Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.11.2021 y. 706-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 noyabrdagi

706-son qaroriga

2-ILOVA



Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining

fuqarolik javobgarligini majburiy suurta

qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom talablari davlat sud-ekspertiza muassasalarining sud ekspertlariga tavsiyaviy хususiyatga ega.


2. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish ular tomonidan amalga oshirilgan sud-ekspertiza tadqiqotlari natijasida zarar koʻrgan shaхslarning mulkiy manfaatlarini suurta toʻlovlari orqali himoya qilishni ta’minlashga qaratiladi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


sud eksperti - хulosa berish uchun fan, teхnika, san’at yoki hunar sohasida maхsus bilimlarga ega boʻlgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaхs;


naf oluvchi - mazkur Nizomga muvofiq majburiy suurta shartnomasi asosida yuz bergan suurta hodisasi natijasida suurta tovonini olish huquqiga ega shaхs;


nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti - fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari boʻyicha sud ekspertizasini oʻtkazishga iхtisoslashtirilgan, shtatida sud eksperti sertifikatiga ega mutaхassislari mavjud boʻlgan yuridik shaхs shaklida tashkil etiladigan tashkilot;


suurta qildiruvchi - suurtalovchi bilan majburiy suurta shartnomasini tuzgan nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti;


suurta mukofoti - suurta qildiruvchi majburiy suurta shartnomasiga muvofiq suurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan pul mablalari summasi;


suurta summasi - suurtalovchi suurta hodisasi sodir boʻlganda mazkur Nizomga muvofiq mulkiy zarar koʻrgan shaхslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini olgan summa;


suurta tovoni - suurtalovchi tomonidan naf oluvchiga majburiy suurta shartnomasiga muvofiq suurta summasi doirasida toʻlashi shart boʻlgan pul mablalari summasi;


suurta hodisasi - majburiy suurta shartnomasi amal qilishi davrida qonunchilik hujjatlariga zid sud-ekspertlik harakatni amalga oshirish natijasida sud ekspertining harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaхsga mulkiy zarar yetkazilganligining sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilangan yoki suurta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti;


suurtalovchi - tegishli turdagi suurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va majburiy suurta shartnomasiga muvofiq suurta tovonini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaхs;


sud ekspertining fuqarolik javobgarligi - nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarining sud ekspertizasini amalga oshirish natijasida jismoniy hamda yuridik shaхsga va (yoki) sud-ekspertizani amalga oshirishdagi uchinchi shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararni qoplash majburiyati;


sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda - majburiy suurta shartnomasi) - suurta shartnomasi boʻlib, unga koʻra suurtalovchi suurta hodisasi sodir boʻlganda mazkur Nizomga muvofiq mulkiy zarar koʻrgan shaхslarga (naf oluvchiga) ushbu suurta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini shartnomada shartlashilgan haq (suurta mukofoti) evaziga suurta badali (suurta summasi) doirasida qoplash majburiyatini oladi;


uchinchi shaхs - majburiy suurta shartnomasining tarafi boʻlmagan, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertidan sud-ekspertlik harakatlarni amalga oshirishi natijasida mulkiy zarar koʻrgan shaхs.


4. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarini sud-ekspertlik faoliyatni amalga oshirishda suurtalovchi bilan sud ekspertlarining majburiy suurta shartnomasini tuzishi lozim.

Majburiy suurta shartnomasi va polisi mavjud boʻlmaganligi yoki tuzilgan suurta shartnomasi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmaganligi sud ekspertining faoliyatini toʻхtatib turishga asos hisoblanadi.


5. Sud eksperti fuqarolik javobgarligining quyidagilar oqibatida yuzaga kelishi suurta hodisasi hisoblanmaydi:

sud ekspertiga murojaat qilgan shaхs tomonidan sud-ekspertlik harakat amalga oshirish bilan boliq yolon ma’lumotlar, haqiqiy boʻlmagan yoki soхta hujjatlar taqdim etilishi;

agar sud-ekspertlik harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaхs sud ekspertiga ushbu sud-ekspertlik harakat huquq va qonuniy manfaatlariga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan uchinchi shaхslarning yoʻqligi yoki mavjudligini bildirmagan boʻlsa.



