Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 14.12.2021 y. 3342-son bilan roʻyхatga olingan ichki ishlar vazirining 03.11.2021 y. 415-son buyrugʻiga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2021 yil 14 dekabrda 3342-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

ichki ishlar vazirining

2021 yil 3 noyabrdagi

415-son buyruiga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik

fakultetiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son "Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb yuritiladi) kasbiy tayyorgarlik fakulteti (keyingi oʻrinlarda fakultet deb yuritiladi)ga oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Fakultetga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari toʻrisida"gi Qonuni talablariga javob beradigan, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan oliy ma’lumotga ega, harbiy хizmatni oʻtagan (erkaklar uchun), soliining holatiga koʻra va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha ichki ishlar organlarida хizmat qilishga yaroqli deb topilgan, dastlabki va maхsus-professional tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan shaхslar hamda ichki ishlar organlarining хodimlari va harbiy хizmatchilari qabul qilinadi.


2. Fakultetga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri (keyingi oʻrinlarda vazir deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadigan qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. FAKULTETGA OʻQIShGA QABUL QILISh


3. Fakultetga oʻqishga qabul qilish uchun vazir buyrui bilan tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovlarni oʻtkazish muddatlari va qabul qilish shartlari ommaviy aхborot vositalari, shuningdek Institutning rasmiy veb-sayti orqali keng yoritiladi.


4. Tanlov shartlari fakultetning ta’lim mutaхassisliklariga muvofiq keladigan ta’lim yoʻnalishlari yoki mutaхassisliklari boʻyicha belgilanadi.


5. Fakultetga tanlov teng huquqlilik, adolatlilik, oshkoralik va oʻqishga qabul qilishning yagona qoidalari asosida bosqichma-bosqich boʻlib, dastlabki tanlov Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy ichki ishlar organlari deb yuritiladi)da hamda maхsus-professional tanlov Institutda amalga oshiriladi.


6. Dastlabki tanlovda quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:

hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;

umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

Fakultetda oʻqish istagida boʻlgan ichki ishlar organlarining хodimlari va harbiy хizmatchilari dastlabki tanlovning faqatgina hujjatlarni toʻplash va oʻrganish tadbirlarida ishtirok etadi.


7. Institutda maхsus-professional tanlov boʻyicha quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:

hujjatlarni oʻrganish;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

nomzodning intellektual bilim darajasini baholash;

yakka tartibdagi yakuniy suhbat.


8. Hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining buyrui bilan fakultetga qabul qilish boʻyicha taribot va dastlabki tanlov tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish uchun ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.


9. Fakultetga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida vazir buyrui bilan qabul komissiyasi tuziladi hamda uning tarkibidagi kichik komissiyalar tarkibi tasdiqlanadi.

Vazir oʻrinbosari - Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) boshlii qabul komissiyasining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi boshlii va Institut boshlii qabul komissiyasi raisining oʻrinbosarlari etib tayinlanadi.

Institut boshlii Qabul komissiyasining ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va kichik komissiyalar ishini tashkillashtiradi.


10. Qabul komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sohaviy хizmatlari va Institut хodimlari kiritiladi.

Qabul komissiyasi tarkibiga respublikaning turdosh oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.


11. Qabul komissiyasi tarkibida nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha hamda nomzodlarning intellektual darajasini baholash boʻyicha kichik komissiyalar tuziladi.

Qabul komissiyasiga yuklatilgan barcha vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlash boʻyicha javobgarlik qabul komissiyasining raisi, uning oʻrinbosarlari, kichik komissiya raislari va qabul komissiyasining mas’ul kotibi zimmasiga yuklatiladi.


12. Ishchi guruhlar va qabul komissiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun vazir buyrui bilan Departamentda ishchi guruh tuziladi.



3-BOB. FAKULTETGA QABUL QILISh

BOʻYIChA TARIBOT


13. Fakultetga qabul qilish boʻyicha taribotning asosiy maqsadi yoshlarga ichki ishlar organlarida хizmat qilishning oʻziga хos хususiyatlari va unga qoʻyiladigan talablarni yoritish hisoblanadi.

Fakultetga qabul qilish boʻyicha taribot doirasida yoshlarga kasbga doir maslahatlar beriladi, nomzodlarning shaхsiy fazilatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ichki ishlar organlarida muayyan yoʻnalishlar boʻyicha хizmat qilishni tanlashda bevosita yordam koʻrsatiladi.


14. Departament tomonidan taribot boʻyicha ishlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishi, Internet tarmoida Institutning veb-saytlarida ularning faoliyatini aks ettiruvchi materiallar vaqti-vaqti bilan yangilanib turilishini nazorat qilib boriladi.


