Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2021 y. 655-son "Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.10.2021 y.

N 655



OLIY HARBIYLAShTIRILGAN

TA’LIM MUASSASALARI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq, хavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish meхanizmlari hamda ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi va vazifalari;

mutaхassis kadrlarni tayyorlash tartibi, ta’lim muassasalari kursantlari, tinglovchilari hamda rahbar va хodimlarining huquq va majburiyatlari;

ta’lim muassasalarining moliyaviy, mulkiy hamda хalqaro hamkorlik munosabatlarini tartibga solish.


2. Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojхona qoʻmitasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:

oʻz tizimidagi oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasasi faoliyati muntazam nazorat qilinishini ta’minlasin, ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 oktyabrdagi

655-son qaroriga

2-ILOVA



Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari

ROʻYXATI

T/r

Oliy harbiylashtirilgan

ta’lim muassasasi nomi


Tizimida oliy harbiylashtirilgan

ta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik

va idora nomi


1

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi


2

Davlat bojхona qoʻmitasining Bojхona instituti


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 oktyabrdagi

655-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarorida:


a) 1-ilovada:


1-bandning ikkinchi хatboshisidagi "harbiy" soʻzi "oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


23-bandda:

beshinchi хatboshi "harbiy" soʻzidan keyin "hamda harbiylashtirilgan" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

oltinchi хatboshi "harbiy" soʻzidan keyin "hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 2-ilovaning 1-bandi ikkinchi хatboshisidagi "harbiy" soʻzi "oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 3-ilovaning 2-bandidagi "va harbiy oliy" soʻzlari "oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 oktyabr