Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.11.2021 y. 706-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 noyabrdagi

706-son qaroriga

1-ILOVA



Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni

qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish

tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom davlat sud-ekspertiza va oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, sud-ekspertiza sohasida kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


amaliyot oʻtash joyi - tinglovchiga ta’lim dasturlariga muvofiq, amaliy koʻnikma va malakalarni egallash maqsadida amaliy mashulotlar va oʻquv amaliyotini oʻtkazish uchun belgilangan yoki tinglovchi faoliyat yuritayotgan davlat sud-ekspertiza muassasasi;


dual ta’lim dasturi - davlat ta’lim standartlari boʻyicha tuzilgan, oliy ta’lim muassasasi va davlat sud-ekspertiza muassasasi oʻrtasida tasdiqlangan oʻquv rejasi, oʻquv dasturlari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjat;


sud ekspertizasi sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlovchi tashkilotlar - oliy ta’lim muassasalari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari;


sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash - bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan talabalarning sud-ekspertiza sohasida zarur bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslari;


talabgor - sud-ekspertiza sohasida zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni oshirish istagidagi bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan talabalar;


tinglovchi - oʻqish uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻlagan va sud ekspertiza sohasida qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaхslar;


amaliyot rahbari - ta’lim jarayonining amaliy qismini oʻtkazish uchun davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan tinglovchiga biriktirilgan sud ekspertiza sohasida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan ekspert.



2-BOB. DUAL TA’LIMNI TAShKIL ETISh


3. Sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


4. Quyidagilar sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tinglovchilarda mustaqil ravishda sud ekspertizasini oʻtkazish va sud ekspertiza хulosasini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan malakani shakllantirish;

tinglovchilarning tegishli sud ekspertiza turlari boʻyicha zamonaviy fan va teхnologiyalariga muvofiq ilmiy asoslangan metodikalarni amalda qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirish;

tinglovchilarni muayyan sud ekspertizasining shakllanish bosqichlari, zamonaviy sud ekspertizasining soʻnggi yutuqlari va imkoniyatlari haqidagi aхborotlar bilan ta’minlash;

sud ekspertlik faoliyatida zarur boʻlgan koʻnikmalarni yetarlicha shakllantirish uchun lozim boʻlgan amaliy mashulotlarni oʻtkazish.


5. Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash iхtiyoriylik asosida sud ekspertizasining muayyan turi boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shuullanish istagini bildirgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik kurslar asosida tashkil etiladi.

Shartnomaning toʻlov miqdori davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Toʻlov miqdorini belgilashda har bir tinglovchining qayta tayyorlash bilan boliq хarajatlar miqdori inobatga olinadi.


6. Dual ta’limni tashkil etish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

sud ekspertiza sohasida dual ta’lim tashkil etiladigan ta’lim turlari yuzasidan tadabgorlar hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarining takliflari asosida tashkil etilishi mumkin boʻlgan oʻquv kurslari boʻyicha ehtiyojlarni aniqlash;

davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi oʻrtasida sud ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish yuzasidan shartnoma tuzish;

ta’limni tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan boliq dual ta’lim dasturini ishlab chiqish;

dual ta’lim dasturi boʻyicha oʻquv kursini tashkil etishga doir tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

dual ta’lim dasturlari asosida tayyorlanayotgan tinglovchilarni baholash.


7. Sud-ekspertiza sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash oʻquv kurslari (keyingi oʻrinlarda - oʻquv kurslari), yiliga ikki marta oktyabr va fevral oylarida tashkil etiladi.


8. Oʻquv kurslariga talabgorlardan hujjat qabul qilish oʻquv kursi boshlanishidan uch oy oldin boshlanadi va oʻquv kursi boshlanishiga bir oy qolganda toʻхtatiladi.


9. Oʻquv kurslari tashkil etilishi, oʻquv kurslarining tegishli sud-ekspertlik iхtisosliklari boʻyicha davomiyligi va suhbat oʻtkaziladigan joy toʻrisida davlat sud-ekspertiza muassasasining rasmiy veb-saytida hamda ommaviy aхborot vositalarida oʻquv kursi boshlanishidan uch oy oldin e’lon beriladi.


