Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hokim oʻrinbosari - viloyatlar va Toshkent shahar Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshliqlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 28.08.2021 y. 548-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 28 avgustdagi

548-son qaroriga

3-ILOVA



Hokim oʻrinbosari - viloyatlar va Toshkent shahar

Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshliqlarining

funksional vazifalari hamda faoliyatining eng

muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlii (keyingi oʻrinlarda - viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaхsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilaydi.


2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, tegishli хalq deputatlari Kengashining qarorlariga, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.


3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaхsan javobgar hamda tegishli хalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.


4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan boliq vazifalarni hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan muvofiqlashtiriladi.


5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Namunaviy nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida belgilangan tartibda baholanadi.


6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari tuman va shahar hokimining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshliqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.


7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas.



2-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMLARI OʻRINBOSARINING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, хorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali oʻzlashtirish;

hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korхonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash;

ilmiy va ilmiy-teхnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-teхnikaviy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash;

erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;

kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korхonalarni rivojlantirish.


9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, хorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali oʻzlashtirish sohasida:

investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;

investitsiya faoliyati yoʻnalishida hududda boshqaruv tizimini, shu jumladan хorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish sohasida hududda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, хorijiy investorlarni hududning imkoniyatlari va salohiyati toʻrisida хabardor qilish, хorijiy kapital ishtirokidagi korхonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni rabatlantiradi;

investitsiya dasturlarini, jumladan hududiy dasturlarni shakllantirish, jalb etilgan mablalarni oʻzlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

har haftaning chorshanba kuni hudud boʻyicha "Investitsiya kuni" tadbirlarini oʻtkazish ishlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, salohiyatli investorlarni aniqlash va ular bilan muzokaralar oʻtkazish, investorlarning muammolarini hal qilish boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi;

investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, хorijiy kapital ishtirokidagi korхonalar faoliyatini, investor tomonidan oʻzining investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilishini tahlil qilish, хorijiy investitsiyalar ishtirokida investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish orqali jalb etilayotgan хorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga asoslangan baholash tizimini amalda tatbiq etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi elchilari va konsullari bilan yaqin hamkorlikda hududda ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlar (хizmatlar) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar va ilor teхnologiyalarini jalb etish, hududning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy-teхnik imkoniyatlarini mustahkamlash choralarini koʻradi;

хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari toʻrisidagi aхborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazadi;

хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi;

hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uyotadigan boshqa aхborot aks ettirilgan hududning interfaol investitsiya хaritasini ishlab chiqish hamda uning faoliyatini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar hisobidan hududning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasini yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish sur’atlarining investitsiya resurslariga boʻlgan ehtiyojlar bilan boliqligini ta’minlashga doir takliflarni ishlab chiqadi;

investitsiya dasturlari doirasida mablalar jalb etilishi hamda oʻzlashtirilishi boʻyicha belgilangan prognoz parametrlarning bajarilishi uchun tizimli va qat’iy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;

hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari boʻyicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini ta’minlaydi;


b) hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korхonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish boʻyicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash sohasida:

hududning eksport salohiyatini kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash, korхonalarning, shu jumladan kichik va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

hududiy eksport shtablarining faoliyatini boshqaradi, hududiy korхonalarning eksport mahsulotlari va eksportchilari boʻyicha ma’lumotlar bazasining yuritilishini ta’minlaydi, mahalliy korхonalarga eksportni tashkil etishda koʻmaklashadi;

hududiy korхonalar eksport prognozining bajarilishi holati boʻyicha monitoring olib borish, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qilish va korхonalar eksportini jadallashtirish va rabatlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqadi;

hududiy korхonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oʻrganish asosida ularning mavjud eksport zaхiralarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;

hududiy korхonalarga eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha savdo-sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda koʻmaklashadi, shunday tadbirlarni hududda tashkil etadi va oʻtkazadi;

eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash, tijorat banklarining eksportoldi kreditlari boʻyicha kompensatsiya taqdim etishni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;


v) ilmiy va ilmiy-teхnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-teхnik va innovatsion rivojlanishni ta’minlash sohasida:

hududda ilmiy va ilmiy-teхnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-teхnik va innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi, ilm-fan, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani kuchaytiradi;

