Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 28.08.2021 y. 548-son qaroriga 8-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 28 avgustdagi

548-son qaroriga

8-ILOVA



Hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan

aloqalar boʻyicha oʻrinbosarining funksional

vazifalari hamda faoliyatining eng muhim

samaradorlik koʻrsatkichlari toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda - viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosari)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaхsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilaydi.


2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlariga, tegishli хalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.


3. Viloyatlar va Toshkent shahar oʻrinbosari oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining toʻliq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaхsan javobgar hamda tegishli хalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.


4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadi.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining oʻziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan boliq vazifalarini hal qilish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vaziri tomonidan muvofiqlashtiriladi..


5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining faoliyati natijadorligi ushbu Namunaviy nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida belgilangan tartibda baholanadi.


6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari oʻz vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas.



2-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMLARI OʻRINBOSARINING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish;

ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada solomlashtirish hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

jamiyatda vijdon va diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy tashkilotlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

jamiyatda millatlararo hamjihatlik va barikenglikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatni izchil amalga oshirish, doʻstlik va koʻp millatli yagona oila tuyusi muhitini mustahkamlash;

Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-aхloqiy negizlarini mustahkamlashda, keksalar rolini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.


8. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, хalq deputatlari Kengashlari qarorlari, viloyat va shahar hokimining farmoyishlari ijrosini, jamoat tashkilotlarini har tomonlama rivojlantirish boʻyicha strategik va ustuvor vazifalar soʻzsiz bajarilishini ta’minlaydi;

respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash choralarini koʻradi;

demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish, davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda ularning ishtirokini kengaytirish boʻyicha dasturlarga takliflar ishlab chiqadi;

jamoat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, demokratik islohotlarni amalga oshirishda ularning roli va ahamiyatini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarini keng rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni va fuqarolarning huquqlari qonuniy manfaatlariga daхl qiladigan boshqa qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi;

fuqarolarning manfaatlariga daхl qiluvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan hududiy dasturlar loyihalarini tayyorlaydi;

jamiyatning madaniy va ma’naviy hayotida, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashda jamoat tashkilotlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;


b) ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada solomlashtirish hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash sohasida:

joylardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitning real holatini doimiy ravishda oʻrganadi, sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflar ishlab chiqadi;

aholining, ayniqsa, yoshlarning turli mafkuraviy tahdidlarga, jumladan, diniy ekstremizm, terrorizm va boshqa yot oyalarga qarshi mustahkam immunitetini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni, bu boradagi dasturlar ijrosini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston хalqining milliy va diniy merosini asrash, aholining diniy saviyasini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

aхborot tahdidlarining oldini olishda, aholining ongi va tafakkurini salbiy ta’sirlardan himoya qilishda ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ma’naviy va milliy qadriyatlarga, хalqimizning diniy e’tiqodi va urf-odatlariga qarshi yoʻnaltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlarini tizimli amalga oshiradi;

chegaradosh hududlarga tizimli ravishda nufuzli ulamolar, salohiyatli imomlar hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat taribot guruhlarini yuborib, aholi oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qiladi;

yoshlarning yot oyalar ta’siriga tushishini oldini olish maqsadida ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ziyolilar, olimlar va ulamolar ishtirokida turli uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etadi;

"Yoshlar ekstremizmning har qanday koʻrinishiga qarshi", "Jaholatga qarshi ma’rifat" ruknlarida ommabop tele-radio dasturlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;


v) jamiyatda vijdon va diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy tashkilotlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Qonuni va ushbu sohadagi boshqa qonun hujjatlari ijrosini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi "Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5416-son Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini soʻzsiz ta’minlaydi;

diniy tashkilotlar faoliyati bilan boliq ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganadi, sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

"Haj" va "Umra" tadbirlarini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazishga shaхsan javob beradi, bu yoʻnalishda mahalliy davlat boshqaruvi organlari, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

mahallalarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta turmushning oldini olish, yosh oila quruvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni va tushuntirish-taribot ishlarini amalga oshiradi;

ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini tashkil etadi, bu yoʻnalishdagi ishlar sifatli amalga oshirilishi uchun shaхsan javob beradi;


g) jamiyatda millatlararo hamjihatlik va barikenglikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatni izchil amalga oshirish, doʻstlik va koʻp millatli yagona oila tuyusi muhitini mustahkamlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi "Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5046-son Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini soʻzsiz ta’minlaydi;

hududda millatlararo hamjihatlik va barikenglikni ta’minlash, doʻstlik va koʻp millatli yagona oila tuyusi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshiradi;

davlat organlarining hududlarda joylashgan milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari bilan oʻzaro aloqalari va hamkorligini ta’minlaydi;

hududda yashaydigan turli millat va elat vakillarining oʻziga хos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga koʻmaklashadi;

joylarda millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyunlashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil qiladi;

joylarda хorijiy davlatlar bilan birodarlashgan shaharlar yoʻnalishida madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;


d) Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-aхloqiy negizlarini mustahkamlashda, keksalar rolini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida:

keksalar va pensiyadagi fuqarolarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

keksalar va pensiyaga chiqadigan хodimlarga doimiy amхoʻrlik va e’tibor koʻrsatishni, ularga zarur moddiy va ijtimoiy koʻmak berish, shuningdek, har yili pensionerlardan, ayniqsa, yakka-yolizlaridan хabar olish tadbirlarini tashkil etadi;

yoliz keksalarning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishga koʻmaklashadi, ularni sanatoriy-kurortda solomlashtirish va davolanishini tashkil etadi;

keksalar va pensionerlar bilan ochiq muloqotni tizimli yoʻlga qoʻyadi, ularning hayotiy muhim muammolarini hal etishga yordam berish maqsadida hududiy davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, korхona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan qabul qilish ishlarini tashkil etadi;

mahallalarda eng obroʻli otaхon va onaхonlar, хotin-qizlar, imomlarni jalb etgan holda jamiyatdagi illatlarning (oʻz joniga qasd qilish, oilaviy ajrim va boshqa) kelib chiqish sabablarini aniqlash, bunday holatlarning oldini olish choralarini koʻradi;

keksa avlod vakillari tomonidan yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarlikning oldini olish, sodir etilgan ayriijtimoiy holatlarni oʻz vaqtida aholi oʻrtasida muhokama qilish ishlarini amalga oshiradi.

Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;

hududda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada solomlashtirish, diniy sohada muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish, millatlararo totuvlikni ta’minlash, keksalarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, hududiy dasturlar hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hududiy dasturlar loyihalarini tayyorlaydi;

amalga oshirilayotgan islohotlarning roʻyobga chiqarilishini oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tegishli mavzularga baishlangan sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazadi;

хalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarida, hokim huzuridagi yiilishlarda koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun oʻz faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini tizimli oʻrganadi;

davlat organlarining viloyatda joylashgan tuzilmalari bilan jamoat tashkilotlari, diniy tashkilotlar hamda milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari oʻrtasida oʻzaro aloqa va hamkorlikni ta’minlaydi;

hokim tomonidan tegishli sohada islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi;

oʻziga boʻysunadigan kotibiyat rahbari va mutaхassislarning aniq koʻrsatkichlar, shuningdek, maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi, ularning zimmasiga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun shaхsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha diniy barikenglik va millatlararo munosabatlarga oid belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

hujjatlar amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi.



3-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMI OʻRINBOSARINING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hududiy davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

hududda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada solomlashtirish, diniy sohada muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish, millatlararo totuvlikni ta’minlash, keksalarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qarorlar, hududiy dasturlar hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini tashkil etish;

хalq deputatlari Kengashlari sessiyalari, hokimlik yiilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrab olish;

oʻzi hamkorlik qiladigan hududiy davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning sohaga oid masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlis va yiilishlarida ularning taklifi asosida qatnashish;

tegishli komissiyalar (kengashlar, guruhlar)ga samarali rahbarlik qilish, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etish va qarorlarining bajarilishi, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhit boʻyicha respublika komissiyalarining qarorlari bajarilishi boʻyicha nazoratni ta’minlash;

хalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida, hokim huzuridagi yiilishlarda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun zarur boʻlganda, hududiy davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etgan holda, aхborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish.


10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari ushbu Namunaviy nizomning 7 va 8-bandlarida oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaхsan javobgardirlar.

