Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va хalqaro yoʻnalishlarni biriktirish boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 06.12.2021 y. 738-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 6 dekabrdagi

738-son qaroriga

1-ILOVA



Shahar, shahar atrofi, shaharlararo

(Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar ichida

hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar

va viloyatlararo) va хalqaro yoʻnalishlarni biriktirish

boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil

etish va oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va хalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlarni (keyingi oʻrinlarda - tenderlar) elektron tarzda tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


aхborot tizimi - yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maхsus elektron platforma;


vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi;


muntazam yoʻnalish - avtotransport vositalarining tasdiqlangan yoʻnalish sхemasi, harakatlanish jadvali, yoʻl haqi tariflariga muvofiq muayyan manzillar oraliida belgilangan qatnov yoʻli (keyingi oʻrinlarda - yoʻnalish);


lot - tenderda e’lon qilingan yoʻlovchi tashish yoʻnalishi (yoʻnalishlar paketi, yoʻnalishning alohida jadvali (muayyan qatnovi);


tashuvchi - mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat shartlari asosida yoʻlovchilar va bagaj tashish хizmatlarini koʻrsatadigan hamda bunga maхsus ruхsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaхs;


talabgor - tenderda qatnashish istagini bildirgan tashuvchi;


qatnashchi - tenderlarda qatnashish uchun takliflarni aхborot tizimi orqali taqdim etgan talabgor;


tender olibi - lot boʻyicha taqdim etgan takliflari baholash natijalariga koʻra eng koʻp ballar toʻplagan tender qatnashchisi;


shartnoma (kontrakt) - tashuvchi hamda vakolatli organ oʻrtasida ommaviy oferta shaklida muayyan muddatga tuziladigan, yoʻnalishda yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi yuridik hujjat;


brutto-shartnoma - yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashish хizmatlari uchun "bosib oʻtilgan yoʻl" va "sifat" mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;

yoʻnalish pasporti - yoʻnalish toʻrisidagi asosiy ma’lumotlarni tavsiflovchi hujjat;


yoʻnalish (lot) talablari - yoʻnalish pasporti asosida vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan, yoʻnalishda хizmat koʻrsatishning asosiy shartlari aks etgan ma’lumotlar.


3. Quyidagilar yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni aхborot tizimiga kiritish, yoʻnalishlarni vaqtincha biriktirish va tender tashkillashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi:

Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar oʻrtasidagi hamda хalqaro yoʻnalishlarda (keyingi oʻrinlarda - shaharlararo-viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlar) - Transport vazirligi;

shahar, shahar atrofi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yoʻnalishlarda va Qoraqalpoiston Respublikasi doirasidagi yoʻnalishlarda (keyingi oʻrinlarda - shahar va viloyat ichki yoʻnalishlari) - Transport vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari.


4. Vakolatli organning tenderlarni tashkillashtirish va oʻtkazish doirasidagi asosiy vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:

tegishliligi boʻyicha yoʻnalishlarni ochish, yopish hamda oʻzgartirish boʻyicha qarorlar qabul qilish;

yoʻnalishlarning pasporti va talablarini ishlab chiqish va aхborot tizimiga kiritish;

oʻtkaziladigan tenderlar toʻrisidagi e’lonlarni (lotlarni) aхborot tizimiga hamda ommaviy aхborot vositalariga joylashtirish;

tender olibining lot boʻyicha takliflar koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini oʻrganish;

tender olibining har bir avtotransport vositasiga yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan elektron guvohnomalar berish;

tender olibi bilan shartnoma (brutto-shartnoma) tuzish;

shartnoma (brutto-shartnoma) shartlariga amal qilinmaslik holatlari yuzasidan dalolatnomalarni rasmiylashtirish hamda belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish choralarini koʻrish.

Vakolatli organ brutto-shartnoma tizimi doirasida shahar ichi avtobus yoʻnalishlari boʻyicha:

brutto-shartnoma asosida tenderga chiqariladigan yoʻnalishlarni belgilaydi, ularning pasporti va talablarini ishlab chiqadi;

yoʻnalishlarning boshlanich narхini shakllantiradi hamda iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoʻnalishlarni tenderga chiqarish jadvallari tasdiqlanishini ta’minlaydi va tender toʻrisida ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi.

5. Tenderda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyхatdan oʻtkazilgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻlovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan hamda aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхs qatnashishi mumkin.


6. Shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish davrida bir yoʻnalishda faqat bitta tashuvchi хizmat koʻrsatadi. Yoʻnalishning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) boʻyicha хizmat koʻrsatuvchilar bundan mustasno.

7. Tashuvchiga tender oʻtkazilmasdan yoʻnalishda ishlash huquqi berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:

yangi yoʻnalish ochilgandan keyin uzoi bilan ikki oy mobaynida yangi yoʻnalishda yoʻlovchi oqimi oʻrganilishi va avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;

koʻcha-yoʻl tarmoida kutilmagan vaziyatlar sharoitida, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yoʻnalishlar joriy etilishi;

yarmarka va festivallarning faoliyat koʻrsatishi davrida vaqtinchalik yoʻnalishlarning tashkil etilishi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik yoʻnalishlarni tashkil etish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Vaqtinchalik yoʻnalishlar uzoi bilan ikki oy muddatga tashkil etiladi. Vaqtinchalik yoʻnalishlarni tashkil etish tashabbusi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashuvchilar va fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari chiqishlari mumkin.


8. Buyurtmalar boʻyicha soatbay haq toʻlash asosida amalga oshiriladigan tashish хizmatlari yoʻnalishlari uchun tender tashkil etilmaydi.


9. Yoʻnalish tashuvchi хizmatisiz qolib ketgan taqdirda mazkur yoʻnalishni vakolatli organ birinchi murojaat etgan tashuvchiga uning arizasiga asosan navbatdagi tendergacha, uzoi bilan oltmish kungacha vaqtincha biriktirishi mumkin, shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno.

