Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 y. 585-son "Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba хotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.09.2021 y.

N 585




IJTIMOIY EHTIYoJMAND OILA VAKILLARI,

YeTIM YoKI OTA-ONASINING QARAMOIDAN MAHRUM

BOʻLGAN TALABA XOTIN-QIZLARNING OLIY TA’LIM

OLIShINI MODDIY JIHATDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va хotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 7 martdagi PF-87-son Farmoni hamda "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 5 martdagi PQ-5020-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ehtiyojmand хotin-qizlarning ta’lim olishga boʻlgan qiziqishlarini rabanlantirish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 5 martdagi PQ-5020-son qarori hamda "Oila va хotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 7 martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq:

a) har yili bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga qabul qilingan, ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan talaba хotin-qizlarni (keyingi oʻrinlarda - ehtiyojmand talabalar) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan oʻqitish tartibi joriy etilganligi;

b) bunda, oʻqish uchun toʻlov pullari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili 150 nafardan ehtiyojmand talabalar uchun mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan talaba хotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish mezonlari;

talabgorlarni tanlab olish shartlari va shu maqsadda mahalliy hokimliklar huzurida tashkil etilayotgan komissiyalar faoliyati;

mahalliy hokimliklar tomonidan oliy ta’lim muassasalariga tanlangan 150 nafar talabgorlarga toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish tartibi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Qoraqalioiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari talabgorlarni tanlab olish natijalarini belgilangan muddatlarda "Aziz-ayol.uz" Yagona interaktiv milliy platformasi orqali e’lon qilinishini ta’minlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maхkamova hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 sentyabr