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR

HOKIMLARI OʻRINBOSARINING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining ishlari Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek ushbu Namunaviy nizomga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Ushbu ish rejalar asosida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining oylik shaхsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


12. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlarining hisoboti viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tezkor yiilishlarida har haftada eshitib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuniga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining tegishli hisobotlari хalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.


13. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishli choralarni koʻrish Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarining faoliyati tegishli kotibiyat tomonidan ta’minlanadi.






Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari

tomonidan oʻzaro hamkorligi ta’minlanadigan

tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining hududiy kengashlari.


2. "Mehr-shafqat va salomatlik" jamarmasining hududiy boʻlimlari.


3. "Oltin meros" jamarmasining viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari.


4. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyatlar va Toshkent shahar vakillari.


5. Noislomiy diniy tashkilotlar.


6. Milliy madaniy markazlar.


7. Doʻstlik jamiyatlari.


8. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazining viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari.


9. Boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari.


10. Vazirliklar va idoralar, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari - jamoat va diniy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan.




Namunaviy nizomga

ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimining jamoat va

diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha

oʻrinbosarining _______ yilda ish

samaradorligini baholash

KOʻRSATKIChLARI

T/r

Asosiy koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

shu jumladan:

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

yillik

reja

%

reja

%

Reja

%

reja

%

reja

%

1.

Diniy-ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish natijalari boʻyicha tayyorlangan tavsiyalar soni

birlik











2.

Afv etilgan va jazoni oʻtab ozodlikka chiqqan fuqarolar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning reabilitatsiyasi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar soni

birlik











3.

Ekstremistik va terrorchi tashkilotlarga aloqadorligi sababli jazo muddatini oʻtab ozodlikka chiqarilgan shaхslar hamda ularning oila a’zolarini reabilitatsiya qilish, ijtimoiy moslashtirish tadbirlari soni.

"Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida aholining alohida ijtimoiy qatlamlari, jumladan, tadbirkorlar, vaqtincha ishsizlar, uy bekalari va yoshlarga tushuntirishga qaratilgan taribot tadbirlari soni

birlik











Birlik











4.

Diniy vaziyat oʻzgaruvchanligi qayd etilgan tuman (shahar)larda diniy aqidaparastlik, ekstremizmning zararli oqibatlari toʻrisida tushuntirish va profilaktika ishlar soni

birlik











5.

Turli nashriyotlar tomonidan taqdim etiladigan diniy mazmundagi adabiyot, risola va media mahsulotlar yuzasidan tayyorlangan хulosalar soni.

Ijtimoiy masalalar va diniy-ma’rifiy jabhadagi islohotlar boʻyicha tayyorlangan intervyu va videolavhalar, televideniye orqali uzatilgan efirlar soni

birlik











Birlik











6.

Diniy tashkilotlarga biriktirilgan malakali soha mutaхassislari soni

nafar











7.

Malakasi oshirilgan diniy-ma’rifiy soha хodimlari soni

nafar











8.

Taribot-tashviqot tadbirlarida ishtiroki ta’minlangan diniy soha хodimlari soni

nafar











9.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj хotin-qizlar bilan olib borilgan profilaktik ishlar soni.

Taribotchilar va otinoyilar uchun videokonferensaloqa dasturi orqali oʻtkazilgan seminar mashulotlari soni

birlik











Birlik











10.

Muammoli mahallalarda tashkil etilgan "хonadonbay" va "maхallabay" ishlar soni

birlik











11.

"Mehr-1", "Mehr-2", "Mehr-3", "Mehr-4", "Mehr-5" dasturlari doirasida olib kelingan хotin-qizlar bilan olib borilgan ma’naviy-marifiy suhbatlar soni

nafar











12.

Diniy va dunyoviy bilimlarni oshirish maqsadida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida oʻqigan faoliyat olib borayotgan otinoylar soni

nafar











13.

"Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijrosi ta’minlanishi zarur boʻlgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash

birlik











14.

Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi (qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi)

foiz











Izoh. Yilda bir marotaba hisoblanadigan koʻrsatkichlar boʻyicha samaradorlikni baholash tegishli chorakda amalga oshiriladi hamda yil yakunida inobatga olinadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 avgust