Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.11.2021 y. 690-son "Vazirlar Mahkamasining "Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 2 martdagi 116-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.11.2021 y.

N 690



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"MILLIY HAYDOVChILIK GUVOHNOMASINING

HAMDA AVTOMOTOTRANSPORT VOSITASI

ROʻYXATDAN OʻTKAZILGANLIGI TOʻRISIDAGI

GUVOHNOMANING YaNGI NAMUNALARINI

JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"

2017 YIL 2 MARTDAGI 116-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA



Fuqarolarga eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalarni yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 2 martdagi 116-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 9-son, 135-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Belgilab qoʻyilsinki:

a) 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab tegishli ravishda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda - milliy haydovchilik guvohnomasining, avtomototransport vositasini roʻyхatdan oʻtkazishda (qayta roʻyхatdan oʻtkazishda) - avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalari beriladi;

b) yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi berilgan kundan boshlab 10 yil muddatga beriladi;

v) amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish:

2017 yil 1 oktyabr - 2018 yil 31 dekabr davrida - eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari ularning berilgan sanasidan qat’i nazar - egasining yozma arizasiga koʻra iхtiyoriy ravishda;

2019 yil 1 yanvardan eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalar - ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:

2010 yilgacha boʻlgan davrda berilganlari - 2022 yil 31 martga qadar;

2010-2012 yillarda berilganlari - 2022 yil 30 iyunga qadar;

2013-2015 yillarda berilganlari - 2022 yil 30 sentyabrga qadar;

2015 yildan keyin berilganlari - 2022 yil 31 dekabrga qadar muddatlarda majburiy tartibda amalga oshiriladi;

g) eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:

2010 yilgacha boʻlgan davrda berilganlari - 2022 yil 1 apreldan;

2010-2012 yillarda berilganlari - 2022 yil 1 iyuldan;

2013-2015 yillarda berilganlari - 2022 yil 1 oktyabrdan;

2015 yildan keyin berilganlari - 2023 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 noyabr