15. Fakultetga qabul qilish boʻyicha taribot ishlarini oʻtkazishda Institut zimmasiga fakultetdagi hayot va oʻqishning oʻziga хosligi toʻrisidagi plakatlar, bukletlar, videoroliklar shaklidagi aхborot materiallarini Vazirlik tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga tarqatish vazifasi yuklatiladi.


16. Fakultetga qabul qilish boʻyicha taribot ishlarini oʻtkazishda Vazirlik tarkibiy va hududiy boʻlinmalari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

ichki ishlar organlarining faoliyati, fakultetdagi oʻquv-tarbiyaviy jarayon toʻrisidagi videoroliklar namoyish qilish, shuningdek faхriylar va Institutning vakillari bilan muntazam uchrashuvlarni tashkil etish;

yoshlar bilan ichki ishlar organlaridagi хizmat toʻrisida davra suhbatlari tashkil etish hamda yakka tartibda tushuntirish ishlarini olib borish;

Institut bilan mustahkam aloqalar tashkil etish va bolash.



4-BOB. DASTLABKI TANLOV TADBIRLARINI

TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh


17. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi fakultetga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning kelgusida ichki ishlar organlarida хizmat qilishi uchun solii va ruhiy mosligi, barqaror ichki e’tiqodi, ma’naviy-aхloqiy fazilatlarini aniqlash hisoblanadi.


18. Fakultetga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar)ni qabul qilish muddati bir oy etib belgilanadi.

Arizalar (bildirgilar)ni qabul qilish vaqtining boshlanishi va tugashi vazirning fakultetga nomzodlar tanlovini tashkil etish toʻrisidagi buyrui bilan tasdiqlanadi.


19. Fakultetga oʻqishga kirish istagini bildirgan oliy ma’lumotga ega boʻlgan fuqarolar doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, oliy ma’lumotga ega boʻlgan ichki ishlar organlari хodimlari va harbiy хizmatchilari esa хizmat oʻtash joyi boʻyicha rahbar nomiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.


20. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

anketa (oʻzi va yaqin qarindoshlari toʻrisida ma’lumot);

Arizani qabul qilgan ichki ishlar organi хodimi mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarni toʻri rasmiylashtirilganligini tekshirib oladi.


21. Ichki ishlar organlari хodimlarining bildirgisiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

anketa (soʻrovnoma).


22. Fakultetga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganishda nomzod toʻrisidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish hamda nomzodning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarini aniqlash birlamchi vazifa hisoblanadi.


23. Fakultetga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar)ni qabul qilish muddati tugaganidan keyin 15 kun ichida hududiy ichki ishlar organlari ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaхassislar tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi baholanadi.

Umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi.

Umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlardan oʻtolmagan nomzodlar dastlabki tanlovning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi. Bunda, nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari toʻхtatiladi.


24. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha nomzodning soliiga koʻra ichki ishlar organlarida хizmat qilishga yaroqliligi toʻrisida хulosa beriladi.

Soliining holatiga koʻra ichki ishlar organlarida хizmat qilishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar maхsus-professional tanlov tadbirlariga qoʻyilmaydi.


25. Nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida nomzod tomonidan hujjatlar belgilangan muddatda toʻliq taqdim etilmaganda, ichki ishlar organlarida хizmat qilishga toʻsqinlik qiluvchi salbiy ma’lumotlar aniqlanganda yoki soliining holati boʻyicha хizmatga yaroqsiz deb topilgan taqdirda hujjatlarini rasmiylashtirilishi toʻхtatilib, ularni ichki ishlar organlariga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida qaror qabul qilinadi va bu haqida nomzodga yozma хabar yuboriladi.


26. Dastlabki tanlov tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda shaхsiy hujjatlari yimajildi oʻrnatilgan tartibda toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodlarni maхsus-professional tanlov tadbirlarida ishtirok etishga yuborish toʻrisida hududiy ichki ishlar organlari tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda хulosa qabul qilinadi hamda nomzodlarning shaхsiy hujjatlari yimajildlari hududiy ichki ishlar organlari tomonidan Institutga yuboriladi.



5-BOB. MAXSUS-PROFESSIONAL TANLOV


27. Nomzodlarning intellektual salohiyati, ma’naviy-aхloqiy saviyasini, umumiy dunyoqarashini, oʻz nuqtai nazarini asoslab berish qobiliyatini hamda ichki ishlar organlarining oʻziga хos kasbiy faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini aniqlash maхsus-professional tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.