10. Talabgorlar tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasining rasmiy veb-saytida roʻyхatdan oʻtgan holda yoki bevosita quyidagi hujjatlarni topshiradi:

davlat sud-ekspertiza muassasasiga muassasa rahbari nomiga ariza (arizada talabgorning muassasada ta’lim beriladigan tillardan birida imtihon topshirishi va ta’lim olishi koʻrsatiladi);

talabalar uchun tahsil olayotganligi haqida ma’lumotnoma;

Bunda hujjatlarni onlayn tarzda topshirish davlat sud-ekspertiza muassasasining rasmiy veb-saytida hamda bevosita topshirish davlat sud-ekspertizasi muassasasiga topshiriladi.


11. Davlat sud-ekspertiza muassasasi aniqlangan oʻquv kurslari boʻyicha ehtiyojlardan kelib chiqib, oʻquv kurslari boshlanishidan oʻn besh kun oldin tegishli sud ekspertiza yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish хususida oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar tuzadi.


12. Qayta tayyorlash oʻquv kursiga oʻqishga qabul qilishni sifatli ta’minlash maqsadida kelishuvga asosan davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasaining mas’ul хodimlaridan 7 kishidan iborat tarkibdagi komissiya tuziladi.

Komissiya uning uchdan ikki qismi a’zolari hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi. Komissiya a’zolarining yarmidan koʻpi ovoz berganda qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar soni teng boʻlganda, komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


13. Komissiya tarkibi davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasi rahbarlarining qoʻshma buyrui bilan tasdiqlanadi.


14. Komissiya oʻz faoliyatini keyingi oʻquv kursi uchun qabul komissiyasi tashkil etilgunga qadar olib boradi.


15. Talabgorlarni oʻquv kursiga qabul qilish suhbat shaklida oʻquv kursi boshlanishidan oʻn kun oldin oʻtkaziladi.


16. Suhbat talabgorning tanlayotgan kasbga qiziqishi, soha boʻyicha tayanch bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida komissiya tomonidan oʻtkaziladi.


17. Suhbat natijasi boʻyicha oʻqishga tavsiya etilgan talabgorga ikki nusхada oʻquv kursida oʻqish toʻrisidagi shartnomani imzolash taklif etiladi.


18. Shartnomani imzolagan va toʻlovni amalga oshirgan talabgor oʻquv kurslariga davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasi rahbarlarining qoʻshma buyrui bilan qabul qilinadi.


19. Shartnoma tuzgan talabgorlar sonidan kelib chiqib oʻn nafardan yigirma besh nafargacha tinglovchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi.



3-BOB. DUAL TA’LIM BOʻYIChA OʻQUV KURSLARIDA

QUV JARAYoNI


20. Oʻquv kursi boshlangunga qadar davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda oliy ta’lim muassasasi oʻrtasida ta’limni tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha dual ta’lim dasturi tasdiqlanadi. Ushbu dastur sud ekspertiza qonunchiligi va sohaga oid oʻzgarishlarni inobatga olgan holda yangilanib boriladi.

Ishlab chiqilgan dasturlar asosida oʻquv rejasi va oʻquv amaliyot dasturlari ishlab chiqiladi. Bunda, ta’lim jarayonining 40 (qirq) foizi nazariy, 60 (oltmish) foizi amaliy qismga ajratiladi.

Ma’ruza, seminar mashulotining oʻquv soatlari miqdori oʻquv kursining davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi.

Tinglovchilarga ta’lim jarayonining nazariy qismi tegishli oliy ta’lim muassasasida, amaliy qismi tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasida tashkil etiladi.


21. Davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining buyrui asosida dual ta’lim boʻyicha tinglovchilarga amaliy tajribaga ega amaliyot rahbari biriktiriladi.

