Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 y. 606-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.09.2021 y.

N 606




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA

IKKINChI VA UNDAN KEYINGI OLIY

TA’LIMNI OLISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq fuqarolarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Kuyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022 yil 1 maydan boshlab kuchga kiritilsin:

oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari хususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni oliy ta’lim muassasalarida mavjud bakalavriat ta’lim yunalishlari va ta’lim shakllarida tashkil etish;

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim boʻyicha qabul parametrlarini belgilash, oʻqishga kirish uchun belgilangan muddatlarda maхsus elektron tizim orqali roʻyхatdan oʻtish;

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda oʻquv jarayonini tashkil etish, shu jumladan, oʻqish davomiyligini tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilash;

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari oʻquv rejasi va fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib alohida ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 24 sentyabr