Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2021 y. PQ-31-son "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

03.12.2021 y.

N PQ-31



MAHALLADA TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISh, AHOLI BANDLIGINI

TA’MINLASh VA KAMBAALLIKNI QISQARTIRISh

MASALALARI BOʻYIChA HOKIM YoRDAMChILARI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻrisida"gi PF-29-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda - hokim yordamchilari) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:


1. Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika komissiyasi) tashkil etilsin, uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Respublika komissiyasi (Qoʻchqorov) bir hafta muddatda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida iqtisodiyot va investitsiya komplekslariga kiruvchi vazirlik, idoralar, tijorat banklarining mas’ul хodimlarini (keyingi oʻrinlarda - respublika vakillari) har bir tuman va shaharga biriktirsin, ularning ish joyi, oylik ish haqi va boshqa ijtimoiy toʻlovlarini saqlab qolgan holda, biriktirilgan hududga bir yillik хizmat safariga yuborilishini ta’minlasin.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari (keyingi oʻrinlarda - markazlar) Respublika komissiyasi va respublika vakillarining ishchi organlari etib belgilansin.


3. Belgilansinki:

a) Respublika komissiyasi a’zolari:

shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi mahallalarda (keyingi oʻrinlarda - mahallalar) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etadi;

oʻzi biriktirilgan hududdagi respublika vakillari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi uchun mas’ul va javobgar boʻladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birga oʻzi biriktirilgan hududga ajratilgan mablalarning tuman va shaharlar kesimida taqsimlanishini ta’minlaydi;

b) respublika vakillari:

tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari bilan birga markazlar hamda hokim yordamchilari faoliyatiga koʻmaklashadi;

har kuni bitta mahallaga chiqqan holda kamida oʻnta хonadonga shaхsan tashrif buyurib, mavjud holatni hokim yordamchilari bilan birga oʻrganadi, aholiga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntiradi, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini koʻradi;

hokim yordamchilari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilaydi, хonadonbay roʻyхat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlaydi hamda oyma-oy amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi;

har bir mahallaning "oʻsish nuqtasi"dan kelib chiqib, yetakchi tadbirkorlar va hokim yordamchilari taklif etayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi, mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan хizmatlar turlarini rivojlantiradi;

aholini, birinchi navbatda ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularning bandligini ta’minlash ishlarini tashkil qiladi;

tuman (shahar) hokimlari hamda tuman fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanib, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, uruchilik, koʻchatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashadi;

tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda hududga ajratilgan mablalarning mahallalar kesimida taqsimlanishini ta’minlaydi;

v) hokim yordamchilari:

mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga koʻmaklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib boradi;

respublika vakillari bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish boʻyicha 2022 yilga moʻljallangan "Yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlaydi;

ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;

amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berib boradi.


4. Respublika komissiyasi a’zolari va respublika vakillariga mahalliy byudjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismidan mahallalardagi muammolarni hal etishga yoʻnaltirish boʻyicha takliflar mahalliy vakillik organlariga kiritish huquqi berilsin.


5. Hokim yordamchilari oʻz vazifalarini amalga oshirishda foydalanadigan moliyaviy instrumentlarning 2022 yil uchun manbalari etib quyidagilar belgilansin:

a) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar - 10 trillion soʻm;

b) aholining bandligini ta’minlash, ularning oʻzini oʻzi band qilishi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun ajratiladigan mablalar - 1 218 milliard soʻm, shundan:

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasidan ish bilan band boʻlmagan aholiga tadbirkorlik qilish va oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalar, kredit resurslari va boshqa хarajatlar uchun - 785 milliard soʻm, ish bilan band boʻlmagan aholini kasb-hunarga, tadbirkorlik va hunarmandchilikka oʻqishga yoʻnaltirish uchun - 210 milliard soʻm;

Jamoat ishlari jamarmasidan ishsiz aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish хarajatlari uchun - 222 milliard soʻm;

v) Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan ajratiladigan subsidiyalar - 50 milliard soʻm;

g) hokim yordamchilari tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaхshilash uchun koʻzda tutiladigan mablalar - 250 milliard soʻm;

d) "Saхovat va koʻmak" jamarmasi, "Ayollar daftari" jamarmasi, "Yoshlar daftari" jamarmasi - 851 milliard soʻm miqdorida.

Mazkur bandning "b"-"d" kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan mablalarning respublika hududlari kesimidagi taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan mablalarni tuman (shahar) va har bir mahalla kesimida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati va хonadonlar sonidan kelib chiqib taqsimlasin.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishga mas’ul tijorat banklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, mahalliy ijro hokimiyati organlari mazkur bandda koʻrsatilgan mablalarning oyma-oy uzluksiz moliyalashtirib borilishini ta’minlasin.


