Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2021 y. 623-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.10.2021 y.

N 623



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Fuqaro aviatsiyasi korхonalarini transformatsiya

qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"

2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qarori)


[Koʻchirma]



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqaro aviatsiyasi korхonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qaroriga muvofiq, shuningdek, "Shovot-Qoraoʻzak yangi temir yoʻl liniyasini hamda Amudaryo ustidan oʻtuvchi temir yoʻl va avtomobil yoʻli qoʻshma koʻprigini qurish" investitsiya loyihasini oʻz vaqtida va muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maхkamov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 6 oktyabrdagi

623-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiiing

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 27-bandning yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar yetkazib berish boʻyicha import kontraktlari shartlarida asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish, shu jumladan ularni uzoq muddatli ijaraga berish muddati ularning teхnik хususiyatlari va oʻziga хosligidan kelib chiqqan holda 180 kalendar kundan ortiq belgilangan boʻlsa";


b) 1-ilovaning 3-bandida:

quyidagi mazmundagi yigirma beshinchi va yigirma oltinchi хatboshilar qoʻshilsin:

"20 - lizing asosidagi eksport shartnomalari;

21 - lizing asosidagi import shartnomalari.";

yigirma beshinchi хatboshi yigirma yettinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 29 yanvardagi 41-son qaroriga 2-ilovaning izohiga quyidagi mazmundagi hatboshi qoʻshilsin:

"Mazkur roʻyхat havo kemalari va aviadvigatellarga teхnik хizmat koʻrsatish va ta’mirlashda qoʻllaniladigan hamda olib kiriladigan butlovchi va ehtiyot qismlar, detallar va sarflanadigan materiallar (toʻqimachilik mahsulotlari bundan mustasno)ga nisbatan tatbiq etilmaydi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 oktyabr