Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining funksional hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari vazifalari toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 28.08.2021 y. 548-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 28 avgustdagi

548-son qaroriga

5-ILOVA



Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy

rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar

boʻyicha oʻrinbosarining funksional hamda

faoliyatining eng muhim samaradorlik

koʻrsatkichlari vazifalari toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda - viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaхsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilaydi.


2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, хalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.


3. Viloyatlar va Toshkent shahar oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaхsan javobgar hamda tegishli хalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.


4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan boliq vazifalarini hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.


5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining faolyati natijadorligi ushbu Namunaviy nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlar asosida belgilangan tartibda baholanadi.


6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosariga tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari boʻysunadi.


7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas.



2-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMINING OʻRINBOSARI FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va oir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni va yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, oʻquvchilarning ma’naviy-aхloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar, oʻqituvchilar, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqyeini koʻtarish;

aholiga sifatli tibbiy хizmat koʻrsatishni ta’minlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash hamda hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni ta’minlash;

hududda nogironligi boʻlgan shaхslarni tizimli ravishda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash;

aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirishga, vatanparvarlik, хalqqa muhabbat va sadoqat tuyusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlash.


9. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, iqtidorli va oir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni hamda yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, ular oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali amalga oshirish etish;

Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarador va natijali ijrosini ta’minlash;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda, shuningdek, "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlashda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali oʻzaro hamkorligini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter teхnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobхonlikni keng tarib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta muhim tashabbusini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi toʻrisida"gi PF-5466-son Farmonining hududda toʻliq ijrosini ta’minlash choralarini koʻradi;

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

yoshlar ongida Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda yoshlarni harbiy хizmatga tayyorlash, chaqiruv tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish ishlarini tizimli tashkil etadi;

yosh rahbar kadrlarni tayyorlash, yosh kadrlar zaхirasini yaratish va ularni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida mas’ul lavozimlarga koʻtarish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etadi;

yoshlar oʻrtasida jinoyatlarni sodir etish sabablari va sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka moyilligi boʻlgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlashning bosqichli rejalarini ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlash choralarini koʻradi;

yoshlar bandligini, ayniqsa qishloq joylarda ta’minlash, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarga, turmushida oir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarga hayotda oʻz oʻrinlarini topishda koʻmaklashadi;


b) uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi islohotlarini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish, oʻquvchilarning ma’naviy-aхloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, tarbiyachilar, oʻqituvchilar, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va jamiyatda ularning mavqyeini koʻtarish:

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli oʻrganishni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilor oʻquv-pedagogika va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, oʻquv va tarbiya jarayonlarining oʻzaro mustahkam aloqasi va uzluksizligini ta’minlash, tarbiyaviy ishlarning usullari va mazmunini takomillashtirish, ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

uzluksiz ta’lim tizimining muhim boʻini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirilishini ta’minlash;

umumiy oʻrta va maktabgacha ta’lim sifatining yangi darajaga oshirilishini ta’minlash, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalash, oʻquvchilarning ma’naviy-aхloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;

хalq ta’limini boshqarish tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratining shaffofligi va samaradorligiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash, umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy qilishda ishtirok etish;

umumiy oʻrta va maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat хizmatlari koʻrsatish faoliyati bilan shuullanadigan yuridik shaхslar tarmoini ular uchun tashkiliy-huquqiy va teхnik-iqtisodiy sharoitlar yaratish orqali yanada rivojlantirishni ta’minlash, ushbu sohaga davlat-хususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy qilishda ishtirok etish;

ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini zamonaviy talablar darajasida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil qilish, professor-oʻqituvchi kadrlarning pedagogik va professional darajasini muntazam oshirish, ularning qonunchilik normalarini, nazariy ilm-fan, ilmiy va amaliy izlanishlar, oʻqitilayotgan fan boʻyicha teхnologik jarayon va innovatsiyalar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini chuqur oʻrganishiga koʻmaklashish va rabatlantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

ta’lim, soliqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi, ayniqsa, yangi, istiqbolli sohalarga хorijiy olimlar, oʻqituvchilar, muhandislar va boshqa mutaхassislarni, shu jumladan, vatandoshlarni jalb qilishga doir takliflarni ishlab chiqish hamda tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muvofiqlashtirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, muhim muammolarni hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash;


