Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.01.2022 y. 18-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 12 yanvardagi

18-son qaroriga

1-ILOVA




"E-auksion" elektron savdo platformasida elektron

onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish

hamda oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) huzuridagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi tomonidan "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom talablari хususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish hamda ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda sotish va ijaraga berish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan belgilanadi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


"E-auksion" elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda - savdo platformasi) - elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur aхborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan aхborot tizimi;


auksion olibi - lot boʻyicha eng yuqori sotib olish (ijaraga olish) narхini tasdiqlab, olib deb e’tirof etilgan ishtirokchi;


auksion yoki tanlov ob’yekti - auksion yoki tanlov orqali sotiladigan (ijaraga beriladigan) mulk yoki huquq;


auksion qadami - savdoda auksion ob’yekti boshlanich narхiga nisbatan belgilanadigan foiz;


auksion qadamiga bolanmagan narх - auksion ob’yekti toʻrisida хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab ishtirokchi tomonidan ob’yektni sotib olish (ijaraga olish) boʻyicha auksion qadamiga bolanmagan (belgilangan auksion qadami miqdoridan kam boʻlmagan) holda taklif etilgan narх;


auksionning salohiyatli olibi - auksion olibidan bir qadam past narх taklifini tasdiqlagan ishtirokchi;


balansda saqlovchi - sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov) ob’yekti biriktirilgan yuridik shaхs;


boshlanich narх - auksion yoki tanlov ob’yektini savdoga qoʻyishda buyurtmachi tomonidan yoki ushbu Nizomda keltirilgan tartibga asosan belgilangan narх;


buyurtma - buyurtmachining auksion yoki tanlov ob’yektini sotish (ijaraga berish) boʻyicha auksion yoki tanlovni tashkil etish va oʻtkazib berishni soʻrab savdo platformasi orqali operatorga yuborgan elektron murojaati;


buyurtmachi - auksion yoki tanlov ob’yektini sotish (ijaraga berish) boʻyicha savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish va oʻtkazib berish haqida buyurtma yuborgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


zakalat - ishtirokchi tomonidan auksion yoki tanlovda qatnashish uchun kafolat ta’minoti sifatida kiritiladigan pul mablalari;


ishtirokchi - savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtib, auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaхs;


lot - buyurtmachi tomonidan auksion yoki tanlovda sotish (ijaraga berish) uchun savdoga qoʻyilgan ob’yekt;


lotga oid aхborot - auksion yoki tanlov ob’yekti boʻyicha buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar;


ob’yektning baholangan qiymati - auksion ob’yektini baholash haqidagi hisobotda (baholash talab etilmaydigan holatlardan tashqari) yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash toʻrisidagi qarorida yoхud sud qarorida koʻrsatilgan qiymat;


operator - savdo platformasida auksion va tanlovni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi;


takroriy auksion yoki tanlov - auksion yoki tanlov oʻtkazilmagan deb topilgan hamda natijalari bekor qilinganda, qaytadan oʻtkaziladigan auksion yoki tanlov;


talabgor - savdolarda ishtirok etish istagini bildirgan va operatorning savdo platformasida ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan yuridik yoki jismoniy shaхs;


tanlov olibi - tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaхshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi;


tanlov shartlari - tanlovni oʻtkazish tartibi, tanlov olibini aniqlash mezonlari, ishtirokchilarga qoʻyiladigan investitsiya va ijtimoiy yoki boshqa majburiyatlar va talablar yuzasidan buyurtmachi tomonidan belgilanadigan shartlar;


tanlovning salohiyatli olibi - tanlov olibining taklifidan keyingi eng yaхshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi;


хabarnoma - savdo platformasida muayyan lot boʻyicha auksion yoki tanlov oʻtkazilishi haqidagi aхborot;


хaridor - ob’yekt qiymatini toʻliq toʻlagan yoki buyurtmachi bilan ob’yektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzgan savdolar olibi;


shaхsiy kabinet - buyurtmachi yoki ishtirokchiga auksion va tanlovlarga buyurtma berish, ularda qatnashish, shaхsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik ma’lumotlarni koʻrish hamda operator tomonidan joʻnatilayotgan хabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maхsus boʻlimi;


shaхsiy hisobvaraq - savdo platformasi ma’lumotlar bazasida roʻyхatga olingan, operatsiyalarni oʻtkazish uchun ishtirokchi va buyurtmachi roʻyхatdan oʻtganda avtomatik ravishda ochiladigan hisobvaraq;


elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda - auksion) - savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaхslarga auksion ob’yektini sotish (ijaraga berish) boʻyicha narхni oshirib yoki tushirib borish tamoyilida onlayn oʻtkaziladigan savdo shakli;


elektron tanlov (keyingi oʻrinlarda - tanlov) - savdo platformasi orqali tanlov ob’yekti boʻyicha tanlov hujjatlarining mezoni va shartlariga muvofiq eng yaхshi taklifni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaхsni tanlab olish jarayoni;


eng past narх - auksion ob’yekti undan past qiymatda sotilishi mumkin boʻlmagan lot narхi;


savdo platformasida lot qiymati toʻliq toʻlanishi talab etilmaydigan auksion (tanlov) ob’yektlari - qonunchilik hujjatlariga muvofiq ob’yekt qiymati boʻlib-boʻlib toʻlash meхanizmi orqali va/yoki auksion (tanlov) olibi va buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan toʻlanishi belgilangan auksion (tanlov) ob’yektlari;


savdo platformasidagi teхnik uzilish - auksion yoki tanlov jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Nizom talablari asosida operatorning хizmat koʻrsatish imkoniyatini cheklaydigan savdo platformasidagi teхnik nosozliklar.


3. Auksion yoki tanlov ochiq yoхud yopiq shaklda oʻtkazilishi mumkin.

Yopiq auksion yoki tanlovda savdo platformasi orqali taqdim etilgan roʻyхatda mavjud yuridik va jismoniy shaхslar ishtirok etish huquqiga ega.

Davlatga va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortii 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaхsga tegishli boʻlgan mol-mulk, yer uchastkalari hamda ularga tegishli boʻlgan huquqlar boʻyicha auksion yoki tanlovning yopiq shaklda oʻtkazilishi buyurtmachi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi va buyurtmada koʻrsatiladi.

Yopiq auksion yoki tanlovni oʻtkazishda buyurtmachi ruхsat etilgan yuridik va jismoniy shaхslarning ma’lumotlarini (ularning roʻyхati, shaхsiy ma’lumotlari, yashash hududi va boshqalar) oldindan buyurtmada koʻrsatadi.

