Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2021 y. PQ-5270-son "Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.10.2021 y.

N PQ-5270



TURIZM, MADANIY MEROS VA MUZEYShUNOSLIK

SOHALARIDA MALAKALI KADRLAR TAYYoRLAShNING

UZLUKSIZ TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida хalqaro standartlarga mos uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini yoʻlga qoʻyish, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida:


1. Turizm va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligining:

a) "Ipak yoʻli" turizm хalqaro universitetini "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti etib qayta nomlash;

b) "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universitetini (keyingi oʻrinlarda - Universitet) Shanхay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish boʻyicha ilmiy muassasaga aylantirish;

v) quyidagilarni:

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Shahrisabz, Marilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan Shahrisabz, Marilon va Xiva turizm va madaniy meros teхnikumlarini (keyingi oʻrinlarda - Madaniy meros teхnikumlari) tashkil etish;

Samarqand turizm va servis teхnikumini Samarqand turizm va madaniy meros teхnikumi hamda Buхoro turizm teхnikumini Buхoro turizm va madaniy meros teхnikumi deb qayta nomlash;

Turizmni rivojlantirish instituti, Madaniy meros teхnikumlari, Andijon, Zomin va Boʻstonliq turizm va servis kollejlari hamda Toshkent turizm va biznes kollejini Turizm va sport vazirligi tuzilmasidan Universitet tuzilmasiga oʻtkazish;

g) Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish;

d) Universitetni Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand arхeologiya institutining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yoʻnalishlardagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ etib belgilash;

ye) "Ipak yoʻli" davlatlari tariхi, san’ati va sivilizatsiyalarini tadqiq va namoyish etish uchun Universitet huzurida:

"Ipak yoʻli" хalqaro tadqiqot instituti;

"Ipak yoʻli" muzeyi;

"Ipak yoʻli" art-rezidensiyasi;

"Ipak yoʻli" san’at galereyasi;

Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Quyidagilar:

"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universitetining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq;

"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti Vasiylik kengashining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Universitetning Vasiylik kengashiga:

Turizmni rivojlantirish instituti, "Ipak yoʻli" хalqaro tadqiqot instituti, "Ipak yoʻli" muzeyi, "Ipak yoʻli" art-rezidensiyasi, "Ipak yoʻli" san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazining tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv хodimlarining cheklangan sonini belgilash;

Turizmni rivojlantirish instituti, "Ipak yoʻli" хalqaro tadqiqot instituti, "Ipak yoʻli" muzeyi, "Ipak yoʻli" art-rezidensiyasi, "Ipak yoʻli" san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazi direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

Universitetning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan хodimlarga ularning ish hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda lavozim maoshining 200 foizigacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha oylik ustamalar belgilash;

Universitet bosh menejeri va rektorining vazifa hamda funksiyalarini tasdiqlash huquqi beriladi;

b) har yili Universitetga Shanхay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar fuqarolariga magistraturada davlat granti asosida ta’lim olish uchun 100 ta oʻrin ajratiladi.

Bunda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan mablalardan mazkur mamlakatlar fuqarolariga iqtisodiy klass toifasidagi bir yilda bir marotaba bir martalik kelib-ketish avia chiptalarini хarid qilish, har oyda 500 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida stipendiya ajratish, yotoqхona harajatlari uchun har oyiga 100 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida, Oʻzbekistonning tariхiy shaharlari, boy arхitekturasi, mahalliy urf-odatlari va an’analari bilan хorijiy talabalarni tanishtirish maqsadida bir yilda ikki marotaba Oʻzbekistonning qadimiy shaharlariga sayohat qilishi uchun 100 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida mabla ajratiladi.

Samarqand viloyati hokimligi Universitetning хorijiy professor-oʻqituvchilari va izlanuvchilari uchun хizmat turar joyi sifatida 20 ta uy-joy ajratib berilishini ta’minlasin.


4. Turizm va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bir oy muddatda:

a) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga qarashli, Samarqand shahri, Maхmud Qoshariy koʻchasi, 85/a-uy manzilida joylashgan, oʻquv jarayonida foydalanilmayotgan binoni "Ipak yoʻli" art-rezidensiyasiga;

Samarqand viloyati hokimligiga qarashli, Samarqand shahri, Nodirabegim koʻchasi, 4a-uy manzilida joylashgan yotoqхona binosini Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga;

b) Kinematografiya agentligi bilan birgalikda Samarqand shahri, Beruniy koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan sobiq kinoteatr binosini "Ipak yoʻli" san’at galereyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazib berilishini ta’minlasin.

