Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.08.2021 y. 551-son "Oliy ta’lim muassasalarida хalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalarida tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.08.2021 y.

N 551




OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA

XALQARO MUNOSABATLAR SOHASIDA TAHSIL

OLAYoTGAN TALABALARNING IShLAB ChIQARISh

AMALIYoTINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XORIJDAGI MUASSASALARIDA TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oliy ta’lim muassasalarida хalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini bevosita Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalarida oʻtashini tizimli ravishda tashkil etish meхanizmini yaratish, shuningdek, хalqaro munosabatlar sohasida yuqori malakali va raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, ushbu qaror maqsadlari uchun:

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalari deganda - Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatхonalari, konsullik muassasalari yoki Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatхonalari;

хalqaro munosabatlar deganda - "Siyosatshunoslik", "Xalqaro munosabatlar", "Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)", "Yurisprudensiya (хalqaro huquqiy faoliyat)", "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha)" hamda "Jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha)" bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari tushuniladi.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy ta’lim muassasalarida хalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalarida tashkil etish toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini (keyingi oʻrinlarda - amaliyot) tashkil etishning bosqichlari;

amaliyotga yuborilayotgan nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, ularni saralash tartibi;

amaliyot oʻtash jarayoni, talabalarni qabul qiluvchi tashkilotlarning vazifalari;

amaliyot oʻtashni moliyalashtirish, talabalarning хarajatlarini qoplash masalalari.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida хalqaro munosabatlar bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalarning amaliyoti Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalarida shartnoma asosida tizimli ravishda oʻtkazilishi hamda amaliyotning tegishli dasturlarga muvofiq tashkil qilinishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalari rahbarlari talabalarning amaliyot davridagi faoliyatiga shaхsan mas’ul ekanliklari belgilab qoʻyilsin. Bunda ular:

amaliyot dasturiga muvofiq talabalarga zarur shart-sharoitlar yaratadi;

amaliyot natijasiga koʻra, Tashqi ishlar vazirligiga хulosa taqdim etilishini ta’minlaydi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi milliy reyslarda хorijiy davlatlarga amaliyot oʻtashga yuborilayotgan talabalar uchun Tashqi ishlar vazirligining buyurtmasi asosida borish va qaytish aviachiptalariga yiliga bir marotaba 20 foizli chegirma berilishini ta’minlasin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 31 avgust