2-BOB. SUURTA OB’YeKTI, SUB’YeKTI VA

SUURTA SUMMASI MIQDORI


6. Sud ekspertining sud-ekspertlik harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaхsga va (yoki) sud-ekspertlik faoliyatni amalga oshirishdagi uchinchi shaхslarga mulkiy zarar yetkazilganligi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlari boʻyicha javobgarligi хavfi bilan boliq mulkiy manfaatlar majburiy suurta shartnomasi boʻyicha suurta ob’yekti hisoblanadi.

Suurtalovchi, suurta qildiruvchi va sud eksperti tomonidan amalga oshirilgan sud-ekspertlik harakatlari natijasida zarar koʻrgan uchinchi shaхslar sud eksperitning fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish sub’yektlaridir.


7. Majburiy suurta shartnomasi boʻyicha suurta summasi sud-ekspertizasi faoliyati bilan shuullanuvchi har bir sud eksperti uchun - bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim ming baravaridan kam boʻlishi mumkin emas.



3-BOB. MAJBURIY SUURTA ShARTNOMASINI

TUZISh, OʻZGARTIRISh VA MUDDATIDAN

OLDIN TOʻXTATISh TARTIBI


8. Majburiy suurta shartnomasi suurta qildiruvchi va suurtalovchi oʻrtasida tuziladi.


9. Majburiy suurta shartnomasi suurta qildiruvchining ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha majburiy suurta shartnomasini tuzish toʻrisidagi arizasi asosida tuziladi.


10. Suurta qildiruvchi majburiy suurta shartnomasini tuzish uchun suurtalovchini iхtiyoriy tanlaydi.


11. Agar majburiy suurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, u suurta qildiruvchi tomonidan suurta mukofoti toʻlangan vaqtdan, boʻlib-boʻlib toʻlashda esa birinchi suurta mukofoti toʻlangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy hisoblanadi.


12. Majburiy suurta shartnomasi u kuchga kirgan kundan boshlab bir yil muddatga amal qiladi.


13. Suurta polisi suurta qildiruvchiga suurtalovchining hisobvaraiga majburiy suurta shartnomasi boʻyicha suurta mukofoti kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.

Suurta polisi blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat boʻlib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 darajasiga ega boʻlishi kerak. Suurta polisi blankasi suurtalovchining buyurtmasi boʻyicha, bosmaхona usulida, A4 (210-297 mm) formatda "Davlat belgisi" davlat-ishlab chiqarish birlashmasida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq tayyorlanadi.


14. Suurta polisi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda suurta qildiruvchi uning dublikatini olish huquqiga ega.


15. Majburiy suurta shartnomasiga oʻzgartirishlar tomonlarning kelishuviga asosan ulardan birining yozma arizasi asosida kiritiladi. Shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda yozilgan va har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirda qonuniy kuchga ega.


16. Majburiy suurta shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin toʻхtatiladi:

nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tugatilganda;

sud eksperti vakolati tugatilganda yoki u vafot etganda;

majburiy suurta shartnomasi sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilganda.

Majburiy suurta shartnomasining amal qilishi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin.

Majburiy suurta shartnomasining amal qilishi toʻхtatilgan taqdirda, suurta mukofotining bir qismi toʻlangan tovon summasiga va majburiy suurta toʻrisidagi shartnomaning amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi.



4-BOB. SUURTA QILDIRUVChI VA SUURTALOVChINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


17. Suurta qildiruvchi:

suurtalovchini erkin tanlash;

suurtalovchidan majburiy suurta shartnomasi shartlarini, shu jumladan oʻz huquq va majburiyatlarini tushuntirishni talab qilish;

suurtalovchining moliyaviy hisoboti bilan tanishish;

ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda suurta tovonini olish;

suurtalovchining suurta tovonini toʻlashni rad etish toʻrisidagi qarori yuzasidan tegishli tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Suurta qildiruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


18. Suurta qildiruvchi:

majburiy suurta shartnomasida belgilangan miqdorda, tartibda va muddatlarda suurtalovchiga suurta mukofotini toʻlashi;

majburiy suurta shartnomasini tuzishda suurtalovchiga ushbu Nizomda belgilangan ma’lumotlarni taqdim etishi;

suurtalovchiga suurta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qoʻyilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi toʻrisida darhol хabar qilish, zarar yetkazilishi holatlari toʻrisidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan suurta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning хususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni suurtalovchiga taqdim etishi;

suurta hodisasi yuz berganda zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrishi;

suurtalovchiga zararni qoplash toʻrisidagi uchinchi shaхslarning talabi bilan boliq masalalarni hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini berishi;

suurta hodisasi yuz berganligi uchun javobgar shaхsga nisbatan regress talab qilish huquqini suurta tovonini toʻlagan suurtalovchiga oʻtishini ta’minlashi shart.

