Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.11.2021 y. 719-son "Poytaхt bank" aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketini sotish va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.11.2021 y.

N 719




"POYTAXT BANK" AKSIYaDORLIK

JAMIYaTI USTAV KAPITALIDAGI

DAVLAT AKSIYaLARI PAKETINI SOTISh

VA UNDAN TUShGAN MABLALARNI

TAQSIMLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻrisida" 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda bank tizimiga strategik investorlar jalb etilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda Toshkent shahrida arzon uy-joylarni qurish koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 13 martdagi PQ-2824-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar hokimligining 100 foiz muassisligida tashkil etilgan "Poytaхt bank" AJning ustav kapitalini shakllantirishga mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 100 mlrd soʻm ajratilganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻrisida" 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son Farmoniga muvofiq banklardagi davlat aksiyalari paketini sotish belgilanganligi;

Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi tomonidan "Poytaхt bank" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini investorlarga sotish хalqaro konsultantlarni jalb etgan holda ommaviy savdolar orqali amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki:

"Poytaхt bank" AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotish boʻyicha oldi-sotdi bitimi qimmatli qoozlarning uyushgan savdosidan tashqarida amalga oshiriladi;

"Poytaхt bank" AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablalar ushbu davlat aktivini sotish bilan boliq хarajatlarni chegirgan holda Toshkent shahar mahalliy byudjetiga yoʻnaltiriladi;

Toshkent shahar mahalliy byudjetiga kelib tushgan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Toshkent shahar mahalliy byudjetiga ajratilgan byudjet ssudalarini, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hamda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarni qaytarishga yoʻnaltiriladi.


3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi "Poytaхt bank" AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablalarni mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini ta’minlasin.


4. Toshkent shahar hokimligi "Poytaхt bank" AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablalardan maqsadli foydalanilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 noyabr