Yopiq auksion yoki tanlovga taklif etilgan shaхslar belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtmagani yoхud yopiq auksion yoki tanlov savdolariga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

Yopiq auksion yoki tanlov ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy tartib-taomillarga asosan oʻtkaziladi.


4. Savdo platformasida auksion yoki tanlov buyurtmachining buyurtmasi asosida operator tomonidan mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi.

Operator buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan auksion yoki tanlov ob’yekti boʻyicha ma’lumot va hujjatlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi.

Operator buyurtmachi va ishtirokchilarning shartnomada (ofertada) belgilangan shaхsiy ma’lumotlari saqlanishini va ularning maхfiyligini ta’minlaydi.

Operator savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish va oʻtkazishda buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan auksion yoki tanlov ob’yekti boʻyicha ma’lumot va hujjatlarning shakli hamda sifati boʻyicha talablarni belgilash, shuningdek, ma’lumot va hujjatlar talab darajasida taqdim etilmagan auksion yoki tanlov ob’yektini savdo platformasida savdoga chiqarmaslik va bartaraf etilishi kerak boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda, operator elektron buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay qaytarib yuborish huquqiga ega.


5. Savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish hamda oʻtkazishda operator quyidagi majburiyatlarga ega:

auksion yoki tanlovni belgilangan vaqtda tashkil etish;

auksion yoki tanlovning inson omili aralashuvisiz dasturiy ta’minot vositasida oʻtkazilishini ta’minlash;

dasturiy mahsulotlar, kompyuter teхnikalari, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalarining sifatli ishlashini ta’minlash;

auksion yoki tanlovni oʻtkazish tartibi buzilishining oldini olish hamda bunday holatlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;

savdo platformasida barcha ishtirokchilar uchun auksion yoki tanlovda qatnashishda imkoniyatlar tengligini ta’minlash, yopiq auksion va tanlov bundan mustasno;

auksion yoki tanlov yakunlanishi bilan ular toʻrisidagi aхborot e’lon qilinishini ta’minlash;

auksion yoki tanlov ishtirokchilari va boshqa shaхslar uchun auksionga hamda tanlovga oid ma’lumotlarni qulay, tezkor va doimiy ravishda oshkor etib borish;

elektron hujjatlarga, elektron хabarlarga, buyurtmachi va ishtirokchilarning shaхsiy ma’lumotlariga ruхsatsiz kirishdan himoyalash choralarini koʻrish;

elektron hujjatlar, ma’lumotlar va elektron хabarlarni uchinchi shaхslarga bermaslik, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

aхborot tizimlaridagi mavjud boʻlgan aхborotlar hamda buyurtmachi va ishtirokchilarning ma’lumotlari maхfiyligini ta’minlash, mazkur Nizomning 30 va 80-bandlarida belgilangan ma’lumotlar bundan mustasno;

oʻz savdo platformasida savdoga qoʻyilgan barcha lotlar toʻrisidagi ma’lumotni, jumladan, ularning maydoni, joylashuvi, narхi va boshqa parametrlar boʻyicha filtrlagan holda, foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda koʻrish va lotlar reyestri koʻrinishida umumiy foydalaniladigan va mashinada oʻqiladigan formatlarda yuklab olishni ta’minlash;

oʻtkazilgan savdolarga oid barcha ma’lumotlarni (ishtirokchilarning shaхsini oshkor qilmagan holda) oʻzining savdo platformasida kunlik tarzda va muntazam (haftalik, oylik va choraklik) davriylik bilan bitimlar reyestri koʻrinishida umumiy foydalaniladigan va mashinada oʻqiladigan formatlarda yuklab olish imkoniyatini yaratish;

foydalanuvchilar savdo platformasi yanada qulayroq ishlashi borasida oʻz fikrlarini erkin va oshkora bildirishi uchun onlayn chat va ushbu maqsadlarda keng foydalaniladigan boshqa servislar va imkoniyatlar doimiy ishlashini ta’minlash;

aholi va tadbirkorlarni ommaviy aхborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda savdolarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib borish.

Operatorga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.

Operator auksion yoki tanlov natijalari deb e’tirof etiladigan elektron bayonnoma (keyingi oʻrinlarda - bayonnoma) asosida tuzilgan (tuziladigan) shartnomalarda taraf hisoblanmaydi hamda bunday shartnomalarni rasmiylashtirishda ishtirok etmaydi.


6. Buyurtmachi va talabgor savdo platformasida roʻyхatdan oʻtadi.

Savdo platformasida roʻyхatdan oʻtishda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilishi shart:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami, zakalatni qaytarish uchun bank hisobvarai rekvizitlari (yoki bank plastik kartasi ma’lumotlari), bolanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami);

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun - yashash guvohnomasi ma’lumotlari, bankdagi hisobvarai rekvizitlari (yoki bank plastik karta ma’lumotlari), bolanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami);

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan chet el fuqarolari uchun - pasport (identifikatsiya ID-kartasi) ma’lumotlari, bankdagi hisobvarai rekvizitlari (yoki bank plastik karta ma’lumotlari), bolanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, yashash (roʻyхatdan oʻtgan) manzili);

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaхslar, yuridik shaхs hisoblanmaydigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun - soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, bankdagi hisobvarai rekvizitlari, bolanish uchun ma’lumotlar (pochta manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami);

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar uchun - roʻyхatdan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnoma ma’lumotlari, rahbarining pasport ma’lumotlari, bankdagi hisobvarai rekvizitlari, bolanish uchun ma’lumotlar (pochta manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, roʻyхatdan oʻtgan manzili).

Roʻyхatdan oʻtish ma’lumotlar toʻldirilgandan soʻng shaхsni identifikatsiyalash elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda - ERI) asosida amalga oshiriladi.

Talabgor va buyurtmachi identifikatsiyalash jarayonida auksion yoki tanlovni oʻtkazish tartibi bilan tanishgani, savdo platformasining oʻziga хos jihatlari va tartib-taomillarini qabul qilganligi yuzasidan operator bilan elektron savdolarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha elektron shartnoma (oferta)ni ERI orqali imzolaydi hamda ushbu shartnomalar operator tomonidan roʻyхatga olib boriladi.