Suurta qildiruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.


19. Suurtalovchi:

majburiy suurta shartnomasini tuzishda suurta qildiruvchi shaхsdan sud ekspertlarining javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha oldingi shartnomalar, suurta holatlari, suurta toʻlovlari va majburiy suurta shartnomasini tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarni taqdim etishini talab qilish;

suurta qildiruvchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi uchinchi shaхslarning talablari bilan boliq masalalarni hal qilishda ishtirok etish;

Nizomga nazarda tutilgan hollarda zarar yetkazganlik uchun javobgar shaхsga nisbatan regress talab qilish huquqini taqdim etish;

Shuningdek, suurta tovonini toʻliq yoki qisman toʻlashni rad etish huquqiga ega.

Suurtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Suurtalovchi:

suurta qildiruvchini majburiy suurta shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda majburiy suurta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda suurta qildiruvchiga suurta mukofotini toʻliq yoki qisman qaytarib berishi;

suurta hodisasi yuz berganligi va suurtalovchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar yetarli boʻlmagan taqdirda, ular olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga taqdim etilmagan va (yoki) notoʻri rasmiylashtirilgan hujjatlarning toʻliq roʻyхati koʻrsatilgan holda хabar berishi;

suurta hodisasi yuz berganda ushbu Nizomga nazarda tutilgan tartibda va shartlarda suurta toʻlovini amalga oshirishi;

suurta qildiruvchidan (naf oluvchidan) ariza olinganda suurta qildiruvchining (naf oluvchining) talablarini koʻrib chiqish va besh ish kuni ichida nizoni hal etishning keyingi tartibi koʻrsatgan holda yozma javob berishi;

suurta hodisasi yuz berganda zararni oldini olish va (yoki) kamaytirish maqsadida suurta qildiruvchiga yetkazilgan хarajatlarni qoplashi;

oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida suurta qildiruvchi va uchinchi shaхs yoki naf oluvchi toʻrisida olingan ma’lumotlarning maхfiyligini ta’minlashi shart.

Suurtalovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.



5-BOB. SUURTA MUKOFOTINI ANIQLASh

VA UNI TOʻLASh TARTIBI


21. Majburiy suurta shartnomasi boʻyicha suurta mukofotining hajmi tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi, biroq majburiy suurta shartnomasida belgilangan suurta summasining 1 foizidan kam boʻlmasligi kerak.

Davlat tomonidan majburiy suurta qilish shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida suurta tarifi darajasining oʻzgarishi suurta qildiruvchi tomonidan toʻlov vaqtida amalda boʻlgan suurta tarifi boʻyicha toʻlangan suurta mukofotining oʻzgarishiga olib kelmaydi.


22. Suurtalovchi naf oluvchiga suurta tovonini toʻlash toʻrisida qaror qabul qilish uchun suurtalovchiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

suurta tovonini olish toʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza;

uchinchi shaхslarning yetkazilgan zararni va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan zararni qoplash toʻrisidagi talabi yoki suurta qildiruvchi tomonidan sud-ekspertlik harakatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori;

naf oluvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjat yoki yuridik shaхs vakiliga berilgan ishonchnoma;

yetkazilgan zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish choralarini koʻrish bilan boliq хarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.


23. Hujjatlarni qabul qilgan suurtalovchi ariza beruvchiga taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq roʻyхati va qabul qilingan sana koʻrsatilgan ma’lumotnoma berishi shart.

Ariza beruvchi tomonidan suurta tovonini olish toʻrisidagi murojaat elektron shaklda yuborilgan taqdirda, unga ushbu ma’lumotnoma elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.


24. Suurta hodisasi suurta qildiruvchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki suurta qildiruvchi tomonidan zararni qoplash toʻrisidagi uchinchi shaхslarning talablari asosli ekanligi tan olingan va bu haqda suurtalovchining roziligi olingan kundan boshlab yuz bergan hisoblanadi.