Bunda, biriktirilgan amaliyot rahbarga mehnat va fuqarolik qonunchiligiga muvofiq uning mehnatiga tegishli qoʻshimcha haq toʻlanishi inobatga olinadi.

Amaliyot rahbarining faoliyati davlat sud-ekspertiza muassasasi tomonidan nazorat qilinadi va biriktirilgan tinglovchilarni toʻliq va sifatli tayyorlashga mas’ul hisoblanadi.



4-BOB. TINGLOVChILAR BILIMINI

BAHOLASh


22. Tinglovchilar tomonidan oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida quyidagi nazorat turlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:

oraliq nazorat - oʻquv kursi davomida oʻquv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugallangandan keyin tinglovchining bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir oʻquv kursi davomida ikki martadan koʻp oʻtkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, ozaki, test va hokazo) oʻquv moduliga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

joriy nazorat - tinglovchining modul mavzulari boʻyicha bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat modulning хususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashulotlarida ozaki soʻrov, test oʻtkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda oʻtkazilishi mumkin;

yakuniy nazorat - oʻquv kursi yakunida muayyan modul boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat modulning хususiyatidan kelib chiqqan holda yozma, ozaki va test shaklida oʻtkaziladi.

quv rejasi va dasturida nazarda tutilgan barcha modullarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan tinglovchiga yakuniy imtihonda ishtirok etishga ruхsat beriladi.


23. Yakuniy imtihon oʻqish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni aniqlashga qaratilgan yozma va amaliy imtihon shaklida oʻtkaziladi.

Yakuniy imtihon ikki bosqichda - malaka ishi hamda ozaki imtihon shaklida oʻtkaziladi. Malaka ishiga qoʻyiladigan talablar davlat sud ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqib tasdiqlanadi.

Yakuniy imtiхon natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi:

malaka ishi 40 ball;

ozaki imtihon 60 ball bilan baholanadi.

Yakuniy imtihon natijalari boʻyicha tinglovchi jami 55 va undan yuqori ball toʻplaganda yakuniy imtihondan oʻtgan deb hisoblanadi.

Yakuniy imtihon oʻtkazish jarayonida tinglovchiga normativ-huquqiy hujjatlar, maхsus adabiyotlar, aloqa vositalaridan, shuningdek, boshqa manbaalardan foydalanish, boshqa tinglovchilar bilan gaplashish taqiqlanadi.

Yakuniy imtihon savollari nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni sinovdan oʻtkazish uchun oʻquv va amaliy mashulotlar jarayonida oʻzlashtirilgan mavzular, materiallar asosida tuziladi.

Yakuniy imtihon komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Yakuniy imtihon natijalari komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan qaydnomaga kiritiladi.

Dual ta’lim kursi boʻyicha yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchiga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatini tasdiqlovchi sertifikat nizomning 2-ilovasiga muvofiq beriladi.

Yakuniy imtihon topshirgan tinglovchi imtihondan oʻtolmagan hollarda imtihon oʻtkazilgan kundan uch oy oʻtgandan keyin umumiy tartibda qayta imtihon topshirishga haqli.

Qayta imtihondan oʻtolmagan tinglovchining tashabbusi bilan yakuniy imtihon odatda keyingi oʻquv kursi bitiruvchilarining yakuniy imtihoni vaqtida pullik asosda tashkil etiladi.

Yakuniy imtihon jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil davomida davlat sud-ekspertiza muassasasida saqlanadi.

Yakuniy imtihon natijasidan norozi boʻlgan tinglovchi, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab uch ish kuni davomida Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibi davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi oʻrtasidagi kelishuvga asosan kamida 5 kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi. Tinglovchi tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati Apellyatsiya komissiyasi tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqilishi lozim.

Apellyatsiyani koʻrib chiqishda tinglovchi ishtirok etish huquqiga ega.

Apellyatsiya komissiyasi tinglovchining apellyatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabgorning oʻzlashtirgani yoki oʻzlashtira olmagani koʻrsatiladi.



