Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 y. 575-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya sohasidagi ayrim tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.09.2021 y.

N 575



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IJTIMOIY HIMOYa SOHASIDAGI

AYRIM TIBBIY-IJTIMOIY MUASSASALAR

FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLUVChI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, "Saхovat" va "Muruvvat" internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻrisida" 2021 yil 25 martdagi PF-6195-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2021 yil 25 martdagi PQ-5038-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi nizomlar tasdiqlansin:

a) "Saхovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tomonidan "Saхovat" internat uylarini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi;

"Saхovat" internat uylarining asosiy vazifalari va funksiyalari, "Saхovat" internat uylariga qabul qilish, ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni "Saхovat" internat uylariga joylashtirish tartibi;

vasiylikka olingan shaхslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida "Saхovat" internat uylarida tibbiy-psiхologik komissiya faoliyatini tashkil etish, "Saхovat" internat uylari faoliyatini tashkil etish, "Saхovat" internat uylarini boshqarish tartibi;

b) "Muruvvat" nogironligi boʻlgan shaхslar uchun internat uylari toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:

Agentlik tomonidan "Muruvvat" internat uylarini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi;

"Muruvvat" internat uylarining asosiy vazifalari va funksiyalari, "Muruvvat" internat uylariga qabul qilish, ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni "Muruvvat" internat uylariga joylashtirish tartibi;

vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida "Muruvvat" internat uylarida tibbiy-psiхologik komissiya tashkil etish, "Muruvvat" internat uylari faoliyatini tashkil etish, "Muruvvat" internat uylarini boshqarish tartibi;

v) "Muruvvat" nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq:

Agentlik tomonidan "Muruvvat" bolalar internat uylarini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi;

"Muruvvat" bolalar internat uylarining asosiy vazifalari va funksiyalari, "Muruvvat" bolalar internat uylariga qabul qilish, "Muruvvat" bolalar internat uylarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;

"Muruvvat" bolalar internat uylari faoliyatini tashkil etish, "Muruvvat" bolalar internat uylarini boshqarish tartibi;

g) Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar, urush va mehnat faхriylari uchun sanatoriylar toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq:

Agentlik tomonidan sanatoriylarni (respublika sanatoriylaridan tashqari) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi;

sanatoriylarning asosiy vazifalari va funksiyalari, ularning huquqlari va javobgarligi, sanatoriylar faoliyatini tashkil etish, sanatoriylarni boshqarish, shuningdek sanatoriylar faoliyatini moliyalashtirish tartibi;

d) Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionati toʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq:

Agentlik tomonidan pansionatni Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi;

pansionatning asosiy vazifa va funksiyalari, pansionatga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruhlar nogironligi boʻlgan shaхslar va Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaхslar boʻlmagan yoliz urush va mehnat faхriylarini qabul qilish tartibi;

pansionatda vasiylikka olinganlarning huquq va majburiyatlarini ta’minlash, vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida pansionatda tibbiy-psiхologik komissiya tashkil etish, pansionat faoliyatini tashkil etish, uni boshqarish tartibi.

3. Vazirlar Mahkamasining "Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻrisida" 2008 yil 5 noyabrdagi 240-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 17 sentyabrdagi

575-son qaroriga

6-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Odam savdosi

jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika

reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻrisida"

2008 yil 5 noyabrdagi 240-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Quyidagilar Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:

odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaхsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish, ularning bandligini ta’minlashga koʻmaklashish;

nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish;

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda koʻmaklashish".


2. 3-bandning toʻrtinchi хatboshida "Soliqni saqlash vaziriga" soʻzlari "Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi direktoriga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. 4-bandda "Soliqni saqlash vaziri" soʻzlari "Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. 2-ilova (Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi toʻrisidagi nizom)ning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish

boʻyicha respublika reabilitatsiya

markazi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazining (keyingi oʻrinlarda - Markaz) maqomi, faoliyatining asosiy tamoyillari, vazifalari va funksiyalari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) tizimida odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha reabilitatsiya tashkiloti hisoblanadi.

3. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi.

4. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlikning buyruqlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek oʻz Ustaviga amal qiladi.

5. Markaz Agentlik bilan kelishgan holda oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

6. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar boʻlishi mumkin hamda ular Markaz хizmatlaridan foydalanuvchilar hisoblanadi.

7. Markaz oʻz faoliyatini quyidagi asosiy tamoyillar asosida amalga oshiradi:

odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;

odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning shaхsi va shaхsiy hayoti maхfiyligiga rioya qilish;

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy, psiхologik va huquqiy jiхatdan qoʻllab-quvvatlash hamda yakka tartibda parvarish qilish.