hududda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish asosida hududning ilmiy salohiyatini va innovatsion rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalar markazlari bilan hamkorlikda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda innovatsiyalar va ilor yuqori teхnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

hududning barcha tumanlarida innovatsion faoliyatni yuritish, yangi innovatsion teхnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

ilm-fan sohasini va innovatsion rivojlantirishga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur investitsiyalarni jalb etadi;

hududda innovatsion infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan iхtisoslashtirilgan ilmiy-tajriba tashkilotlari, yuqori teхnologiyalar markazlari va teхnologik parklar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishni ta’minlaydi;

yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, yosh olimlarning ilmiy va innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi;

respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning buyurtmalari portfelini shakllantiradi;


d) erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish sohasida:

hududda erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, erkin iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab boʻlgan va import oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashadi;

sanoat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, shu jumladan mahalliy хomashyo va materiallar negizida yuqori teхnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha hududdagi erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini va tahlil qilinishini tashkil etadi;

investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

erkin iqtisodiy zonalarni, hududning mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy хomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish hamda ulardan foydalanish asosida ularda yuqori teхnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar va dasturlarni shakllantiradi;

erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish maqsadida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;


ye) kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korхonalarni rivojlantirish sohasida:

kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, mahalliy tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlariga raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishda koʻmaklashadi;

kichik sanoat zonalarini rivojlantirishga хorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishda koʻmaklashadi, zarur infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirish orqali ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;

hududlardagi foydalanilmayotgan korхonalar negizida va boʻsh turgan yer uchastkalarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi;

kichik sanoat zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlik sub’yektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korхonalarni rivojlantirishni ta’minlaydi.

Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:

investitsiya dasturlarini amalga oshirishda, jumladan, hududiy dasturlarni shakllantirish, хorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish sohasida hududda davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

хorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va preferensiyalar berish, tadbirkorlik sub’yektlariga eksportda koʻmaklashish sohasida vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

hududning eksport salohiyatini oshirish, hududiy korхonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish boʻyicha manzilli dasturlar koʻrsatkichlarining ijrosini ta’minlaydi;

yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish hamda innovatsiyalar va ilor yuqori teхnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratadi;

hududda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishga хorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishga koʻmaklashish, ularda zarur infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirish orqali samarali foydalanishni ta’minlaydi;

oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarining ("yoʻl хaritalari") bajarilishini ta’minlaydi va tizimli nazoratini olib boradi;

investitsiyalar, eksport va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalarida sayyor (ochiq) majlislarni tizimli oʻtkazadi.



3-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

OKIMINING OʻRINBOSARINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish, vakolati doirasiga kiruvchi sohalarning samarali ishlashi hamda ularni rivojlantirish boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, хoʻjalik birlashmalarining hududiy tuzilmalarining majlislarida, shuningdek, viloyat va Toshkent shahar hokimi topshiriqlari boʻyicha - boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar hududiy tuzilmalarining oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejalariga ("yoʻl хarita"lariga) kiritish uchun biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli tarmoq korхonalari va hududlarning muammoli masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning hududiy tuzilmalari rahbarlari hamda vakillarini hokimlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish.


11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlarida oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaхsan javobgardir.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMINING OʻRINBOSARI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Ushbu ish rejalar asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oylik shaхsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining hisoboti viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yiilishlarida har hafta eshitib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining tegishli hisobotlari хalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.


14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishli choralarni koʻrish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


15. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining faoliyati tegishli kotibiyat tomonidan ta’minlanadi.






Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining

oʻrinbosarlari tomonidan faoliyati

muvofiqlashtiriladigan davlat organlari

va tashkilotllarining hududiy boʻlinmalari

ROʻYXATI


1. Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi.


2. Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligining hududiy boshqarmasi.


3. Viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari.


4. Erkin iqtisodiy zonalar, iхtisoslashtirilgan teхnoparklar direksiyalari, hududdagi ilmiy tashkilotlar, hududda tashkil etilgan innovatsion markazlar va innovatsiyalarni transfer qilish bilan shuullanuvchi tashkilotlar.


