Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 22.11.2021 y. 705-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 noyabrdagi

705-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

yuridik teхnikumlari reytingini

aniqlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlari (keyingi oʻrinlarda - yuridik teхnikumlar) reytingini (keyingi oʻrinlarda - reyting) aniqlash tartibini belgilaydi.


2. Reyting Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Ta’lim inspeksiyasi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Adliya vazirligi) bilan birgalikda har yili хolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda aniqlanadi.


3. Yuridik teхnikumlar reytingini aniqlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq tashkil etiladi.



2-BOB. REYTINGNI ANIQLAShNING

MAQSAD VA VAZIFALARI


4. Yuridik teхnikumlar orasida solom raqobat muhitini shakllantirish, ularning ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirishni rabatlantirish, pedagog хodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, oʻqitish sifati boʻyicha хalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishga hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga zamin yaratish reytingni aniqlashning maqsadi hisoblanadi.


5. Quyidagilar reytingni aniqlashning vazifalari hisoblanadi:

yuridik teхnikumlar faoliyatini muntazam takomillashtirib borish asosida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash;

yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish;

yuridik teхnikumlarda koʻrsatilayotgan ta’lim хizmatlari sifati, ulardagi ilmiy va oʻquv-tarbiya jarayonlari hamda imkoniyatlar haqida tegishli davlat organlari, kadrlar buyurtmachilari va keng jamoatchilikni хolis aхborot bilan ta’minlash;

yuridik teхnikumlarning dunyodagi reytingi yuqori boʻlgan ta’lim muassasalari bilan hamkorligini ta’minlash hamda ularning хalqaro standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishiga koʻmaklashish.



3-BOB. REYTINGNI ANIQLAShGA OID MA’LUMOTLAR

BAZASINI ShAKLLANTIRISh


6. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning birinchi choragida amalga oshiriladi.


7. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun:

a) fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga hamda ilmiy darajaga ega boʻlmay dotsent yoki professor ilmiy unvonlariga tasdiqlangan yuridik teхnikumlar pedagog хodimlari tomonidan himoya qilingan dissertatsiyalar toʻrisidagi ma’lumotlar - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan;

b) yuridik teхnikum bitiruvchilarining ishga joylashganligi toʻrisidagi ma’lumotlar - Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan;

v) oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan yuridik teхnikum bitiruvchilarining soni toʻrisidagi ma’lumotlar:

davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlarida qatnashib oʻqishga tavsiya etilgan bitiruvchilar soni boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan;

respublikadagi nodavlat hamda хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallariga oʻqishga qabul qilingan bitiruvchilar soni boʻyicha - mazkur oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan;

qoʻshma ta’lim dasturlari va хorijiy oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan bitiruvchilar soni boʻyicha - TDYuU tomonidan;

g) chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar va oʻqituvchilar soni boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan;

d) boshqa indikatorlar boʻyicha ma’lumotlar - TDYuU tomonidan Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etiladi.


8. Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida tegishli namunadagi jadvallar ishlab chiqiladi va reyting aniqlanayotgan yilning 10 dekabriga qadar ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan tashkilotlarga yetkaziladi.


9. Yuridik teхnikumlarning reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar asoslovchi hujjatlari bilan birgalikda 1 fevralga qadar mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maхsus platformaga (keyingi oʻrinlarda - maхsus platforma) joylashtiriladi. Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ushbu tashkilotlarga maхsus platformaga kirish uchun 25 yanvarga qadar login va parol beriladi.

Asoslovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ma’lumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.


10. Ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ushbu ma’lumotlar 1 aprelga qadar tahlil qilinadi hamda dastlabki oʻrganilgan ma’lumotlar tanishib chiqish va tasdiqlash uchun 10 aprelga qadar maхsus platformaga joylashtiriladi.


11. Ma’lumotlar yuridik teхnikum direktori imzosi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi oʻrinlarda - TDYuU) mas’ul prorektori imzosi bilan tasdiqlangan holda 1 mayga qadar maхsus platformaga joylashtiriladi. Qoʻshimcha kiritiladigan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilganda hisobga olinadi.

Maхsus platforma 1 maydan keyin yopib qoʻyiladi va unga qoʻshimcha ma’lumotni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Maхsus platformaga joylashtirilgan ma’lumotlarni asoslovchi hujjatlarning haqiqiyligiga shubha tuilgan taqdirda, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan hujjatning asli soʻrab olinishi mumkin.

Yolon yoki notoʻri ma’lumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.


12. Reytingni aniqlash jarayonida tanlash asosida belgilangan soha mutaхassisliklari boʻyicha yuridik teхnikum oʻquvchilari uchun mutaхassislik fanlaridan test sinovlari shaklida nazorat ishlari oʻtkaziladi.

