Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalq ta’limi vazirining 26.10.2021 y. 31-mh-son "Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta ta’lim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.11.2021 y. 2684-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.11.2021 y.

N 2684-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRINING

26.10.2021 y.

N 31-mh


BUYRUI



quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta

ta’lim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son "Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi hamda 2021 yil 9 avgustdagi PF-6275-son "Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi farmonlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vazirining 2015 yil 2 iyundagi 13-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2684, 2015 yil 17 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta ta’lim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Xalq ta’limi vaziri                                                              S.X. Shermatov






Buyruqqa

ILOVA



quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta

ta’lim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 21-banddagi "tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyani" degan soʻzlar "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 23-banddagi "tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning" degan soʻzlar "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 26-banddagi "tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga" degan soʻzlar "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 28-bandda:

toʻrtinchi va oltinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

beshinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin.


5. 33-banddagi "tuman (shahar) hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning" degan soʻzlar "Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 noyabr