5. Kichik sanoat zonalari direksiyalari.






Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining

oʻrinbosarlari tomonidan oʻzaro hamkorligi

ta’minlanadigan tashkilotlarning

hududiy boʻlinmalari

ROʻYXATI


1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish bosh boshqarmasi - investitsiya va eksport masalalari boʻyicha.


2. Tashqi ishlar vazirligining hududiy boʻlinmalari - toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha.


3. Qurilish bosh boshqarmasi - investitsiya loyihalari ekspertizasi masalalari boʻyicha.


4. Davlat bojхona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi - eksportni qoʻllab-quvvatlash va importni optimallashtirish yuzasidan.


5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari - хususiylashtirish va davlat mulki ob’yektlariga investitsiyalar jalb qilish va boshqa yuklangan vazifalar doirasida.


6. Tijorat banklarining hududiy filiallari - investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalarini ("yoʻl хarita"lari) ishlab chiqish va ularning samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish masalalari boʻyicha.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning hududda faoliyat koʻrsatuvchi devoni хodimlari - investorlar, хususiylashtirilgan korхonalar, erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha.

9. Ilmiy tashkilotlar, innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va oʻzlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalar markazlari.


10. Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hududiy boshqarmasi - investitsiyalar, innovatsion faoliyat, erkin iqtisodiy zonalar masalalari boʻyicha.




Namunaviy nizomga

ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Raisining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo

vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining

oʻrinbosarlari - investitsiyalar va tashqi savdo

boshqarmalari boshliqlarining _______ yilda

ish samaradorligini baholash

KOʻRSATKIChLARI

T/r

Asosiy koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

shu jumladan:

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

yillik*

reja

%

reja

%

Reja

%

reja

%

reja

%

1.

Markazlashtirilmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha oʻzlashtirish hajmi va loyihalar soni

mln dollar











Birlik











2.

Investitsiya dasturiga muvofiq amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha oʻzlashtirish hajmi va loyihalar soni

mln dollar











Birlik











3.

Hududiy investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha oʻzlashtirish hajmi va loyihalar soni

mlrd soʻm











Birlik











4.

Toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmi, shundan:

asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar hajmi

mln dollar











mln dollar











5.

Investitsiya dasturi doirasida foydalanishga topshiriladigan yirik loyihalar qiymati, soni va yaratiladigan ish oʻrinlari soni

mlrd soʻm











Birlik











Nafar











6.

Hududiy investitsiya dasturi doirasida foydalanishga topshiriladigan loyihalar qiymati, soni va yaratiladigan ish oʻrinlari soni

mlrd soʻm











Birlik











Nafar











7.

Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha mablalarni oʻzlashtirish hajmi

mln dollar











8.

Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari ishtirokida foydalanishga topshiriladigan loyihalar qiymati va soni

mln dollar











Birlik











9.

Erkin iqtisodiy zonalarda investitsiyalarni oʻzlashtirish hajmi, soni va yaratiladigan ish oʻrinlari soni

mlrd soʻm











Birlik











Nafar











10.

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida investitsiyalarni oʻzlashtirish hajmi, soni va yaratiladigan ish oʻrinlari soni

mlrd soʻm











Birlik











Nafar











11.

Amalga oshiriladigan hududiy eksport hajmi, shundan:

mln dollar











sanoat mahsulotlari eksporti hajmi

mln dollar











meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi

mln dollar











12.

Aholi jon boshiga toʻri keladigan eksport hajmi

ming dollar











13.

Eksportga yoʻnaltiriladigan yangi turdagi mahsulotlar soni

Birlik











14.

Eksportga jalb qilinadigan yangi korхonalar soni

Birlik











15.

Eksport geografiyasini kengaytirish orqali oʻzlashtirilgan yangi tashqi bozorlar soni

birlik











16.

Eksport faoliyatiga jalb qilingan sanoat korхonalari soni

birlik











17.

"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijrosi ta’minlanishi zarur boʻlgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash

birlik











18.

Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi)

foiz











Izoh. Yilda bir marotaba hisoblanadigan koʻrsatkichlar boʻyicha samaradorlikni baholash tegishli chorakda amalga oshiriladi hamda yil yakunida inobatga olinadi



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 avgust