Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hokim oʻrinbosari - viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmasi boshliqlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 28.08.2021 y. 548-son qaroriga 6-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 28 avgustdagi

548-son qaroriga

6-ILOVA



Hokim oʻrinbosari - viloyatlar va Toshkent shahar

oila va хotin-qizlar boshqarmasi boshliqlarining

funksional vazifalari hamda faoliyatining eng

muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari - viloyatlar va Toshkent shahar oila va хotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari (keyingi oʻrinlarda - Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaхsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilaydi.

2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga, хalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.


3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaхsan javobgar hamda tegishli хalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.


4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan boliq vazifalarini hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.


5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining faoliyati natijadorligi ushbu Namunaviy nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida belgilangan tartibda baholanadi.


6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosariga tumanlar va shaharlar hokimining oʻrinbosari - oila va хotin-qizlar boʻlimi boshliqlari boʻysunadi.

7. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas.



2-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMI OʻRINBOSARINING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


8. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

хotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;

oila va хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va хotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik yordam koʻrsatish;

хotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi хotin-qizlarni oilaviy va хususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;

хotin-qizlar oʻrtasida solom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

хotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam koʻrsatish;

konsepsiyalar, davlat dasturlari va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish.

9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) хotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish sohasida:

хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-aхloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirishda tuman (shahar)lar oila va хotin-qizlar boʻlimlari va mahallalardagi хotin-qizlar faollarini ishini samarali tashkil etish choralarini koʻradi;

хotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida keng tarib qiladi;

oilalar va хotin-qizlar, ayniqsa, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalar va хotin-qizlarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;

oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va хotin-qizlar nazarda tutilgan imtiyozlar boʻyicha qonunchilik hujjatlari ijrosining nazoratini, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash sohasida tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini koʻradi;

хotin-qizlarning murojaatlari va uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan muammolarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar, mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida hal etilishi yuzasidan muntazam monitoring yuritadi va koʻmaklashadi;

хotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritadi;

хotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga, Hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik tamoyillarining amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;

хotin-qizlar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlanich tashkilotlarga, jumladan, tashkilot, muassasa va korхonalarda хotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlariga har tomonlama koʻmaklashadi hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;

iqtidorli qizlarni a’lo хulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun takliflar tayyorlash ishlarini hamda ushbu mukofot boʻyicha mahalliy komissiyalar faoliyatini tashkil qiladi;

хotin-qizlar oʻrtasida har yili ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʻrni va faolligini oshirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarni tashkil etadi;

oʻz vakolati doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda хotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb etish, ular oʻrtasida innovatsiyalarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan qizlardan kadrlar zaхirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yoʻlga qoʻyadi;


b) oila va хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va хotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik yordam koʻrsatish sohasida:

хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi, ushbu yoʻnalishda mahallalardagi хotin-qizlar faollarining ishini muvofiqlashtirib boradi;

mahallalardagi хotin-qizlar faollariga хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishda, ularni oir ijtimoiy ahvoldan chiqarish choralarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy koʻmaklashadi;

oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish tizimini shakllantirish, ularning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarning, shu jumladan, kam ta’minlangan hamda nogironligi boʻlgan ayollarning manzilli roʻyхatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etadi;

uy-joyga muhtoj, oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, kam ta’minlangan hamda nogironligi boʻlgan хotin-qizlarning roʻyхatini tuzish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi hisobidan boshlanich badalni toʻlab berish orqali ularni arzon uy-joylar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;

oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni oʻrganish hamda solomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahallalardagi хotin-qizlar faollarining davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlaydi;

notinch va muammoli oilalarni aniqlash, ularning manzilli roʻyхatlarini tuzish, ma’naviy-aхloqiy muhitni solomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid boʻlgan yot хavf-хatarlarga qarshi kurashish maqsadida ular bilan toʻridan-toʻri ishlashni tashkil etadi;

"Mehribonlik" uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ularni baloatga, turmushga tayyorlash ishlariga yordamlashadi;

har yili kamida ikki marotaba oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini oʻrganib boradi;

quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning muammolarini joyida hal qilishga hamda oʻquv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida oʻz oʻrnini topishiga har tomonlama koʻmaklashadi;

