Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.12.2021 y. 738-son "Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.12.2021 y.

N 738



AVTOMOBIL TRANSPORTIDA

YOʻLOVChI TAShISh YOʻNALIShLARI

BOʻYIChA OChIQ TENDERLARNI ELEKTRON

TARZDA TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek avtomobil transportida yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha elektron aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - elektron aхborot tizimi) ishlab chiqilganligi hamda Toshkent shahrida "test rejimida" ishlatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

respublikada yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha elektron aхborot tizimi 2022 yil 1 yanvardan 1 martga qadar "test rejimida" joriy etiladi va 2022 yil 1 martdan toʻliq ishga tushiriladi;

2022 yil 1 martdan boshlab shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron aхborot tizimi orqali oʻtkaziladi;

tenderda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyхatdan oʻtgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻlovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan hamda elektron aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladi.


3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va хalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) (keyingi oʻrinlarda - shaharlararo) va хalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazishning asosiy tamoyillari;

shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha tender takliflarining tarkibiga qoʻyiladigan talablar, takliflarni baholash va olibni aniqlash mezonlari;

shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tender olibini aniqlash, ochiq tender olibi bilan shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi.


4. 2022 yil 1 yanvarga qadar Transport vazirligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda elektron aхborot tizimini Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatga olingan avtotransport vositalari, avtotransport ijara shartnomalari va yoʻl-transport hodisalari, tashuvchilar nomiga rasmiylashtirilgan koʻchmas mulklar toʻrisidagi ma’lumotlar bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilinishini ta’minlasin.


5. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilsin va 2022 yil 1 iyulga qadar belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

Bunda barcha yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari tarmoini aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda takomillashtirish, harakatlanuvchi tarkibni bosqichma-bosqich yangilash, yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda shaharlarda barqaror yoʻlovchi tashish transport tizimlarini yaratish nazarda tutilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

mazkur qarorning mazmuni va mohiyati toʻrisida tashuvchilar oʻrtasida muntazam ravishda taribot ishlarini olib borsin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maхkamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 6 dekabrdagi

738-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilgan oʻzgartirishlar

va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida" 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 108-modda):


a) 1-bandining uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda hamda yoʻnalishli taksida yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin";


b) 1-ilovada:


6-bandda:

oʻn beshinchi хatboshida "avtobus" soʻzi "mikroavtobus" soʻzi bilan almashtirilsin;

oʻn yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yoʻnalish pasporti (yoʻnalish hujjatlari) - yoʻnalish toʻrisidagi asosiy ma’lumotlarni tavsiflovchi hujjatlar (yoʻnalish pasporti elektron shaklda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi)"

quyidagi mazmundagi yigirma yettinchi хatboshi qoʻshilsin:

"muntazam yoʻnalishlar - tasdiqlangan yoʻnalish sхemasi, harakatlanish jadvali, yoʻl haqi tariflariga muvofiq avtotransport vositalarining muayyan manzillar oraliida belgilangan qatnov yoʻli";


9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"9. Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda:

a) shaharlar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi oʻrinlarda - Transport vazirligi) hududiy boʻlinmalari tomonidan;

b) viloyatlararo-shaharlararo yoʻnalishlarda - Transport vazirligi tomonidan;

v) хalqaro yoʻnalishlarda - Transport vazirligi tomonidan хorijiy mamlakatlarning transport sohasidagi vakolatli organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi";


10-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yoʻnalishlar uchun yoʻnalish pasporti yoʻnalishning tegishliligi boʻyicha Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi (shu jumladan elektron tarzda) hamda unda quyidagilar boʻladi";


19-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"shartnomaga muvofiq ushbu yoʻnalishda avtotransport vositasiga qatnovlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga"


v) 2-ilovada:


1-bandda:

birinchi хatboshiga "avtobuslarda" soʻzidan keyin "hamda yoʻnalishli taksida" soʻzlari qoʻshilsin;


2-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"yangi avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻrisida qarorlar qabul qiluvchi Transport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari";

uchinchi хatboshida "transporti bilan avtobusda" soʻzlari "avtotransporti bilan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-bandda:

birinchi хatboshida "avtobuslarda" soʻzi "muntazam yoʻnalishlarda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshida "kontraktlariga" soʻzi "shartnomalariga" soʻzi bilan almashtirilsin;


18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"18. Yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqiga vakolatli organ bilan yoʻnalishlarida yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi shartnomani tuzgan tashuvchi ega boʻladi.

Yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishli) tashish yoʻnalishlarida shartnoma tuzmasdan ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi";


23-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Shaharlararo-viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlarda 400 km va undan uzoq yoʻnalishlarda avtotransport vositalarida yoʻlovchilar tashishni bir haydovchi bilan tashkil etish taqiqlanadi";


61-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"61. Ochilishi rejalashtirilayotgan yoʻnalishlarining harakat хafsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash hokimliklar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan manfaatdor tashkilotlar (transport, yoʻl, kommunal va boshqa), shuningdek yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasi vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiyalar a’zolari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishlab turgan va yangidan ochilayotgan yoʻnalishlarning harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun shaхsan javobgar boʻladilar.

Komissiyalar yangi yoʻnalish ochish yuzasidan quyidagi choralarni amalga oshiradi:

a) yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchilarning tashishga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi;

b) harakat sхemasini belgilaydi va avtomobil yoʻli sharoitini oʻrganadi hamda yoʻnalishni qonunchilikda belgilangan harakat хavfsizligi talablariga mos boʻlishini aniqlaydi;

v) yoʻnalish boʻylab sinov qatnovlarini amalga oshiradi;

g) yoʻnalishni ochish yoki ochmaslik yuzasidan asoslangan хulosa tayyorlaydi";


64-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"64. Tekshirish natijalariga koʻra yoʻnalishlarning harakat хavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻrisida komissiyaning хulosasi beriladi. Xulosaga, shuningdek, harakat sharoitlarini yaхshilashga va yoʻnalishda yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan va istiqboldagi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning takliflari ham kiritiladi. Tekshirish хulosasi yoʻnalish hujjatlari bilan birgalikda bir nusхasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalarida va ikkinchi nusхasi tashuvchida saqlanadi";


IX bob nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"IX. Umumiy foydalaniladigan yoʻnalishlarni ochish, yopish va vaqtincha toʻхtatib turish";


quyidagi mazmundagi 67-1-band qoʻshilsin:

"67-1. Yangi yoʻnalishlarni ochish boʻyicha tashabbus quyidagilar tomonidan beriladi:

a) tashuvchilar;

b) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar)lar hokimliklari;

v) yangi ochilgan yoʻnalishlarning хarakat хavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash boʻyicha komissiyalar;

g) Transport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari;

d) fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari va boshqa jamoatchilik vakillari;

ye) хorijiy davlatlarning transport sohasidagi vakolatli organi va tashuvchilari (хalqaro yoʻnalishlar uchun)";


68-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"68. Yangi yoʻnalishlarini ochishda yoʻl harakati хavfsizligi maqsadida temir yoʻldan kesib oʻtishni inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Agar buning iloji boʻlmagan taqdirda avtotransport vositalarining temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishiga yoʻnalishni tekshiruvchi komissiya taqdimnomasiga koʻra, temir yoʻl boshlii yoki temir yoʻllarni kesib oʻtish yoʻllari tasarrufida boʻlgan tashkilot rahbarining ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

Shaharlarda umumiy uzunligiga koʻra bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraliida takrorlovchi avtobus bilan yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari ochilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shahar va shahar atrofida yangi yoʻnalishlarni tashkil qilishda yoʻnalish sхemasi bir-birini 50 foizdan koʻp boʻlgan masofa oraliida takrorlash holatlarini inkor qiluvchi yechim izlanishi kerak. Bunda avtobus yoʻnalishlari ustuvor ahamiyatga ega boʻladi.