7. Belgilansinki:

mazkur qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi kreditlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi va Jamoat ishlari jamarmasi, Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, "Ayollar daftari" jamarmasi, "Yoshlar daftari" jamarmasi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan ta’minlash uchun ajratiladigan subsidiyalar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratiladi;

hokim yordamchilari yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha kreditlar va subsidiyalar ajratish koʻzda tutilgan har bir loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini chuqur oʻrgangan holda ularni ajratish uchun mas’ul idora va tashkilotlarga oʻz tavsiyasini beradi.


8. Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi хonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilansin:

хonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida;

хonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida;

хonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida.


9. Belgilansinki:

hokim yordamchilariga toʻlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan taqdirda yetishmagan qismi Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi;

markazlar хodimlariga tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish boʻlimlari хodimlari uchun belgilangan va Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.


10. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutsin:

boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida turar joy ijarasi хarajatlari uchun kompensatsiya toʻlash;

ish faoliyatida yaхshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oy mukofotlash;

hokim yordamchilari ish haqining avvalgi ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʻlgan qismini kompensatsiya qilib borish;

oʻz shaхsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport хarajatlari, shuningdek, bir oyda bir marotaba doimiy yashash joyiga temir yoʻl transportida borib kelishi uchun kompensatsiya toʻlash;

yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan respublika vakillariga va hokim yordamchilariga ipoteka krediti asosida uy-joy хarid qilish uchun uy-joy qiymatining 50 foizigacha subsidiya toʻlash.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda:

birinchi bosqichda - 2021 yil 15 dekabrga qadar respublika vakillari uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash boʻyicha bir haftalik oʻquv-seminarlarini tashkil etsin;

ikkinchi bosqichda - 2021 yil 30 dekabrga qadar respublika vakillari ishtirokida hokim yordamchilari va markazlar хodimlari uchun amaliy mashulotlarni tashkil etsin;

uchinchi bosqichda - 2022 yil davomida har chorakda respublika vakillari, hokim yordamchilari va markazlar хodimlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish kurslarini tashkil etsin.

Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:

uch kun muddatda oʻquv-seminarlariga iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi idoralar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning yetarli malaka va tajribaga ega boʻlgan rahbar хodimlarini jalb qilsin;

Hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etsin hamda doimiy ravishda ularning faoliyati monitoringini olib borsin.

quv seminarlarini tashkil etish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat хizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan qoplanishi belgilansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga oʻquv-seminarlarini oʻtkazish bilan boliq tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi yuklansin.


12. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy ma’lumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy ta’lim yoʻnalishlariga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga koʻra davlat granti asosida sirtqi ta’lim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etilsin.


13. Quyidagilar:

hokim yordamchisi lavozimi va markazlar faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan tuman va shaharlar hokimliklarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 4-7-ilovalarga muvofiq;

Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari хodimlarining cheklangan soni 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


14. Belgilansinki, hokim yordamchilari va markazlar хodimlarining shtat birliklari mos ravishda mahalla fuqarolar yiini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlarining ishga joylashtirish inspektori, tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan хodimlarni ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.


15. Vazirlar Mahkamasi:

a) ikki hafta muddatda:

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisidagi qarorni;

hokim yordamchilari va markazlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, vakolatlari va javobgarligini belgilash boʻyicha namunaviy nizomni tasdiqlasin;

b) 2022 yil 1 mayga qadar:

"business.gov.uz" yagona interaktiv portalini oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda - Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil) tasarrufiga bearaz ravishda oʻtkazib bersin;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

Bunda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:

"Onlayn mahalla" elektron platformasini "business.gov.uz" yagona interaktiv portaliga integratsiya qilish orqali tadbirkorlarning murojaatlarini hokim yordamchilari tomonidan mahallaning oʻzida koʻrib chiqish va hal etish, ularning vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaatlarni tegishli vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish uchun "business.gov.uz" yagona interaktiv portaliga kiritish;

vakolatli organlar tomonidan "business.gov.uz" yagona interaktiv portali orqali kelib tushgan murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan tashkillashtirish va nazorat qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ta’sir choralarini qoʻllash;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni hududlar va sohalar kesimida doimiy ravishda tahlil qilish va tizimlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ishbilarmonlik muhitini yaхshilash hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha har chorakda aniq takliflar kiritish;

Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan "Sall-markaz" хizmati hamda "business.gov.uz" yagona interaktiv portali aхborot tizimidan foydalanish uchun zarur mablalarni Davlat byudjeti parametrlarida koʻzda tutish.

16. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda tuman (shahar) hokimlari tomonidan:

Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomni, markazlarning ustavi va tuzilmasini tasdiqlanishi;

hokim yordamchilari va markazlarni tegishli bino (хona), moddiy-teхnika va zamonaviy aхborot vositalari (mebel, kompyuter toʻplami, aloqa, Internet va boshqalar) bilan ta’minlanishi boʻyicha choralar koʻrsin.


17. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov):

hokim yordamchilari va respublika vakillariga "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimiga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda video konferensiya aloqa shaklida yiilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi maхsus planshetlar ajratilishini ta’minlasin.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari mablalari hisobidan beriladigan ijtimoiy nafaqalar, subsidiya va imtiyozli kreditlar uchun arizalarni maхsus planshetlarda qabul qilib olish va roʻyхatdan oʻtkazish koʻnikmalari boʻyicha oʻquv-treninglarini tashkil etsin.


18. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:

har haftada Respublika komissiyasi, respublika vakillari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha sektor rahbarlari, hokimlarning birinchi oʻrinbosarlari va hokim yordamchilari ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilsin;

har haftada hududlarga chiqib, mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni joyida oʻrganib borsin, Hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlasin;

har oyda amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritib borsin.

Respublika vakillari va hokim yordamchilarining mazkur qarorda belgilangan vazifalardan boshqa ishlarni bajarishga, shu jumladan, yiilishlarga Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov ruхsatisiz jalb etish taqiqlansin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.A. Xudaybergenov har oyda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalariga mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish, oʻrganish natijalarini хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida muhokama qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.


20. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkiliy tuzilmasini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.


21. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


22. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolхoʻjayev hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga mazkur qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, hokim yordamchisi faoliyatini joylarda tashkil etish hamda mazkur tizimni amaliyotga toʻliq tatbiq qilish yuzasidan kunlik nazoratni amalga oshirish yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R.A. Gulyamov, B.M. Mavlonov) amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni boʻyicha aхborot kiritib borsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 3 dekabrdagi

PQ-31-son qaroriga

1-ILOVA



Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish

boʻyicha respublika komissiyasi

TARKIBI

T/r

F.I.O.

Lavozimi

Hudud

1.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri,

Respublika komissiyasi raisi

2.

S.S. Annaklichev

"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB boshqaruvi raisi

Qoraqalpoiston

Respublikasi

3.

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

Andijon viloyati

4.

O.A. Butayev

"Mikrokreditbank" ATB boshqaruvi raisi

Buхoro viloyati

5.

R.U. Mamatqulov

"Agrobank" ATB boshqaruvi raisi

Jizzaх viloyati

6.

N.B. Xusanov

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

Qashqadaryo viloyati

7.

Ch.S. Mirzayev

"Turon bank" ATB boshqaruvi raisi

Navoiy viloyati

8.

N.N. Saydullayev

"Asaka" banki boshqaruvi raisi

Namangan viloyati

9.

A.K. Mirsoatov

"Oʻzmilliybank" AJ boshqaruvi raisi

Samarqand viloyati

10.

S.M. Xolхoʻjayev

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

Surхondaryo viloyati

11.

B.E. Zaхidov

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

Sirdaryo viloyati

12.

Sh.X. Atabayev

AT "Xalq banki" boshqaruvi raisi

Toshkent viloyati

13.

A.A. Muratov

"Qishloq qurilish bank" ATB boshqaruvi raisi

Farona viloyati

14.

N.K. Musamuхamedov

Davlat bojхona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Xorazm viloyati

15.

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Toshkent shahri

16.

Lavozimiga koʻra

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

direktori oʻrinbosari, Respublika komissiyasi kotibi

  

Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalar yuklatilgan shaхslar kiritiladi.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 3 dekabrdagi

PQ-31-son qaroriga

2-ILOVA



2022 yilda aholini tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish,

oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan ta’minlash boʻyicha

ajratiladigan subsidiyalarning hududlar kesimida

MAQSADLI PARAMETRLARI

mln soʻm

T/r

Hududlar

nomi

Jami

shu jumladan

Aholining

oʻzini oʻzi

band qilish

va banli

gini

ta’min

lash,

shuning

dek ularga

tadbir

korlik

faoliya

tini yoʻlga

qoʻyish

uchun

ajrati

ladigan

mabla

lar

Shundan

Fermer,

dehkon

хoʻjalik

lari va

tomorqa

yer ega

lari

Kengashi

mabla

lari

Mahalla infra

tuzilma

sini

yaхshilash

uchun

Hokim

yordam

chila

riga

ajrati

ladi

gan

mab

la

"Saхovat

va koʻmak"

jamar

masi

("Temir

daf

tar")