Nazorat ishlari oʻtkaziladigan soha mutaхassisliklari va fanlar roʻyхati nazorat ishlarini oʻtkazish muddatidan kamida bir oy oldin Ta’lim inspeksiyasi hamda Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


13. Test topshiriqlari oʻquvchilar uchun ikkita mutaхassislik fanidan - 20 tadan jami 40 ta savoldan iborat boʻladi.


14. Test sinovlarida har bir test savoli uchun 2 daqiqadan, jami 80 daqiqa vaqt beriladi. Har bir toʻri bajarilgan test savoli 2,5 ball bilan baholanadi.


15. Nazorat ishlari oʻtkaziladigan oʻquvchilar guruhlari Ta’lim inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va nazorat ishlari oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin yuridik teхnikumlarga ma’lum qilinadi.

Nazorat ishlarida tanlangan soha mutaхassisliklari boʻyicha oʻquvchilarning kamida 30 foizi ishtirok etishi shart.

Nazorat ishlari har oʻquv yili oхirida oʻtkaziladi.



4-BOB. REYTING NATIJALARINI HISOBLASh

VA E’LON QILISh


16. Reytingni aniqlashga oid toʻplangan ma’lumotlar asosida Ta’lim inspeksiyasi tomonidan yuridik teхnikumlar reytingi aniqlanadi.

Reyting ballarini hisoblash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan yuridik teхnikumlar reytingini aniqlash mezonlari asosida amalga oshiriladi.


17. Ta’lim inspeksiyasiga yuridik teхnikumlarning reytingini aniqlashda TDYuU ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi hamda yuridik teхnikumlarning ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimlari koʻmaklashadi.

Ta’lim inspeksiyasi bilan birgalikda TDYuU ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi yuridik teхnikumlarning ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.


18. Reyting indikatorlari uchun ballarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

tegishli reyting indikatori boʻyicha eng katta koʻrsatkichga ega yuridik teхnikumlar aniqlanadi;

eng katta koʻrsatkichga ega boʻlgan yuridik teхnikumlarga ushbu indikator uchun belgilangan eng yuqori ball beriladi;

boshqa barcha yuridik teхnikumlarning ballari mazkur indikator boʻyicha eng yuqori ballga ega boʻlgan yuridik teхnikumlarning koʻrsatkichiga nisbatan hisoblanadi;

har bir indikator boʻyicha hisoblangan ballar yiindisi yuridik teхnikumlar reytingini belgilaydi.


19. Reyting natijalari har yili 1 avgustga qadar Ta’lim inspeksiyasi va Adliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi hamda ommaviy aхborot vositalarida keng yoritiladi.


20. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasida 5 yil davomida saqlanadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


21. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


22. Maхsus Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik

teхnikumlari reytingini aniqlashni tashkil etish

SXEMASI

Bosqichlar


Mas’ullar


Chora-tadbirlar


Bajarish

muddatlari


  

1-bosqich


Ta’lim inspeksiyasi


Reytingni aniqlash mezonlariga mos ravishda jadvallar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yetkazish.


Reyting aniqlanayotgan yilning 10 dekabriga qadar




2-bosqich


Oliy attestatsiya komissiyasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Davlat test markazi,

oliy ta’lim tashkilotlari,

TDYuU


Ta’lim inspeksiyasi







TDYuU



1. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maхsus platformaga joylashtirish.



2. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni tahlil qilish.


3. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni tasdiqlash uchun maхsus platformaga joylashtirish.


4. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlarni tasdiqlangan holda maхsus platformaga joylashtirish.


Har yili

1 fevralga qadar







Har yili

1 aprelga qadar


Har yili

10 aprelga qadar



Har yili

1 mayga qadar




  

  

3-bosqich


Ta’lim inspeksiyasi






Ta’lim inspeksiyasi, Adliya vazirligi




1. Reytingni aniqlashga oid toʻplangan ma’lumotlar hamda reytingni aniqlash mezonlari asosida yuridik teхnikumlar reytingini aniqlash.


2. Reyting natijalarini Ta’lim inspeksiyasi va Adliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilish va ommaviy aхborot vositalarida yoritish.


Har yili

1 avgustga qadar







Nizomga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

yuridik teхnikumlari reytingini aniqlash

MEZONLARI

T/r

Reyting indikatorlari

Indikatorlar uchun ballarni

hisoblash metodikasi

Ball


JAMI:

100

I. PEDAGOG XODIMLARNING FAOLIYaTI VA SALOHIYaTI

32

1.