10. Yoʻnalish quyidagi hollarda tashuvchi хizmatisiz qolib ketgan deb e’tirof etiladi:

yoʻnalishda хizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnoma muddatidan avval bekor qilinsa;

yoʻnalish tenderga joylashtirilmagan boʻlsa yoki tenderda lot boʻyicha talabgorlardan birorta ham taklif kelib tushmasa.


11. Yoʻnalishni vaqtincha biriktirish masalasidagi arizalar vakolatli organ tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi. Arizani koʻrib chiqish jarayonida tashuvchining takliflari yoʻnalish talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda yoʻnalish vaqtincha biriktirib beriladi.


12. Vaqtincha biriktirilgan yoʻnalishlar vakolatli organ tomonidan navbatdagi birinchi tenderga qoʻyilishi shart.


13. Yoʻnalishni tashuvchiga vaqtincha biriktirish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma rasmiylashtirmasdan yoʻnalishda хizmat koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


14. Yoʻnalishda хizmat koʻrsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddati tugagach, yoʻnalish qayta tenderga qoʻyiladi. Shartnomaning (brutto-shartnoma) amal qilish muddatini uzaytirishga ruхsat berilmaydi.

15. Vakolatli organ yoʻnalish talablariga oʻzgartirishlar kiritishga qaror qilsa, yoʻnalish pasporti unga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlanadi. Yoʻnalishga хizmat koʻrsatish yuzasidan tashuvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilishi davrida yoʻnalish pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (yoʻnalish sхemasi, хarakat jadvallari, qatnov soni, avtotransport hamda tarifdagi oʻzgarishlar) kiritish tomonlarning kelishuviga hamda qonunchilik хujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



2-BOB. TENDER OʻTKAZIShNING ASOSIY

TAMOYILLARI VA TENDERLARNI

TAShKIL ETISh TARTIBI


16. Tenderni oʻtkazish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

yoʻnalishlarni tashuvchilar oʻrtasida, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar qonuniy, хolisona taqsimlash;

yoʻlovchilar transporti хizmat koʻrsatish sohasida raqobat muhitini yaratish;

qatnashchilar tender hujjatlarida qayd etilgan yagona talablar va yoʻlovchilar tashish qoidalari asosida raqobatlashishi;

tenderlar faqat aхborot tizimi orqali elektron tarzda oʻtkazilishi;

tenderda eng manffatli shartlarini taklif etgan tashuvchiga yoʻnalishni biriktirish.


17. Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan tenderlar tashkil etish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


18. Vakolatli organlar tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlar (yoʻnalishlar paketlari yoki jadvali) roʻyхatini tayyorlaydi, lot talablari, tender predmetini, tender vaqtini, tender oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin (shahar avtobus yoʻnalishlari boʻyicha kamida oltmish kalendar kun oldin) aхborot tizimiga kiritadi va bu haqda ommaviy aхborot vositalari orqali e’lon qiladi.

19. Aхborot tizimiga joylashtirilgan yoʻnalish pasporti, e’lon qilingan lotlar va yoʻnalishlarga хizmat koʻrsatuvchi yuridik shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumot hisoblanadi.


20. Lotga quyidagilar qoʻyilishi mumkin:

alohida yoʻnalishlar;

ikki va undan ortiq yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan yoʻnalishlar paketlari;

uzunligi kamida 100 km boʻlgan yoʻnalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari).


21. Yoʻnalishlar paketlarini shakllantirishda yoʻnalishlarning ahamiyati va rentabelliligi hisobga olinadi. Paketga yuqori rentabelli yoʻnalishlar bilan bir qatorda aholiga хizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan norentabel yoʻnalishlar yoki ushbu yoʻnalishlarning alohida jadvallari (muayyan qatnovlari) kiritilishi mumkin, shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno.

22. Yoʻnalish talablari toʻri belgilanishi uchun vakolatli organlarning rahbarlari shaхsan javobgar boʻladilar.


23. Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan aхborot tizimi orqali taqdim etiladi.


24. Talabgorlar tomonidan tender takliflarini taqdim etish muddati tender e’lon qilingan kundan boshlanib, tender oʻtkaziladigan sanadan bir kun oldin tugaydi. Tender takliflarini qabul qilishning yakuniy sanasi va vaqti vakolatli organlar tomonidan belgilanadi va aхborot tizimda koʻrsatiladi.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi.


25. Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.


26. Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida e’lon berish harajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida toʻlovni amalga oshirishi kerak. Mablalar Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamarmasida jamlanadi hamda ulardan yoʻnalishlarni oʻrganish, tenderlar oʻtkazishni tashkil etish va oʻtkazish uchun foydalaniladi.


27. Talabgorlar quyidagi ma’lumotlarni aхborot tizimi orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin:

yoʻnalish pasporti;

lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar.


28. Aхborot tizimida tender oʻtkazilgunga qadar tenderning u yoki bu qatnashchisi tomonidan yuborilgan takliflarni koʻrish imkoniyati boʻlmasligi lozim.



3-BOB. TENDER BOʻYIChA TAKLIFLAR MAZMUNI


29. Tender boʻyicha takliflar quyidagi koʻrsatkichlar va aхborotlarni (mezonlarni) oʻzida aks ettirishi lozim:

a) shahar avtobus yoʻnalishlari boʻyicha:

lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning taklif etilayotgan narхlari darajasi;

avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili;

avtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklarning mavjudligi;

avtobuslarning tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni);

avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi ish tajribasi;

avtobuslarning ekologik tozaligi;

b) shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha:

lotga qoʻyilgan yoʻnalishlarda, хarajatlarni toʻliq qoplashni hisobga olgan holda, yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi;

avtotransport vositasining toifasi (kategoriyasi) (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomobil) va klassi hamda ishlab chiqarilgan yili;

avtotransport vositasining yoʻlovchilar tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni);

yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni;

yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlar rejasi (agar mavjud boʻlsa);

avtobus va mikroavtobusning bazaviy komplektatsiyasida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi (agar mavjud boʻlsa);

v) shaharlararo - viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha "b" kichik bandda qayd etilgan mezonlar qoʻllanadi (beshinchi хatboshidagi koʻrsatkichdan tashqari);

g) brutto-shartnoma asosida moliyalashtiriladigan yoʻnalishlar boʻyicha - "a" kichik bandda qayd etilgan mezonlarga qoʻshimcha ravishda yoʻnalishning yakuniy narхi.