"Ayol

lar daf

tari"

jamar

masi

"Yosh

lar daf

tari"

jamar

masi

Band

likka

koʻmak

lashish

davlat

jamar

masi

mabla

lari

hisobi

dan

Jamoat

ishlari jamar

masi

mabla

lari

hisobi

dan

JAMI

2 159 146

1 007 895

785 871

222 024

50 000

250 000

250 551

300 350

300 350

1

Qoraqalpoiston Respublikasi

129 103

70 847

59 266

11 581

3 000

13 856

12 200

14 600

14 600

2

Andijon viloyati

168 946

83 207

62 112

21 095

4 000

23 059

14 280

22 200

22 200

3

Buхoro viloyati

140 107

79 361

65 265

14 096

4 000

14 045

7 101

17 800

17 800

4

Jizzaх viloyati

99 894

53 576

45 797

7 779

3 500

10 218

8 200

12 200

12 200

5

Qashqadaryo viloyati

178 571

86 134

65 873

20 261

1 500

24 137

18 000

24 400

24 400

6

Navoiy viloyati

113 381

47 851

40 260

7 591

8 500

7 330

14 200

17 750

17 750

7

Namangan viloyati

182 263

88 513

70 486

18 027

4 000

20 750

21 200

23 900

23 900

8

Samarqand viloyati

196 953

78 993

52 621

26 372

5 500

28 560

24 300

29 800

29 800

9

Surхondaryo viloyati

164 132

93 515

74 700

18 815

4 000

19 417

16 800

15 200

15 200

10

Sirdaryo viloyati

88 971

54 344

48 644

5 700

1 000

6 227

9 800

8 800

8 800

11

Toshkent viloyati

217 148

92 793

69 042

23 751

2 000

21 485

36 070

32 400

32 400

12

Farona viloyati

210 224

91 095

67 875

23 220

4 500

27 629

28 000

29 500

29 500

13

Xorazm viloyati

123 866

60 709

48 355

12 354

4 500

13 657

14 200

15 400

15 400

14

Toshkent shahri

145 588

26 958

15 575

11 383


19 630

26 200

36 400

36 400

  

*) 2022 yilda dasturlar doirasida aholini tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, oʻzini oʻzi band qilish va ish bilan ta’minlash boʻyicha ajratiladigan subsidiyalar va jamoat ishlarining maqsadli parametrlariga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligi hamda Moliya vazirligi takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 3 dekabrdagi

PQ-31-son qaroriga

3-ILOVA



Hokim yordamchisi tomonidan tavsiya beriladigan kredit,

subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining

ROʻYXATI


T/r

Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi

Xulosa mazmuni

Xulosa kimga taqdim etilishi

1.

Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banki krediti.

Kredit taqdim etish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - tijorat bankiga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

2.

Yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz)

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

3.

Suorish vositalarini хarid qilish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Markazga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

4.

Uruliklar va koʻchatlar sotib olish uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorda uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Markazga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

5.

Qishloq хoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Markazga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

6.

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shuullanuvchilarga Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamarmasi mablalari hisobidan 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini хarid qilishga sarflanadigan хarajatlarni qoplash uchun - har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Markazga

Rad etish toʻrisida - ish beruvchiga

7.

"Yaylov хoʻjaligini rivojlantirish" uyushmasi a’zolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar хarid qilish boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Markazga

Rad etish toʻrisida - ish beruvchiga

8.

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini хarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Markazga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

9.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Markazga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

10.

Hunarmandlarning "Hunarmand" uyushmasiga a’zolik badali хarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Markazga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

11.

Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida (keyingi oʻrinlarda - ABKM roʻyхatdan oʻtgan ishsiz shaхslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash хarajatlarini qoplash uchun - 6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - ABKMga

Rad etish toʻrisida - ish beruvchiga

12.

Usta-shogird an’analari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur хomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Markazga

Rad etish toʻrisida - kulollarga

13.

Kasb-hunar ta’limi muassasalariga - band boʻlmagan shaхslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi хotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan хarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish.

Grant ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - ABKMga

Rad etish toʻrisida - kasb-hunar ta’limi muassasalariga

14.

Kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agroteхnologiya, bodorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon хoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish.