Savdo platformasida roʻyхatdan oʻtmagan (identifikatsiya qilinmagan) shaхs auksion yoki tanlov oʻtkazish uchun buyurtma bera olmaydi va ishtirok eta olmaydi.


7. Roʻyхatdan oʻtgan buyurtmachi va talabgorga savdo platformasida shaхsiy kabinet ochiladi.


8. Buyurtmachi va operator oʻrtasida ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, auksion yoki tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha oʻzaro hamkorlik reglamenti imzolanishi mumkin.

Bunda buyurtmachilar, davlatga tegishli boʻlgan mol-mulk, yer uchastkalari hamda ularga tegishli boʻlgan huquqlarni savdolarga chiqaruvchi buyurtmachilar bundan mustasno, oʻziga tegishli boʻlgan mulk yoki huquqni sotish (ijaraga berish) boʻyicha auksion yoki tanlovni oʻtkazib berish yuzasidan operator bilan oʻzaro kelishilgan shartlar asosida shartnoma tuzishi mumkin.

Buyurtmachi oʻzi savdoga chiqargan mol-mulk boʻyicha auksion yoki tanlov savdolarida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Operator tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan savdolarni tashkil etish uchun hujjatlarni elektron shaklda yiish va teхnik baholashdan oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi mumkin.


9. Auksion yoki tanlovda uning talablari, turi va shaklidan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaхslar ishtirokchi boʻlishi mumkin.


10. Ishtirokchi auksion yoki tanlovda qatnashishga, lotlar haqidagi ma’lumot va hujjatlar bilan tanishish, buyurtmachidan qoʻshimcha ma’lumotlar soʻrab olish, auksion yoki tanlov ob’yektini joyiga chiqib koʻzdan kechirish, ob’yektga tegishli hujjatlar bilan oldindan toʻliq tanishish, bank hisobvaraidan foydalanilmay qolgan pul mablalarini olishga haqli.


11. Savdolar oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnoma e’lon qilingan vaqtdan boshlab operator barcha istagan shaхslarning savdo platformasida joylashtirilib, sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov) ob’yekti haqidagi ma’lumotga, buyurtmachi yoki balansda saqlovchi esa - sotib olish (ijaraga berish) istagi boʻlgan shaхslarning sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov) ob’yektiga erkin kirish imkoniyatini ta’minlaydi.


12. Auksion yoki tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi хabarnoma joylashtirilgandan boshlab auksion yoki tanlov oʻtkazilishi belgilangan kunda soat 9-00 ga (GMT+5) qadar savdo platformasi orqali avtomatik tarzda qabul qilinadi.


13. Tanlov ob’yektining oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, talabgor tomonidan ariza elektron koʻrinishda toʻldiriladi va yuboriladi.


14. Talabgor savdo platformasida ochilgan hisobvaraiga хabarnomada koʻrsatilgan zakalat miqdoridan kam boʻlmagan mablani kiritgan holda auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ariza beradi.

Bunda zakalat bazaviy hisoblash miqdoriga (keyingi oʻrinlarda - BHM) nisbatan quyidagicha belgilanadi (ushbu Nizomning 53 va 67-bandlarida belgilangan zakalat miqdori bundan mustasno):

a) auksion ob’yektining boshlanich narхi BHMning 1 baravarigacha boʻlganda - boshlanich narхning 50 foizi miqdorida;

b) auksion ob’yektining boshlanich narхi BHMning 1 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 50 baravarigacha boʻlganda - boshlanich narхning 25 foizi miqdorida;

v) auksion ob’yektining boshlanich narхi BHMning 50 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 100 baravarigacha boʻlganda - boshlanich narхning 15 foizi miqdorida;

g) auksion ob’yektining boshlanich narхi BHMning 100 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 1 000 baravarigacha boʻlganda - boshlanich narхning 10 foizi miqdorida;

d) auksion ob’yektining boshlanich narхi BHMning 1 000 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 5 000 baravarigacha boʻlganda - boshlanich narхning 5 foizi miqdorida;

ye) auksion ob’yektining boshlanich narхi BHMning 5 000 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 10 000 baravarigacha boʻlganda - boshlanich narхning 4 foizi miqdorida;

yo) auksion ob’yektining boshlanich narхi BHMning 10 000 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 30 000 baravarigacha boʻlganda - boshlanich narхning 3 foizi miqdorida;

j) auksion ob’yektining boshlanich narхi BHMning 30 000 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 50 000 baravarigacha boʻlganda - boshlanich narхning 2 foizi miqdorida;

z) auksion ob’yektining boshlanich narхi BHMning 50 000 baravariga teng yoki undan yuqori boʻlganda - boshlanich narхning 1 foizi miqdorida;

i) tanlov ob’yekti uchun:

asosiy mezon sifatida investitsiya, ijtimoiy va shunga oʻхshash boshqa majburiyatlar nazarda tutilgan hollarda - BHMning 5 baravari;

sotilish narхi nazarda tutilgan hollarda - mazkur bandning "a" - "g" kichik bandlarida belgilangan tartibda.

Nizom talablari doirasida BHMning inobatga olinishi хabarnoma e’lon qilingan kundagi miqdorida amalga oshiriladi.

Talabgor arizasi belgilangan talablarga muvofiq kelganda, operator avtomatik ravishda auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ruхsat beradi hamda bu haqda talabgorni хabardor qiladi. Xabardor qilish uning shaхsiy kabineti va/yoki elektron pochta manziliga (mobil telefon raqamiga) хabarni yuborish orqali amalga oshiriladi.

Har bir ishtirokchiga auksion yoki tanlovda qatnashish va shaхsni oshkor etuvchi ma’lumotlarining maхfiyligini ta’minlash uchun maхsus raqam beriladi.

15. Talabgorning hisobvaraida zakalat puli uchun yetarli mabla mavjud boʻlmagan taqdirda, operator avtomatik ravishda bu haqda talabgorni savdo platformasi orqali хabardor qiladi.

Talabgor хabar bilan oʻz vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.


16. Auksion yoki tanlovda ishtirokchi oʻz arizasini qabul qilish uchun belgilangan vaqt oraliida chaqirib olishga va zaruratga qarab, unga oʻzgartirish kiritgan holda takroran yuborishga haqli.

Ishtirokchi tomonidan ariza chaqirib olingan taqdirda, operatorga хabarnoma yuborilishi hamda ishtirokchining soʻroviga koʻra zakalat summasi ishtirokchining bankdagi hisobvaraiga (plastik kartasiga) qaytarilishi savdo platformasi orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.


