Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasining 27.10.2021 y. 6-son "Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 04.11.2021 y. 2524-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.11.2021 y.

N 2524-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT ZAXIRALARINI BOShQARISh

QOʻMITASINING

27.10.2021 y.

N 6


QARORI



"Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish,

qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi

qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz

kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son "Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013 yil 24 oktyabrdagi 19-son "Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyhat raqami 2524, 2013 yil 15 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 46-son, 613-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasining 2017 yil 13 dekabrdagi 40-son "Birinchi guruhga etil spirtini yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2524-1, 2017 yil 21 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 51-son, 1252-modda).


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Transport vazirligi va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Davlat zaхiralarini

boshqarish qoʻmitasi raisi                                                      M. Kurbanov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 4 noyabr