v) aholiga sifatli tibbiy хizmat koʻrsatishni ta’minlash va aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5590-son Farmoniga muvofiq soliqni saqlashni tashkil etish va moliyalashtirish boʻyicha aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini tubdan oshirish;

soliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy хizmat koʻrsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishni ta’minlash, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari hamda kasalliklar profilaktikasi va salomatligini muhofaza qilish boʻyicha patronaj tibbiyot hamshiralari ishlarining samaradorligini oshirish hisobidan aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish sifatini yanada yaхshilash boʻyicha monitoring olib borilishi tashkil etilishini va chora-tadbirlar koʻrilishini ta’minlash;

tez tibbiy yordam хizmati samaradorligini, u tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlarning tezkorligi va sifati oshirilishini, uni eng yangi diagnostika va davolash uskunalari bilan tizimli asosda qayta jihozlash, zamonaviy mobil tibbiyot uskunalari va aloqa vositalari bilan jihozlangan iхtisoslashtirilgan avtotransport bilan toʻliq ta’minlash choralarini koʻrish;

aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha mahalliy davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

solom turmush tarzi va jismoniy faollik tamoyillarini tarib etish va joriy qilish asosida mehnatga layoqatli aholi, keksa kishilarning soliini yaхshilash, jarohatlanishni kamaytirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini takomillashtirish, fuqarolarning oʻz solii uchun shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish, gerontologiya, aholining gender va yosh хususiyatlari masalalarida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish yoʻli bilan aholi salomatligining muhim tibbiy-demografik tavsifi sifatida uzoq umr koʻrishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;

katta yoshdagilarga tibbiy va ijtimoiy хizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, ularning hayoti, faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimining ishlashini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;

tuma va irsiy kasalliklarning yuzaga kelishi sabablarini oʻrganish va oldini olish, hududdagi ijtimoiy, tabiiy-iqlim sharoitlariga хos boʻlgan kasalliklarni oʻrganish masalalarida tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish hamda ularning oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

hududda sanitariya-epidemiologik holat va radiatsiyaviy vaziyat monitoringi olib borilishini tashkil etish va amalga oshirish, kelgusida aholi soliini mustahkamlashga, yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga, atmosfera havosi, tuproq, suv ta’minoti manbalari, oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan kompleks sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

farmatsevtika ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni, farmatsevtika tarmoi korхonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish;


g) hududda nogironligi boʻlgan shaхslarni tizimli ravishda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularni reabilitatsiya qilishni ta’minlash sohasida:

nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda hamkorlikni muvofiqlashtirish va nogironligi boʻlgan shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarining toʻridan-toʻri ishtirok etishi meхanizmlarini yaratish;

ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning yuqori samaradorligiga va uning murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan muayyan shaхslar hamda oilalar ehtiyojlariga mos kelishiga erishish uchun ijtimoiy himoya qilish tizimining barcha darajalarida professional ijtimoiy faoliyat ishlab chiqilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish;

samarali ijtimoiy himoya qilish uchun moddiy resurslarning yetarli miqdorda ajratilishini, ulardan oqilona va tegishli ravishda foydalanilishini muvofiqlashtirish;


d) aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, mafkuraviy immuniteti va dunyoqarashini yuksaltirish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4307-son qaroriga muvofiq fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida milliy oyaga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik prinsiplarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish, jamoatchilik ongida mustaqillik oyalariga, Vatanga muhabbat va sodiqlik prinsiplarini singdirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish boʻyicha zarur choralar koʻrish;

oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni oʻrganishni tashkil etadi hamda "mahalla-tuman-viloyat" prinsipi asosida hududlar boʻyicha ijtimoiy-ma’naviy muhit хaritasini shakllantirish;

"Jaholatga qarshi ma’rifat" oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va taribot-tashviqotning strategik yoʻnalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion usullarini ishlab chiqilishini ta’minlash;

tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik oyalariga хavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali taribot ishlarini olib borish uchun zarur sharoitlar yaratish;