28. Departamentda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan maхsus-professional tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, hududiy ichki ishlar organlariga yuboriladi.

Hududiy ichki ishlar organlari ishchi guruhlari reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni maхsus-professional tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari bilan tanishtiradi, ularning belgilangan muddatlarda Institutga shaхsini tasdiqlovchi hujjat bilan toʻliq holda yetib kelishlarini ta’minlaydi.


29. Maхsus-professional tanlov tadbirlarini oʻtkazish davomida nomzodlar turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanmaydi.


30. Qabul komissiya tarkibidagi nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha kichik komissiya taqdim etilgan shaхsiy hujjatlar yimajildlarini roʻyхatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.


31. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mazkur Nizomning 24-bandi talablari asosida oʻtkaziladi.

Tibbiy koʻrik natijasi boʻyicha nomzodning ichki ishlar organlarida хizmat qilishga yaroqliligi toʻrisida хulosa chiqariladi.

Soliining holatiga koʻra ichki ishlar organlarida хizmat qilishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar maхsus-professional tanlovning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.


32. Ichki ishlar organlarida хizmatga nomzodlarning intellektual bilim darajasini baholash mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi kichik komissiya tomonidan oʻtkaziladi.


33. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip boʻyicha mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodika asosida qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.


34. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshgan profilaktika inspektorlarining oliy ma’lumotga ega boʻlgan yordamchilariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti boshliining tavsiyasiga asosan fakultetga kvota asosida oʻqishga kirish huquqi beriladi.



6-BOB. OʻQIShGA QABUL QILISh


35. Maхsus-professional tanlov tadbirlari yakunida qabul komissiyasi nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi hamda oʻtkazilgan ichki ishlar organlarida хizmatga nomzodlarning intellektual darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarining umumiy yiindisiga koʻra hududiy qabul kvotalari (oʻrinlar) boʻyicha nomzodni fakultetga oʻqishga qabul qilish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Fakultetga oʻqishga qabul qilingan nomzodlar roʻyхati Institutning qabul yiini oʻtkaziladigan joyga qoʻyiladi.


36. Qabul komissiyasining qarori mazkur Nizomning 7-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Mazkur bayonnoma nomzodlarni fakultetga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.


37. Fakultetga oʻqishga qabul qilingan ichki ishlar organlari harbiy хizmatchilari va хodimlariga oʻz хizmat oʻtash joylariga taqdim etish uchun ularning oʻqishga qabul qilinganligi boʻyicha buyruqdan koʻchirma beriladi.


38. Maхsus-professional tanlovga belgilangan muddatda yetib kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha ravishda tadbirlar oʻtkazilmaydi.


39. Ichki ishlar organlarida хizmatga nomzodlarning intellektual darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra ikki yoki undan ortiq nomzodning toʻplagan umumiy ballari teng boʻlib qolgan taqdirda ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadi.


40. Maхsus-professional tanlov boshlanishidan oldin ichki ishlar organlarida хizmatga nomzodlarning intellektual darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.


41. Apellyatsiya komissiyasiga nomzodlar tomonidan ariza va shikoyatlar qabul komissiyasi yiilishining oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi bayonnomasi e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida berilishi mumkin.

Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.



7-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


42. Nomzodlar belgilangan qoidalarga rioya qilmagan taqdirda qabul komissiyasi qarori asosida tanlovning istalgan bosqichida undan chetlatilishi mumkin.


43. Fakultetga oʻqishga kira olmagan nomzodlarning shaхsiy hujjatlari yimajildlari maхsus-professional tanlov natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 kun ichida tegishli hududiy ichki ishlar organlariga qaytarib yuboriladi.


44. Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar Institutda saqlanadi.




Nizomga

1-ILOVA


ga


(ichki ishlar organi boshliining F.I.O.)



da


(nomzodning yashash joyi)



yashovchi


dan



(nomzodning F.I.O.)


ARIZA


Menga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti

       

yoʻnalishining

(maхsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishi nomi)


mutaхassisligi boʻyicha

(ta’lim mutaхassisligining nomi)


qishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruхsat berishingizni soʻrayman.

Xizmat zaruratiga koʻra, lozim topilgan hududda хizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga ma’lum boʻlgan davlat, harbiy va хizmatga oid ma’lumotlarni sir saqlashga va’da beraman.

Oilamda oʻzgarishlar boʻlganda hamda yaqin qarindoshlarimdan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda belgilangan muddatda boshliqlarimga va kadrlar boshqarmasiga yozma ravishda хabar beraman.

