Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.08.2021 y. 548-son "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.08.2021 y.

N 548




MAHALLIY IJROIYa HOKIMIYaTI

ORGANLARI RAHBARLARI OʻRINBOSARLARINING

FUNKSIONAL VAZIFALARI HAMDA FAOLIYaTINING

ENG MUHIM SAMARADORLIK KOʻRSATKIChLARI

TOʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 24 avgustdagi PQ-5230-son qaroriga muvofiq, shuningdek, hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 24 agustdagi PQ-5230-son qaroriga muvofiq, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻrisidagi namunaviy nizomlar 1-8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:

hokim oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari;

hokim oʻrinbosarlarining zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqadigan, ular amalga oshiradigan funksiyalar;

hokim oʻrinbosarlarining huquqlari, shaхsiy mas’uliyati va javobgarligi;

hokim oʻrinbosarlarining faoliyatini tashkil etish hamda uni baholash;

hokim oʻrinbosarlarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari.


3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

2021 yil 10 sentyabrga qadar mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida har bir hokim oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin;

2021 yil 1 oktyabrga qadar hokimning maslahatchilari, mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlarining funksional vazifalari toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Belgilansinki, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining alohida yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etilgan oʻrinbosarlarining funksional vazifalari toʻrisidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2021 yil 10 sentyabrga qadar ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarlarining funksional vazifalari toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli hokimliklar rahbarlari oʻrinbosarlari tomonidan faoliyat samaradorligi mezonlariga erishish holatining har chorakda ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda muhokama qilinishini ta’minlasinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini, shu jumladan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 avgust