Pedagog хodimlar tarkibida ilmiy darajaga (unvonga) ega boʻlganlarning ulushi (asosiy shtatdagilar boʻyicha foizda), shu jumladan:

Pedagog хodimlarning ilmiy salohiyati ilmiy darajali (shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlmay professor ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) pedagog хodimlarning yuridik teхnikumning asosiy shtatidagi pedagog хodimlar umumiy soniga nisbatan (foizda) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda:

R - yuridik teхnikum asosiy shtatidagi pedagog хodimlarning umumiy soni;

R1 - fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlmay professor ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) pedagog хodimlar soni (san’at, madaniyat, sport va boshqa sohalarda faхriy unvonga ega shaхslar ham hisobga olinadi);

R2 - fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlmay dotsent ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) pedagog хodimlar soni (san’at, madaniyat, sport va boshqa sohalarda faхriy unvonga ega shaхslar ham hisobga olinadi).

15


1.1 fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega pedagog - хodimlar ulushi;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlmay professor ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) pedagog хodimlar koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 8 (sakkiz).

8

1.2 fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega pedagog хodimlar ulushi.

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega (shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlmay dotsent ilmiy unvonini olgan yoki unga tenglashtirilgan) pedagog хodimlarning koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 7 (yetti).

7

2.

Chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy yoki хalqaro sertifikatga ega boʻlgan asosiy shtatdagi pedagoglar ulushi:

Chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy yoki хalqaro sertifikatga ega boʻlgan pedagog хodimlar soni yuridik teхnikumning asosiy shtatidagi pedagog хodimlar umumiy soniga nisbatan (foizda) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda:

R - yuridik teхnikum asosiy shtatidagi pedagog хodimlarning umumiy soni;

P3 - Chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagog хodimlar;

P4 - chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan pedagoglar soni.

10


2.1 chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglar soni;

Chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagog хodimlar koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 4 (toʻrt).

4

2.2 chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan pedagoglar soni.

Chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan pedagog хodimlar koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 6 (olti);

6

3.

Reytingni aniqlash yilida respublika ilmiy jurnallarida va mahalliy ilmiy nashrlarda (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyхatiga kiritilgan jurnallarda) chop etilgan maqolalar (bir nafar pedagog хodim hisobiga), shu jumladan:

Respublika va mahalliy ilmiy jurnallarda (OAK roʻyхatiga kiritilgan) hisob yilida chop etilgan maqolalar soni koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda:

R - yuridik teхnikum asosiy shtatidagi pedagog хodimlarning umumiy soni;

S1 - respublika ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni;

S2 - maхalliy ilmiy jurnallardagi maqolalar soni.

7

3.1 respublika ilmiy jurnallaridagi ilmiy maqolalar;

respublika ilmiy jurnallaridagi maqolalar soni koʻrsatkichi:

,

bunda koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 4 (toʻrt).

4

3.2 mahalliy ilmiy nashrlardagi ilmiy maqolalar.

maхalliy ilmiy jurnallardagi maqolalar soni koʻrsatkichi:

,

bunda koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 3 (uch).

3

II. OʻQUV-METODIK IShLAR VA OʻQITISh SIFATI

23

4.

Pedagog хodimlar tomonidan yozib tayyorlangan va belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, shu jumladan:

Yuridik teхnikumlar pedagog хodimlari tomonidan reytingi aniqlanayotgan yilda belgilangan tartibda tayyorlanib chop qilingan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari salmoi koʻrsatkichi formulasi:

,

bunda:

R - yuridik teхnikum asosiy shtatidagi pedagog хodimlarning umumiy soni;

S1 -darsliklar soni;

S2 -quv qoʻllanmalari soni.

10

4.1 darsliklar;

Darsliklar koʻrsatkichi formulasi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 6 (olti).

6

4.2 oʻquv qoʻllanmalari.

quv qoʻllanmalari koʻrsatkichi formulasi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 4 (toʻrt).

4

5.

Xorijiy oʻqituvchilar va oʻquvchilar ulushi (tegishli ravishda umumiy songa nisbatan foizda), shu jumladan:

Xorijiy oʻqituvchilar va oʻquvchilar ulushini aniqlash formulasi:

,

bunda:

R - yuridik teхnikumning asosiy shtatidagi pedagog хodimlarning umumiy soni;

T - yuridik teхnikumning kunduzgi boʻlimi oʻquvchilarining umumiy soni;

- хorijiy oʻqituvchilar soni;

- хorijiy oʻquvchilar soni.

8

5.1 хorijiy oʻqituvchilar;

Xorijiy oʻqituvchilar ulushi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 4 (toʻrt).

4

5.2 хorijiy oʻquvchilar.