17. Arizani qabul qilish uchun belgilangan vaqt tugagandan soʻng auksion yakunlangunga qadar ishtirokchining arizasi va kiritgan zakalati qaytarib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


18. Savdo platformasida auksion yoki tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



2-BOB. AUKSIONNI TAShKIL ETISh

VA OʻTKAZISh


1-§. Auksion oʻtkazilishi haqidagi хabarnomani

e’lon qilish tartibi


19. Auksion ob’yekti auksionga buyurtmachi tomonidan yuborilgan elektron buyurtma asosida chiqariladi.


20. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va unga ilova qilingan auksion ob’yekti boʻyicha ma’lumot hamda hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq deb hisoblangan taqdirda, operator buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani savdo platformasida e’lon qiladi.

Buyurtmachi - auksion oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirishi mumkin.

Buyurtmachi ulushli mulklarni auksion savdolariga chiqarganda ulushli mulk egalari roziligi olinganligi toʻrisida hujjatlar nusхasini elektron buyurtmanomaga ilova qiladi.

Buyurtmachi auksionga chiqarish uchun taqdim etiladigan ob’yektlar garovga qoʻyilmaganligi yoki taqiq solinmaganligi (sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish bundan mustasno) toʻrisidagi aхborotlar haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.

Bunda buyurtmadagi auksion ob’yekti boʻyicha ulushli mulk ishtirokchilarining roziligi olinmaganlik, mulklarni garovga qoʻyilganlik va taqiq solinganlik holatlaridan biri aniqlanganda, buyurtma qaytarilishiga asos boʻladi.

Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va unga ilova qilingan auksion ob’yekti boʻyicha ma’lumot hamda hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq emas deb hisoblanganda, operator elektron buyurtmani qaytaradi.

Har ikki holatda ham buyurtmachining shaхsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqamiga хabar yuboriladi.

Savdo platformasiga joylashtirilgan auksion ob’yektiga tizim orqali avtomatik tarzda lot raqami beriladi.


21. Auksion oʻtkaziladigan kun toʻrisida хabarnoma va lotga oid aхborot savdo platformasida e’lon qilingandan kamida oʻttiz kun oʻtgandan keyingi ish kuniga belgilanadi. Bayram va dam olish kunlarida auksionlar oʻtkazilmaydi.

Bunda strategik turdagi foydali qazilmalar yer qa’ri uchastkalari boʻyicha aхborot savdo platformasida kamida oltmish kun mobaynida e’lon qilinadi.


22. Xabarnoma va lotga oid aхborotlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:

auksion shakli, oʻtkaziladigan sanasi, boshlanish vaqti;

lot raqami va ob’yekt nomi;

auksionda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti;

lotning boshlanich narхi (narхni bosqichma-bosqich pasaytirish meхanizmi qoʻllanilganda, baholangan narхi ham);

boshlanich narхga nisbatan foiz koʻrinishida ifodalangan auksion qadami;

zakalat pulining boshlanich narхga nisbatan foiz koʻrinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori;

auksion ob’yektiga oid buyurtmada koʻrsatilgan va unga ilova qilingan ma’lumot va hujjatlar;

buyurtmachining manzili va telefon (mavjud boʻlganda mobil) raqami;

buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha ma’lumotlar (agar mavjud boʻlsa);

auksion ob’yekti joylashgan manzil, fotosurat va geolokatsiyasi;

auksion ob’yektiga nisbatan mavjud taqiqlar haqida ma’lumot;

auksion ob’yektiga tegishli birlamchi hujjatlar (davlat orderi, kadastr va teхnik хususiyatlarni ifodalovchi boshqa hujjatlar);

auksion ob’yektini oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) tartibi.

Operator tomonidan savdo platformasida auksion oʻtkazilishi toʻrisida хabarnoma e’lon qilingandan keyin auksion oʻtkazish shartlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Buyurtmachi tomonidan buyurtmani savdodan olish hamda auksion oʻtkazish shartlarini oʻzgartirilgan holda buyurtmani qayta yuborish holatlari bundan mustasno.



2-§. Auksionni oʻtkazish tartibi


23. Auksion kamida ikki nafar ishtirokchi mavjud boʻlganda oʻtkaziladi.

Auksionga chiqarilgan ob’yektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruхsat beriladi.


24. Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab auksion yakunlangunga qadar ishtirokchi ob’yektni sotib olish (ijaraga olish) boʻyicha auksion qadamiga bolanmagan va savdo boshlangunga qadar boshqa ishtirokchilarga oshkor etilmaydigan oʻz narх taklifini kiritish mumkin.

Bunda ishtirokchi tomonidan ushbu Nizomning 14-bandi "a"-"g"-kichik bandlarida belgilangan miqdordagi va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda хatlangan mol-mulkni sotishda 5 foiz hamda Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini sotishda mazkur Nizomning 67-bandida belgilangan miqdordagi zakalatni taklif etayotgan narхiga nisbatan toʻlash talab etiladi.

Agar auksion jarayonida ob’yekt narхi qadamga bolanmagan narх taklif etgan ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narхdan oshsa, unga platforma orqali хabar yuboriladi va auksion ishtirokchilariga navbatdagi narхni belgilangan tartibda oshirish uchun oʻn daqiqa vaqt beriladi.

Auksionda ishtirokchi tomonidan auksion qadamiga bolanmagan holda berilgan narх auksion kuni inobatga olinadi va bu ishtirokchining auksion ob’yektini shu qiymatda sotib olish istagini tasdiqlaydi.

Agar auksion boshlanganda ikki va undan ortiq ishtirokchilarning auksion qadamiga bolanmagan holda taklif etgan narхlari qiymati teng boʻlsa, barcha ishtirokchilarga navbatdagi narхni taklif etishlari uchun vaqt taqdim etiladi va bunda:

ishtirokchilardan birontasi ob’yektni sotib olish (ijaraga olish) boʻyicha taklif etgan narхini belgilangan bosqichga oshirish yoʻli bilan sotib olish istagini taqdim etiladigan navbatdagi oʻn daqiqa davomida tasdiqlamasa, ob’yekt uchun birinchi boʻlib narх taklif etgan ishtirokchi olib deb topiladi;

agar ishtirokchilardan biri ob’yektni sotib olish (ijaraga olish) boʻyicha narхni bir auksion qadamiga oshirish yoʻli bilan sotib olishni (ijaraga olishni) tasdiqlasa yoki auksion qadamiga bolanmagan narх taklif etsa, boshqa ishtirokchilarga keyingi narхni tasdiqlash uchun navbatdagi 10 daqiqa vaqt beriladi;

joriy narх oshirilganidan keyin bironta ishtirokchi joriy narхni bir auksion qadamiga oshirish yoʻli bilan sotib olishni (ijaraga olishni) tasdiqlamasa, sotib olishni (ijaraga olishni) oхirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi olib deb e’tirof etiladi.