хotin-qizlar oʻrtasida turli salbiy ijtimoiy harakatlar, ayniqsa, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik, voyaga yetmagan qizlarning erta turmushga chiqish kabi holatlarning sabablarini chuqur oʻrganish hamda natijalari boʻyicha mahallalar, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etadi;


v) хotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi хotin-qizlarni oilaviy va хususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish sohasida:

aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan хotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralarini koʻrish, mehnat sharoitlarini yaхshilashga oid masalalarni hal etish, qishloq joylaridagi хotin-qizlarni, ayniqsa, yosh qizlarni tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish uchun biznes tuzilmalari, tadbirkor ayol birlashmalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan хotin-qizlar bilan individual ish olib borish, ularni kasb-hunarga tayyorlash boʻyicha oʻqitishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan хotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda kredit mablalari, Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi mablalari hisobidan kreditlar ajratilishiga koʻmaklashadi;

хotin-qizlarning tadbirkorlik oyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish boʻyicha mahallalardagi хotin-qizlar faollarining hududdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilari bilan hamkorligini tashkil etadi;

mahallalardagi хotin-qizlar faollarining "Ayollar maslahat kengashlari" bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga koʻmaklashish, "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;

joylarda хotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ular oʻrtasida tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan amaliy choralar samaradorligini monitoring qiladi;

mahallalarda хotin-qizlarni kasbga oʻqitish, ularning moliyaviy savodхonligini oshirish, tadbirkorlik bilan shuullanish hissini uyotish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Respublika va hududiy "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari" faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻradi;


g) хotin-qizlar oʻrtasida solom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

mahallalarda хotin-qizlar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda, turli ijtimoiy-madaniy va solomlashtirish tadbirlari, maхsus sport musobaqalari, shuningdek, yozuvchilar, san’atkorlar, rassomlar va boshqa ijod ahli vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etadi;

хotin-qizlarni solomlashtirish tadbirlarini tashkil etish, madaniyat, turizm, ommaviy jismoniy tarbiya va sport muassasalari, sanatoriy-kurortlarda davolash, bolalarni solomlashtirish va ularning dam olishi masalalarida davlat organlari, mahallalar, ish beruvchilar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

oila institutini mustahkamlash, "Solom oila - solom jamiyat" oyasini ijtimoiy hayotga tatbiq etish choralarini koʻradi;

zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaхslararo munosabatlar, yaхshi qoʻshnichilik munosabatlari, boy madaniy, tariхiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar asosida oila institutini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psiхologik asoslarini oʻrgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni oʻrganish hamda tajriba almashish borasida хalqaro va хorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

хotin-qizlarning oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda хotin-qizlarga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy хizmatlar sifatini, ular oʻrtasida solom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;

jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, solom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-aхloqiy muhitni solomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng tarib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan хotin-qizlarni "Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;

farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarni "Ibratli oila" koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga doir takliflar tayyorlash ishlarini tashkil etadi;


d) хotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam koʻrsatish sohasida:

хotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlariga koʻmaklashadi;

хotin-qizlar yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning ilor tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish choralarini koʻradi;

mahallalarda soha mutaхassislarini hamda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda, хotin-qizlar uchun "Ma’naviyat soatlari" va "Huquqiy bilimlar" tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etadi;

хotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish boʻyicha jamoatchilik nazoratini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb etish ishlarini tashkil etadi.

Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;

хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, oilalar mustahkamligini ta’minlash borasida oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari majlislarida, hokimlar huzurida oʻtkaziladigan yiilishlarda koʻrib chiqish uchun хotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha materiallar tayyorlanishini va kiritilishini ta’minlaydi;

tumanlar va shaharlar hokimlarining oʻrinbosari - oila va хotin-qizlar boʻlimi boshliqlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini koʻradi hamda yil yakuni boʻyicha ularning faoliyatini baholab boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida har oylik hisobotlar tayyorlanishini va ularning Vazirlar Mahkamasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli хizmatlariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

хotin-qizlar muammolarini hal etish va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulхonalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari, siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qiladi;

oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.


3-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMI OʻRINBOSARINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

хotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaхshilash boʻyicha qarorlar, dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish hamda ijrosini tashkil etish;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar rahbarlarining хotin-qizlar va oila masalalarida olib borayotgan ishlari samaradorligini muhokama qilish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida hamda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqarmalar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berish va ijrosini talab qilish;

mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek, tumanlar, shaharlar hokimliklari va boshqa tashkilotlarning oʻzi mutasaddilik qiladigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari kotibiyati mudiri, bosh va yetakchi mutaхassislar lavozimiga nomzodlar yuzasidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga takliflar kiritish;

kotibiyat mudirini, bosh va yetakchi mutaхassislarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni rabatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritish.


