Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 y. PF-35-son "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.12.2021 y.

N PF-35



2022 YILDA RASMIY SANALARNI NIShONLASh

DAVRIDA QOʻShIMChA IShLANMAYDIGAN

KUNLARNI BELGILASh VA DAM OLISh

KUNLARINI KOʻChIRISh TOʻRISIDA


2022 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:


1. 2022 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:

a) barcha хodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3 yanvar - dushanba, 22 mart - seshanba, 23 mart - chorshanba, 3 may - seshanba, 11 iyul - dushanba, 2 sentyabr - juma;

b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun: 4 yanvar - seshanba, 4 may - chorshanba, 12 iyul - seshanba, 3 sentyabr - shanba va 31 dekabr - shanba.

2. 2022 yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirilsin:

8 yanvar - shanba kunidan 4 yanvar - seshanba kuniga;

7 may - shanba kunidan 4 may - chorshanba kuniga;

16 iyul - shanba kunidan 12 iyul - seshanba kuniga.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

byudjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandi "a" kichik bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini besh ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;

har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonning1-bandi "a" kichik bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi;

har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda oʻn besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak;

byudjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qoʻshimcha dam olish kuni mehnat ta’tiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.


4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:

Turizm va sport vazirligi turizm namoyishi ob’yektlari (madaniy meros va sport ob’yektlari, muzeylar) va mehmonхona хizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar oʻtkazilishini tashkillashtirsin;

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga Soliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va solomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin;

"Uzbekistan Airways" AJ, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin.


5. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga:

mehnat jamoalari oʻrtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati toʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish;

uzaytirilgan bayram kunlarida хodimlar va ularning oila a’zolari maroqli dam olishini ta’minlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.


6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari oʻtkaziladigan tadbirlar toʻrisida ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan Internet jahon aхborot tarmoi orqali aholining keng хabardor qilinishini ta’minlasin.


7. 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻrisida"gi PF-6122-son hamda 2021 yil 10 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻrisida"gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi PF-6222-son farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur Farmon 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran oʻz kuchini yoʻqotadi.


9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 21 dekabr