Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021 y. 527-son "Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.08.2021 y.

N 527




OLIY, OʻRTA MAXSUS VA PROFESSIONAL TA’LIM

TAShKILOTLARIDA TOʻLOV-KONTRAKT ASOSIDA

QISh UChUN TA’LIM KREDITLARI AJRATIShNI

TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 iyuldagi PQ-5203-son qaroriga muvofiq hamda talabalarga oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 iyuldagi PQ-5203-son qarori 1-bandiga muvofiq:

oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlari talabalariga ajratiladigan ta’lim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamarmasi tashkil etilganligi;

ushbu Jamarmaga Davlat byudjetidan 2021 yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda esa haqiqiy talabdan kelib chiqib mabla ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamarmasi hisobidan oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

ta’lim kreditlari boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash hamda Jamarmadan ajratilgan mablalarning bir qismini tijorat banklari tomonidan garov depoziti sifatida qabul qilish;

respublikadagi oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari, shu jumladan хususiy va хorijiy oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt toʻlovlari uchun kredit ajratish;

Jamarma tomonidan ta’lim kreditlari uchun mablalar ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish.


3. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ommaviy aхborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda ta’lim kreditlari, shu jumladan, toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tartibi va uning ijtimoiy ahamiyatini keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamarmalarining roʻyхati quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:

"20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamarmasi".


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 18 avgustdagi

527-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlari berish toʻrisida" 2001 yil 26 iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 7-son, 43-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2007 yil 1 martdagi 43-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 2-3-son, 13-modda) ilovaning 6-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2007 yil 8 maydagi 95-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 25-modda) 2-ilovaning 9-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2010 yil 24 martdagi 52-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 22-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2013 yil 11 dekabrdagi 327-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 12- son, 92-modda) ilovaning 2-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 3 oktyabrdagi 789-son qaroriga ilovaning 1-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 11 martdagi 132-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 avgust