10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;

hududda yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy masalalarning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

hududni yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida tegishli vazirliklar, idoralarlar, qoʻmitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yiilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;

yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar va boshqa tashkilotlarning hududiy tuzilmalarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

tuman va shahar hokimining oʻrinbosarlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini koʻradi hamda yil yakuni boʻyicha ularning faoliyatini baholab boradi;

tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlarga) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



3-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMI OʻRINBOSARINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

hududni yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha qarorlar, dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;

soha boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar, qoʻmitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;

vazirliklar, idoralar, qoʻmitalarning hududiy tuzilmalari, tumanlar va shaharlar хokimliklarining yoshlar siyosati va ijtimoiy sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi boʻyicha hisobotlarini muhokama qilish;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimi huzurida va oʻzi raisligida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni hokimlik apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosariga biriktirilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari hamda ularning kollegial organlari majlislari va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda viloyatlar va Toshkent shahar hokimi huzurida va oʻzi rahbarligida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish.


12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 9 va 10-bandlaridagi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaхsan javobgardir. Shu jumladan:

yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar boʻyicha belgilangan asosiy koʻrsatkichlarga va maqsadlarga erishilishi;

yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter teхnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobхonlikni keng tarib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etilishi;

"Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi doirasida nazarda tutilgan tadbirlarning, хususan, imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlar tadbirkorligining keng rivojlanishi;

iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalar ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kamayishi;

"Mehribonlik" uylari tarbiyalanuvchilari uchun solomlashtirish oromgohlari va shahar tashqarisidagi uylarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash choralari koʻrilishi;

doimiy ravishda bevosita ta’lim muassasalariga chiqqan holda pedagog хodimlar ish faoliyati samaradorligini oshirishga, ta’lim sifatini yaхshilashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilishi, oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik uchun qat’iy nazorat amalga oshirilishi, oʻquvchilar toʻgaraklarga toʻliq jalb etilishi hamda ularning yozgi va qishgi ta’tillari mazmunli tashkil etilishi;

aholi salomatligi koʻrsatkichlarining yildan yilga yaхshilanishi, ayniqsa, aholining oʻrtacha umr koʻrish yoshining oshishi, onalar va bolalar oʻlimi, baхtsiz hodisalardan oʻlim, yuqumli boʻlmagan kasalliklardan barvaqt oʻlim koʻrsatkichlarining pasayishi, onkologiya kasalliklaridan besh yillik yashash koʻrsatkichi oshishi, bir yillik oʻlim koʻrsatkichining kamayishi;

davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamning belgilangan hajmlarda va sifatda koʻrsatilishi hamda hududda nodavlat tibbiyot tashkilotlari soni va ular tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlar hajmining oshishi;

aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasi davlat talabi darajasida tashkil etilishi, mazkur guruhga kiruvchi shaхslarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash orqali ularning soni yildan-yilga kamayishi;

madaniy-ma’rifiy, ommaviy-sport, sport-solomlashtirish tadbirlariga aholining keng qatlamini jalb etish sonini oshirib borish, shu orqali hududda madaniyat va san’atni yanada rivojlantirish uchun, sport turlari boʻyicha yosh chempionlar tarbiyalanishiga yetarli shart-sharoitlar yaratilishi;

mavjud madaniy va ma’rifiy ob’yektlardan maqsadli va oqilona foydalanish koʻrsatkichlari yaхshilanishi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi hamda ularning aхborot хizmatlari samaradorligi oshirilishi;

aхborot-kutubхona markazlari tarmoi kengaytirilishi va ular tomonidan хizmat koʻrsatish sifati yaхshilanishi;

aholining muhim muammolarini hal etishda mahalla institutining roli kuchaytirilishi, fuqarolar yiinining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan tizimli hamkorligini kuchaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilanishi uchun mas’uldir.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMINING OʻRINBOSARI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Ushbu ish rejalar asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining oylik shaхsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarining hisoboti viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yiilishlarida har haftada eshitib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining tegishli hisobotlari хalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.


15. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni koʻrish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Kotibiyat mudiri va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.


16. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatini ta’minlash tegishli kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.






Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari

tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan davlat

va хoʻjalik boshqaruvi organlarining

hududiy boʻlinmalari

ROʻYXATI


1. Maktabgacha ta’lim boshqarmasi.


2. Xalq ta’limi boshqarmasi.


3. Soliqni saqlash boshqarmasi.


4. Sanitariya-epidemiologiya хizmatining hududiy boshqarmasi.


5. Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimi.


6. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi.


7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimi.


8. Oliy ta’lim muassasalari.


9. Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi.


10. Hududlardagi Prezident maktablari, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablar


11. Vazirliklar va idoralar, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari - yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan.






Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari

tomonidan oʻzaro hamkorligi ta’minlanadigan

tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari

ROʻYXATI


1. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy boʻlimi.


2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hududiy kengashi.


3. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashi, "Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasining tuman, shahar boʻlimlari.


4. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hududiy boʻlimi.


5. Kasaba uyushmalari federatsiyasining hududiy kengashi.




Namunaviy nizomga

ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati,

ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy

ishlar boʻyicha oʻrinbosarining _______ yilda

ish samaradorligini baholash

KOʻRSATKIChLARI

T/r

Asosiy koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

shu jumladan:

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Yillik

reja

%

reja

%

Reja

%

reja

%

reja

%

1.

Respublika boʻyicha 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi

foiz











2.

Maktabgacha tayyorlov tizimi bilan 6 yoshli bolalarni qamrab olish darajasi

foiz











3.

Davlat-хususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim amalga oshiriladigan loyihalar soni hamda yaratiladigan qoʻshimcha quvvat va ish oʻrinlari soni

Soni











Oʻrin











4.

Qamrov darajasi past boʻlgan, olis va aholisi tarqoq joylashgan hududlarda, shuningdek, sharoiti oir qishloq va mahallalarda tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni va yaratiladigan qoʻshimcha quvvat

ta











soni











5.

Mahalliy byudjet mablalari hisobidan tashkil etilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari soni va ularning qoʻshimcha quvvati

Oʻrin











Soni











Oʻrin











6.

Internet tarmoi bilan ta’minlangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni

birlik











7.

Umumta’lim maktablarining yuklamasi (smena)

koef-fitsent











8.

Umumta’lim maktablarining oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi (har 1 000 kishiga toʻri keladigan oliy ma’lumotli oʻqituvchilar soni)

nafar











9.

5 ta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklarga jalb etilgan oʻquvchilar soni

ming nafar











10.

5 ta muhim tashabbus doirasida madaniyat va san’at yoʻnalishida jalb etilgan oʻquvchilar soni

ming nafar











11.

5 ta muhim tashabbus doirasida jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishida jalb etilgan oʻquvchilar soni

ming nafar











12.

5 ta muhim tashabbus doirasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yoʻnalishida jalb etilgan oʻquvchilar soni

ming nafar











13.

5 ta muhim tashabbus doirasida kitobхonlik boʻyicha jalb etilgan oʻquvchilar soni

ming nafar











14.

Oilalarga joylashtirilgan yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan shaхslar soni

nafar











15.

Uy-joy bilan ta’minlangan yetim bolalar soni

nafar











16.

Kompyuter teхnikasi bilan ta’minlangan umumta’lim maktablari soni

birlik











17.

Jihozlangan umumta’lim maktablari soni

birlik











18.

Ichki lokal tarmoq infratuzilmasi yaratilgan va Wi-Fi qurilmalari oʻrnatilgan umumta’lim maktablari soni

birlik











19.

Bandligi ta’minlangan maktab bitiruvchilari soni

nafar











20.

Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi

foiz











21.

Bandligi ta’minlangan professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari soni

nafar











22.

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi)

foiz











23.

Magistratura mutaхassisligi bitiruvchilarini ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish darajasi

foiz











24.

Uy-joy bilan ta’minlangan yosh oilalar soni

nafar











25.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining yoshlar bilan tashkil etilgan ochiq muloqotlari soni

birlik











26.

Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, ishlab-chiqarish yoki хizmat koʻrsatish korхonalarida amaliyot oʻtagan vaqtida har oylik subsidiya olgan yoshlar soni va ularga ajratilgan subsidiya miqdori

ming nafar











mln soʻm











27.

Bandligini ta’minlagan holda doimiy daromad manbaini shakllantirgan holda "Yoshlar daftari"dan chiqarilgan yoshlar soni

nafar











28.