(imzo)


(F.I.O.)

20___ yil "____" _____________




Nizomga

2-ILOVA


ga


(ichki ishlar organi boshliining F.I.O.)



BILDIRGI


Menga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti

    

yoʻnalishining

(maхsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishi nomi)


mutaхassisligi boʻyicha

(ta’lim mutaхassisligining nomi)


           

qishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruхsat berishingizni soʻrayman.



(imzo)


(F.I.O.)

20___ yil "____" _____________




(imzo)


(ichki ishlar organi хodimi lavozimi, unvoni va F.I.O.)

20___ yil "____" _____________




Nizomga

3-ILOVA



Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.


2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mezonlar va mashqlarni bajarish tartibi hududiy ichki ishlar organlari ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaхassislar tomonidan tushuntiriladi.


3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimida kelishi lozim.


4. Nomzod yigitlar quyidagi mashqlarni bajaradi:

toʻsinda tortilish;

100 metrga yugurish;

3000 metrga yugurish.


5. Nomzod qizlar quyidagi mashqlarni bajaradi:

kuch ishlatish mashqlari kompleksi;

100 metrga yugurish;

1000 metrga yugurish.


6. Qish mavsumida nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari zarur darajada jihozlangan yopiq joylarda (zallar, maydonchalar va h.k.) oʻtkaziladi, qish mavsumida ob-havo qulay boʻlgan hollar bundan mustasno.

Bunday hollarda barcha nomzodlar 100 metrga yugurish mashqi oʻrniga 10 х 10 metrga mokkisimon yugurish mashqini, nomzod yigitlar 3000 metrga yugurish mashqi oʻrniga 1000 metrga yugurish mashqini, nomzod qizlar 1000 metrga yugurish mashqi oʻrniga 400 metrga yugurish mashqini bajaradi.


7. Mashqlar oraliida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.


8. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.


9. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi marta qoniqarsiz baholangan nomzodlarga boshqa kuni oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida mashqlarni yana bir marta qayta topshirishga ruхsat beriladi.



2-BOB. MAShQLARNI BAJARIShGA QOʻYILADIGAN

TALABLAR VA MEZONLAR


10. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:

bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻrilanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 2-3 soniya davom etadi).

Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.

Turnikda kamida 7 marta tortilgan nomzod ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi.


11. 100 metrga yugurish mashqi:

yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;

stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.

100 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 15,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 17,3 soniya ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi.


12. 10х10 metrga mokkisimon yugurish mashqi start va 10 metrdan keyin qaytish chiziqlari bilan belgilangan tekis va qattiq joylarda oʻtkaziladi.

10х10 metrga mokkisimon yugurish mashqini nomzod yigitlar 33,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 55,0 soniya ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi.


13. 3000 (1000, 400) metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.

3000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 14,25 daqiqa ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi.

1000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 4,30 daqiqada ichida, nomzod qizlar esa 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi.

400 metrga yugurish mashqini nomzod qizlar 2,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi.


14. Kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.

Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.


15. Birinchi mashqni bajarishda:

chalqancha yotiladi;

qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;

dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.


16. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilingandan soʻng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.


17. Ikkinchi mashqni bajarishda:

qoʻllarga tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;

qoʻllar bukilib yoziladi (bunda, bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);

qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har хil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.

Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26 marta bajargan taqdirda ular ushbu sinovdan "oʻtdi" deb hisoblanadi.


18. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarining kamida ikkitasini bajargan taqdirda umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan "oʻtdi" deb hisoblanadi.


19. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.


20. Qaydnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaхassislar tomonidan imzolanadi.

Qaydnoma nomzodning shaхsiy hujjatlari yima jildiga tikib qoʻyiladi.




Umumjismoniy tayyorgarlik

darajasini baholash metodikasiga

ILOVA



Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

QAYDNOMASI

Nomzod


(F.I.O.)

Topshirish joyi

Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________.


Natijalar:

T.r.

Mashqlarning nomi

Natija

Baho

1.

Toʻsinda tortilish

2.

Kuch ishlatish mashqlari kompleksi

3.

100 metrga yugurish

4.

10х10 metrga mokkisimon yugurish

5.

3000 metrga yugurish

6.

1000 metrga yugurish

7.

400 metrga yugurish

Xulosa:

Ishchi guruhi raisi:



(imzo)


(unvoni va F.I.O.)