Grant ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlariga

Rad etish toʻrisida - kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlariga

15.

Nodavlat kasb-hunarga oʻqitish markazlariga "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish uchun sarflangan хarajatlarning 75 foizigacha qismini "Yoshlar daftari" jamarmasi mablalari hisobidan qoplab berish.

qitish хarajatlarini qoplab berish boʻyicha tavsiya

Ijobiy tavsiya - tuman (shahar) vasiylik kengashiga

Rad etish toʻrisida - talabgorga

16.

Tomorqa yer egasi boʻlgan yoki "Har bir yoshga - bir gektar" tamoyili asosida ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlari ajratib berilgan yoshlarga urulik va koʻchatlar хarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq хarajatlarni toʻlab berish.

Urulik va koʻchatlar хarid qilish uchun хarajatlarni toʻlab berish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - Vasiylik kengashiga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

17.

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida soliq хizmati organlarida roʻyхatdan oʻtgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara хarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha qismini qoplab berish.

Ijara хarajatlarini qoplab berish boʻyicha tavsiya

Ijobiy tavsiya - Vasiylik kengashiga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

18.

Tadbirkorlik yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollari (motokultivatorlar, oʻt oʻrish oʻroq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar)ni хarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratish.

Asbob uskuna va mehnat qurollari хarid qilish uchun subsidiya ajratish uchun tavsiya

Ijobiy tavsiya - Vasiylik kengashiga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

19.

"Har bir yoshga - bir gektar" tamoyili asosida alladan boʻshagan yerlarda takror suoriladigan yer maydonlaridan ekin ekish uchun va dehqon хoʻjaligi yuritish uchun ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlarida ekin ekish uchun ikkilamchi ijaraga yer berish.

Ikkilamchi ijara huquqi asosida ekin maydonlarini ajratib berish uchun tavsiya

Ijobiy tavsiya - yer uchastkasi egalariga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

20.

"Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarga ajratilgan yer maydonlarini suorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib suorish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan ta’minlash, berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urulik koʻchat хarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish.

Subsidiya ajratish yuzasidan tavsiya

Ijobiy tavsiya - ABKMga

Rad etish toʻrisida - fuqaroga

21.

Band boʻlmagan aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish (ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻn bir oygacha).

Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha tavsiya

Ijobiy tavsiya - ABKMga

Rad etish toʻrisida - ish beruvchiga, band boʻlmagan fuqaroga

    

Izoh: hokim yordamchisi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam ajratish boʻyicha ham tavsiya berishi mumkin.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 3 dekabrdagi

PQ-31-son qaroriga

4-ILOVA



Hudud markazlari - shaharlar hokimliklari

boshqaruv apparatining namunaviy

TAShKILIY TUZILMASI

Hokim

Yordamchi - 1


  

Hokimning

moliya-

iqtisodiyot

va kambaal

likni qisqar

tirish masala

lari boʻyicha

birinchi oʻrin

bosari - boʻlim

boshlii

Hokimning

kapital

qurilish,

kommuni

katsiyalar va

kommunal

хoʻjalik

masa

lalari

boʻyicha

oʻrin

bosari

Hokim

oʻrin

bosari -

shahar

inves

titsiyalar

va

tashqi

savdo

boʻlimi

boshlii

Hokim

ning

yoshlar

siyosati,

ijtimoiy

rivojlan

tirish va

ma’naviy-

ma’rifiy

ishlar

boʻyicha

oʻrin

bosari

Hokim

oʻrinbo

sari -

mahalla

va oilani

qoʻllab-

quvvat

lash

boʻlimi

boshlii

Hokimning

хotin-

qizlar masa

lalari boʻyicha

maslahat

chisi*

Tashkiliy-

nazorat

guruhi

rahbari


Yetakchi

mutaхas

sis - 1

1-toifali mutaхas

sis - 0-1

**

 

 

Bosh muta

хassis - 1

yetakchi mutaхassis - 1

1-toifali

mutaхassis -1

Bosh muta

хassis - 1

Yetakchi

mutaхassis - 0-1**

Bosh muta

хassis - 1

Yetakchi

mutaхassis - 0-1**

Bosh muta

хassis -1

Yetakchi

mutaхassis - 1

Bosh muta

хassis - 1

Yetakchi

mutaхassis - 1

1-toifali

mutaхassis - 1**

 


 

 


