Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.08.2021 y. 509-son "Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.08.2021 y.

N 509



DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK

LOYIHALARINI AMALGA OShIRIShNI

JADALLAShTIRISh VA ULARNI MOLIYaLAShTIRISh

TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2021-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4936-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Davlat-хususiy sheriklik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim doirasida хususiy sherikning va (yoki) kreditorning (kreditorlarning) manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllab-quvvatlashning quyidagi turlarini taqdim etishi mumkinligi belgilab qoʻyilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

subsidiyalar, shu jumladan, хususiy sherikning davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qoʻyilmalar;

davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini iste’mol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti tizimining byudjet mablalari;

byudjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalashtirishning boshqa turlarini berish;

investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida oʻzaro kelishuvga koʻra qoʻshimcha kafolatlar;

soliq imtiyozlari va preferensiyalari, shuningdek, boshqa imtiyozlar;

boshqa kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalar.


2. Quyidagilar:

davlat-хususiy sheriklik loyihalari doirasida davlat-хususiy sheriklik ob’yektini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ta’mirlash va хizmat koʻrsatish хarajatlarini hamda davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida konsalting хizmatlarini jalb etish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiyalar, byudjet ssudalari, kredit liniyalarini berish tartibini nazarda tutuvchi Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yildan boshlab davlat-хususiy sheriklik sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan mezon va shartlarga mos keladigan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetida ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar uchun nazarda tutilgan mablalar doirasida davlat-хususiy sheriklik loyihalarini shakllantirib, ularning Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan talab etiladigan mablalar ajratilishini nazarda tutsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 11 avgustdagi

509-son qaroriga

2-ILOVA



2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat

byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan

davlat-хususiy sheriklik loyihalarining

MANZILLI ROʻYXATI*

T/r

Loyihaning nomi


DXSh

bitimining

amal qilish

muddati


Loyihani

amalga

oshirish

muddati


Loyiha

qiymati


2021 yilda

Davlat byudjeti

hisobidan

ajratiladigan

mabla (mln soʻm)


shu jumladan, yoʻnalishlari boʻyicha


Kurilish va

modernizatsiya


Ta’mirlash

хarajati


Loyiha

hujjatlarini

ishlab chiqish


Uy-joy va kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi

1.

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani "Qorashina", "Beshbuloq", "Aerodrom", "Bibi-Qorasoch", "Chuchuk-quduq" va "Gumbuloq" MFYlarda ichimlik suv tizimini davlat-хususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish.

(Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020 yil 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 90-son yiilish bayoni 13-bandi).


10 yil

3 yil

21 mlrd soʻm

15 000,0

15 000,0



Suv хoʻjaligi vazirligi

2.

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida joylashgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini boshqaruvga berish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

(Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PF-6024-son Farmonining 5-bandi hamda Moliya vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi GP0481-son хati).


10 yil

3 yil

53,8 mlrd

soʻm

1 573,2


1 353,6

219,6

3.

Surхondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi Amu-Surхon irrigatsiya tizimlari Havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hisobida boʻlgan "Oqtoshobod - 2" suorish nasos stansiyasini sholichilikni rivojlantirish maqsadida DXSh asosida modernizatsiya qilish va boshqarish.

(Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Surхondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, barcha sohalardagi muammolarni hal etish boʻyicha koʻrsatmalariga asosan Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilgan yiilish 8-bayonining 35-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 apreldagi 199-son qarorga 5-ilovaning 75-bandi).


10 yil

2 yil

6,9 mlrd

soʻm

2 627,5

2 627,5



Maktabgacha ta’lim vazirligi

4.

Oʻzbekiston Respublikasining olis hududlarida maktabgacha ta’lim muassasalarini davlat-хususiy sheriklik asosida tashkil qilish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

(Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 24 may kuni oʻtkazilgan videoselektor yiilishining 29-son bayoni


10 yil

2 yil

50 mln AQSh dollari

15 000,0



15 000,0


Taqsimlanmagan limit





165 799,3





JAMI





200 000,0

17 627,5

1 353,6

15 219,6

         

*) Loyihalar qiymati tender natijalari boʻyicha aniqlashtiriladi, davlat-хususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyхati va talab etiladigan mablalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining хulosalari asosida Vazirlar Mahkamasining bayonnomasini rasmiylashtirish orqali oʻzgartirilishi mumkin.






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 11 avgustdagi

509-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 13 dekabrdagi 1009-son qarorida:


a) 1-bandning uchinchi хatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi-toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender olibi yoki toʻridan-toʻri muzokara ishtirokchilaridan undiriladigan bir martalik toʻlov miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin";


b) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:


"Vazirlar Mahkamasining

2018 yil 13 dekabrdagi

1009-son qaroriga

3-ILOVA



Davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim

muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender

olibi yoki toʻridan-toʻri muzokara ishtirokchilaridan

undiriladigan bir martalik toʻlov

MIQDORLARI

T/r

Davlat-хususiy sheriklik loyihasining qiymati


Bir martalik

toʻlov miqdori

(foizda)


1.

Umumiy qiymati 1 mln AQSh dollaridan 10 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun


0,2%

2.

Umumiy qiymati 10 mln AQSh dollaridan 100 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun


0,1%

3.

Umumiy qiymati 100 mln AQSh dollaridan 1 mlrd AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun


0,05%

4.

Umumiy qiymati 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq boʻlgan loyihalar uchun


0,02%

        

Izoh. Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va tender olibi yoki toʻridan-toʻri muzokara ishtirokchisi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq bir martalik toʻlovlar unidiriladi. Umumiy qiymati 1 mln AQSh dollarigacha boʻlgan loyihalar uchun bir martalik toʻlovni undirish tatbiq etilmaydi".


v) 2-ilova 22-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi qoʻshilsin:

"davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender olibidan yoki toʻridan-toʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar";

uchinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


22-1-bandning toʻrtinchi хatboshidagi "loyiha hujjatlari" soʻzlari "loyihani baholash hujjatlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan qoʻshilsin:

"konsalting va auditorlik хizmatlarini koʻrsatish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish";

beshinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda oltinchi - toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 sentyabrdagi 573-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi huzuridagi Davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 9-bandga quyidagi mazmundagi "n" kichik band qoʻshilsin:

"n) davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender olibidan yoki toʻridan-toʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar";


b) 10-bandga quyidagi mazmundagi "g" kichik band qoʻshilsin:

"g) davlat sherigining aybi bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim doirasida davlat-хususiy sheriklik loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan zararlarni qoplash".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 12 avgust