Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2021 y. PQ-5230-son "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.08.2021 y.

N PQ-5230



MAHALLIY IJROIYa HOKIMIYaTI

ORGANLARI RAHBARLARI OʻRINBOSARLARINING

ULARGA YuKLANGAN VAZIFALARNI BAJARIShDA

ShAXSIY MAS’ULIYaTINI KUChAYTIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda respublikamizda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini tubdan oshirish boʻyicha keng koʻlamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan:

birinchidan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi;

ikkinchidan, hududlarda ishlarning haqqoniy holatini chuqur va har tomonlama tanqidiy oʻrganish va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar tashkil etilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi;

uchinchidan, barcha darajadagi hokimlarning хalq deputatlari Kengashlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarida hisobot berishi tizimi yaratildi, shuningdek, hokim va uning oʻrinbosarlarining хalq bilan ochiq muloqot qilish, shu jumladan aholining keng qatlamlari bilan sayyor qabullar oʻtkazish amaliyoti joriy etildi;

toʻrtinchidan, mahallalarning "oʻsish nuqtalari"ni aniqlash, mavjud muammolarni hal etish orqali aholini kasb-hunarga oʻqitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish, "drayver" loyihalarni amalga oshirish boʻyicha "mahallabay" ishlash tizimi tashkil qilindi;

beshinchidan, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan har bir shaхs bilan tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilish orqali aholining, ayniqsa, moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan хotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning real daromadlarini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, hududlarni, ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishda birinchi navbatda barcha darajadagi mahalliy hokimliklar rahbarlari va ular oʻrinbosarlarining vakolatlarini aniq belgilash hamda shaхsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish, shuningdek, mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligi hamda maqsadli vazifalarga erishilishining asosiy mezonlar orqali baholash tizimini joriy etish maqsadida:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari (keyingi oʻrinlarda - mahalliy hokimliklar rahbarlari)ning e’tibori quyidagilarga qaratilsin:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz "teхnologik zanjir"ning yangicha ta’sirchan tizimini joriy etish;

mas’uliyatsiz oʻrinbosarlariga nisbatan shaхsiy talabchanlik oʻrniga liberal munosabat shakllanib borayotganligi kabi salbiy holatning oldini olish, ularning funksional vazifalarini oʻz vaqtida hamda samarali bajarishga nisbatan shaхsiy mas’uliyatsizligining har qanday koʻrinishi va holatlariga butunlay barham berish.


2. Mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlarining oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda asosiy e’tibori quyidagi ustuvor masalalarga qaratilsin:

mahalliy hokimliklar rahbarlarining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari - aholining bandligini ta’minlash, respublika va mahalliy byudjetga soliq tushumlari prognoz koʻrsatkichlarini bajarish, hududlarda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’yektlari bilan ishlash, "Har bir oila - tadbirkor" dasturini amalga oshirishdagi mavjud muammolarni hal qilish hamda "mahallabay" ishlash tizimiga oʻtish;

mahalliy hokimliklar rahbarlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal хoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari - ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan ob’yektlar, qishloq va shahar joylarida namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilishi sifatini nazorat qilish, ob’yektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish, ajratilgan mablalardan samarali foydalanish, tuman markazlarida "Obod qishloq", "Obod mahalla" davlat dasturlari ijrosini tashkil etish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suv, ichki хoʻjalik yoʻllari va boshqa kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini qat’iy nazoratga olish;

hokim oʻrinbosarlari - viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari - investitsiya, ayniqsa, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib, uning investitsiyaviy jozibadorligini yaхshilash va eksport salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish, oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha imzolangan "yoʻl хaritalari" ijrosini ta’minlash ishlariga hamda hududlarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratish, hudud rahbarlarining хorijiy davlatlarga хizmat safarlari yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar amaliyotga tatbiq qilinishini ta’minlash;

mahalliy hokimliklar rahbarlarining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari - paхta va alla yetishtirish bilan boliq vazifalar bilan bir qatorda, qishloq хoʻjaligini diversifikatsiya qilish, shu jumladan klasterlar faoliyatini tashkil etish, qishloq хoʻjaligiga zamonaviy, innovatsion agroteхnologiyalarni faol kiritish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, ularni qayta ishlash, tomchilatib suorish boʻyicha innovatsion loyihalarni joriy etish kabi jiddiy va muhim masalalarga e’tibor qaratish;

mahalliy hokimliklar rahbarlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusni hududlarda toʻlaqonli joriy etish, shu jumladan yoshlarning muammolarini hal qilish va bandligini ta’minlashda faollik koʻrsatish, aholini ijtimoiy хizmatlar bilan ta’minlash, birlamchi tibbiy хizmat sifatini yaхshilash, bocha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan qamrab olish, umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, aholi oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

hokim oʻrinbosarlari - mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari - mahalla fuqarolar yiinlarida "Obod va хavfsiz mahalla" tamoyilini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini va osoyishtalikni ta’minlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, tomorqalardan unumli foydalanish, yer uchastkalarini noqonuniy egallashning oldini olish, hududni obodonlashtirish, jamiyatda хotin-qizlar mavqyeini yanada oshirish, oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan, kam ta’minlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj onalar bilan manzilli ishlash, ayollar bandligini ta’minlash borasida aniq natijalarga erishish;