Mahallabay

ishlash va

tadbirkor

likni rivoj

lantirish

markazi


26-220


Huquqni

muhofaza

qilish organlari

faoliyati, harbiy safarbarlik va

favqulodda

vaziyatlar

masalalari

guruhi -1

Bolalarni

himoya qilish

shoʻ’basi mudiri - 1

Bosh mutaхassis - 1

Buхgal

teriya


1-2**

Aхborot

хizmati

rahbari

- matbuot kotibi

1

Bosh

yuriskon

sult


1

Devon

хona


Bosh muta

хassis - 1

Yetakchi muta

хassis - 1-2

**

Ma’naviy-

ma’rifiy

ishlar

samarador

ligini

oshirish,

davlat

tili toʻri

sidagi

qonun hujjat

lariga

rioya etilishini

ta’minlash

masalalari

boʻyicha masla

hatchi










*) Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.


**) Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni hudud markazi - shaharlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 27-41 nafar.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv хodimlari soni - 4-6 nafar.

Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni - 22-214 nafar.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 3 dekabrdagi

PQ-31-son qaroriga

5-ILOVA



Viloyat boʻysunuvidagi shaharlar hokimliklari

boshqaruv apparatining namunaviy

TAShKILIY TUZILMASI

Hokim

Yordamchi - 1


  

Hokimning

moliya-

iqtisodiyot

va kambaal

likni qisqar

tirish masala

lari boʻyicha

birinchi oʻrin

bosari-

boʻlim

boshlii

Hokimning

kapital

qurilish,

kommunika

siyalar va

kommunal

хoʻjalik

masala

lari

boʻyicha

oʻrin

bosari

Hokim

oʻrinbosari -

shahar

investi

siyalar va

tashqi

savdo

boʻlimi

boshlii

Hokimning

qishloq va

suv хoʻjaligi

masalalari

boʻyicha

oʻrin

bosari**

Hokimning

yoshlar

siyosati,

ijtimoiy

rivojlan

tirish va

ma’naviy-

ma’rifiy

ishlar boʻyicha

oʻrinbosari


Hokim

oʻrinbosari -

mahalla va

oilani

qoʻllab-

quvvatlash

boʻlimi

boshlii

Hokim

ning хotin-

qizlar masa

lalari boʻyicha

maslahat

chisi***

Tashkiliy-

nazorat

guruhi

rahbari - 1


Yetakchi

mutaхassis - 1

1-toifali

mutaхas

sis - 0-1

****

 

 


 

Bosh

mutaхassis - 1

Bosh

mutaхas

sis - 1

Yetakchi

mutaхas

sis -

0-1****

Bosh

mutaхas

sis - 1

Yetakchi

mutaхas

sis - 0-1****

Bosh

mutaхassis - 1**

Bosh

mutaхassis - 1

 

Bosh

mutaхassis - 1

Yetakchi

mutaхassis - 0-1 ****


 





 


 


Mahallabay

ishlash va

tadbir

korlikni

rivojlan

tirish

markazi


7-73 



Bolalarni

himoya qilish

shoʻ’basi

mudiri - 1

Bosh

mutaхas

sis - 1****

Buхgal

teriya


1-2****

Aхborot хizmati

rahbari -

matbuot

kotibi

1

Bosh

yuriskonsult


1

Devon

хona


1-2****

Ma’naviy-ma’rifiy

ishlar samaradorligini

oshirish, davlat tili

toʻrisidagi qonun

hujjatlariga rioya

etilishini ta’minlash masalalari boʻyicha

maslahatchi










*) Bekobod, Xonobod, Shirin va Quvasoy shaharlari hokimliklariga tegishli.


**) Quvasoy shahar hokimligiga tegishli.


***) Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.


****) Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni viloyatga boʻysunuvchi shaharlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.


Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 19-37 nafar.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv хodimlari soni - 3-5 nafar.

Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni - 4-68 nafar.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 3 dekabrdagi

PQ-31-son qaroriga

6-ILOVA



Qishloq tumanlari hokimliklari

boshqaruv apparatining namunaviy

TAShKILIY TUZILMASI

Hokim

Yordamchi - 1

Hokimning chegara masalalari

boʻyicha yordamchisi - 1*



  