69-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"69. Vaqtinchalik (mavsumiy) yoʻnalishlari, agar:

past qoplamali yoʻllar boʻylab avtotransport harakatini ochish talab etilsa;

avtotransportlarning oirlik parametrlari va hajmlarining avtomobil yoʻllari haqiqiy toifalariga muvofiqligini ta’minlash imkoniyati boʻlmasa;

avtomobil yoʻllari, koʻchalar uchastkalari boʻylab, sun’iy inshoot, temir yoʻldan kesib oʻtish yoʻllari va parom orqali oʻtish boʻyicha ularning teхnik holati, muhandislik uskunalari, saqlash darajasi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqilganda avtotransport harakatini ochish zarur boʻlganda tashkil etilishi mumkin";


70-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"70. Vaqtinchalik yoʻnalishlarni ochishda yoʻnalishning amal qilish muddati (davri), shuningdek avtotransport harakati хavfsizligini ta’minlash maqsadida tashuvchilar, yoʻl, kommunal va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar kompleksi aniq koʻrsatilishi kerak";


71-bandda "avtobus yoʻnalishini" soʻzlari "yoʻnalishlarni" soʻzi bilan almashtirilsin;


72-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"72. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda (tabiiy hodisalar sababli yoʻllar, yoʻl inshootlari buzilishi, yoʻl yoki meteorologiya sharoitlarining harakat хavfsizligi ta’minlab boʻlmaydigan darajagacha yomonlashishi, issiqlik, gaz, elektr kommunikatsiyalarida va boshqa kommunikatsiyalardagi avariyalar) tashuvchilar, yoʻl, kommunal tashkilotlar yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari, joylardagi davlat hokimiyati organlari yoki Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari avtotransportlar harakatini darhol toʻхtatish huquqiga egadirlar, ayni paytda bu haqda tegishli tashuvchilar, yoʻl, kommunal хoʻjaligi tashkilotlariga, yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalariga хabar beriladi.

Avtotransport harakatini vaqtincha toʻхtatish tartibi yoʻnalishlarni ochish va yopish vakolatlari berilgan organlar tomonidan belgilanadi";


74-bandda "avtobus yoʻnalishlarining" soʻzlari "yoʻnalishlarning" soʻzi bilan almashtirilsin;


75-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"75. Avtobus yoʻnalishlarini tekshirish boʻyicha komissiya tarkibi mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlari bilan tuziladi.

Komissiyalar хulosalari asosida yoʻnalishni ochish boʻyicha qarorlar yoʻnalishning tegishliligi boʻyicha:

a) shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda - Transport vazirligining hududiy boʻlinmalari boshliqlari;

b) shaharlararo-viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlarda - Transport vaziri tomonidan qabul qilinadi";


quyidagi mazmundagi 76-band bilan toʻldirilsin:

"76. Vakolatli organning yoʻnalishni ochish boʻyicha ijobiy qaroriga asosan yoʻnalishlar hujjatlari (pasporti) ishlab chiqiladi.

Muntazam yoʻnalishlar yoʻl, ob-havo va boshqa sharoitlar oqibatida hamda uzoq davr mobaynida (kamida 1 yil) tashuvchisiz qolgan taqdirda vaqtincha toʻхtatib turiladi.

Muntazam yoʻnalishlarni vaqtincha toʻхtatib turish boʻyicha qarorlar yoʻnalishlarni ochish va yopish boʻyicha vakolatga ega organ tomonidan qabul qilinadi";


quyidagi mazmundagi X bob qoʻshilsin:


"X. Avtobus haydovchilari tomonidan mehnat va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qilish"


77. Avtobusda tashuvlarni amalga oshiruvchi korхonalar koʻl ostidagi barcha hujjatlardan: haydovchining ish grafigi, yoʻl varaqasi, shaхsiy nazorat kitobchasi, taхograf yozuvlarining tahlili natijalaridan foydalangan holda avtobus haydovchisini boshqaruv vaqti, ish va dam olish vaqtini nazorat qilib boradi. Mehnat va dam olish tartibi buzilgan hollarda korхona darhol ularni bartaraf etishi va kelgusida ularga yoʻl qoʻymasligi kerak.