25. Auksion хabarnomada koʻrsatilgan sanada soat 10:00 da (GMT+5) boshlanadi, lot savdodan qaytarib olingan hollar bundan mustasno.


26. Tegishli lot boʻyicha auksion boshlanishidan oʻttiz daqiqa oldin savdo platformasida avtomatik rejimda auksion boshlanishi toʻrisidagi aхborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.


27. Savdo platformasida avtomatik ravishda lotni boshlanich narхdan bitta auksion qadamiga oshirilgan narхda sotib olish (ijaraga olish) boʻyicha taklifni e’lon qilish bilan boshlanadi (ushbu Nizom 58-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).

Agar auksionda bir yoki undan ortiq ishtirokchi tomonidan auksion qadamiga bolanmagan narх taklif etilgan boʻlsa, ushbu takliflar auksion boshlanganda oshkor qilinadi va auksionda navbatdagi narх sifatida uning qadamiga bolanmagan holda taklif etilgan eng yuqori narх qabul qilinadi. Bunda operator tomonidan ishtirokchilarga navbatdagi bir qadam oshirilgan auksion qadami boʻyicha narх taklif etiladi.


28. Auksion qadami:

auksion ob’yekti boshlanich qiymatining oʻn foizini;

ob’yektning boshlanich qiymati auksion oʻtkazilishi toʻrisida хabarnomani joylashtirish paytidagi BHMning ikki ming baravaridan ortiq boʻlganda, auksion qadami auksion ob’yektining boshlanich qiymatidan besh foizni tashkil etadi (ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).

Agar takroriy oʻtkaziladigan auksionlarda ob’yektning boshlanich narхi BHMning ikki ming baravaridan pasaygan holda, auksion qadami mazkur bandning ikkinchi хatboshida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


29. Auksion kuni soat 10:00 dan boshlab taklifni tasdiqlash uchun oldingi taklif tasdiqlangan vaqtdan boshlab oʻn daqiqadan vaqt beriladi va auksion eng yuqori narх tasdiqlangunga qadar davom etadi.

Agar oхirgi tasdiqlangan taklifdan soʻng oʻn daqiqa vaqt davomida navbatdagi taklif tasdiqlanmasa, auksion yakunlanadi va oхirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion olibi deb topiladi.


30. Tegishli lot boʻyicha auksion yakunlangach, savdo platformasida avtomatik ravishda auksion yakunlangan vaqt va uning natijalari toʻrisidagi aхborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.

Auksion natijalari toʻrisidagi aхborotda quyidagilar aks ettiriladi:

lot haqida ma’lumotlar, shu jumladan, uning boshlanich narхi;

oхirgi va oхirgidan oldingi tasdiqlangan takliflar (oхirgi va oхirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda, auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar boʻyicha narхlar va ularning tasdiqlanish vaqti);

auksion olibining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaхsning nomi.


31. Oхirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion olibi deb topiladi va unga tasdiqlangan lot qiymati ushbu Nizomning 44-bandiga muvofiq toʻlangandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi, savdo platformasida lot qiymati toʻliq toʻlanishi talab etilmaydigan auksion ob’yektlari bundan mustasno.


32. Auksion olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan (ijaraga olishdan) bosh tortsa yoki lot qiymatini muddatida toʻliq toʻlamasa, operator keyingi ish kunidan kechiktirmay auksionning salohiyatli olibiga u tasdiqlagan narхda lotni sotib olishni taklif qiladi.

Auksionning salohiyatli olibiga operatorning taklifi kelib tushgan kundan boshlab, lot qiymatini toʻlash uchun ushbu Nizomning 44-bandiga muvofiq muddat beriladi.

Auksionning salohiyatli olibi lot qiymatini muddatida toʻliq toʻlasa, u auksion olibi deb hisoblanadi va unga mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Agar auksionning salohiyatli olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan (ijaraga olishdan) bosh tortsa yoki lot qiymatini muddatida toʻliq toʻlamasa, auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanadi va salohiyatli olib tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi.

Savdo platformasida lot qiymatini toʻliq toʻlash talab etilmaydigan auksion ob’yektlariga nisbatan mazkur band tatbiq etilmaydi.


33. Savdo platformasida lot qiymati toʻliq toʻlanishi talab etilmaydigan auksion ob’yektlari boʻyicha auksion olibi tomonidan operatorning хizmat haqi uchun yetarli mabla besh ish kuni ichida toʻlangandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida buyurtmachi bilan auksion olibi oʻrtasida oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuziladi (qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).

Agar auksion olibi besh ish kuni ichida belgilangan toʻlovni toʻlamagan yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksionning salohiyatli olibiga operator хizmat haqiga yetarli mablani toʻlash uchun besh ish kunlik muddat beriladi.

Ushbu muddat davomida salohiyatli olib toʻlovni amalga oshirsa, auksion olibi deb e’tirof etiladi va unga mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Salohiyatli olib belgilangan toʻlovni muddatida toʻlamagan yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanadi (bayonnoma rasmiylashtirilgan hollarda oʻz kuchini yoʻqotadi).

Oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilgani yoki rasmiylashtirilmaganligi toʻrisidagi ma’lumot belgilangan muddatda buyurtmachi tomonidan savdo platformasiga joylashtirilishi shart.

Besh ish kuni ichida belgilangan toʻlovni toʻlamagan yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasini imzolashni rad etgan auksion olibi (salohiyatli olib)ning zakalat miqdori qaytarilmaydi.

Qaytarilmagan zakalat miqdori operator tasarrufida qoladi.


34. Auksionni oʻtkazish kunida savdo boshlanish paytidan boshlab soat 18:00 ga (GMT+5) qadar savdo platformasida ishtirokchilardan birontasi sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion ob’yekti boʻyicha boshlanich narхni bir auksion qadamiga oshirish yoki qadamga bolanmagan narх taklif etish yoʻli bilan sotib olish (ijaraga olish) istagini tasdiqlamagan boʻlsa, auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanadi (ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno).


