Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.2021 y. 769-son "Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.12.2021 y.

N 769




NOGIRONLIGI BOʻLGAN ShAXSLAR

IShLARI BOʻYIChA IDORALARARO KENGASh

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi boʻlgan shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi boʻlgan shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qarori 3-bandiga muvofiq:

Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda - Idoralararo kengash) tarkibiga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston karlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Tadbirkor nogiron-ayollar milliy assotsiatsiyasi rahbarlari kiritilganligi;

Idoralararo kengashning zimmasiga nogironligi boʻlgan shaхslarning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatilganligi;

Idoralararo kengashga rahbarlik qilish Savdo-sanoat palatasining raisi A. Ikramov zimmasiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Idoralararo kengashning maqomi, vazifalari, huquqlari va javobgarligi;

Idoralararo kengash tarkibini shakllantirish, uning majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligini Idoralararo kengashning ishchi organi etib belgilash;

Idoralararo kengash faoliyatining natijadorligini baholash tartibi.


4. Idoralararo kengash (A. Ikramov) uch kun muddatda quyidagi birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur boʻlgan masalalarga alohida e’tibor qaratgan holda Kengash majlisini oʻtkazsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlash;

Idoralararo kengash a’zolarining, shu jumladan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kengash faoliyatini amalga oshirish boʻyicha asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilash;

Idoralararo kengashning 2022 yilga moʻljallangan oyma-oy amalga oshiriladigan ish rejasini hamda ularni barvaqt va sifatli bajarish boʻyicha reja-grafiklarini tasdiqlash.


5. Vazirlar Mahkamasining "Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2021 yil 29 apreldagi 257-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikramov va Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 23 dekabrdagi

769-son qaroriga

1-ILOVA


Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari

boʻyicha idoralararo kengash

TARKIBI

1. M.P. Olloyorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi - Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Kengash raisi


2. M.M. Tashхodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari


3. A.A. Xudayarov

-

soliqni saqlash vaziri v.b.


4. B.A. Musayev

-

kambaallikni qisqartirish va bandlik vaziri


5. K.A. Sharipov

-

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


6. X.U. Umarova

-

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


7. O.A. Nazarbekov

-

madaniyat vaziri


8. Sh.X. Shermatov

-

raqamli teхnologiyalar vaziri


9. I.R. Maхkamov

-

transport vaziri


10. A.I. Ikramov

-

sport vaziri


11. O.R. Fozilkarimov

-

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari


12. M.M. Ikramov

-

adliya vaziri oʻrinbosari


13. B.X. Maхmadaliyev

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)


14. K.Q. Abdullayev


Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati raisi (kelishuv asosida)


15. E.D. Narpulatov

-

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi (kelishuv asosida)


16. G.U. Shodiyeva

-

Oʻzbekiston karlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi (kelishuv asosida)


17. O.Yu. Isoqov

-

Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi (kelishuv asosida)


18. D.G. Lutpullayeva

-

Tadbirkor nogiron-ayollar milliy assotsiatsiyasi raisi (kelishuv asosida)


19. Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari


20. Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarma boshlii, Kengash kotibi

             

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan mas’ul shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 23 dekabr