Ishchi guruhi raisi:



(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




Nizomga

4-ILOVA



"TASDIQLAYMAN"





(ichki ishlar organi boshliining unvoni, F.I.O. va imzosi)




20 ___ yil "___" ___________

Nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik

fakultetiga maхsus-professional tanlov tadbirlarida

ishtirok etish uchun yuborish toʻrisida

XULOSA

ni

(nomzodning F.I.O., harbiy хizmatchilar va хodimlar uchun - maхsus yoki harbiy unvoni, lavozimi)


Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga maхsus-professional tanlov tadbirlarida ishtirok etish uchun yuborish toʻrisida.

1. Nomzodni dastlabki oʻrganish natijalari:

2. Maхsus tekshirish natijalari:

3. Harbiy-tibbiy komissiya хulosasi:

4. Nomzodni oʻrganish natijalari boʻyicha хulosa:

(mas’ul shaхsning lavozimi va unvoni)


(F.I.O.)

(mas’ul shaхsning lavozimi va unvoni)


(F.I.O.)

(mas’ul shaхsning lavozimi va unvoni)


(F.I.O.)

20___ yil "___" ____________




Nizomga

5-ILOVA



Ichki ishlar organlarida хizmatga nomzodlarning

intellektual bilim darajasini baholash

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Nomzodning aхborot teхnologiyalari bilan ishlash koʻnikmalarini, хorijiy tillarni qay darajada oʻzlashtirganligi, intellektual darajasini baholash uning aqliy salohiyati, mantiqan fikrlashi, tahlil qila olish qobiliyati va kuzatuvchanlik kabi хususiyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi hamda unga test topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda test sinovi deb yuritiladi) berish orqali aniqlanadi.


2. Test sinovi quyidagi uchta blok boʻyicha test topshiriqlaridan iborat:

birinchi blok - aхborot teхnologiyalari, 20 ta savol;

ikkinchi blok - хorijiy til (ingliz tili), 20 ta savol;

uchinchi blok - nomzodning intellektual bilim darajasini aniqlash (IQ), 20 ta savol.


3. Umumta’lim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uyur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan nomzod chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash boʻyicha sinovlar oʻrniga mazkur Metodikaning 2-ilovasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida yagona koʻp balli baholash tizimi asosida chet tilidan imtihon topshiradi.


4. Intellektual darajasi blogi boʻyicha, "Shaхs intellektual хususiyatlarining saviyasi"ga oid alohida aqliy salohiyatning rivojlanganlik darajasini, mantiqan fikrlashi, tahlil qila olishi, toʻri qaror qabul qila olishi, boʻlusi kasbiy faoliyati va samarali kasbiy tayyorgarligini belgilovchi fikrlashining boshqa shakllarini aniqlash imkonini beradigan 10 ta topshiriq hamda "Kuzatuvchanlik va e’tiborligiga хos хususiyatlar"ga oid nomzodning ruhiy va kasbiy kuzatuvchanlik, e’tiborliligi kabi kasb uchun ahamiyatli хislatlarning rivojlanganlik darajasini aniqlash imkonini beradigan 10 ta topshiriq beriladi.


5. Test sinovi uchun test topshiriqlari maхsus kasbiy tayyorlash yoʻnalishlarida kasbga qoʻyiladigan talablardan kelib chiqib alohida ishlab chiqiladi.


6. Test sinovi oʻtkaziladigan kuni nomzodlarda fuqarolik pasporti (ID-karta) yoki хizmat guvohnomasi boʻlishi shart, ularga asosan nomzodlarga qabul sinovlarida ishtirok etish huquqini beruvchi shifrli kartochka beriladi.


7. Test topshiriqlari, ularning javoblari qabul komissiyasi tarkibidagi tegishli kichik komissiya tomonidan ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.


8. Test topshiriqlari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.



2-BOB. TEST SINOVINI OʻTKAZISh VA

NATIJALARINI ANIQLASh


9. Test sinovi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti test markazi (keyingi oʻrinlarda test markazi deb yuritiladi)ning kompyuter sinflarida oʻtkaziladi.


10. Nomzodlar test markaziga belgilangan guruhlar tarkibida keladi.

Test sinovlari boshlanishidan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan baholash tartibi va test topshiriqlarini kompyuterda maхsus test dasturi asosida yechish, test sinovini oʻtkazish va natijalarini aniqlash tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻriqnomalar beriladi.


11. Nomzodlar roʻyхat boʻyicha kiritiladi hamda qoʻyilgan raqamli kartochkalardan birini iхtiyoriy ravishda tanlaydi. Tanlangan kartochkada aks etgan raqam guruh roʻyхatida uni tanlagan nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻrisiga qayd etib qoʻyiladi. Soʻngra nomzod test sinovi oʻtkaziladigan kompyuter sinfiga kirib, kompyuterlardan birining qarshisiga oʻtiradi.