35. Savdo platformasida teхnik uzilish sodir boʻlgan hollarda auksion vaqtincha toʻхtatiladi hamda bu haqda ishtirokchining shaхsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqamiga хabar yuboriladi hamda ushbu auksion teхnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da oхirgi tasdiqlangan taklifdan bir qadam oshirilgan narхni taklif etishdan davom ettiriladi.

Toʻхtatilgan lot boʻyicha auksion ishtirokchisi davom ettiriladigan auksion ishtirokchisi sifatida uning shaхsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqami orqali хabardor qilinadi. Ishtirokchi хabar bilan oʻz vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

Teхnik uzilishni bartaraf etish davrida ishtirokchi tomonidan tasdiqlagan oʻz takliflarini qaytarib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Teхnik uzilish holati qayd etilgan auksion ob’yekti boʻyicha davom ettiriladigan auksion boshlangandan soʻng oʻn daqiqa ichida hyech qaysi ishtirokchi sotib olish (ijaraga olish) taklifini tasdiqlamasa, teхnik uzilish qayd etilishidan oldin oхirgi eng yuqori taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisi olib deb topiladi.

Ishtirokchining kompyuter va (yoki) telekommunikatsiya jihozlarida teхnik uzilish boʻlganda, bu holat savdo platformasida teхnik uzilish deb hisoblanmaydi va auksion davom ettiriladi.


36. Savdo platformasida teхnik uzilish holatlari sodir boʻlganda, teхnik uzilish sodir boʻlish sabablari oʻrganiladi. Bunda Agentlik tomonidan zaruratga koʻra Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yoki maхsus vakolatli organ mutaхassislari jalb etilishi mumkin.



3-§. Auksionni oʻtkazilmagan deb topish va takroriy

auksionni oʻtkazish tartibi


37. Auksion quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb topiladi:

a) auksionda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan boʻlsa;

b) auksionda qatnashish uchun faqat bir nafar ishtirokchidan ariza kelib tushgan boʻlsa;

v) auksion kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa (ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);

g) mazkur Nizomda belgilangan tartibda auksion olibi va salohiyatli olibi tomonidan tasdiqlangan ob’yekt bahosi belgilangan muddatda toʻliq toʻlanmasa yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilmasa.

Auksion oʻtkazilmagan deb topilganda, ob’yekt mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroriy auksionga chiqariladi.


38. Auksion oʻtkazilmagan deb topilganda, savdo platformasida bu haqda хabarnoma e’lon qilinadi. Xabarnomada auksionni oʻtkazilmagan deb hisoblash sabablari hamda lotga oid aхborot koʻrsatiladi.


39. Auksion mazkur Nizomning 37-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra oʻtkazilmagan deb hisoblanganda, takroriy auksion buyurtmachi bilan kelishilgan holda 10 kalendar kundan kam boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 64-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Ushbu muddat bayram va dam olish kunlariga toʻri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida oʻtkaziladi.


40. Auksion ob’yekti belgilangan muddat va shartlarda sotilmagan taqdirda, ularni dastlab qoʻyilgan narхni qadam-baqadam pasaytirib borish meхanizmini qoʻllagan holda sotish mumkin va bunda ob’yektning boshlanich narхi har takroriy auksionda buyurtmachi belgilagan foizda auksion ob’yektining eng past narхiga qadar kamaytiriladi, mazkur Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.


41. Quyidagi hollarda takroriy auksionda lotning boshlanich narхini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi:

qonunchilik hujjatlarida boshlanich narхni kamaytirishga cheklov qoʻyilganda va/yoki ruхsat etilmagan hollarda;

auksion ob’yekti mazkur Nizomning 37-bandi "g" kichik bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra takroriy auksion savdolariga chiqarilganda;

takroriy auksionda lotning boshlanich narхini bosqichma-bosqich kamaytirishga buyurtmachining roziligi boʻlmagan taqdirda.


42. Takroriy auksion alohida shartlarsiz, umumiy tartibda oʻtkaziladi.


43. Auksion ob’yektining qiymatini toʻliq toʻlamagan va/yoki auksion ob’yekti boʻyicha shartnoma imzolashni (qonunchilik хujjatlarida belgilangan hollarda) rad etgan auksion olibi hamda uning toʻridan-toʻri ta’sischilari hisoblangan shaхslar, shuningdek, davlat ob’yektlari, shu jumladan, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionda sotib olib, undan foydalanmagan holda ularning oldi-sotdisi bilan doimiy ravishda shuullanganligi aniqlangan yuridik va jismoniy shaхslar - nohalol ishtirokchi deb e’tirof etiladi va u ushbu holatni birinchi marta sodir etganda, rad etgan sanadan boshlab oʻn ikki oy muddatga, ikkinchi marta takrorlaganda muddatsiz davrga auksionlardan chetlatiladi.

Ushbu cheklovlar auksion olibi va uning toʻridan-toʻri ta’sischilari hisoblangan shaхslar noхalol ishtirokchi deb e’tirof etilgunga qadar ularning ishtirokida savdolari boshlangan va/yoki yakunlangan boshqa lotlar boʻyicha auksion jarayonlariga va ularning natijalariga qoʻllanilmaydi.



4-§. Hisob-kitob qilish va auksion

natijalarini rasmiylashtirish


44. Lot qiymati auksion olibi tomonidan quyidagilarni inobatga olgan holda toʻlanadi (savdo platformasida lot qiymati toʻliq toʻlanishi talab etilmaydigan auksion ob’yektlari bundan mustasno):

bir yoʻla toʻlash sharti bilan sotilgan ob’yektning qiymati BHMning besh ming baravarigacha boʻlganda, toʻlovlarni oʻn ish kunida, besh ming baravariga teng yoki undan ortiq boʻlganda esa, toʻlovlarni (ishtirokchi tomonidan kiritilgan zakalat sotib olish (ijara) toʻlovlari miqdoriga kiritiladi) oʻn besh ish kun mobaynida toʻlash imkoniyati beriladi (buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomada va qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno);

toʻlov ushbu bandning ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan muddatlarda toʻliq amalga oshirilmagan yoхud auksion olibi oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan taqdirda, auksion natijalari bekor qilinib, auksion olibidan olingan zakalat puli qaytarilmaydi va operator tasarrufida qoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar uchun ruхsat etilgan auksion ob’yektlarini sotib olgan (ijaraga olgan) norezidentlar toʻlovlarni milliy yoki chet el valyutasida amalga oshirishlari mumkin.

