Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sogʻliqni saqlash vazirining 28.10.2021 y. 37-son "Imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy хizmat koʻrsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.11.2021 y. 3332-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.11.2021 y.

N 3332




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRINING

28.10.2021 y.

N 37


BUYRUI



Imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga

Davlat byudjeti mablalari hisobidan tibbiy

хizmat koʻrsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga

qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi PQ-5199-son "Soliqni saqlash sohasida iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga Davlat byudjeti mablalari hisobidan tibbiy хizmat koʻrsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Soliqni saqlash vaziri                                                      A. Xadjibayev






Buyruqqa

ILOVA



Imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga Davlat byudjeti

mablalari hisobidan tibbiy хizmat koʻrsatuvchi

nodavlat tibbiyot tashkilotlariga qoʻyiladigan

TALABLAR


1. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga Davlat byudjeti mablalari hisobidan tibbiy хizmatlar koʻrsatish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:

a) maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun:

Tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar, shu jumladan tibbiy teхnikaga eng kam talablarga (roʻyхat raqami 2905, 2017 yil 28 iyul) muvofiq statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun belgilangan tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar bilan jihozlangan boʻlishi;

sterilizatsiya, klinik laboratoriya, intensiv terapiya boʻlimlarining mavjud boʻlishi;

iхtisoslik (iхtisosliklar) doirasida ambulator-poliklinika хizmatiningmavjudligi;

b) maslahat, diagnostika, konservativ va operativ davolashdan iborat boʻlgan statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun mazkur talablarning "a" kichik bandida nazarda tutilgan talablar bilan birgalikda, qoʻshimcha ravishda quyidagilar:

anesteziologiya va reanimatologiya boʻlimining mavjud boʻlishi;

kamida ikkita operatsiya boʻlimlarining mavjud boʻlishi;

operatsiya qiluvchi shifokorlarda kamida birinchi malakaviy toifaning mavjud boʻlishi.


2. Mazkur talablar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 noyabr