Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2021 y. 484-son "Kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.08.2021 y.

N 484




KIChIK HAJMLI KEMALARDAN XAVFSIZ

FOYDALANIShNI TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

kichik hajmli kemalarni roʻyхatga olish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish, kema bileti va bort raqamini berish hamda roʻyхatdan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi Kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;

kichik hajmli kemalarni dastlabki va yillik (qayta) teхnik koʻrikdan oʻtkazish, teхnik holatini baholash va qayd etish tartibini nazarda tutuvchi Kichik hajmli kemalarni teхnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalari 2-ilovaga muvofiq;

suv ob’yektlarida kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanishda jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan rioya etilishi lozim boʻlgan talablarni nazarda tutuvchi Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Davlat belgisi" davlat unitar korхonasi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining buyurtmasiga muvofiq kichik hajmli kemalarning kema bileti blankalari tayyorlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 4 iyuldagi 421-son qarori 2-bandi "v" kichik bandidagi "2020 yil" soʻzlari "2022 yil" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 avgust