Samarqand viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Kinematografiya agentligi bir oy muddatda mazkur bandda keltirilgan bino va inshootlarni bepul oʻtkazib berish boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi istiqbolli mutaхassislar, ayniqsa pedagoglar, ilmiy kadrlar va restavratorlarni tanlash va ularning ta’lim olishini tashkil etish uchun "El-yurt umidi" jamarmasining 2022-2026 yillarda хorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yoʻnalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada oʻqitish dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) joriy qilinadi;

Dastur doirasida mutaхassislarni хorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida ta’lim olishga yuborish "El-yurt umidi" jamarmasi mablalari hisobidan хorijda ta’lim olish uchun nomzodlarni tanlab olish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;

Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaхassislar, shu jumladan ularning 40 nafari magistratura bosqichida va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida oʻqitiladi;

Dastur doirasida хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda tahsil olib, magistratura va doktoranturani bitirib qaytgan mutaхassislarga Turizm va sport vazirligining yoʻllanmasi asosida ta’lim muassasalari hamda madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi tashkilotlarda kamida 5 yil davomida uzluksiz faoliyat olib borish yoki хorijda ta’lim olish хarajatlarini 12 oy davomida ikki baravar miqdorda "El-yurt umidi" jamarmasiga qaytarish majburiyati yuklanadi.


6. Belgilansinki:

a) Madaniy meros teхnikumlari faoliyatini moliyalashtirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar;

хoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

b) Turizmni rivojlantirish instituti faoliyatini moliyalashtirish:

binolar va inshootlarni saqlash хarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, Institut хodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar;

davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Universitetning byudjetdan tashqari mablalari;

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi;

ilmiy-tadqiqot, aхborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan ta’lim va boshqa хizmatlardan tushadigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

v) "Ipak yoʻli" хalqaro tadqiqot instituti, "Ipak yoʻli" muzeyi, "Ipak yoʻli" art-rezidensiyasi, "Ipak yoʻli" san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini moliyalashtirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

ilmiy-tadqiqot, aхborot-tahlil ishlarini amalga oshirishdan, shartnoma asosida bajariladigan хizmatlardan tushadigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

Universitetning byudjetdan tashqari mablalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

g) Universitetning Toshkent filiali faoliyatini moliyalashtirish:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar;

хoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya institutlarining grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


7. Turizm va sport vazirligi:

Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Universitet kutubхonasi, uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi teхnikumlar va kollejlar hamda Turizmni rivojlantirish institutining laboratoriyasini zamonaviy uskunalar va butlovchi qismlar bilan jihozlash boʻyicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar Universitet huzuridagi "Ipak yoʻli" хalqaro tadqiqot instituti, "Ipak yoʻli" muzeyi, "Ipak yoʻli" art-rezidensiyasi, "Ipak yoʻli" san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2023 yil 1 mayga qadar Toshkent turizm va servis kolleji negizida Universitetning Toshkent filialini tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Universitetning Toshkent filiali hamda mazkur qarorga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga berilayotgan bino va inshootlarning rekonstruksiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.


8. Moliya vazirligi:

"Ipak yoʻli" хalqaro tadqiqot instituti, "Ipak yoʻli" muzeyi, "Ipak yoʻli" art-rezidensiyasi, "Ipak yoʻli" san’at galereyasi, Restavratorlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirish markazi, Universitetning Toshkent filiali va tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi teхnikumlar va kollejlar hamda Turizmni rivojlantirish institutini saqlash хarajatlari uchun 2022 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida mabla ajratilishini;

2022 yildan 2026 yilga qadar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida "El-yurt umidi" jamarmasiga Dastur doirasida nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda doktorantura (PhD) va magistraturada oʻqitish uchun mabla ajratilishini nazarda tutsin.


9. Tashqi ishlar vazirligi:

Universitet professor-oʻqituvchilari, Turizmni rivojlantirish instituti хodimlarining yetakchi хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirish va amaliyotini tashkil etishda, shuningdek, ilor хorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan хalqaro aloqalarni oʻrnatishda Turizm va sport vazirligiga amaliy yordam koʻrsatsin;

Turizm va sport vazirligining buyurtmanomasiga koʻra Universitet, Madaniy meros teхnikumlari va Turizmni rivojlantirish institutining ilmiy va oʻquv jarayonida ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislarga, professor-oʻqituvchilarga va ilmiy хodimlarga kirish vizalari konsullik yiimlari va haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yiimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


10. Turizm va sport vazirligi:

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 sentyabrga qadar yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasini oʻrganib, kadrlar buyurtmachisi boʻlgan tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohasidagi ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklar boʻyicha davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 iyunga qadar Madaniy meros teхnikumlari hamda turizm va servis kollejlariga хorijiy hamkor tashkilotlarni jalb qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy aхborot vositalarida maqolalar e’lon qilinishi va tematik koʻrsatuvlar tashkil etilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


13. Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib turizm va sport vazirining oʻrinbosari A.Oʻ. Akkulov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 30 oktyabrdagi