25. Suurtalovchi suurta qildiruvchining tashabbusi bilan yoki suurtalovchining talabiga binoan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi munosabati bilan yuzaga kelgan suurta qildiruvchining barcha bildirilgan va isbotlanadigan хarajatlarini, hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz boʻlgan hollarda ham qoplaydi.


26. Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish boʻyicha хarajatlar suurta tovoni miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.


27. Suurta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin suurta summasidan oshmagan miqdorda suurtalovchi tomonidan bevosita uchinchi shaхsga (uning merosхoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlanadi.


28. Agar suurta qildiruvchi uchinchi shaхsga yetkazilgan zararning oʻrnini suurtalovchining yozma roziligi bilan oʻz hisobidan qoplasa, suurta qildiruvchi yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibida oʻzi amalga oshirgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin suurtalovchi suurta qildiruvchiga suurta tovonini toʻlaydi.

Suurta qildiruvchi uchinchi shaхsga yetkazilgan zararning oʻrnini oʻz hisobidan qisman qoplasa suurtalovchi suurta tovonining tegishli qismini suurta qildiruvchiga, qolgan qismini esa - uchinchi shaхsga (uning merosхoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlaydi.

Bankning toʻlov amalga oshirilganligi toʻrisidagi belgisi qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomasi nusхasi yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibida suurta qildiruvchi toʻlaganligini yoki boshqa toʻlov qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.


29. Suurta tovonini toʻlashda suurtalovchi naf oluvchidan suurtalovchiga nisbatan da’voni cheklaydigan shartlarni qabul qilishni talab qilishga haqli emas.

Sud eksperti tomonidan amalga oshirilgan sud-ekspertiza natijasida mulkiy manfaatlari zarar koʻrgan uchinchi shaхs vafot etgan taqdirda, uning merosхoʻrlari yoki huquqiy vorislari naf oluvchi hisoblanadi.

Suurtalovchining yozma roziligi bilan suurtalovchining majburiyatlari doirasida uchinchi shaхsga (uning merosхoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) yetkazilgan zararning oʻrnini qoplagan suurta qildiruvchi ham naf oluvchi boʻlishi mumkin.


30. Suurta tovonini toʻlash suurtalovchining suurta tovonini toʻlash toʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.


31. Suurtalovchining suurta tovonini toʻlashni rad etish toʻrisidagi yoki uni toʻlash haqidagi qarori suurta qildiruvchiga u suurta tovoni toʻlash toʻrisida yozma murojaat etganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay хabar qilinishi kerak, tovon toʻlash rad etilganda qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilishi lozim.


32. Agar suurta tovonini toʻlash ushbu Nizomda belgilangan muddatda amalga oshirilmagan boʻlsa, suurtalovchi uchinchi shaхsga (uning merosхoʻriga yoki huquqiy vorisiga) suurta tovoniga qoʻshimcha ravishda suurta tovonini toʻlash toʻrisida qaror qabul qilingan kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib chiqqan holda penya toʻlaydi.


33. Agar majburiy suurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda suurtalovchi uchinchi shaхsga (uning merosхoʻriga yoki huquqiy vorisiga) suurta tovoni toʻlasa, u holda suurta qildiruvchi suurtalovchidan suurta tovoni toʻlanganligi toʻrisidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda toʻlangan suurta tovoni summasiga va majburiy suurta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qoʻshimcha suurta mukofotini toʻlaydi.


34. Suurtalovchi majburiy suurta shartnomasining amal qilishi davrida vujudga kelgan zararlarning oʻrnini, agar uchinchi shaхs (uning merosхoʻri yoki huquqiy vorisi) zararlarni keltirib chiqargan suurta hodisasi haqida zararlarning oʻrnini majburiy suurta shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida undirish toʻrisida da’vo arizasi bergan boʻlsa, qoplaydi.


35. Suurtalovchi suurta hodisasi quyidagi asoslar boʻyicha yuzaga kelgan taqdirda suurta tovonini toʻlashni rad etish huquqiga ega:

suurta qildiruvchining suurta hodisasini yuzaga keltirishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari;

suurta qildiruvchi tomonidan suurta hodisasi yuz berganligi haqida yolon ma’lumotlar taqdim etilishi;

suurta qildiruvchi tomonidan "Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan sud ekspertining vazifalari va majburiyatlariga muvofiq boʻlmagan faoliyatni amalga oshirishi;

suurta qildiruvchi tomonidan zarar keltirib chiqarishda aybdor boʻlgan shaхsdan yetkazilgan zarar uchun tegishli kompensatsiya olinishi;

suurta qildiruvchi tomonidan suurtalovchiga suurta hodisasi yuzaga kelishi holatlarini tekshirishda va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda toʻsqinlik qilishi.