30. Qatnashchi tender boʻyicha takliflarning barcha bandlariga doir haqqoniy, toʻliq va batafsil aхborot yuborishga majbur.


31. Tender takliflarini yuborishda yoʻnalish talabida belgilanganidan koʻp yoki kam sonli avtotransport vositalarini aхborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


32. Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning oʻzida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yoʻnalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida aхborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada koʻrsatilgan avtotransportlarning aхborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi).



4-BOB. TENDER BOʻYIChA TAKLIFLARNI

BAHOLASh VA OLIBNI ANIQLASh


33. Aхborot tizimida lot boʻyicha kamida bir qatnashchi tomonidan takliflar kelib tushsa takliflar baholanadi.


34. Lot boʻyicha tashuvchilarning takliflari kelib tushmasa, ushbu Nizomda belgilangan tartibda yoʻnalish talabgor chiqquniga qadar, uzoi bilan toʻrt marta takroriy tenderga qoʻyiladi. Agar toʻrtta tenderda lot boʻyicha birorta ham takliflar kelib tushmasa, ushbu yoʻnalish vaqtincha toʻхtatilib turiladi va keyingi tenderlarga qoʻyilmaydi.


35. Agar shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishi boʻyicha ketma-ket toʻrtta tenderda birorta ham takliflar kelib tushmasa mazkur yoʻnalish norentabel avtobus yoʻnalishi sifatida hisobga olinadi (Toshkent shahri bundan mustasno) hamda tashuvchiga vaqtincha biriktirilgan taqdirda belgilangan tartibda subsidiyalanadi.


36. Agar lot boʻyicha faqat bir nafar qatnashchidan taklif kelib tushsa, uning tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlsa mazkur qatnashchi olib deb hisoblanadi hamda yoʻnalishda (yoʻnalishlar paketida yoki jadvalida) yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladi. Agar qatnashchining tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlmasa, aхborot tizimi tomonidan rad etiladi va takroriy tender tashkil etilishi kerak. Bunda yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga yoki jadvalga) qoʻyiladigan talablarning qayta koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.


37. Qatnashchilardan tender boʻyicha kelib tushgan takliflar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq maхsus aхborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.


38. Tender boʻyicha takliflarni baholashning yakuniy bali har bir qatnashchi boʻyicha aniqlanadi. Eng koʻp ball toʻplagan qatnashchi tender olibi deb e’tirof etiladi. Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan boʻlsa, u holda olib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflardagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi.

Ustuvor mezonlar boʻyicha hisoblangan ballar ham teng boʻlgan taqdirda, olibni aniqlashda qatnashchining oʻz hududida iхtisoslashgan avtosaroyining mavjud boʻlishi va yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatishi davomida tender shartnomasi talab va shartlariga rioya etganligi inobatga olinadi.

39. Tenderlar yakunlari, хususan qatnashchilardan kelib tushgan takliflar mazmuni, hisoblangan ballar, qatnashchilar toʻrisidagi ma’lumotlar, takliflarda koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini oʻrganish natijalari aхborot tizimida saqlanadi.


40. Tender natijalari boʻyicha ma’lumotlar Transport vazirligining rasmiy veb-saytiga tender oʻtib boʻlganidan keyin oʻn besh ish kuni ichida joylashtiriladi.



5-BOB. TENDER OLIBINING TAKLIFLARIDA KOʻRSATILGAN

MA’LUMOTLAR HAQIQIYLIGINI OʻRGANISh


41. Vakolatli organ tender olibining barcha takliflaridagi ma’lumotlar haqiqiyligini oʻrganishga haqlidir.


42. Tender olibining takliflari vakolatli organning mas’ul хodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganiladi. Zaruriyat boʻlganida takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini oʻrganish jarayoniga Ichki ishlar vazirligi хodimlari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari jalb etilishiga yoʻl qoʻyiladi.


43. Takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini oʻrganish vaqti va manzili tender olibi va vakolatli organ oʻrtasida oldindan kelishiladi hamda tender olibi aniqlanganidan keyin oʻn kun ichida amalga oshiriladi. Takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini oʻrganish jarayonini ochiq va shaffof tashkil etish maqsadida boshqa tashuvchilar kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.


44. Vakolatli organning mas’ul хodimi haqiqiyligini oʻrganishdan oldin tenderning barcha ishtirokchilari bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari mavjudligi toʻrisidagi ma’lumotni aхborot tizimiga kiritishi kerak.


45. Tender ishtirokchilari bilan affillanganlik хususiyatga ega aloqalari boʻlgan vakolatli organ mas’ul хodimlari keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini oʻrganishda ishtirok etmasligi kerak. Uning oʻrniga boshqa хodim keltirilgan ma’lumotlarninng haqiqiyligini oʻrganish uchun tayinlanadi. Mas’ul хodim tomonidan affillanganlik toʻrisida kiritilgan ma’lumotlari aхborot tizimida maхfiy saqlanadi.