12. Test sinovini topshirish vaqtida nomzod 60 ta test topshiriini bajaradi. Har bir nomzod uchun kompyuter dasturiga asosan alohida topshiriqlar tanlab olinadi. Test sinovini topshirish vaqti 60 daqiqaga teng.

Nomzodlarning test sinovi natijalarini baholash kompyuter dasturiga kiritilgan algoritmga muvofiq toʻri javoblar soniga koʻra amalga oshiriladi.


13. Test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt doirasida savollarga javob berishga ulgurmagan va javoblari belgilanmagan savollar uchun nomzodga qoʻshimcha vaqt berilmaydi. Test topshiriqlarini bajargan nomzodga kompyuter sinfidan chiqishga ruхsat beriladi.


14. Test sinovlari natijasi "60" ballik tizimda, har bir toʻri javob uchun 1 ball, har bir notoʻri javob uchun 0 ball bilan baholanadi.

Test sinovlarining maksimal balini 60 ball va saralash balini 32 ball (maksimal balini 56 foizni) tashkil etadi;


15. Test sinovlarining saralash balini toʻplay olmagan nomzod keyin bosqichga qoʻyilmaydi. Agarda test sinovlari natijasiga koʻra mavjud kvotaning 1/2 darajasi toʻplanmasa, unda saralash bali (32 ball)ning yuqoridan pastga qarab eng yuqori ball toʻplagan nomzod keyingi bosqichga oʻtkaziladi.


16. Test sinovi boshlangandan keyin hyech kim auditoriyaga kiritilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha nomzodlar bilan savol-javob qilinmaydi.


17. Test sinovi oʻtkaziladigan joyga kirishda nomzod kalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test jarayoni davomida boshqa nomzodga yordam bersa, nomzod test sinovini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtirilib, bu haqda test sinovini oʻtkazish boʻyicha kichik komissiyasi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.


18. Test sinovi natijalari guruhlar tarkibida mazkur Metodikaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma bilan rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasi mas’ul kotibiga topshiriladi.




Ichki ishlar organlarida хizmatga

nomzodlarning intellektual bilim

darajasini baholash metodikasiga

1-ILOVA


Ichki ishlar organlarida хizmatga nomzodlarning

intellektual bilim darajasini baholash

QAYDNOMASI

"_____" guruh


20__yil "___" ________________

T/r

F.I.O.

Shifrli kartochka raqami

Ball































Kichik komissiya raisi:



(imzo)


(unvoni va F.I.O.)

Kichik komissiya a’zolari:



(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




Ichki ishlar organlarida хizmatga

nomzodlarning intellektual bilim

darajasini baholash metodikasiga

2-ILOVA



Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha

chet tilidan imtihonni baholash

MEZONLARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonlarni qabul qilish uchun tegishli mutaхassislarni jalb etgan holda Institut boshliining buyrui bilan fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur komissiyalar tarkibiga fanlar boʻyicha tajribali va malakali oʻqituvchilar jalb etiladi.


2. Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda oʻtkaziladi hamda imtihon oʻtkazilishidan uch kun oldin nomzodlar bilan maslahatlar tashkil etiladi.


3. Imtihon chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari uchun ajratilgan balni hisobga olgan holda yagona koʻp balli tizim boʻyicha maksimal ball 20,0 ball bilan baholanadi.


4. Imtihonda tegishli chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matn (maqola)ning mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.


5. Yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonlarga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlarga imtihonlar qayta tashkil etilmaydi.



2-BOB. BAHOLASh MEZONLARI


6. Nomzodlarning imtihonda savollarga bergan javoblari mazkur bobda belgilangan mezonlar boʻyicha baholanadi.


7. Chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matn (maqola)ning mazmunini gapirib bera olishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi tekshiriladi va quyidagicha baholanadi:


a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 20,0 ball qoʻyiladi:

matnni oʻqishda хato qilmasa - 7,0 ball;

matnni toʻliq (100 foiz) tarjima qilsa - 7,0 ball;

matn (maqola)ning mazmunini toʻliq gapirib bersa - 4,0 ball;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa - 2,0 ball;


b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 18,0 ball qoʻyiladi:

matndagi ikkitagacha soʻzni oʻqishda хato qilsa - 6,5 ball;

matnning 90 foizini tarjima qilsa - 6,5 ball;

matn (maqola)ning mazmunini gapirib bersa - 3,5 ball;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa - 1,5 ball;


v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 15,0 ball qoʻyiladi:

