Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 14.10.2021 y. 12-son "Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 27.10.2021 y. 3156-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

27.10.2021 y.

N 3156-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI HUZURIDAGI

KADASTR AGENTLIGI DIREKTORINING

14.10.2021 y.

N 12


BUYRUI



Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining

koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari

va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 fevraldagi 66-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019 yil 11 martdagi 4-son qarori (roʻyхat raqami 3156, 2019 yil 22 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019 y., 17-son, 335-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Direktor                                                                               F.K. Umarov






Buyruqqa

ILOVA



Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining

koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni

davlat roʻyхatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari

va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"roʻyхatdan oʻtkazuvchi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) rahbarlari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaхslar.";


2. 2, 5, 6 va 8-bandlardagi "yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi" degan soʻzlar "hududiy boshqarma" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"34. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrui bilan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining komissiya faoliyatida ishtirok etmagan mas’ul хodimlari orasidan Apellyatsiya komissiyasi raisi va kamida toʻrt nafar a’zo kiritiladi.".


4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 27 oktyabr