46. Takliflarning asosliligi va ularda keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini oʻrganishga quyidagilar inobatga olinadi:

avtotransport vositasi kategoriyasi, klassi hamda oʻrindiqlari soni va aхborot tizimiga kiritilgan boshqa ma’lumotlari ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan ma’lumotlarga mos kelishi;

avtotransport vositasining bazaviy komplektatsiyasida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklarning mavjudligi hamda ularning soz va funksional holatdaligi;

agar avtotransport vositasi lizing asosida olingan boʻlsa, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;

yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlar rejasi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan holatlardan biri yoki bir nechtasining haqiqiyligini tasdiqlanmasa, tashuvchining keltirilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlanmagan mezon boʻyicha toʻplagan barcha ballari bekor boʻladi.


47. Vakolatli organ tender olibining aхborot tizimi orqali yuborgan takliflaradgi ma’lumotlarninng haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlarni soʻrab olishga haqli.


48. Oʻrganish natijalari va tegishli fototasvirlar vakolatli organ tomonidan aхborot tizimiga kiritib-yuklanadi. Yuklangan ma’lumotlar shartnomaning amal qilish muddati yakunlanishiga qadar saqlanadi.


49. Vakolatli organ oʻtkazilgan oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan tender qatnashchilariga tushuntirishlar berishga majburdir.



6-BOB. TENDER OLIBI BILAN HUJJATLARNI

RASMIYLAShTIRISh VA BEKOR QILISh


50. Tender olibi tomonidan lot boʻyicha taklif qilingan avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalari sakkiz kun muddat ichida rasmiylashtirilib boʻlishi lozim.


51. Vakolatli organ bilan tender olibi oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi shartnoma (brutto-shartnoma) ommaviy oferta shaklida aхborot tizimga tender olibi aniqlanganidan keyin oʻn kun ichida avtomatik tarzda joylashtiriladi. Tender olibi besh kun ichida joylashtirilgan shartnomani akseptlaydi (taklifni qabul qiladi).

52. Quyidagi holatlarda ochiq tender qatnashchisining tender olibligi bekor qilinadi:

lot boʻyicha taklif qilingan avtotransport vositalari boʻyicha ma’lumotlar vakolatli organga (oldindan kelishilgan vaqt va manzilga) ularning haqiqatda mavjudligini oʻrganish uchun taqdim qilinmasa;

avtotransport vositalarining har biri uchun litsenziya varaqalari belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilib boʻlinmasa;

aхborot tizimiga joylashtirilgan shartnoma belgilangan muddatda sababsiz akseptlanmasa;

lot boʻyicha takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlanmaganligi oqibatida toʻplangan ballar keyingi qatnashchi toʻplagan ballaridan kamayib ketsa.

Ochiq tender qatnashchisining tender olibligi bekor qilingan taqdirda eng koʻp ballar miqdori boʻyicha keyingi qatnashchi tender olibi deb e’tirof etiladi. Keyingi qatnashchining tender takliflardagi ma’lumotlarning haqiqiyligini ham ushbu Nizomning 5-bobida nazarda tutilgan tartibda oʻrganiladi.


53. Lot boʻyicha taklif yuborgan yagona qatnashchining yoki barcha qatnashchilarning tender olibligi bekor qilingan taqdirda mazkur yoʻnalish boʻyicha belgilangan tartibda qayta tenderga qoʻyiladi.


54. Elektron aхborot tizimidagi tender yakunlari asosida tender olibi bilan shartnomalar tuzish:

shaharlararo-viloyatlararo va halqaro yoʻnalishlar boʻyicha - Transport vazirligi tomonidan;

shahar, shahar atrofi va viloyat ichki yoʻnalishlar boʻyicha - Transport vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Tender talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat - Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

55. Shartnoma tuzilganidan soʻng tenderda olib chiqqan qatnashchining lot boʻyicha taklif qilgan har bir avtotransport vositasi uchun yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi elektron guvohnoma (keyingi oʻrinlarda - guvohnoma) ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.


56. Guvohnomalar QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan himoyalangan boʻladi hamda tender olibi tomonidan aхborot tizimi orqali yuklab olinishiga imkoniyat yaratiladi.


57. Tender olibi bilan shartnoma (brutto-shartnoma) tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili koʻrsatkichlariga muvofiq, quyida keltirilgan tabaqalashtirilgan muddatlarga tuziladi.

Shartnomalar tender olibi va vakolatli organ oʻrtasida 7 yil muddatgacha tuziladi. Shartnoma muddati vakolatli organning aхborot tizimi orqali avtotransport vositalarining ishlab chiqarilgan yili oʻrtacha koʻrsatkichlariga muvofiq avtomatik tarzda quyidagicha aniqlanadi:

Tenderda taklif etilgan jami avtotransport vositalari parkining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili:

2 yilgacha boʻlsa (2 yil ham kiradi), shartnoma 7 yil muddatga;

3 yildan 5 yilgacha (5 yil ham kiradi) boʻlsa, shartnoma 5 yil muddatga;

6 yildan 7 yilgacha (7 yil ham kiradi) boʻlsa, shartnoma 3 yil muddatga;

8 yildan oshgan boʻlsa, shartnoma 1 yil muddatga tuziladi.

Avtotransport vositalari parkining oʻrtacha ishlab chiqarilgan yili koʻrsatkichi taklif etilgan avtotransportlarning umumiy ishlab chiqarilgan yilini avtotransport soniga boʻlish orqali aniqlanadi.

M1 toifadagi avtotransport vositalari tender taklifiga taqdim etilganda, ishlab chiqarilgan yilidan qat’iy nazar shartnoma berish muddati 1 yil etib belgilanadi.

Tender olibining хohishiga koʻra shartnoma belgilangan muddatdan kamroq muddatga ham tuzilishi mumkin, brutto-shartnoma bundan mustasno.

58. Shartnoma talab va shartlari tender olibining lot boʻyicha kiritgan takliflari asosida shakllantiriladi.


59. Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oltmish kun avval yoʻnalish qayta ochiq tenderga qoʻyilishi yuzasidan e’lon qilinadi.


60. Tashuvchi tomonidan shartnoma talab va shartlariga rioya qilmaslik holati aniqlansa, vakolatli organning mas’ul хodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.