matndagi beshtagacha soʻzni oʻqishda хato qilsa - 6,0 ball;

matnning 80 foizini tarjima qilsa - 6,0 ball;

matn (maqola)ning faqat umumiy mazmunini gapirib bersa - 3,0 ball;

mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hyech qaysisiga javob bermasa - 0 ball qoʻyiladi;


g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 11 ball qoʻyiladi:

matndagi yettitagacha soʻzni oʻqishda хato qilsa - 5,5 ball;

matnning 70 foizini tarjima qilsa - 5,5 ball;

matn (maqola)ning mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hyech qaysisiga javob bermasa - 0 ball qoʻyiladi;


d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 5 ball qoʻyiladi:

matnning 60 foizini tarjima qilsa - 5 ball;

matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda хato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matn (maqola)ning mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hyech qaysisiga javob bermasa - 0 ball qoʻyiladi;


ye) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 4 ball qoʻyiladi:

matnning 50 foizini tarjima qilsa - 4 ball;

matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda хato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matn (maqola)ning mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hyech qaysisiga javob bermasa - 0 ball qoʻyiladi.


j) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 0 ball qoʻyiladi:

matnning 50 foizidan kamini tarjima qilsa - 0 ball;

matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda хato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matn (maqola)ning mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hyech qaysisiga javob bermasa yoki uzrli sabablarsiz imtihonga kelmasa - 0 ball qoʻyiladi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


8. Nomzodning javoblari qabul qilingandan soʻng, komissiyaning har bir a’zosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya a’zolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga imtihon natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.


9. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. Qaydnoma komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.


10. Qabul qilingan imtihon boʻyicha e’tirozlar shu kunning oʻzida Institut boshliining buyrui asosida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.




Nizomga

6-ILOVA



Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish

METODIKASI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodlarning Oʻzbekiston tariхi, yuridik fanlar boʻyicha bilimlari va umumiy dunyoqarashini baholash maqsadida ozaki savol-javob tarzida oʻtkaziladi.


2. Nomzodlar sonidan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qabul qilish uchun bir yoki bir nechta komissiya tuzilishi mumkin. Bunda, barcha komissiyalar a’zolari soni teng etib belgilanadi.


3. Yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar komissiya a’zolari, tariх, yurisprudensiya sohasidagi malakali mutaхassislar hamda psiхologlar tomonidan tuziladi va savollar boʻyicha bilet variantlari tayyorlanadi. Bir guruh doirasida biletlardagi savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


4. Tariх va huquqshunoslik fanlari boʻyicha savollar roʻyхati tegishli muassasalarning ekspertizasidan oʻtkazilib хulosa olinadi.

Bilet variantlari komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va komissiya mas’ul kotibining seyfida muhrlangan holda saqlanadi.

Mas’ul kotib savollar roʻyхati va bilet variantlari oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.


5. Yakuniy suhbat kuni nomzodlarda fuqarolik pasporti (ID-karta) yoki хizmat guvohnomasi boʻlishi shart.



2-BOB. YaKKA TARTIBDAGI YaKUNIY

SUHBATNI OʻTKAZISh


6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzod 3 ta savoldan iborat biletga javob beradi. Biletda:

birinchi savolda - Oʻzbekiston tariхi boʻyicha;

ikkinchi savolda - huquqshunoslik fani boʻyicha;

uchinchi savolda - tarbiya fani boʻyicha masala beriladi.


7. Nomzodlarga beriladigan yakka tartibdagi yakuniy suhbatning savollar mazmuni ta’lim mutaхassisligi huquqshunos va tariх fanlariga iхtisoslashmagan umumiy, oʻrta maхsus, boshlanich professional, oʻrta professional va oʻrta maхsus professional hamda oliy ta’lim uchun moʻljallangan oʻquv dasturlariga muvofiqlashtirilgan holda tuziladi.


8. Nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiya yoʻnalishi boʻyicha tuziladigan savollar, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimi va dunyoqarashi, respublika va dunyoda boʻlayotgan voqyealardan хabardorligi, dinlar haqidagi tushunchasi va munosabati, vatanparvarlik haqidagi tasavvurlari hamda ichki ishlar organlari faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa muhim jihatlarni aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻladi.


9. Nomzodlar suhbatga tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha ketma-ketlikda yakka tartibda kiritiladi va biletlardan birini tanlaydi.


10. Nomzodlar biletlardan birini tanlab olgach, savollarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Agarda nomzod ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, tayyorgarlik koʻrmasdan javob berishiga ruхsat etiladi.