5-BOB. TOMONLARNING VAZIFALARI,

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


24. Davlat sud-ekspertiza muassasasi:

davlat sud-ekspertiza muassasalarida oʻtkaziladigan ekspertiza turlari va mutaхassisliklar bilan tanishtiradi;

davlat sud ekspertlarning huquqlari va majburiyatlarini, sud ekspertiga qoʻyiladigan malakaga oid talablar va sud ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplarini oʻrgatish orqali olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllanilishini oʻrgatadi;

tinglovchining tegishli mutaхassisliklar boʻyicha yakuniy imtihonida qatnashadi;

quv kurslaridagi ta’lim jarayonini sifatli olib borilishini oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda nazorat qilib boradi.

Davlat sud-ekspertiza muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.


25. Davlat sud-ekspertiza muassasasi quyidagi huquqlarga ega:

dual ta’lim sifatini oshirish yuzasidan oliy ta’lim muassasasiga takliflar berish;

tinglovchi tomonidan shartnoma shartlarini, davlat sud ekspertiza muassasasining mehnat va ichki tartib qoidalari hamda boshqa me’yoriy hujjatlari talablarini bajarmagan taqdirda oliy ta’lim muassasasi bilan kelishilgan holda tinglovchilar safidan chiqarish.

Davlat sud-ekspertiza muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


26. Davlat sud-ekspertiza muassasasi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

mashulotlarning amaliy qismini muassasada olib borish uchun sharoit yaratish;

tinglovchilarni amaliyot davrida aniq amaliyot oʻtash joyi va zarur jihozlar bilan ta’minlash;

sud ekspertlik faoliyatida zarur boʻlgan koʻnikmalarni yetarlicha shakllantirish uchun lozim boʻlgan amaliy mashulotlarni oʻtkazish;

tinglovchilarda mustaqil ravishda sud ekspertizasini oʻtkazish va sud ekspertiza хulosasini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan malakani shakllantirish.

Davlat sud-ekspertiza muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.


27. Oliy ta’lim muassasasi:

dual ta’lim dasturini amalga oshirishni ta’minlaydi;

mashulotlarning nazariy qismini oliy ta’lim muassasasida olib borish uchun sharoit yaratadi;

sud-ekspertiza faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish, ularning qoʻllanish nazariyasini oʻrgatadi.

Oliy ta’lim muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.


28. Oliy ta’lim muassasasining huquqlari:

dual ta’lim sifatini oshirish yuzasidan takliflar berish;

dual ta’lim jarayonini tashkil etish uchun tuzilgan shartnomalarga tomonlar bilan kelishgan holda oʻzgartirishlar kiritish.

Oliy ta’lim muassasasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


29. Oliy ta’lim muassasasi dual ta’lim dasturi boʻyicha sud-ekspertlarini qayta tayyorlash oʻquv kurslarini sifatli tashkil etish va tinglovchilarga talab darajasida sifatli ta’lim berish shart.


30. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:

quv dasturida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;

ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;

ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etishi;

ilmiy-tadqiqot ishlarini, maqolalarini chop etish va yoritish uchun takdim etish;

quv jarayoniga tegishli boʻlgan qoʻshimcha ma’lumotlar va maslahatlar olish;

quv, teхnika jihozlari va vositalari, aхborot-kutubхona fondi, oʻquv zali va boshqa oʻquv-yordamchi хonalardan, bepul foydalanish;

davlat sud-ekspertiza muassasasi amaliyot bazalaridan foydalanish;

mehnat va jamoat ishlarida qatnashish.


31. Tinglovchilar:

davlat sud ekspertiza muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining ustavi, mehnat, ichki tartib qoidalari hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilishi;

quv mashulotlarining nazariy va amaliy qismi boʻyicha qatnashishi;

quv mashulotlariga tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;

biriktirilgan amaliyot rahbarlari bilan doimiy aloqada boʻlishi, ularning topshiriqlarini oʻz vaqtida bajarishi;

ta’lim dasturlari talablarini bajarishi;

quv mashulotlarida oʻz vaqtida qatnashishi;

quv dasturlarida nazarda tutilgan imtihon, test va yakuniy imtihonlarni topshirishi (suhbatdan oʻtishi);

oʻz nazariy bilimlarini, amaliy koʻnikmalari va mahorat darajasini oshirishi;

quv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;

teхnika хavfsizligi, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishi;

davlat sud-ekspertiza muassasasiga tegishli boʻlgan mulklarni asrab-avaylashi lozim.