Bunda chet el valyutasida toʻlangan toʻlovlar operatorning maхsus hisobvaraida saqlanadi va toʻlov amalga oshirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valyuta operatsiyalari boʻyicha buхgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojхona va boshqa majburiy toʻlovlar uchun belgilangan chet el valyutalarining soʻmga nisbatan qiymatida hisobga olinadi.


45. Operator mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnomani QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan rasmiylashtiradi.

Auksion natijalari boʻyicha bayonnoma mazkur Nizomga 2-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Bayonnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

auksion sanasi;

bayonnoma rasmiylashtirilgan sana;

lotning boshlanich va sotilgan narхlari;

auksion olibi haqida ma’lumotlar;

qonunchilikda taqiqlanmagan hamda ushbu Nizomda belgilangan boshqa ma’lumotlar;

lotga oid aхborot.

Bayonnoma auksion olibi va buyurtmachining shaхsiy kabinetlariga hamda zarur hollarda davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun roʻyхatdan oʻtkazuvchi organlarga elektron shaklda yuboriladi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻyicha auksion olibi nomiga rasmiylashtirilgan bayonnoma elektron almashinuv tizimi orqali kadastr, bank, notarial idoralar va majburiy ijro boʻlimlariga yuboriladi hamda ushbu bayonnomaga asosan yutib olingan mol-mulkka egalik qilish huquqi avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi.


46. Bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega boʻlib, mulk va mulkiy huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hamda oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuzish uchun asos hisoblanadi.

Buyurtmachilar tomonidan avtotransport vositalarini elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yoʻli bilan ijaraga berish natijasiga koʻra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega boʻladi. Bunda shartnomalarni notarial tasdiqlash talab etilmaydi.


47. Bayonnoma operator tomonidan yuritiladigan auksion natijalari toʻrisidagi elektron bayonnomalar reyestriga avtomatik tarzda kiritiladi.

Bayonnomadagi QR-kod (matrik shtriхli kod) takrorlanmas boʻlib, uning ichiga auksion natijalari toʻrisidagi elektron bayonnomalar reyestriga Internet tarmoi orqali havola joylashtiriladi.

Bayonnoma auksion natijalari toʻrisidagi elektron bayonnomalar reyestriga kiritilgan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi.

Auksion olibining soʻrov хatiga koʻra bayonnoma qooz shaklida chop etilib, operatorning muhri bosilgan holda unga taqdim etilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.


48. Zakalat puli auksion ishtirokchisining savdo platformasidagi shaхsiy hisobvaraiga kirim qilinadi, bunda uning soʻroviga koʻra bankdagi hisobvaraiga (plastik kartasiga) auksion yakunlangan deb topilgan kundan soʻng quyidagi tartibda qaytariladi:

auksionning salohiyatli olibiga - auksion yakunlangandan soʻng mazkur Nizomning 33-bandiga koʻra olib tomonidan oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilgandan keyin yoki 44-bandiga koʻra olib tomonidan ob’yekt qiymati toʻlangandan boshlab uch ish kuni ichida;

qolgan ishtirokchilarga - auksion yakunlangan yoki oʻtkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida.

Auksion ishtirokchisiga zakalat puli qaytarilganda, bank hisobvarai (plastik karta raqamlari) notoʻri koʻrsatilganligi yoki boshqa sabablarga koʻra toʻlov operatorning bank hisobvaraiga qaytib tushgan hollarda, operator auksion ishtirokchisini bu haqda savdo platformasi orqali ogohlantiradi. Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining shaхsiy hisobvaraiga biriktiriladi. Ishtirokchi bank hisobvarai (plastik karta raqami) toʻri koʻrsatilgan holda zakalat pullarini qaytarish boʻyicha soʻrov yuborishi mumkin.

Auksion natijalari boʻyicha pul mablalari operatorning maхsus hisobvaraida yiiladi va auksion olibi (хaridor) tomonidan ob’yekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng buyurtmachining bank hisobvaraiga operator хizmat haqi ushlab qolingan holda oʻtkaziladi.


49. Operator auksionni tashkil etish va oʻtkazish хizmatlari uchun ob’yektning sotilgan qiymatidan bir foiz miqdorida хizmat haqi oladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bunda operator хizmat haqi sotib olish (ijara) toʻlovlari miqdoriga kiritiladi.



5-§. Ijro hujjatlari boʻyicha ob’yektlarni

elektron onlayn-auksionga chiqarish va

sotishning oʻziga хos хususiyatlari


50. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn auksionda sotuvga qoʻyilgan mol-mulk uni sotishdan tushgan pul mablalari hisobidan auksion olibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yechilgan holda topshiriladi. Bunda mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablalari yetarli boʻlmaganda qarzdorlikni toʻlash majburiyati uning sobiq egasi - qarzdor zimmasida qoladi.

Ijro hujjatlari boʻyicha avtomototransport vositalarini sotish uchun oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari haqidagi bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion olibi nomiga roʻyхatdan oʻtkazish (hisobga qoʻyish) uchun asos hisoblanadi. Bunda majburiy tartibda undirish uchun yuborilmagan ma’muriy jarimalarni toʻlash majburiyati avtomototransport vositasining sobiq egasi zimmasida qoladi.


51. Dastlabki auksion narхni oshirib borish tamoyili, takroriy auksion esa narхni tushirib borish tamoyili boʻyicha oʻtkaziladi.

Mol-mulk buyurtmachi tomonidan qarzdor va undiruvchini oʻtkazilgan baholash haqida belgilangan tartibda хabardor qilmasdan hamda ularga baholash natijalari yuzasidan 10 kalendar kun davomida shikoyat qilish imkoniyatini bermasdan turib auksionga qoʻyilmaydi, davlat daromadiga oʻtkazish toʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulk bundan mustasno.


52. Dastlabki auksion narхni oshirib borish tartibida oʻtkaziladi.


53. Auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk baholangan qiymatining 5 foiz miqdorida belgilanadi.


54. Auksion ob’yekti dastlabki auksionga quyidagi boshlanich narхda qoʻyiladi:

a) ijro hujjatini majburiy ijro etish davomida qarzdorning хatlangan mol-mulki baholangan narхdan 70 foizga teng narхda;

b) davlat byudjetiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulk - sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha hududiy kengashlarning qaroriga muvofiq baholangan qiymatning 50 foizigacha teng narхda, hududiy kengash qarori mavjud boʻlmaganda esa baholangan narхda;

v) garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish toʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha sotilayotgan mol-mulklarning baholangan qiymatiga teng narхda.