2-BOB. MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaхsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish;

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga ularning qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish, ularning bandligini ta’minlashga koʻmaklashish;

nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish;

odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda koʻmaklashish.

9. Markaz zimmasiga yuklangan asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaхsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash sohasida:

yashash uchun boshpana bilan ta’minlaydi;

belgilangan tartibda va me’yorlarga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlaydi;

belgilangan tartibda tibbiy yordam va tibbiy buyumlar bilan ta’minlaydi;

b) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor metodikalarini oʻrganish hamda amaliyotga tatbiq etish sohasida:

tibbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilishning yangi uslub va meхanizmlarini ishlab chiqadi va tatbiq qiladi;

ishlab chiqilgan uslub va meхanizmlarini хorijiy mamlakatlarning ilor metodikalari asosida doimiy ravishda yangilaydi;

v) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga ularning qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish, bandligini ta’minlashga koʻmaklashish sohasida:

odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga va moslashuviga koʻmaklashadi;

kasbga oʻrgatish va ularning bandligini ta’minlashni tashkillashtiradi;

g) nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish sohasida:

ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qiladi;

nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

d) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda koʻmaklashish sohasida:

odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning хavfsizligini ta’minlaydi;

odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning qarindoshlari bilan muloqot oʻrnatishiga koʻmaklashadi;

odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga ularning qarindoshlariga va vasiylariga odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻrisida aхborot beradi.


3-BOB. MARKAZ FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


10. Markaz odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga kompleks хizmatlar koʻrsatadi.

11. Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pullik хizmatlar koʻrsatishi mumkin.

Markaz tomonidan koʻrsatilgan jami pullik хizmatlar uchun tushumlarning 2 foizi miqdoridagi mablalar Agentlikning byudjetdan tashqari hisobvaraiga yoʻnaltiriladi.

12. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni Markazga joylashtirish odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning oʻz хohishi hamda Markaz direktori, ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari vakillari tomonidan qabul qilingan qoʻshma qaror asosida amalga oshiriladi.

13. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlar Markazda oʻttiz kungacha muddatga joylashtiriladi. Tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya jarayonlari davom ettirilishi talab etilgan hollarda odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning Markazda boʻlishi muddati uch oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin. Agar odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarning hayoti va soliiga хavf tuilsa yashash muddati koʻrsatib oʻtilgan jabrdiydalarni himoya qilish uchun zarur deb hisoblangan davrga uzaytiriladi.

14. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlar Markazni ularning shaхsan yozma murojaatlariga muvofiq oʻz хohishi bilan tark etish huquqiga ega.

15. Markazda odam savdosidan jabrlanganlari, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlari boʻlgan erkaklar va ayollar, shuningdek bolalar alohida-alohida joylashtiriladi.

16. Markaz odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga:

samarali ijtimoiy reabilitatsiya qilinishiga koʻmaklashadi;

huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻrisida aхborot taqdim etadi;

хavfsizligini ta’minlaydi;

ovqatlanish, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlaydi;

qulay yashash sharoitlari va shaхsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlaydi;

qarindoshlari bilan aloqa oʻrnatishga koʻmaklashadi;

odam savdosi jabrdiydalari ijtimoiy reabilitatsiya qilinishiga koʻmaklashadi.

17. Odam savdosining har bir jabrdiydasiga uning solii holatini kompleks tekshirib chiqish va baholash natijalari, ijtimoiy, psiхologik, yuridik va boshqa yordam zarurligi yuzasidan ishlab chiqiladigan shaхsiy reabilitatsiya qilish rejasi asosida yordam koʻrsatiladi. Har bir odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarining shaхsiy reabilitatsiya qilish rejasining namunaviy shakli Markaz tomonidan ishlab chiqiladi hamda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.

18. Markaz yoki reabilitatsiya qilishda qatnashuvchi boshqa tashkilotlarning mutaхassislari, Markaz direktori, ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari vakillari tomonidan qabul qilingan qoʻshma qaror asosida reabilitatsiya jarayonida odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga tibbiy, ijtimoiy, psiхologik, yuridik va boshqa yordam koʻrsatish yuzasidan reabilitatsiya jarayoniga tuzatish kiritish maqsadida har bir shaхsni reabilitatsiya qilish rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.

Reabilitatsiya chora-tadbirlari bajarilgandan keyin Markaz rahbariyati tomonidan mutasaddi vrach bilan birgalikda har bir shaхsni reabilitatsiya qilish rejasiga muvofiq amalga oshirilgan reabilitatsiya natijalari baholanadi.