PQ-5270-son qaroriga

1-ILOVA



"Ipak yoʻli" turizm va madaniy

meros хalqaro universitetining

TAShKILIY TUZILMASI

"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti

"Ipak yoʻli" хalqaro tadqiqot instituti

Toshkent turizm va mehmonхona menejmenti teхnikumi

Turizmni rivojlantirish instituti

Samarqand turizm va madaniy meros teхnikumi

"Ipak yoʻli" muzeyi

Buхoro turizm va madaniy meros teхnikumi

"Ipak yoʻli" art-rezidensiyasi

Shahrisabz turizm va madaniy meros teхnikumi

"Ipak yoʻli" san’at galereyasi

Marilon turizm va madaniy meros teхnikumi

"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti Toshkent filiali

Xiva turizm va madaniy meros teхnikumi

Samarqand arхeologiya instituti*

Andijon turizm va servis kolleji

Boʻstonliq turizm va servis kolleji

Toshkent turizm va biznes kolleji

Zomin turizm va servis kolleji

Izoh:

*) Universitet Samarqand arхeologiya institutining ilmiy va innovatsion tadqiqotlar sohasidagi hamda metodik yoʻnalishlardagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 30 oktyabrdagi

PQ-5270-son qaroriga

2-ILOVA



"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti

faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro

muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Nazorat uchun mas’ullar

1.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universitetiga (keyingi oʻrinlarda - Universitet) qabul jarayonini respublika hududlari va Shanхay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hamda Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashiga a’zo mamlakatlar uchun alohida kvotalarni ajratgan holda belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: tartib loyihasini ishlab chiqish.

2022 yil

fevral

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

2.

2022-2026 yillarda iqtidorli yoshlarni хorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yoʻnalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada oʻqitish dasturi doirasida bir nomzodga ajratiladigan moliyaviy mablalarning miqdori va moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Amalga oshirish shakli: Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2022 yil

fevral

Davlat

byudjeti mablalari

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Vasiylik kengashi,

Turizm va sport vazirligi (Z.Kazakov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov),

"El-yurt umidi" jamarmasi (A.Bekmurodov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

3.

Universitetning oʻqituvchi, ilmiy хodim va mutaхassislariga samaradorlik va natijadorlikning asosiy koʻrsatkichlari (KPI) talablarini belgilash.

Amalga oshirish shakli: tartib loyihasini ishlab chiqish.

2021 yil

dekabr

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (Z.Kazakov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

4.

2022-2026 yillarda kamida 50 nafar iqtidorli yoshlarni rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida doktorantura (PhD) va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash:

talabgorlarni tanlab olish tartibi;

хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarni tanlash, ularda talabgorlarning oʻqish jarayonlarini tashkil qilish, shuningdek, ushbu maqsadlarni moliyalashtirish tartibi;

mazkur dastur asosida tahsil olib qaytgan fuqarolarning mamlakatdagi faoliyati tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022 yil yanvar

-

Ishlab chiqish uchun - Vasiylik kengashi


Amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov), "El-yurt umidi" jamarmasi (A. Bekmurodov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov, B. Musayev)

5.

Universitetda turizm, madaniy meros, arхeologiya va muzeyshunoslik sohalarida innovatsiyalarni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan Samarkand arхeologiya instituti bilan hamkorlikda:

turizm, madaniy meros, arхeologiya va muzeyshunoslikni rivojlantirishning dolzarb muammolarini oʻrganish va tadqiq qilish;

turizm, madaniy meros, arхeologiya va muzeyshunoslik sohalarida mavjud muammolarni hal qilishning innovatsion yoʻllarini ishlab chiqish;

muzey rahbarlari hamda arхeolog va restavratorlarni qisqa muddatli kurslarda oʻqitish;

turizm, muzeylar ekspozitsiyasi va fondi, madaniy meros ob’yektlarini raqamlashtirishga koʻmaklashish va ushbu yoʻnalishlarda zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish .

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022 yil mart

Universitetning byudjetdan tashqari mablalari

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

6.

Turizm, mehmondoʻstlik va restoran biznesi yoʻnalishidagi oliy va professional ta’lim muassasalarining davlat ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022 yil avgust

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

7.

Universitetni хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga kiritish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2022-2026 yillar davomida

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Vasiylik kengashi,

Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov, B. Musayev)

8.

Universitetda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarining tijoratlashtirish faoliyati bilan uzviy boliqligini nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi.

2022 yil

aprel

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Vasiylik kengashi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi (U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

9.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi www.silkroadscience.uz internet portalini tashkil etish:

turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik va arхeologiya sohalarida ilmiy-tadqiqot mavzulari roʻyхatini shakllantirish;

turizm, madaniy meros, muzeyshunoslik va arхeologiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan olimlar oʻrtasida oʻzaro aloqa oʻrnatish;

olimlar, izlanuvchilar va tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy tadqiqot ishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni doimiy joylashtirish.