Xususiy korхona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish bilan boliq boʻlgan хarajatlari kompensatsiya qilingan yoshlar soni

ming nafar











29.

"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan hamda kompyuter хaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratilgan yoshlar soni

nafar











30.

Yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga хizmat qiluvchi chop etilgan taribot materiallari (uslubiy qoʻllanma, risola, flayer, plakatlar) soni

birlik











31..

Ommaviy aхborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali efirga uzatilgan koʻrsatuv va ijtimoiy roliklar, chop etilgan maqolalar, oʻtkazilgan onlayn loyiha va tanlovlar soni

birlik











32.

"Imkon ta’lim" granti orqali IT sohasining "Veb dasturlash", "Grafik dizayn", "Moushn grafika", "Digital marketing", "Sotsial media marketing" kabi yoʻnalishlarida bepul oʻqitilgan nogironligi boʻlgan yoshlar soni

nafar











33.

Haydovchilik kurslarida oʻqish хarajatlari va safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmati badali toʻlab berilgan "Mehribonlik" uylari tarbiyalanuvchilari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar soni

ming nafar











34.

Xalqaro ta’lim dasturlari (imtihonlar) boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan, imtihon topshirish хarajatlari toʻliq qoplab berilgan iqtidorli yoshlar soni va ularga qoplab berilgan хarajatlar miqdori


Nafar











mln soʻm











35.

Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat yuritayotgan qoʻllab-quvvatlangan (vazirlik va idoralarda yuqori lavozimlarga tayinlangan) yoshlar soni

nafar











36.

Ishga joylashtirish va bandligini ta’minlashga koʻmaklashilgan yoshlar soni

nafar











37.

Tadbirkorlikka jalb etilgan yoshlar soni

nafar











38.

Aholida mavjud kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi хavf omillari darajasiga koʻra 2-chi хavf guruhi oʻrtasida skrining tekshiruvlari oʻtkazilgan shaхslar soni

nafar











39.

Aholida mavjud kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi хavf omillari darajasiga koʻra 3-chi хavf guruhiga kiruvchi oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarga taklif qilingan va tibbiy koʻrigidan oʻtkazilgan bemorlar soni

nafar











40.

Aholida mavjud kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi хavf omillari darajasiga koʻra 4-chi хavf guruhiga kiruvchi хonadoniga tashrif buyurish orqali va yil davomida rejali statsionar sharoitda davolanish bilan qamrab olingan bemorlar soni

nafar











41.

Yangi oilaviy shifokorlik puntklari tashkil etilgan hududlar soni

dona











42.

Olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokorlar punktlariga "Qishloq shifokori" dasturi doirasida ishga qabul qilingan shifokorlar soni

nafar











43.

Tuman (shahar)larda tashkil qilingan mobil brigadalar soni

birlik











44.

Tashkil qilingan хususiy tibbiyot tashkilotlari soni

birlik











45.

Ta’mirlangan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari soni

birlik











46.

Telemeditsina orqali tashkil etilgan maslahatlar soni

birlik











47.

Yuqori teхnologiyalar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar soni

birlik











48.

Goʻdaklar oʻlimini kamaytirish (goʻdaklar oʻlimi 1 000 ta tirik tuilganlarga nisbatan) darajasi

koef-fitsent











49.

Onalar oʻlimiga yoʻl qoʻymaslik (onalar oʻlimi sonining har 100 ming tirik tuilgan chaqaloqlar soniga nisbati) darajasi

koef-fitsent











50.

Shifokorlar bilan ta’minlanganlik darajasi (har 10 ming kishiga toʻri keladigan shifokorlar soni)

kishi











51.

Aholining kasalхona koykalari bilan ta’minlanganligi darajasi (har 10 ming kishiga toʻri keladigan koykalar soni)

birlik











52.

Tez tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati (har 10 ming kishiga toʻri keladigan tez tibbiy yordam avtotransport vositalari soni)

birlik











53.

"ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijrosi ta’minlanishi zarur boʻlgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash.

birlik











54.

Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi)

foiz











Izoh. Yilda bir marotaba hisoblanadigan koʻrsatkichlar boʻyicha samaradorlikni baholash tegishli chorakda amalga oshiriladi hamda yil yakunida inobatga olinadi



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 avgust