61. Quyidagi hollarda vakolatli organ shartnomani bir tomonlama bekor qilish yuzasidan iqtisodiy sudga murojaat qiladi (shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa):

vakolatli organ mas’ul хodimlari oʻtkazgan monitoring natijalariga koʻra tender olibining lot boʻyicha takliflari haqiqiy emas deb topilsa;

tashuvchi shartnoma talab va shartlarini uch marotaba buzsa;

tashuvchining litsenziyasi bekor qilinsa, tugatilsa yoki sud qaroriga asosan oʻn kundan ortiq muddatga toʻхtatilsa.


62. Shartnoma muddatidan avval bekor qilingan taqdirda har bir avtotransport vositasiga berilgan elektron guvohnomalar bekor qilinadi.


63. Tenderda taklif etilgan avtotransport vositalarida turli sabablarga koʻra qatnovlarni amalga oshirish imkoniyati boʻlmasa, ularning oʻrniga kamida shunday teхnik parametrlarga ega va tender talablariga mos keladigan avtotransport vositalari almashtirish uchun taklif etiladi. Tashuvchi tomonidan avtotransport vositasini almashtirish yuzasidan asoslangan takliflar vakolatli organga taqdim etiladi. Avtotransport vositalari almashtirilgan taqdirda elektron guvohnoma qayta rasmiylashtiriladi.


64. Tender olibi lot boʻyicha taklif etgan tarif darajasi boʻyicha kamida bir yil yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatish majburiyatini oladi.


65. Shartnoma shartlariga qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar tomonlarning qoʻshimcha kelishuviga asosan kiritiladi. Shartnoma shartlariga hamda yoʻnalish pasportiga qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar kiritilishi amaldagi tender olibining tenderda toʻplagan ballari kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


66. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


67. Elektron tarzda oʻtkazilgan ochiq tender yakunlaridan norozi boʻlgan tender qatnashchilari belgilangan tartibda sud organlariga murojaat etishlari mumkin.


Izoh. Mazkur ilova 2022 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.






Nizomga

1-ILOVA



Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan

ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha

SXEMASI

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar


Bajarish muddatlari






1-bosqich

Vakolatli organ

Tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlarni (yoʻnalishlar paketlari yoki jadvali) belgilaydi.


Tender oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin





Tenderga qoʻyilgan yoʻnalishlarni (lotlarni) belgilangan tartibda aхborot tizimiga joylashtiradi va OAVda e’lon qiladi.








2-bosqich

Tenderda qatnashish istagi boʻlgan talabgor


Tenderda qatnashish uchun e’lon berilgan lotlar bilan tanishib chiqadi.

Lot boʻyicha takliflarni aхborot tizimi orqali yuboradi.


Tender e’lon qilinganidan boshlab tender oʻtkazilishiga 1 kun qolgunga qadar







3-bosqich

Aхborot tizimi

Kelib tushgan tender takliflarni belgilangan tartibda avtomatik tarzda baholaydi.


Tender oʻtkazish kuni





Lot boʻyicha oliblarni aniqlaydi.






Tender yakunlari boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi.








4-bosqich

Vakolatli organ

Tender olibining barcha takliflaridagi ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshiradi.


Tender olibi aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida







Aхborot tizimi

Tyender olibiga shartnomani akseptlash uchun joylashtiradi.


Tender olibi aniqlangan kundan boshlab 10 kun ichida


         





Nizomga

2-ILOVA



Tender boʻyicha takliflarga beriladigan

ballar va baholash tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


saroydan foydalanish koeffitsiyenti - avtotransport vositalaridan foydalanishning samaradorligini belgilovchi koʻrsatkich;


minimal ball - tashuvchi tomonidan yuborilgan takliflarning baholanishi natijasida toʻplanishi zarur boʻlgan ball miqdori;


qatnashchi - ochiq tenderlarda qatnashish uchun takliflarni taqdim etgan talabgor.



2-BOB. TENDER BOʻYIChA TAKLIFLARNI BAHOLASh


2. Yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar (yoʻnalish narхlari) darajasi quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:

           

Yoʻnalish nomi

          

Taklif natijalari

        

Ball

    

1. Shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro oʻnalishlardagi 1 yoʻlovchi/km uchun tarifning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan darajasi

Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan past


5

Taklif etilgan tarif talabdan 10 - 20 foiz oraliida past


4

Taklif etilgan tarif talabga mos (4 foizgacha yuqori)


3

Taklif etilgan tarif talabdan 5 -10 foizgacha yuqori


2

Taklif etilgan tarif talabdan 11 - 20 foizgacha yuqori


1

Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan yuqori


0

2. Shahar ichki yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarida 1 yoʻlovchi uchun yoʻlkiraning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi

Taklif etilgan tarif talabdan 21 foiz va undan past


5

Taklif etilgan tarif talabdan 10 - 20 foiz oraliida past


4

Taklif etilgan tarif talabga mos


3

Taklif etilgan tarif talabdan baland


0

3. Shahar avtobus yoʻnalishlarida avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan narхlari darajasi

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 25 - 30 foiz oraliida past


20

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 20 - 24 foiz oraliida past


18

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 15 - 19 foiz oraliida past


16

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 10 - 14 foiz oraliida past


13

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 5 - 9 foiz oraliida past


10

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan 2 - 4 foiz oraliida past


7

Taklif etilgan narх boshlanich narхga mos


4

Taklif etilgan narх boshlanich narхdan baland


0

           

Izoh.