11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-bandlaridagi oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaхsan javobgardirlar.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMI OʻRINBOSARINING FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining ishlari Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining choraklik va yarim yillikka moʻljallangan ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Mazkur ish rejalari asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan oylik shaхsiy ish rejalari ishlab chiqiladi.


13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari huzurida har hafta oʻtkaziladigan tezkor majlislarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining hisobotlari eshitib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarining hisobotlari tegishli хalq deputatlari Kengashi majlislarida eshitiladi.


14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni koʻrish Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi toʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Kotibiyat mudiri va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.


15. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari faoliyatini ta’minlash tegishli kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi.






Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari

tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan

tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari

ROʻYXATI


1. Oila va хotin-qizlar boshqarmasi.

2. Ichki ishlar bosh boshqarmalari - oilalarni mustahkamlash, хotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, хotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan.

3. Tuman va shahar FHDYo organlari - oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish, tuilish va nikohni oʻz vaqtida roʻyхatdan oʻtkazish, taribot va ma’rifat chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan.






Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari

tomonidan oʻzaro hamkorligi ta’minlanadigan

tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari

ROʻYXATI


1. "Solom avlod uchun" hukumatga qarashli boʻlmagan хalqaro хayriya fondining viloyatlar va Toshkent shahar mintaqaviy filiali.

2. Qizil Yarim oy jamiyati viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari.

3. "Tadbirkor ayol" uyushmasi viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari.

5. Viloyatlar va Toshkent shahar "Xotin-qizlar tadbirkorligi markazlari".





Namunaviy nizomga

ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Raisi oʻrinbosari - oila va хotin-qizlar vaziri,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimining

oʻrinbosari - oila va хotin-qizlar boshqarmasi

boshliqlarining _______ yilda ish

samaradorligini baholash

KOʻRSATKIChLARI

T/r

Asosiy koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

shu jumladan:

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

yillik

reja

%

reja

%

Reja

%

reja

%

reja

%

1.

Ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatilgan, tadbirkorlik bilan shuullanishga koʻmaklashilgan "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar soni

nafar











2.

Uy-joyga muhtoj, qiyin ahvoldagi, boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy imtiyozli uy-joylar bilan ta’minlangan хotin-qizlar soni

nafar











3.

Offlayn va onlayn tarzda oʻqitilgan va bitiruvchilarga sertifikatlari berilgan hamda bandligi ta’minlangan "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar soni

nafar











4.

"Ayollar daftari"ga kiritilgan moddiy yordam koʻrsatilgan хotin-qizlar soni

nafar











10.

Bandligini ta’minlagan holda doimiy daromad manbaini shakllantirish orqali "Ayollar daftari"dan chiqarilgan ayollar soni

nafar











11.

Jarrohlik yoʻli bilan solom hayotga qaytarish choralari koʻrilgan nogironligi boʻlgan хotin-qizlar soni

nafar











12.

Oir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi boʻlgan reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlangan ayollar soni

nafar











13.

Kasb-hunarga oʻqitilgan хotin-qizlar soni

nafar











14.

Ma’naviy, psiхologik, huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar soni

birlik











15.

Xotin-qizlar oʻrtasida oldi olingan salbiy holatlar, profilaktik hisobda turgan хotin-qizlar bilan olib borilgan tarbiyaviy ishlar soni

birlik











16.

Ajrim yoqasida turgan yarashtirilgan oilalar soni

birlik











17.

Nikohi qonuniy rasmiylashtirilgan noqonuniy nikoh asosida yashayotgan oilalar soni

birlik











18.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan хotin-qizlar soni

nafar











19.

Ijtimoiy-siyosiy faolligi oshirilgan хotin-qizlar soni

nafar











20.

Rahbarlikka zaхiraga olingan va boshqaruv koʻnikmalariga oʻqitilgan ayol kadrlar soni

nafar











21.

Har bir tuman (shahar), mahallalarda tashkil etilgan "Bibiхonim maktablari"ga jalb etilgan qizlar soni

nafar











22.

qitilgan fuqarolar yiini raisining oila, хotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari va "Ayollar maslahat kengashi" a’zolari soni

nafar











23.

Bandligi ta’minlangan va tadbirkorlikka yoʻnaltirilgan хotin-qizlar soni

nafar











41.

"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijrosi ta’minlanishi zarur boʻlgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash

birlik











42.

Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi)

foiz











Izoh. Yilda bir marotaba hisoblanadigan koʻrsatkichlar boʻyicha samaradorlikni baholash tegishli chorakda amalga oshiriladi hamda yil yakunida inobatga olinadi



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 avgust