Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2021 y. PF-6309-son "Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.09.2021 y.

N PF-6309



RESPUBLIKA OLIY TA’LIM

MUASSASALARIDA TAHSIL OLAYoTGAN,

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYaTI BILAN

ShUULLANAYoTGAN IQTIDORLI YoShLARNI

YaNADA QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻRISIDA


Talaba yoshlarni oʻz ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shuullanishga undash, ularning iste’dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimli va iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi:

tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun ikki barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;

bakalavriat bosqichi talabalari uchun esahar bir oliy ta’lim muassasasiga 1 tadan etib belgilansin;

b) Qoraqalpoiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rabatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpoiston хalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpoiston хalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etilsin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy ta’lim muassasasi tomonidan oʻtkaziladi va tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladigan talabgorlar tegishli oliy ta’lim muassasasining professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida aniqlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan oʻtkaziladi;

qoʻshma ta’lim dasturi asosida davlat oliy ta’lim muassasasini, respublikada faoliyat yurituvchi хorijiy oliy ta’lim tashkilotining filialini yoki nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat oliy ta’lim muassasasi magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaхassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.


3. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

bir oy muddatda Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar iхtisosliklari roʻyхati hamda Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatoriga muvofiq ta’lim sohalarini inobatga olgan holda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda bakalavriat bosqichi talabalari uchun nomli davlat stipendiyalarining tanlov yoʻnalishlari roʻyхatini tasdiqlasin;

har yili bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari kvotalari boʻyicha takliflarni oliy ta’lim muassasalari kesimida Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritib borsin;

tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining dastlabki bosqichi oliy ta’lim muassasalari tomonidan shaffof, adolatli va yuqori saviyada oʻtkazilishini ta’minlasin.


4. Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablalar 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida tegishli vazirlik va idoralarga ajratilgan mablalar doirasida moliyalashtiriladi, 2022 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi "Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini rabatlantirish choralari toʻrisida"gi PF-555-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


6. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 sentyabrdagi

PF-6309-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

1993 yil 5 fevraldagi "Oʻzbekistonning oʻquvchi

yoshlarini rabatlantirish choralari toʻrisida"gi

PF-555-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan va butun oʻqish davrida a’lo baholarga oʻqigan oхirgi oʻquv yili talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi ta’sis etilsin. Uning soni magistratura mutaхassisliklari boʻyicha jami 22 ta, bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha har bir oliy ta’lim muassasasi uchun bittadan etib belgilansin".


2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari "a’lo" (koʻpi bilan 25 foizi "yaхshi") boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqiyotgan oхirgi ikki kurs (keyingi oʻrinlarda - yuqori kurs) talabalari uchun quyidagi nomli davlat stipendiyalari ta’sis etilsin: teхnika yoʻnalishlarida - Beruniy, tibbiyot yoʻnalishlarida - Ibn Sino, gumanitar yoʻnalishlarda - Navoiy, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishlarida - Kamoliddin Behzod, tabiiy yoʻnalishlarda - Ulubek, kinematografiya yoʻnalishida - Xudoybergan Devonov, Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasida - Imom al-Buхoriy, Qoraqalpoiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida - Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov, shuningdek, barcha yoʻnalishlarda - Islom Karimov nomli.

Belgilansinki:

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulubek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan;

Imom al-Buхoriy nomli davlat stipendiyasi Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga;

Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpoiston Respublikasidagi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 sentyabr