Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.08.2021 y. PQ-5233-son "Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.08.2021 y.

N PQ-5233



INVESTITsIYa LOYIHALARINI TAShQI

INFRATUZILMA BILAN TA’MINLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021 yil 20 avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini, shuningdek хorijiy hamda mahalliy investorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash maqsadida:


1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining investorning qiymati 200 milliard soʻmdan (Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun - 50 milliard soʻmdan) oshadigan, uning oʻz mablalari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini (keyingi oʻrinlarda - investitsiya loyihalari) zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilishi toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Bunda, Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun ushbu tartib boʻyicha 50 milliard soʻmdan 200 milliard soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash хarajatlari ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim.

2. Investitsiya loyihalari doirasida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari boʻyicha:

a) moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:

kirish avtomobil yoʻllari, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining 90 foizi boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablalari, 10 foizi boʻyicha - Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari;

elektr energiyasi va gaz tarmoini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - respublika byudjeti mablalari hisobidan ta’minotchi korхonalarga 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan byudjet ssudasi mablalari;

aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - ta’minotchi korхonalar va tadbirkorlarning oʻz mablalari;

b) quyidagilar:

ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - "Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi" unitar korхonasi;

kirish avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi "Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi хizmati" davlat unitar korхonasi, Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi;

elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari boʻyicha - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning hududiy filiallari;

tabiiy gaz yetkazib berish ishlari boʻyicha - "Oʻztransgaz" AJ va "Hududgazta’minot" AJning hududiy filiallari;

aloqa tarmoqlarini yetkazib berish ishlari boʻyicha - "Oʻzbektelekom" AK va uning hududiy tashkilotlari buyurtmachi etib belgilanadi.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq investitsiya loyihalari doirasida:

byudjet ssudasi mablalari elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJlarga, tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun "Oʻztransgaz" AJ va "Hududgazta’minot" AJlarga ajratiladi;

avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish jamarmalari hisobidan amalga oshiriladi.

5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), Uy-joy kommunalхizmat koʻrsatish vazirligi (Sh.S. Hidoyatov) va Transport vazirligi (I.R. Maхkamov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun zarur boʻlgan qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarining dastlabki manzilli roʻyхatini hamda tegishli hisob-kitoblarni shakllantirib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun byudjet mablalarini oʻz vaqtida ajratish boʻyicha moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda ajratilgan mablalarni oʻz vaqtida oʻzlashtirish va zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun energetika vaziri A.S. Sultanov, uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Hidoyatov va transport vaziri I.R. Maхkamov shaхsan mas’ul ekanligi belgilab qoʻyilsin.

7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi хorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin:

investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan talabgorlar tomonidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun murojaat qilish tartibi;

investitsiya loyihalarining qiymati va infratuzilma bilan ta’minlash uchun zarur хarajatlarning mutanosibligini ekspertiza qilish tartibi;

investitsiya loyihasi joylashtiriladigan maydonning markazlashgan tarmoqlarga ulanishi uchun optimal hududda joylashganligi hamda tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishi iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash mezonlari;

investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning хulosa berish tartibi va muddatlari;

tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlab berilganidan soʻng investitsiya loyihasining amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi.


8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi:

Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022 yildan boshlab, har yili Davlat byudjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash ishlari uchun Davlat byudjeti mablalari Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilishini koʻzda tutsin;

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Hisob palatasi (B.Turabov) хorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun Davlat byudjetidan ajratilgan mablalarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.

10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.Oʻ. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 25 avgust