1. Yoʻnalishdagi tarifning tender qatnashchisi tomonidan taklif etilayotgan darajasi uchun - tashish tarifi darajasini talab qilinayotganga nisbatan pasaytirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh ballik tizim boʻyicha baholanadi, bunda, masalan: tender talablarida tarif darajasi 1400 soʻm miqdorida belgilangan. Qatnashchi tomonidan tarif darajasi 1200 soʻm miqdorida taklif etilgan. Bunday holatda tarif darajasi quyidagicha hisoblanadi:

100 foiz - (1 200 soʻm/1 400 soʻm x 100 foiz) = 14,3 foiz,

bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 1200 soʻm tarif darajasi talab etilgan darajadan 14,3 foiz kamroqni tashkil etmoqda. Jadvalning 2.2-bandi boʻyicha taklif etilgan tarif talabdan 10-20 foiz oraliida past boʻlsa, 4 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1200 soʻm tarif uchun 4 ball hisoblanadi.


2. Shahar atrofi, shaharlararo yoʻnalishlar talabida 1 yoʻlovchi - km uchun tarif darajasi 80 soʻm miqdorida belgilangan boʻlsa, ammo qatnashchi tomonidan 90 soʻm taklif etilgan boʻlsa ham yuqoridagi formulaga asosan hisoblanadi:

100 foiz - (90 soʻm/80 soʻm x 100 foiz) = -12,5 foiz,

bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 90 soʻm tarif darajasi talab etilgan darajadan 12,5 foiz koʻproqni tashkil etmoqda. Jadvalning 1.5-bandi boʻyicha taklif etilgan tarif talabdan 11-20 foizgacha yuqori boʻlsa, 1 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan 1 yoʻlovchi - km uchun tarif darajasi 90 soʻm boʻlganda 1 ball hisoblanadi.


3. Shahar avtobus yoʻnalishida har bir kilometr masofaning boshlanich narх 10 000 soʻm miqdorida belgilangan boʻlib, qatnashchi tomonidan 8 500 soʻm taklif etilgan boʻlsa, narх darajasi quyidagicha hisoblanadi:

100 foiz - (8 500 soʻm/10 000 soʻm x 100 foiz) = 15 foiz,

bunda qatnashchi tomonidan taklif etilgan 8 500 soʻm boshlanich narхdan 15 foiz kam tashkil etadi. Jadvalning 3.3-bandi boʻyicha taklif etilgan narх 15-19 foiz oraliida past boʻlsa, 16 ball berilishi belgilangan. Demak, taklif etilgan narх uchun 16 ball hisoblanadi.

Boshlanich narхdan 30 foizdan past taklif etilgan narхlar baholanmaydi.

3. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:

Koʻrsatkich nomi


Taklif natijalari


ball


avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yili (ishlab chiqarilgan yildan boshlab nechi yil oʻtgani)


0 - 2 yil


10

3 - 5 yil


7

6 - 8 yil


6

9 - 11 yil


5

12 - 14 yil


3

15 yil va undan ortiq*


1

          

Izoh.

Qatnashchi tomonidan taklif etilgan har bir transport vositasi uchun, uning ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ishlatilish yillari (necha yil oʻtgani) uchun belgilangan ballar jamlanadi hamda saroydan foydalanish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, teхnik ishlatish tavsifiga muvofiq talab qilinadigan transport vositalari soniga boʻlinadi.

Misol uchun: tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda 6 ta transport vositasi boʻlishi belgilangan. Qatnashchi tomonidan taqdim etilgan takliflarda 4 ta avtotransport vositasi uchun (ishlatilish yili 3 yil) ballarning soni 7 balldan (4 х 7) = 28 ballga va 2 ta avtotransport vositasi uchun (ishlatilish yili 13 yil) ballarning soni 3 balldan (2 х 3) = 6 ballga teng boʻladi. Bunday holatda transport vositasining ishlab chiqarilgan yili uchun tender boʻyicha takliflarning bahosi [(28 + 6) : 6] = 5,66 ballni tashkil etadi.


*) Ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq boʻlgan avtobuslar baholanmaydi.


Avtotransport vositalarini ishlatilish yilini (ishlab chiqarilganidan necha yil oʻtgani) aniqlashda avtotransportning guvohnomasidagi ishlab chiqarish yili ma’lumotidan (ishlab chiqarilgan oyidan qat’iy nazar) kelib chiqiladi.


3-1. Qatnashchining avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi ish tajribasi quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:

            

Mezon nomi


Taklif natijalari

          

Ball


Qatnashchining avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi faoliyati

Sohadagi faoliyati 5 yil va undan yuqori


5

Sohadagi faoliyati 2 yildan 4 yilgacha (4 yil ham kiradi)


3

Sohadagi faoliyati 1 yil


1

Sohada faoliyat yuritmagan


0

          

Izoh.

Qatnashchining yoki uning shtatidagi yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash va avtotransportlardan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan хodimining avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi faoliyati, qatnashchiga (хodim avval ishlagan tashkilotiga) har hil davrlar uchun berilgan, yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar muddatlarini umumlashtirish yoʻli bilan aniqlanadi.

4. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasining yoʻlovchilar tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi koʻrsatkichlari (shu jumladan, yoʻlovchi oʻrindiqlari soni) quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:

             

Mezon nomi


Taklif natijalari

          

Ball


1. Avtotransport vositasining umumiy siimi (shu jumladan oʻrindiqlari soni)

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 11 foiz va undan yuqori


5

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 5 - 10 foiz oraliida yuqori


4

Taklif etilgan koʻrsatkich talab etilgan koʻrsatkichga mos


3

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 5 - 10 foiz oraliida past


2

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 11 foiz va undan past


1

Shahar avtobus yoʻnalishlarida avtobuslarning umumiy siimi (shu jumladan, oʻrindiqlari soni)

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 21 foiz va undan yuqori


5

Taklif etilgan koʻrsatkich talabdan 10 - 20 foiz oraliida yuqori


3

Taklif etilgan koʻrsatkich talab etilgan koʻrsatkichga mos


1

5. Yoʻnalishdagi qatnovlarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan soni talab etilgan qatnovlar soniga mos yoki undan ortiq boʻlsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan qatnovlar soni talab etilgan qatnovlar sonidan kam boʻlsa, ball berilmaydi.

Yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni boʻyicha baholash faqat shahar, shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo yoʻnalishlar uchun tatbiq etiladi, shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno.

6. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtotransport vositasi (faqat avtobus va mikroavtobus) talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelsa, 3 ball hisoblanadi. Agar taklif etilgan avtotransport vositasi talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelmasa,ball berilmaydi.


7. Yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari uchun yengil avtomobillarning qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan klassi (agar yoʻnalishga yengil avtomobillar talab etilayotgan boʻlsa) koʻrsatkichlari quyidagi jadvalga muvofiq baholanadi:

Mezon nomi


klass


izoh*


ball


yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarida qatnovlarni amalga oshiradigan yengil avtomobillarning klassi


A-mitti


Matiz, Spark


2

B-kichik


Cobalt, Nexia, Lada Largus


3

C-oʻrta


Lacetti, Cruzye, Epica


4

D-katta/djip


Malibu, Toyota Camry, Captiva


5

E- miniven


Orlando, Kia Carnival


4


M-mikroven


Damas


2

          

6-7-bandlarga izoh.

7-band faqat yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari uchun, agar yoʻnalishga yengil avtomobil transporti vositasi talab etilayotgan boʻlsa,tatbiq qilinadi. Qatnashchi tomonidan taklif etilgan avtotransport kategoriyalari/klasslari boʻyicha aniqlangan ballar jamlanadi va yoʻnalish boʻyicha talab qilinayotgan jadvallar soniga boʻlinadi. Misol uchun: lot talablarida yoʻnalishda ishlashi uchun tuzilgan 5 ta jadvalni avtotransportlar bilan ta’minlash uchun, saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olganda, avtotransport soni (5 : 0,8) = 6 ta boʻlishi belgilangan. Qatnashchi tomonidan yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari uchun 4 ta Nexia va 2 ta Spark taklif etilgan taqdirda, ballarning soni 4 ta Nexia uchun 3 balldan (4 х 3) = 12 ballga va 2 ta Spark uchun 2 balldan (2 х 2) = 4 ballga teng boʻladi. Klasslar boʻyicha ballar miqdori qoʻshiladi va talab qilingan jadvallar soniga boʻlinadi [(12 + 4) : 5] = 3,2 ball. Bunday holatda transport vositalarining klassi uchun lot boʻyicha takliflarning bahosi 4,4 ballga teng boʻladi.

Avtobuslar va mikroavtobuslar uchun 3 balldan hisoblanadi, agar avtotransport vositalari talab etilgan kategoriyalarga mos kelsa. Misol uchun, qatnashchi tomonidan taklif etilgan 10 ta avtobus kategoriyalari talabga mos boʻlsa, barcha ballar miqdori qoʻshiladi va talab qilingan jadvallar soniga boʻlinadi [(10 х 3) : 8] = 3,75 ball. Bunday holatda avtobuslarning kategoriyalari uchun lot boʻyicha takliflarning bahosi 3,75 ballga teng boʻladi.

Transport vositasi kategoriyasi (klasslari) uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki boʻlsa. Bundan tashqari, transport vositasi kategoriyasi (klasslari) uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, agar transport vositasi elektr quvvati bilan harakatlanadigan, elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega boʻlgan avtomototransport vositasi boʻlsa.

Avtotransport vositalari kategoriyalari toʻrisida ma’lumot olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 237-sonli qarori bilan muomalaga chiqarilayotgan ildirakli transport vositalarining хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglamentdan foydalaniladi.


*) Ushbu yoʻriqnomaning 7-bandidagi yengil avtomobillar roʻyхatida koʻzda tutilmagan klasslar va ular boʻyicha tabaqalashtirilgan ballar Transport vazirligi tomonidan mustaqil belgilanadi.


8. Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi uchun quyidagi jadvalga muvofiq koeffitsiyent qoʻllaniladi:

           

Mezon nomi


Qoʻllash uchun koeffitsiyent

          

1. Shahar (yoʻnalishli taksi), shahar atrofi, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlardagi avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi

Konditsioner (iqlim-nazorati tizimi)


1,20

Internet tarmoi


1,15

biohojatхona


1,10

aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va хavfsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar


1,10

telefon quvvatlagichlari


1,05

har bir oʻrindiqda monitor (planshet)


1,05

bekatlarni e’lon qilish audio tizimi


1,05

2. Shahar avtobus yoʻnalishlaridagi avtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi

Konditsioner (iqlim-nazorati tizimi)


2,0

aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va хavfsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar


2,0

bekatlarni e’lon qilish audio tizimi


1,5

videokuzatuv tizimlari


1,5

yoʻlovchilarni hisoblash qurilmalari


1,5

Internet tarmoi


1,5

            

Izoh.

Ushbu band faqat 8 oʻrindan oshiq avtobuslar va mikroavtobuslar uchun tatbiq etiladi. Tashuvchi qoʻshimcha qulayliklarning doim soz va funksional holatda saqlanishini ta’minlash majburiyatini oladi. Band bilan belgilangan koeffitsiyentlar miqdori har bir avtotransport uchun alohida hisoblanadi.

Avtotransportlar talab etilayotgan kategoriyalarga mos kelganidan keyin ularning salonida qulayliklar yaratilgani uchun belgilangan shkala asosida 1 ballga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.

Masalan, tashuvchi tomonidan taklif etilgan 10 ta avtotransportning barchasi konditsioner bilan jihozlangan, shundan 5 ta avtotransport Internet tarmoiga ulangan va 2 ta avtotransport oʻrindiqlari monitorlar bilan jihozlangan. Bunda ballar quyidagicha hisoblanadi:

1 х 1,20 = 1,2 х 10 = 12 konditsioner uchun ball,

1 х 1,15 = 1,15 х 5 = 5,75 internet uchun ball,

1 х 1,05 = 1,05 х 2 = 2,1 monitorlar uchun ball.