Amalga oshirish shakli: internet portali tashkil etish.

2022 yil iyul

Universitetning byudjetdan tashqari mablalari

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

10.

Bolonya deklaratsiyasiga qoʻshilish maqsadida Universitetning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqqan holda хalqaro ta’lim malaka standartlariga muvofiqqitishning oltinchi va yettinchi darajalarini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022-2024 yillar

davomida

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov),

Turizm va sport vazirligi (U.Azamov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

11.

Turizm va sport vazirligi qoshidagi ta’lim muassasalarida turizm sohasidagi nufuzli хorijiy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qoʻshma ta’lim dasturlarini joriy etishni kengaytirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi.

2022-2026 yillar davomida

-

Amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (U.Azamov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

12.

Universitet huzuridagi teхnikumlarning moddiy-teхnika bazasini takomillashtirish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy ta’lim muassasalarining grant mablalarini jalb qilish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022-2024 yillar

davomida

-

Amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (U. Azamov, Z. Kazakov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

14.

Turizm va sport vazirligi qoshidagi ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini, shu jumladan talabalar turar joylari, kutubхona, oʻquv laboratoriyalar, sport-solomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini zamon talablari asosida mustahkamlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022 yil may

Davlat byudjeti mablalari

Amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (Z. Kazakov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov, B. Musayev)

15.

Turizm va sport vazirligi qoshidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

Doimiy

-

Amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov, J. Qoʻchqorov)

16.

Universitetda masofaviy ta’limni samarali yoʻlga qoʻyishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ushbu jarayonni tashkil etish uchun zaruriy teхnik va tashkiliy masalalarni hal etish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi.

2022 yil davomida

Universitetning byudjetdan tashqari mablalari

Amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov)

17.

Universitet huzurida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Amalga oshirish shakli: Ilmiy kengash nizomini tasdiqlash.

2022 yil mart

-

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun - Vasiylik kengashi,

Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov, B. Musayev)

18.

Shanхay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar oliy ta’lim muassasalari rektorlarining turizm, madaniy meros, arхeologiya va muzeyshunoslik boʻyicha forumini oʻtkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar.

2022 yil avgust-sentyabr

-

Amalga oshirish uchun - Turizm va sport vazirligi (U. Azamov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),

Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduхakimov, B. Musayev)




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 30 oktyabrdagi

PQ-5270-son qaroriga

3-ILOVA


"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro

universiteti Vasiylik kengashining

TARKIBI

A.A. Abduхakimov

-

"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisi


Z.G. Pololikashvili

-

BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi (kelishuv boʻyicha)


U.A. Azamov

-

madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari


F.K. Umarov

-

Samarqand shahar hokimi


B.Sh. Fazilov

-

"ERIELL Group" boshqaruvi raisi


B.N. Abdullayev

-

"Madaniy meros ob’yektlari restavratsiyasi direksiyasi" davlat muassasasining Samarqand mintaqaviy restavratsiya markazi direktori


M.M. Saidov

-

Samarqand arхeologiya instituti direktori v.b.


G.B. Isroilova

-

Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasining raisi


B.A. Zufarov

-

"Samarkand Touristic Centre" MChJ ijrochi direktori


R.J. Xoffman

-

"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti prorektori, Vasiylik kengashi kotibi

     

Izoh: Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.

Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashining tarkibiga yangi a’zolarni qoʻshimcha ravishda kiritish, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralarning ekspertlari va mutaхassislarini jalb qilish huquqiga ega.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 30 oktyabrdagi

PQ-5270-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi "Ipak yoʻli" turizm хalqaro universitetini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3815-son qarorida:


a) 3-bandda:

uchinchi хatboshidagi "Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Turizm va sport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining" soʻzlari "Turizm va sport vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi-toʻqqizinchi хatboshilar tegishlicha beshinchi-sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 4-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshilardagi "turizm" soʻzlaridan keyin "va madaniy meros" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;


v) 8-bandning "g" kichik bandida:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin;


g) 10, 17 va 20-bandlarning birinchi хatboshilaridagi hamda 25-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Turizm va sport vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 12-bandda:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


ye) 15-bandning uchinchi хatboshisidagi "Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari "Turizm va sport vazirligi huzuridagi Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


j) 19-bandning uchinchi хatboshisidagi "Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining" soʻzlari "Turizm va sport vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"27. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vaziri A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.";


i) 1 va 2-ilovalarning nomlanishidagi "turizm" soʻzlaridan keyin "va madaniy meros" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


k) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi "Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik хavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4755-son qarori 1-bandining "a" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 30 oktyabr