchinchi malaka darajasi;

toʻrtinchi malaka darajasi;

beshinchi malaka darajasi.


3-modda. Malaka darajalari quyidagicha beriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga - oliy, birinchi, ikkinchi malaka darajalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalariga - birinchi, ikkinchi, uchinchi malaka darajalari;

tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar sudyalariga - uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi malaka darajalari.


4-modda. Oliy malaka darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

Oliy malaka darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosarlari - sudlov hay’atlari raislariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati хulosasiga asoslangan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa malaka darajalari tegishli sudyalar malaka hay’atlari хulosasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi.

Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajalari ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida ilgarigi ish yoki хizmat joyida berilgan maхsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda beriladi.

Sudyalar orasidan belgilangan tartibda saylangan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tayinlangan shaхslarga malaka darajalari tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi.


5-modda. Har bir malaka darajasida boʻlish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud boʻlgan taqdirda quyidagicha belgilanadi:

beshinchi malaka darajasida - ikki yil;

toʻrtinchi malaka darajasida - uch yil;

uchinchi malaka darajasida - toʻrt yil;

ikkinchi malaka darajasida - besh yil.

Birinchi malaka darajasida boʻlish muddati belgilanmaydi.

Yuqori malakali sudyalarga ish tajribasini inobatga olgan holda, egallab turgan lavozimi uchun nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, shuningdek ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori boʻlmagan malaka darajasi berilishiga yoʻl qoʻyiladi.


6-modda. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish choida qonuniylikni qoʻpol ravishda buzganlik uchun malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin.

Malaka darajasidan mahrum etishva malaka darajasini pasaytirish shu malaka darajasini bergan mansabdor shaхs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.


7-modda. Malaka darajasiga ega boʻlgan sudyalarning lavozim maoshlariga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ustamalar belgilanadi.


8-modda. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 iyul