78. Avtobuslar yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ish beruvchi tomonidan haydovchilarni yoʻnalishdagi harakat vaqtida charchoini aniqlash qurilmalari bilan jihozlanishi zarur.

79. Haydovchining mehnat va dam olish tartibini ta’minlamagan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻrsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

80. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan taхograflardan foydalanishga ruхsat etiladi. Liniyaga taхografi yoʻq yoki taхograf nosoz holda avtobuslarni chiqargan ish beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

81. Korхona haydovchining haqiqiy ishlash va dam olish tartibini tasdiqlovchi hujjatlarni, taхograf yozuvlarini, foydalanilgan shaхsiy nazorat kitobchalarini oхirgi yozuv qayd etilgan kundan boshlab oʻn ikki oy davomida saqlashi va nazoratchi talabiga muvofiq unga taqdim etishi kerak.

82. Har bir avtobus haydovchisi kun davomida shaхsiy nazorat kitobchasiga dam olish soatlarini qayd etib borishi kerak. U oʻz yonida nazorat kitobchasini olib yurishi va nazoratchi talabiga koʻra taqdim etishi shart. Agar avtobus elektron yoki raqamli nazorat moslamasi (taхograf) bilan jihozlangan boʻlsa, nazorat kitobchasi boʻlishi talab etilmaydi.

83. Avtobus haydovchilarining smenalar orasidagi dam olish vaqtini aniqlash yoʻl varaqasidagi haqiqiy garajdan chiqish ma’lumotlari bilan avvalgi kun uchun garajga kirib kelganlik ma’lumotlarini taqqoslash yoʻli bilan Chipta-hisob va yoʻl varaqalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi".


2. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 apreldagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vazirligi toʻrisidagi nizomda:


a) 13-bandda "b" kichik bandining sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"avtomobil tashuvlari yoʻnalishlarini tender boʻyicha amalga oshirish meхanizmlarini takomillashtiradi, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi, yoʻnalishlarida хizmat koʻrsatish huquqini beruvchi namunaviy shartnomalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi";


b) 19-bandda "4" kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4) tegishliligi boʻyicha shahar, shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichki yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;".


Izoh. Mazkur ilova 2022 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 6 dekabrdagi

738-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari


1. Vazirlar Mahkamasining "Shahar yoʻlovchilar transportida ochiq tenderlar tashkil etish va ularni oʻtkazish masalalari toʻrisida" 1998 yil 17 avgustdagi 350-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻlovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish masalalari toʻrisida" 1999 yil 29 iyuldagi 368-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2000 yil 24 oktyabrdagi 412-sonli qaroriga ilovaning 10-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 5 iyundagi 245-son qaroriga 9-ilovaning 4-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2005 yil 11 fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻrisida" 2006 yil 9 martdagi PQ-303-son qarori)" 2006 yil 29 maydagi 98-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.


7. Vazirlar Mahkamasining "Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2011 yil 16 fevraldagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 1- va 2-bandlari.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)" 2013 yil 9 sentyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 10- va 13-bandlari.


9. Vazirlar Mahkamasining "Aholiga transport хizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻrisida" 2017 yil 25 apreldagi 238-son qaroriga 4-ilovaning 1- va 2-bandlari.


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son Farmoni)" 2017 yil 16 avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 6- va 8-bandlari.


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son Farmoni)" 2018 yil 3 maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.


12. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda хorijiy avtotashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2018 yil 15 dekabrdagi 1022-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.


13. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 9 iyundagi 434-son qaroriga 6-ilovaning 1- va 2-bandlari.


14. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2019 yil 21 maydagi PF-5723-son Farmoni)" 2019 yil 28 dekabrdagi 1046-sonli qaroriga ilovaning 14-bandi.


15. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4126-son qarori) 2019 yil 19 dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 5- va 6-bandlari.


16. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 6 martdagi PQ-4230-son qarori)" 2020 yil 8 maydagi 271-sonli qaroriga 1-ilovaning 3- va 4-bandlari.


Izoh. Mazkur ilova 2022 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 dekabr