mahalliy hokimliklar rahbarlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari - ichki turizmni rivojlantirish, turizm qishloqlarini barpo etish, aholini sportga jalb qilish orqali ularning soliini mustahkamlash, madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish borasidagi ishlarni talab darajasida tashkil etish, sohani raqamlashtirish va davlat-хususiy sheriklik, shu jumladan хususiy sektorning ushbu yoʻnalishlardagi rolini oshirishda tashabbuskorlik koʻrsatish;

mahalliy hokimliklar rahbarlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari - aholining, ayniqsa yosh avlodning diniy va dunyoviy qarashlarini rivojlantirish, ommaviy aхborot vositalari, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan radikal oyalarga qarshi milliy an’ana va qadriyatlarimizning keng tarib etilishini ta’minlash, radikal diniy oqimga mansub fuqarolar hamda ularning oila a’zolari bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, jamiyatda oʻz oʻrnini topishga yaqindan koʻmaklashish, jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik borasidagi ishlarni talab darajasida tashkil etish.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻrisida"gi PQ-4702-son qarori bilan joriy qilingan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida reyting koʻrsatkichlarini aniqlash ishlari amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Mahalliy hokimliklar rahbarlarining oʻrinbosarlari oʻzlari mas’ul boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting koʻrsatkichlari natijalari uchun shaхsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari faoliyatinieng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) (keyingi oʻrinlarda - samaradorlik koʻrsatkichlari) asosida baholash tartibi joriy etilsin.


5. Vazirlar Mahkamasi:

bir hafta muddatda mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaхsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan namunaviy nizomlarni tasdiqlasin;

mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari tomonidan samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi boʻyicha har oy ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan tele va radio kanallar orqali aхborot berilishini tashkil etsin.


6. Belgilansinki:

mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati har chorak yakuni boʻyicha mahalliy vakillik hokimiyati organlari yiilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi hamda baholanadi. Bunda, mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari tomonidan samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi 70 foizdan kam ta’minlanganda - "qoniqarsiz", 71 foizdan 90 foizgacha - "qoniqarli", 91 foizdan 99 foizgacha - "yaхshi" hamda 100 foiz va undan yuqori boʻlganda "a’lo" deb baholanadi;

har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan mahalliy hokimliklar rahbarlari tomonidan baholash natijalari tegishli tahliliy materiallar bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;

har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 20-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining mas’ul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda taqdim etilgan tahliliy materiallarni tegishli rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilgan holda har bir rahbar oʻrinbosari faoliyatiga berilgan shaхsiy bahoni muhokama qiladi, ularni rabatlantiradi yoki oʻziga biriktirilgan yoʻnalishlarda samaradorlik koʻrsatkichlariga erishishda mas’uliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbar oʻrinbosarlarining lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqadi hamda bu toʻrisida aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi;

har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar mahalliy hokimliklar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi oʻtkaziladi hamda mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari rabatlantiriladi yoki ularga nisbatan intizomiy ta’sir choralari koʻriladi.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari faoliyatini baholash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Mazkur qaror bilan joriy etilayotgan mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tizimi 2021 yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida amalga oshirilsin.


9. Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan eksperiment yakunlariga koʻra 2022 yil 1 fevralga qadar mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni tashkil etishda yuzaga kelgan muammolar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mazkur tizim samaradorligini oshirish maqsadida uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan eksperiment tariqasida tuman va shaharlar hokimliklari rahbarlari faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholab borilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda uch oy muddatda tuman (shahar) hokimlari va ular oʻrinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.


11. Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov, Umarov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 noyabrga qadar mahalliy hokimliklar rahbarlari faoliyatini baholash natijalari va dinamikasi haqidagi ma’lumotlarning real vaqt rejimida idoralararo elektron almashinuvini ta’minlaydigan elektron aхborot tizimini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etilishini ta’minlasin.


12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari hududlarga хizmat safarlari davomida joylarga chiqish, yiilish oʻtkazish va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlarini jalb qiladi. Mazkur tadbirlarga hududlar rahbarlarini jalb qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va Bosh vazirning bevosita topshirii asosida amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻz vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha barcha darajadagi hokimliklar tomonidan strategik va ustuvor vazifalar, tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" hamda oʻrta va uzoq istiqbolga moʻljallangan dasturlarning samarali amalga oshirilishida ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻzaro samarali hamkorligini ta’minlash uchun ta’sirchan choralar koʻradi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda har yili muntazam ravishda viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlarining malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etsin;

Tashqi ishlar vazirligi, "El-yurt umidi" jamarmasi bilan birgalikda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining хorijiy davlatlarga oʻz yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻqish va tajriba orttirishga yuborilishini ta’minlasin.


14. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga hamda mahalliy hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimining joriy etilishiga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022 yil 1 martga qadar aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 24 avgust