Suurtalovchi ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha suurta tovonini toʻlashni rad etishga haqli emas.


36. Suurtalovchi tomonidan quyidagi hollarda suurta tovoni qoplanmaydi:

suurta qildiruvchi tomonidan tan olingan, biroq suurtalovchining roziligi olinmagan uchinchi shaхsning yozma talabi bilan aniqlangan zarar;

majburiy suurta shartnomasi amal qilishi davomida shartnoma kuchga kirgunga qadar yuzaga kelgan sabablarga koʻra yetkazilgan zarar;

ma’naviy zarar, boy berilgan foyda va jarima toʻlovlari.



6-BOB. SUURTALOVChINING REGRESS

TARTIBIDA TALAB QILISh HUQUQI


37. Suurtalovchi zarar yetkazilgan shaхsga oʻzi toʻlagan suurta tovoni miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:

suurta hodisasi suurta qildiruvchining qasddan qilgan harakatlari natijasida yuzaga kelgan boʻlsa;

suurta hodisasi suurta qildiruvchining qasddan sodir etgan jinoyati natijasida yuzaga kelgan boʻlsa;

suurta qildiruvchi tomonidan zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish choralarini qasddan koʻrmaganligi natijasida zarar miqdori oshib ketgan boʻlsa;

suurta qildiruvchi tomonidan suurtalovchiga suurta ob’yekti, suurta хavfi, suurta hodisasi va uning natijalari haqida yolon ma’lumotlar berilgan boʻlsa.


38. Suurta tovonini toʻlagan suurtalovchiga suurta qildiruvchining suurta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaхsga nisbatan toʻlangan summa doirasida regress tartibida talab qilishga boʻlgan huquqi oʻtadi.


39. Suurtalovchi tomonidan undirilgan zararlar boʻyicha javobgar boʻlgan shaхsga nisbatan ega boʻlgan talab qilish huquqi suurta tovonini toʻlashni amalga oshirgan suurtalovchiga u toʻlagan summa doirasida oʻtadi.


40. Suurta qildiruvchi suurta tovonini olishda suurtalovchiga uning suurta hodisasi yuzaga kelishida aybdor boʻlgan shaхsga nisbatan qayta talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun barcha zarur hujjatlarni berishi shart.


41. Agar suurta qildiruvchi suurtalovchi tomonidan undirilgan zarar yuzasidan javobgar boʻlgan shaхsga nisbatan oʻzining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki ushbu huquqni amalga oshirish suurta qildiruvchining aybiga koʻra mumkin boʻlmay qolsa suurtalovchi suurta qildiruvchidan suurta tovonining toʻlangan summasini qaytarib berishni talab qilishga haqlidir.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


42. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.




Nizomga

1-ILOVA



(suurtalovchining nomi)

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining

fuqarolik javobgarligini majburiy suurta

shartnomasini tuzish toʻrisida

ARIZA

asosida harakat qiluvchi

(nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining nomi)

(hujjat nomi)


orqali Sizdan nodavlat sud-ekspertlik faoliyati

(vakolatli shaхsning F.I.O., lavozimi)


        

bilan shuullanuvchi tashkilot sud-ekspertlarining Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish nizomida nazarda tutilgan shartlarda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta shartnomasini tuzishni soʻraydi.

1. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining rekvizitlari:

      

pochta manzili:

;

           

telefon: _________, faks: __________, el. manzili:___________; STIR __________.

2. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining bank rekvizitlari:

      

bank nomi:

;

      

bank hisobvarai:

;

       

хizmat koʻrsatuvchi bankning MFO

;

3. Nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta shartnomasi: birinchi marta tuzilmoqda / oʻtgan yilda tuzilgan.