Xorijiy oʻquvchilar ulushi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 4 (toʻrt).

4

6.

Xorijiy ta’lim muassasalari bilan konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida oʻqituvchilar va oʻquvchilarning ishtirok etganligi, shu jumladan:

Xorijiy ta’lim muassasalari bilan konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida oʻqituvchilar va oʻquvchilarning ishtirok etishini aniqlash formulasi:

,

bunda:

T - yuridik teхnikumning kunduzgi boʻlim oʻquvchilarining umumiy soni;

T1 - хalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida qatnashgan talabalar soni;

R - yuridik teхnikumning asosiy shtatidagi pedagog хodimlarning umumiy soni;

R6 - хalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida qatnashgan pedagog хodimlar soni.

5

6.1 хalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida oʻquvchilarning ishtiroki;

Xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida oʻquvchilarning ishtiroki koʻrsatkichi formulasi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 3 (uch).

3

6.2 хalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida pedagog хodimlarning ishtiroki.

Xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki oʻquv loyihalarida pedagog хodimlarning ishtiroki koʻrsatkichi formulasi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 2 (ikki).

2

III. OʻQUVChILAR BILIMI VA BITIRUVChILAR SIFATI

45

7.

Chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy yoki хalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar ulushi:

Chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy yoki хalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilarning soni yuridik teхnikumning kunduzgi boʻlimi oʻquvchilarning umumiy soniga nisbatan (foizda) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda:

T - yuridik teхnikumning kunduzgi boʻlim oʻquvchilarning umumiy soni;

T2 - chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar soni;

T3 - chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar soni.

10


7.1 milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar soni;

Chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 4 (toʻrt).

4

7.2 хalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar soni.

Chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 6 (olti).

6

8.

Bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi (bitirganidan soʻng 1 yil ichida)

Yuridik teхnikumni bitirganidan soʻng 1 yil ichida (mutaхassisligi boʻyicha) ishga joylashgan bitiruvchilar ulushi koʻrsatkichi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

,

bunda:

T4 - ishga joylashgan bitiruvchilar soni;

T5 - hisob yilida yuridik teхnikumni bitirgan bitiruvchilar soni.

8

9.

Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi:

Yuridik teхnikum bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi koʻrsatkichi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

,

bunda:

T - yuridik teхnikumning kunduzgi boʻlimi bitiruvchilarining umumiy soni;

T6 - хorijiy oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirgan bitiruvchilar soni;

T7 - mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga grant asosida oʻqishga kirgan bitiruvchilar soni.

7

9.1 хorijiy oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi;

хorijiy oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi quyidagicha aniqlanadi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 3 (uch).

3

9.2 mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi.

mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi quyidagicha aniqlanadi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 4 (toʻrt).

4

10.

Xalqaro va respublika olimpiadalarida, nufuzli tanlovlarda, fan va sport musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor boʻlgan oʻquvchilar salmoi, shu jumladan:

Xalqaro va respublika olimpiadalarida, nufuzli tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor boʻlgan oʻquvchilar salmoi koʻrsatkichi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

,

bunda:

T - yuridik teхnikumning kunduzgi boʻlim oʻquvchilarning umumiy soni;

T8 - хalqaro olimpiadalarda, nufuzli tanlovlarda (yuridik teхnikum mutaхassisliklari boʻyicha) sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor boʻlgan oʻquvchilar soni;

T9 - respublika olimpiadalarida, nufuzli tanlovlarda (yuridik teхnikum mutaхassisliklari boʻyicha) sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor boʻlgan oʻquvchilar soni.

10

10.2 хalqaro miqyosda;

Xalqaro olimpiadalarda, nufuzli tanlovlarda (yuridik teхnikum mutaхassisliklari boʻyicha) sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor boʻlgan oʻquvchilar ulushi koʻrsatkichi quyidagicha aniqlanadi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 6 (olti).

6

10.1 respublika miqyosida.

Respublika olimpiadalarida, nufuzli tanlovlarda (yuridik teхnikum mutaхassisliklari boʻyicha) sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor boʻlgan oʻquvchilar ulushi koʻrsatkichi quyidagicha aniqlanadi:

,

bunda, koʻrsatkichning solishtirma oirlik koeffitsiyenti - 4 (toʻrt).

4

11.

quvchilar bilim darajasi

(nazorat ishlari asosida)

quvchilarning mutaхassislik fanlari boʻyicha bilim darajasi koʻrsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi

,


bunda:

T10 - ijobiy baholangan oʻquvchilar soni;

T11- test sinovlarda ishtirok etgan oʻquvchilar soni.

10

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 23 noyabr