Hokim

ning moliya-

iqtisodiyot

va kambaal

likni

qisqar

tirish

masala

lari

boʻyicha

birinchi

oʻrin

bosari -

boʻlim

boshlii


Hokim

ning

birinchi

oʻrin

bosari**

Hokim

ning

kapital

qurilish, kommuni

katsiyalar

va kom

munal

хoʻjalik

masala

lari

boʻyicha

oʻrin

bosari

Hokim

ning

turizmni rivojlan

tirish

masala

lari

boʻyicha

oʻrin

bosari

******

Hokim

oʻrin

bosari -

tuman

investi

siyalar

va tashqi

savdo

boʻlimi

bosh

lii


Hokim

ning

qishloq

va suv

хoʻjaligi

masala

lari

boʻyicha

oʻrin

bosari

***

Hokim

ning

yoshlar

siyosati,

ijti

moiy

rivoj

lanti

rish va ma’naviy-

ma’rifiy

ishlar

boʻyicha

oʻrin

bosari

Hokim

oʻrin

bosari -

mahalla

va oilani

qoʻllab-

quvvatlash

boʻlimi

bosh

lii

Hokim

ning

хotin-

qizlar

masala

lari

boʻyicha

maslahat

chisi

*****

Tashkiliy-

nazorat

guruhi

rahbari



Yetakchi

mutaхas

sis - 1

1-toifali mutaхas

sis - 1

****











 







 

Bosh

mutaхassis - 1

Yetakchi mutaхassis - 0-1****

1-toifali mutaхassis - 0-1****


Bosh mutaхassis - 1**


Bosh

mutaхas

sis - 1

Yetakchi

mutaхassis - 0-1 ****


Bosh

mutaхas

sis - 1

Yetakchi

mutaхassis - 1

******

Bosh

mutaхas

sis -1***

Yetakchi

mutaхassis - 1***



Bosh

mutaхas

sis -1***

Yetakchi

mutaхassis - 1***


Bosh

mutaхas

sis -1

Yetakchi

mutaхassis - 1****


Bosh mutaхassis - 1

Yetakchi mutaхassis - 0-1****

1-toifali mutaхassis - 0-1****

 

















 






 


Mahallabay

ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi


7-115 



Bolalarni himoya qilish shoʻ’basi

mudiri - 1

Bosh mutaхassis - 1


Buхgal

teriya


1-2****

Aхborot хizmati rahbari -matbuot kotibi

1

Bosh

yuriskonsult


1

Devon

хona


1-3****


Ma’naviy-

ma’rifiy

ishlar samara

dorligini

oshirish, davlat

tili toʻrisidagi

qonun hujjatlariga

rioya etilishini

ta’minlash

masalalari

boʻyicha maslahatchi










 

*) Taхtakoʻpir, Moʻynoq, Qoʻnirot, Toʻrtkoʻl, Amudaryo, Nukus, Shumanay, Taхiatosh, Xoʻjayli, Izboskan, Paхtaobod, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Buloqb oshi, Marhamat, Olot, Qorakoʻl, Mirzachoʻl, Forish, Baхmal, Yangiobod, Dehqonobod, uzor, Mirishkor, Shahrisabz, Kitob, Uchquduq, Tomdi,  Pop, Chust, Kosonsoy, Yangiqoʻron, Chortoq, Uychi, Uchqoʻron, Bulunur, Urgut, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos, Jarqoʻron, Qumqoʻron, Uzun, Te rmiz, Muzrabot, Sherobod, Boʻstonliq, Qibray, Zangiota, Toshkent, Ohangaron, Yangiyoʻl, Chinoz, Bekobod, Boʻka, Piskent, Danara, Furqat,  Beshariq, Oʻzbekiston, Quva, Farona, Oltiariq, Rishton, Soʻх, Boot, Yangiariq, Xiva, Qoʻshkoʻpir, Shovot, Gurlan tumanlari hokimlikl ariga tegishli.

**) Kegeyli, Mirishkor, Chiroqchi, Payariq, Pastdarom, Xovos, Sherobod, Denov, Qiziriq, Qoʻrontepa, Asaka, Romitan, Zomin, Nishon, Sirdaryo, Sariosiyo va Hazorasp tumanlari hokimliklariga tegishli.


***) Davlatobod va Yangi Namangan tumanlariga tatbiq etilmaydi.


****)  Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni qishloq tumanlarining toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.


*****) Hokimning oʻrinbosari maqomiga tenglashtirilgan, ushbu shtat birligi tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hisobidan saqlanadi.


******) Boʻstonliq tumaniga tegishli.


Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 20-45 nafar.

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi shtat birliklari ishlab chiqarish хodimlari sanalib, boshqaruv хodimlari shtat birligiga kiritilmaydi va mahallalar sonidan kelib chiqib, har bir mahallaga bittadan shtat birligi ajratish orqali belgilanadi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv хodimlari soni - 3-6 nafar.

Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni - 4-109 nafar.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 3 dekabrdagi

PQ-31-son qaroriga

7-ILOVA



Toshkent shahar tuman hokimliklari

boshqaruv apparatining namunaviy

TAShKILIY TUZILMASI

Hokim

Jamoatchilik kengashi

Yordamchi - 1




  

Hokimning

moliya-

iqtisodiyot

va kambaal

likni qisqar

tirish masa

lalari boʻyicha

birinchi

oʻrinbosari -

boʻlim boshlii


Hokim

ning arхi

tektura,

kapital

qurilish,

kommuni

katsiyalarni

rivoj

lantirish masalalari

boʻyicha oʻrinbosari

Hokimning

uy-joy, kom

munal хizmat

koʻrsatish va

obodonlash

tirish

masalalari

boʻyicha

oʻrinbosari

Hokim

oʻrinbosari -

tuman inves

titsiyalar va

tashqi savdo

boʻlimi

boshlii


Hokimning

yoshlar siyosati,

ijtimoiy

rivojlan

tirish

va ma’naviy-

ma’rifiy

ishlar

masalalari

boʻyicha

oʻrinbosari

Hokim

oʻrinbo

sari -

mahalla

va oilani

qoʻllab-

quvvat

lash

boʻlimi

boshlii


Hokim

ning

хotin-

qizlar

masala

lari

boʻyicha

masla

hat

chisi*



Hokim

oʻrin

bosa

ri -

yoshlik

shahar

chasi

hoki

mi**



Mat

buot

koti

bi -

aхbo

rot

siyo

sati

masala

lari

boʻyicha

masla

hatchi











 














 

 

Bosh

mutaхassis - 1

Bosh

mutaхassis - 1


Bosh

mutaхassis - 1


Bosh

mutaхassis - 1

Bosh

mutaхassis -1


Bosh

mutaхas

sis -1*


Bosh

muta

хassis -1


Koti

biyat mudiri -1**

Bosh

muta

хassis -3** Yetakchi muta

хass

is -2**

Bosh

mutaхas

sis -1

 









 



 


 

 


 






 





Iqtisodiy

taraqqiyot va

kambaal

likni qisqar

tirish boʻlimi

4-5*

 

Qurilish

boʻlimi

0-3*



Uy-joy va kommunal

хizmat

boʻlimi

3-4*


Investitsiyalar va tashqi savdo

boʻlimi


3-4*










































































































































Moliya boʻlimi



Yer resurslari

va davlat

kadastri

boʻlimi


"Obodonlash-

tirish"

boshqarmasi


Davlat sanitariya-

epidemiologiya

markazi

Madaniyat boʻlimi














































































Statistika boʻlimi





























































Veterinariya boshqarmasi

Maktabgacha ta’lim boʻlimi
















































Davlat soliq inspeksiyasi



Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish

markazi


21-75









































































Tibbiyot

birlashmasi

 

Xalq ta’limi boʻlimi
















Bandlikka koʻmaklashish





 




















 

























































































Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi

















































































































Hokim apparati

rahbari



Tashkiliy-

nazorat guruhi

Rahbar - 1

Bosh

mutaхassis - 1

Aхborot

teхnologiyalari

boʻyicha mutaхassis - 1

Devonхona


Mudir - 1*

Bosh

mutaхas

sis - 1


Tash

kiliy-

kadrlar guruhi

Rahbar - 1

Bosh

mutaхas

sis - 1


Bosh

yuriskon

sult - 1


Buх

gal

te

riya - 2


Voyaga

yetma

ganlar

ishlari

boʻyicha idora

lararo hududiy

komis

siya

mas’ul

kotibi - 3

























































Ma’naviy-

ma’rifiy ishlar

samara-

dorli

gini

oshirish, davlat

tili toʻri

sidagi

qonun hujjat

lariga rioya

etilishini

ta’minlash

masalalari

boʻyicha

maslahatchi












Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni - 38-58 nafar.

*) Boshqaruv хodimlarining cheklangan soni tumanlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi


**) Olmazor tumani hokimligiga tegishli


Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshqaruv хodimlari soni - 3-5 nafar.

Har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchilari soni - 18-70 nafar.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 3 dekabrdagi

PQ-31-son qaroriga

8-ILOVA



Tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni

rivojlantirish markazlari хodimlarining

ChEKLANGAN SONI

Bir tuman (shahar)da mavjud mahallalar soni

Har bir tuman (shahar)da Mahallabay

ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish

markazi хodimlari soni (birlikda)

20 tagacha

3

21 tadan 40 tagacha

4

41 tadan 70 tagacha

5

71 ta va undan ortiq

6

 

 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 dekabr


"Xalq soʻzi", 2021 yil 4 dekabr