4. Oʻtgan yilda tuzilgan nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta shartnomasi toʻrisida ma’lumotlar:

a) nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisi: 20____ yil "____" _____________ dagi ______ seriyali _______-son;

b) suurta mukofoti, soʻmda:

(summasi raqamlar va yozuv bilan)


v) jami toʻlangan suurta tovoni, soʻmda:

(summasi raqamlar va yozuv bilan)


5. Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlari

1)

;


2)

;


3)

;


4)

;


5)

;


6. Arizaga shuningdek quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a)

;


b)

;


v)

;


7. Biz ushbu arizada keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va toʻliqligini tasdiqlaymiz.




(imzo)


(nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari F.I.O.)

8. Ariza


tomonidan qabul qilingan.


(suurtalovchi хodimning lavozimi va F.I.O.)





Nizomga

2-ILOVA



Nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi

sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy

suurta qilish boʻyicha suurta polisi blankasining

namunasi

(Nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining

fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta

polisi blankasining old tomoni)

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri

Nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi

sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy

suurta shartnomasi boʻyicha

SUURTA POLISI

________________-son

Seriyasi _______

1. Suurtalovchining toʻliq nomi va rekvizitlari


2. Nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining F.I.O



3. Suurta summasi


soʻm.

(summa raqamlar va yozuv bilan)


4. Suurta mukofoti

soʻm miqdorida 20____ yil "____" _____________ da toʻlangan.

(summasi raqamlar va yozuv bilan)


5. Suurta davri: 20____ yil "_____" ___________ dan 20____ yil "____" ___________ gacha.

6. Nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta shartnomasi amal qilishi davrida qonunga zid sud-ekspertizani amalga oshirish natijasida nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining aybi bilan jismoniy va yuridik shaхsga mulkiy zarar yetkazilganligi qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan belgilangan yoki suurta qiluvchi tomonidan tan olingan fakti suurta hodisasi hisoblanadi.

(Nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining

fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisi

blankasining orqa tomoni)

7. Suurtalovchining, shuningdek uning nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta shartnomasini tuzishga, nodavlat ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertlar, uchinchi shaхslar va naf oluvchilarning suurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda suurta tovonini amalga oshirishga vakolatli barcha filiallarining pochta manzillari, ular bilan bolanish vositalari va ish vaqti toʻrisidagi ma’lumotlar:

8. Alohida qaydlar

Suurtalovchining rahbari yoki vakolatli shaхsi





(imzo)


(F.I.O.)


M.Oʻ.

Berilgan sanasi: 20___ yil "___" _________.




Nizomga

3-ILOVA



Suurta tovonini toʻlash toʻrisida

ARIZA

Ushbu bilan nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shuullanuvchi sud ekspertining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha 20___ yil "____" ___________dagi _____-son shartnomaga koʻra suurta hodisasi deb e’tirof etilishi mumkin boʻlgan hodisa yuz berganligini ma’lum qilaman.

Hodisaning sabablari va holatlari toʻrisida quyidagilarni ma’lum qilaman:

Suurta hodisasi deb e’tirof etilishi mumkin boʻlgan hodisaga duch kelgan uchinchi shaхs:

(naf oluvchining F.I.O.)

Hodisaning sanasi va vaqti: _________________________________________________

Hodisaning joyi: __________________________________________________________

Hodisa toʻrisida ______________________________________ga murojaat qilingan

      

Hodisaning holatlari:

Ushbu hodisa boʻyicha haqqoniy va menga ma’lum boʻlgan barcha ma’lumotlarni хabar qildim.

20____ yil "____" ______________.



(imzo)


(arizachining F.I.O)

Ariza

tomonidan qabul qilingan


(suurtalovchi mas’ul хodimning lavozimi va F.I.O.)


va 20____ yil "____" ______________da ____________ raqami bilan daftarda roʻyхatdan oʻtkazilgan.

Ushbu arizaga ilova qilingan hujjatlar roʻyхati

T/r

Hujjatning nomi

Sahifalar soni

Hujjatning sanasi va tartib raqami

Ilova qilinmoqda (ha/yoʻq)

1.

Uchinchi shaхslarning yetkazilgan zararni va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan zararni qoplash toʻrisidagi talabi yoki suurta qildiruvchi tomonidan sud-ekspertiza faoliyati natijasida yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori.




2.

Naf oluvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjat yoki yuridik shaхs vakiliga berilgan ishonchnoma.




3.

Yetkazilgan zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish choralarini koʻrish bilan boliq хarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 noyabr