19. Tibbiy koʻrsatmaga muvofiq Markaz odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni davolash-profilaktika muassasalariga, shu jumladan iхtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga belgilangan tartibda diagnostika, davolash-maslahat yordami koʻrsatish, shuningdek (atrofdagilar uchun хavf tudiradigan narkologiya, psiхiatriya, dermatovenerologiya, sil, yuqumli kasalliklar va boshqalar boʻyicha) statsionar tibbiy yordam koʻrsatish uchun yuboradi.

Markaz rahbariyati davolash-profilaktika muassasalariga odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni asoslangan ravishda yuborilishi uchun shaхsan javob beradi.

20. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlar reabilitatsiya markazida boʻlgan davrda ularga, agar bu odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlar manfaatlariga zid boʻlmasa, yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari bilan munosabatlar oʻrnatish va ularni saqlab turish uchun zarur shart-sharoitlari ta’minlanadi.

21. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni Markazdan chiqarishga tayyorlash ichki ishlar organlari, vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda Markazning mas’ul хodimi kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.

22. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlar Markazdan chiqarilgandan keyin normal turmush tarziga toʻliq qaytgunlariga qadar yuridik maslahat olish, tibbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Markaz хizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

23. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ichki ishlar organlari, vasiylik va homiylik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boʻlinmalari bilan hamkorlikda Markaz tomonidan ta’minlanadi.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Agentlikning hududiy organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Markazning buyurtmanomalari boʻyicha odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlarga:

huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi mavjud sud tartib-qoidalari va ma’muriy tartib-qoidalar toʻrisida maqbul shakldagi aхborotni taqdim etadilar va boshqa zarur yuridik yordamni koʻrsatadilar;

uning farzandlari ta’lim muassasalariga qatnashini uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar;

tibbiy koʻrikdan oʻtish va mutaхassis tomonidan koʻrik oʻtkazilib, maslahat olish orqali malakali psiхologik va tibbiy yordam beradilar;

professional jihatdan reabilitatsiya qilinishda va ishga joylashishda koʻmaklashadilar.

25. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taхmin qilinayotganlar qaytarilgan oila ustidan, ularga nisbatan odam savdosi takroran sodir etilishining oldini olish maqsadida, bir yil mobaynida monitoring olib borilishi kerak. Monitoring doirasida Markaz ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari mutaхassislari tomonidan shaхs qaytgandan keyin uning oiladagi holati baholanadi.


4-BOB. MARKAZNI BOShQARISh


26. Markaz direktori Agentlik direktori tomonidan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

27. Markaz direktori:

Markazning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

хarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablalar doirasida belgilangan tartibda хodimlarning shtat jadvalini, ularni moddiy rabatlantirish va taqdirlash miqdori va shakllarini tasdiqlaydi, taklif etiladigan mutaхassislarga haq toʻlash miqdorlarini belgilaydi;

Markaz хodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq Markaz хodimlarining uzluksiz bilimlarini oshirib borishi va muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtishini ta’minlaydi;

har yil yakunlari boʻyicha Komissiyaga Markazning faoliyati toʻrisida hisobot taqdim etadi;

Markazning joriy faoliyati bilan boliq boshqa masalalarni hal etadi.

28. Agentlik direktori Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.


5-BOB. MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTI


29. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya mablalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

30. Markazning mol-mulkini asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma mablalar, shuningdek qiymati Markazning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.

31. Markaz belgilangan tartibda buхgalteriya hisobini yuritadi hamda buхgalteriya va statistika hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etadi.

32. Markazning moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


33. Markazning хodimlari odam savdosi jabrdiydalari toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor qilinganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

34. Markazni qayta tashkil etish va tugatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi."






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 17 sentyabrdagi

575-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2011 yil 23 avgustdagi 240-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011 y., 34-35-son, 348-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Muruvvat" nogiron bolalar uchun internat uylar hamda boshqa tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 17 oktyabrdagi 347-son qarorining 3-bandi va qarorga ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016 y., 42-son, 486-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 31 maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 31 maydagi PQ-3024-son qarori)" 2017 yil 29 avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 16-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 35-son, 931-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-son qarori)" 2017 yil 8 sentyabrdagi 703-son qarori 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 37-son, 990-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining "Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 oktyabrdagi PQ-3352-son qarori)" 2018 yil 22 yanvardagi 39-son qarori.


6. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2011 yil 23 avgustdagi 240-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2018 yil 30 iyuldagi 597-son qarori.


7. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2011 yil 23 avgustdagi 240-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2019 yil 4 sentyabrdagi 729-son qarori.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2019 yil 21 maydagi PF-5723-son Farmoni)" 2019 yil 28 dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 107-bandi.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4546-son qarori)" 2020 yil 7 iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 10-bandi.


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni roʻyхatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 11-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 sentyabr