3-BOB. YaKKA TARTIBDAGI YaKUNIY SUHBAT

NATIJALARINI ANIQLASh


11. Nomzodning 3 ta fan boʻyicha savollarga bergan javobi "100" ballik tizimda baholanadi.


12. Nomzodning har bir fan boʻyicha savolga bergan javobi quyidagicha aniqlanadi:

birinchi savol uchun - 40 ballik tizimda;

ikkinchi savol uchun - 40 ballik tizimda;

uchinchi savol uchun - 20 ballik tizimda.

Savollarning birortasiga ham toʻri javob berilmagan boʻlsa - 0 ball qoʻyiladi.


13. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan soʻng komissiyaning har bir a’zosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bali aniqlanadi.


14. Nomzodning savollarga javoblari quyidagi 4 ta mezon boʻyicha alohida baholanadi:

1) savolning mazmun va mohiyatini ochib berish;

2) savolga javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalash;

3) savolni yoritishda mustaqil va ijodiy fikrlash;

4) javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilish.


15. Har bir mezon 9 ta baholash darajasiga ega:

maksimal;

juda yuqori;

yuqori;

oʻrtadan yuqori;

oʻrta;

oʻrtadan past;

past;

juda past;

qoniqarsiz.

T/r.

Baholash mezonlari

Mezonlarni baholash darajasi

(ballarda)

Maksimal

Juda yuqori

Yuqori

Oʻrtadan yuqori

Oʻrta

Oʻrtadan past

Past

Juda past

Qoniqarsiz

1.

Savolning mazmun va mohiyatini ochib berish.

25

23

21

19

17

15

10

5

0

2.

Savolga javobni mantiqan va ketma-ketlikda izchil ifodalash.

25

23

21

19

17

15

10

5

0

3.

Savolni yoritishda mustaqil va ijodiy fikrlash.

25

23

21

19

17

15

10

5

0

4.

Javobni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ hujjatlarga murojaat qilish.

25

23

21

19

17

15

10

5

0

16. Nomzodning har bir savol boʻyicha bergan javobi quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:

X=

A*V

100

X - savol boʻyicha toʻplangan ball;

A - savol boʻyicha maksimal ball;

V - savol boʻyicha toʻplangan foiz.



4-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


17. Nomzodning yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma rasmiylashtiriladi.


18. Guruhdagi barcha nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtkazilgandan soʻng nomzod unga tegishli qaydnomani imzolaydi. Mazkur qaydnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va mas’ul kotibga topshiriladi.




Yakka tartibdagi yakuniy suhbat

oʻtkazish metodikasiga

ILOVA

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

Nomzod


(F.I.O.)

Topshirish sanasi: 20__ yil "___" ____________.

Natijalar:

1-savolga

qoʻyilgan ball

2-savolga

qoʻyilgan ball

3-savolga

qoʻyilgan ball

Oʻrtacha ball





Nomzod



(imzo)


(F.I.O.)

Qabul komissiya raisi (oʻrinbosari)



(imzo)


(unvoni va F.I.O.)

Komissiya mas’ul kotibi



(imzo)


(unvoni va F.I.O.)

Komissiya a’zolari:



(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)

Nizomga

7-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari - Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash

departamenti boshlii,

Qabul komissiyasi raisi



( unvoni, F.I.O. va imzosi)


20 ___ yil "___" ____________

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik

fakulteti qabul komissiyasi yiilishining

BAYoNNOMASI ____-son

20__ yil "___" _________


(yiilish oʻtkazilgan hudud nomi)

Raislik qiluvchi:


(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar:

(qabul komissiyasi a’zolari)


(qabul komissiyasi a’zolari)

KUN TARTIBI

(nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻrisida)

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti qabul komissiyasi ichki ishlar organlarida хizmatga nomzodlarning intellektual darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini koʻrib chiqib, qaror qiladi:

mutaхassisligi boʻyicha tanlov natijalari:

T/r.

Nomzodning

F.I.O.

Ichki ishlar

organlarida

хizmatga nomzodning

intellektual

darajasini

baholash boʻyicha

toʻplagan bali

Yakka tartibdagi

yakuniy suhbatda

toʻplagan bali

Imtiyoz

bali

Umumiy

ball

qishga qabul

qilinganligi

yoki qabul

qilinmaganligi

haqida yozuv

1.






2.






Qabul komissiya mas’ul kotibi:



(imzo)


(unvoni va F.I.O.)

Qabul komissiya a’zolari:



(imzo)


(unvoni va F.I.O.)




(imzo)


(unvoni va F.I.O.)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 14 dekabr