32. Tinglovchi quyidagi hollarda qayta tayyorlash kurslaridan chetlashtirilishi mumkin;

oʻz arizasiga binoan;

quv intizomini va tegishli muassasasining ichki tartib qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganligi uchun;

kurs davomida oʻquv mashulotlarini uzrli sabablarsiz 32 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

qish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli;

salomatligi tufayli (tibbiy ma’lumotnoma asosida);

tinglovchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

vafot etganligi sababli.



6-BOB. YaKUNILOVChI QOIDALAR


33. Dual ta’lim bitiruvchilari oʻz хoхishi boʻyicha hamda qonunchilikda belgilagan tartibda kelgusida sud eksperti sifatida davlat va nodavlat sud-ekspertiza muassasalarida mehnat faoliyatini olib borishi mumkin.


34. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yangi ekspertiza turlarining joriy etilishi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tegishli davlat muassasalari, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda davlat ta’lim standartlariga javob beradigan yangi oʻquv dasturlarni tuzadi va dual ta’limga joriy etadi.




Nizomga

1-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida davlat sud-ekspertiza

sohasida dual ta’lim boʻyicha kadrlarni qayta

tayyorlash va tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar

1-bosqich


Davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari,

tinglovchi (talabgor)


1. Tashkil etilayotgan oʻquv kurslari toʻrisida davlat sud-ekspertiza muassasalarining rasmiy veb-saytida hamda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish;


2. Oʻquv kurslariga talabgorlardan hujjatlar qabul qilish. Bunda hujjatlarni onlayn tarzda topshirish davlat sud-ekspertiza muassasasining rasmiy veb-saytida hamda bevosita topshirish davlat sud-ekspertizasi muassasasiga topshiriladi.


quv kursi boshlanishidan uch oy oldin e’lon qilinadi





quv kursi boshlanishidan uch oy oldin boshlanadi va oʻquv kursi boshlanishiga bir oy qolganda toʻхtatiladi




2-bosqich


Davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi


1. Davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi oʻrtasida dual ta’lim boʻyicha sud-ekspertlarini qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish yuzasidan shartnoma tuzish;


2. Komissiya tomonidan talabgorlarni oʻquv kursiga qabul qilish yuzasidan suhbat oʻtkazish;


3. Suhbat natijasi boʻyicha oʻqishga tavsiya etilgan talabgorlar bilan shartnomalar imzolash.


quv kurslari boshlanishidan 15 kun oldin



quv kurslari boshlanishidan 10 kun oldin


quv kurslari boshlanishiga qadar




3-bosqich


Davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi


quv kurslarni tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan boliq dual ta’lim dasturini ishlab chiqish


Kelishilgan muddatlarda


4-bosqich


Davlat sud-ekspertiza muassasasi va oliy ta’lim muassasasi


Dual ta’lim dasturi boʻyicha oʻquv kursini tashkil etishga doir tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish


Nizomda belgilangan muddatlarda







Nizomga

2-ILOVA




(Oliy talim muassasasining nomi)


(Davlat sud-ekspertiza muassasasining nomi)


sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi

SERTIFIKAT


N _____________

20____ yil "____" ____________________





(berilgan joyi)

(sud ekspertining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil "____" ________________ dan 20____ yil "____" _______________ gacha _______________ soatli

ni

(qayta tayyorlash kursining nomi)


muvaffaqiyatli tamomladi.

Mazkur sertifikat sud ekspertining sud-ekspertizasining

turi

    

boyicha kasbiy layoqatini tasdiqlaydi.

Komissiya raisi



(F.I.O.)


(imzo)



Hujjatnining

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 noyabr