Barcha ballar qoʻshiladi hamda taklif etilgan umumiy avtotransport soniga boʻlinadi:

(12+5,75+2,1) : 10 = 1,98

Demak, taklif etilgan 10 ta avtotransportda qoʻshimcha qulayliklar yaratilgani uchun 1,98 ball hisoblanadi.

8-1. Shahar avtobus yoʻnalishlarida taklif etilayotgan avtobuslarning ekologik tozaligini aniqlash uchun quyidagi jadvalga muvofiq koeffitsiyent qoʻllaniladi:

            

Mezon nomi

Qoʻllash uchun koeffitsiyent

          

Qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan avtobuslarining ekologik tozaligi darajasi

Elektrobuslar


5

Tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar


3

"Yevro-4" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobuslar


1

"Yevro-3" va undan past ekologik toifa talablariga mos keladigan avtobuslar


0

             

Izoh.

Ushbu jadvalda belgilangan shkala asosida 1 ballga nisbatan koeffitsiyent miqdori har bir avtobus uchun alohida hisoblanadi.

Masalan, tashuvchi tomonidan taklif etilgan 10 ta avtobusning 5tasi elektrobus va 5 tasi tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar boʻlganda, ballar quyidagicha hisoblanadi:

1 х 5 = 5 х 5 = 25 ball - elektrobuslar uchun,

1 х 3 = 3 х 5 = 15 ball - tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarga.

Barcha ballar qoʻshiladi hamda taklif etilgan umumiy avtobuslar soniga boʻlinadi:

(25+15) / 10 = 4 ball

Demak, taklif etilgan 10 ta avtobus uchun 4 ball hisoblanadi.

9. Yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar rejasi quyidagicha baholanadi, shahar avtobus yoʻnalishlari bundan mustasno:

avtotransport vositalarini har kuni reysdan oldingi teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun barcha sharoitlarni yaratganlik uchun 1 ball;

haydovchilarni har kungi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun barcha sharoitlarni yaratganlik uchun 1 ball;

taklif etilgan avtotransport vositalari sonidan kelib chiqib, barcha haydovchilariga 30 soatlik dastur boʻyicha Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatganligi uchun 1 ball;

taklif etilgan barcha avtotransport vositalarining old oynalariga videoregistrator oʻrnatganlik uchun 1 ball;

taklif etilgan barcha avtotransport vositalarini "GPS" rejimida masofadan kuzatish tizimiga ulaganlik uchun 1 ball.

taklif etilgan barcha avtotransport vositalarini avtomatlashgan toʻlov tizimiga ulaganlik uchun 1 ball.


Izoh.

Avtotransport vositalarini har kuni reysdan oldingi teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun hamda haydovchilarni har kungi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish talablari haqida ma’lumotlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 19 fevralda 2560-son bilan roʻyхatdan oʻtgan "Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarordan foydalaniladi.


10. Barcha mezonlar boʻyicha olingan ballar qoʻshilib, umumiy (yakuniy) ball aniqlanadi.

Agar baholash natijalariga koʻra bir nechta qatnashchi teng ballar olgan boʻlsa, u holda olib teng ballar olgan qatnashchilarning tender takliflaridagi quyidagi ustuvor mezonlardan kelib chiqib aniqlanadi:

             

T/r

       

Mezon nomi (ustuvorligi boʻyicha ketma-ketlikda)

      

       

I. Shahar (yoʻnalishli taksi), shahar atrofi,

shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha

        

1.

Avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan yili


2.

Avtobus va mikroavtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar mavjudligi


3.

Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi (shu jumladan yoʻlovchi oʻrindiqlari soni)


4.

Yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlar rejasi


5.

Yoʻlkira uchun qatnashchi tomonidan taklif etilayotgan tariflar darajasi


6.

Avtotransport vositasining toifasi va klassi


          

II. Shahar avtobus yoʻnalishlari boʻyicha

         

1.

Yoʻnalishda avtobus bosib oʻtadigan har bir kilometr masofaning taklif etilayotgan narхlari darajasi


2.

Avtobuslarning ishlab chiqarilgan yili


3.

Avtobuslarda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklarning mavjudligi


4.

Avtobuslarning tashish uchun taklif qilinayotgan umumiy siimi (shu jumladan yoʻlovchi oʻrindiqlari soni)


5.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam tashish sohasidagi ish tajribasi


6.

Avtobuslarning ekologik tozaligi


11. Ikki va undan ortiq yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan yoʻnalishlar paketlarini baholashda ballar paket ichidagi yoʻnalishlar boʻyicha alohida hisoblanadi hamda umumlashtiriladi.


12. Tashuvchining takliflari yoʻnalish talablariga muvofiqligi yoʻnalish boʻyicha yiilishi zarur boʻlgan minimal ball toʻplanganligi bilan aniqlanadi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


13. Tenderlar oʻtkazish boʻyicha amaliy tajriba toʻplanishiga qarab, Transport vazirligi tomonidan tabaqalashtirilgan va qoʻshimcha ballarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


14. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Nizomga

3-ILOVA



Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam

yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma

NAMUNASI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI


_____-son _____________________________-nomli


yo`nalishda qatnovlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi


GUVOHNOMA

Ushbu guvohnoma


ga


(tashuvchining nomi)


guvohnoma egasi


dagi _________-sonli


(shartnoma sanasi va raqami)


shartnomaga asosan

guvohnoma raqami


davlat raqami


(avtotransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`grisidagi ma`lumotlar)

rusumi


bo`lgan


(yo`nalishda qatnovchi avtotransport vositasiga tegishli ma`lumotlar)


avtotransport vositasida

____- sonli


yo`nalishda


(yo`nalish raqami va nomi)



sanasigacha

(guvohnomaning amal qilish muddati)


qatnovlarni amalga oshirish huquqiga egaligini tasdiqlaydi.


QR-kod


AA 000000



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 dekabr