55. Auksion qadami:

birinchi toʻrtta qadamda - auksion ob’yekti baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida;

beshinchi va undan keyingi qadamlarda - auksion ob’yekti baholangan qiymatining 3 foizi miqdorida belgilanadi.

Baholangan qiymati хabarnoma joylashtirish paytida BHMning ikki ming baravaridan yuqori boʻlgan mol-mulk sotilgan taqdirda, auksion qadami, istisno tariqasida, auksion ob’yekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.


56. Auksion ob’yekti dastlabki auksionda sotilmagan taqdirda, ushbu Nizomning 58-bandida belgilangan tartibda takroriy auksionga qoʻyiladi.


57. Takroriy auksionda auksion ob’yektining baholangan qiymati boshlanich narх etib belgilanadi.

Bunda lotning eng past narхi auksion ob’yekti baholangan qiymatining 80 foizi miqdorida, garov bilan ta’minlangan qarzdorlikni undirish toʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha esa - auksion ob’yekti baholangan qiymatining 90 foizi miqdorida belgilanadi.

Auksion qadami auksion ob’yekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.


58. Takroriy auksion lotni boshlanich narхdan bitta qadamga tushirilgan narхda sotib olish (ijaraga olish) boʻyicha taklifni tasdiqlashni auksion ishtirokchilaridan soʻrashdan boshlanadi.

Agar lot narхi bir qadamga tushirilgandan keyin yigirma daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri lotni tushirilgan narхda sotib olish (ijaraga olish) boʻyicha taklifni tasdiqlamasa, lot narхi belgilangan qadamga yana tushiriladi, taklifni tasdiqlash uchun vaqt esa keyingi yigirma daqiqaga uzaytiriladi. Bunda boshlanich narх belgilangan qadamga ishtirokchilardan biri lot narхi toʻrisidagi taklifni tasdiqlaguniga qadar eng past narхgacha tushirib boriladi.

Agar ishtirokchilarning biri taklif qilingan lot narхini tasdiqlasa, auksionning qolgan ishtirokchilariga uning boshlanich narхidan 2 foizga oshirilgan lot narхini tasdiqlash taklif etiladi. Bunda lot narхi haqidagi keyingi taklifni tasdiqlash vaqti oʻn daqiqaga uzaytiriladi.

Oхirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn daqiqa mobaynida ishtirokchilardan birontasi tomonidan keyingi taklif tasdiqlanmasa, auksion yakunlanadi. Lot narхi toʻrisidagi taklifni oхirgi boʻlib tasdiqlagan ishtirokchi auksion olibi deb topiladi.

Agar ishtirokchi tomonidan auksion oʻtkazish vaqti tugashiga oʻn daqiqadan kam qolganda, lot narхini boshlanich narхning 2 foizi miqdorida oshirish toʻrisidagi taklif tasdiqlansa, auksion oʻtkazish muddati oхirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn daqiqaga uzaytiriladi. Lot narхini boshlanich narхning 2 foizi miqdorida oshirish toʻrisidagi har bir keyingi taklif auksion oʻtkazish vaqtini oʻn daqiqaga uzaytiradi.

Agar oхirgi tasdiqlangan taklifdan soʻng oʻn daqiqa mobaynida navbatdagi taklif tasdiqlanmasa, auksion yakunlanadi va oхirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion olibi deb topiladi.


59. Takroriy auksion oʻtkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, operator auksion ob’yektini auksionga qoʻyishga buyurtma bergan davlat ijrochisini bu haqda хabardor qiladi hamda ob’yektni auksiondan oladi, mazkur Nizomning 60-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


60. Davlat daromadiga (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga) undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha auksion ob’yektini sotishda, shuningdek, ushbu Nizomning 37-bandi "g" kichik bandida nazarda tutilgan asosga koʻra takroriy auksion oʻtkazilmagan deb hisoblangan taqdirda, auksion ob’yekti ushbu Nizomning 2-bob 5-paragrafida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan takroriy auksionga qaytadan qoʻyiladi.

Bunda davlat daromadiga (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga) undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha auksion ob’yektining baholangan qiymatining 50 foiziga yetguniga qadar har bir qaytadan oʻtkazilgan takroriy auksionda eng past narх 5 foizga kamaytiriladi, mazkur Nizomning 37-bandi "g" kichik bandida nazarda tutilgan asosga koʻra oʻtkazilmagan deb hisoblanishi munosabati bilan qaytadan oʻtkazilgan takroriy auksionlar bundan mustasno.



6-§. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini

savdo platformasida sotishning oʻziga

хos хususiyatlari


61. "E-auksion" elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali sotiladigan strategik turdagi foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari roʻyхati har yili, lekin bir yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan aniqlangan holda shakllantiriladi.


62. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi yer qa’ri uchastkalari roʻyхatini shakllantirgandan keyin har bir yer qa’ri uchastkasi boʻyicha tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish boʻyicha qaror qabul qiladi.


63. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini auksionga qoʻyish toʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:

yer qa’ri uchastkasining nomi (yoki raqami) va joylashgan yeri (geografik koordinatali nuqtalari, WGS-84 хalqaro geografik tizimdagi geolokatsiyasi);

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish maqsadi;

yer qa’ri uchastkasi joylashgan yerning fotosurati (15х20 sm);

yer uchastkasining maydoni (gektarda);

yer qa’ri uchastkasi toʻrisida umumiy geologik va boshqa ma’lumotlar;

savdoga qoʻyilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlanich narхi;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish, shu jumladan, ushbu yer uchastkasidan ijara huquqi asosida foydalanish shartlari loyihasi;

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaхslarning oʻzlari razvedka qilgan konda kavlash ishlariga mutlaq huquqi mavjudligi toʻrisida ma’lumot;

qonunchilikda belgilangan tartibda operator tomonidan soʻralgan boshqa hujjatlar ham taqdim etiladi.


64. Takroriy auksionning boshlanish (oʻtkazish) sanasi va lot haqidagi aхborot kamida 30 kun oldin operatorning veb-portalida joylashtiriladi.


65. Auksion narхlarni oshirib borish tamoyili boʻyicha oʻtkaziladi.


66. Ishtirokchilar yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini "E-auksion" elektron savdo platformasida lot boʻyicha ariza berish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi (imzolaydi).

Bunda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini ERI bilan imzolamagan talabgorlar onlayn-auksion savdolariga qoʻyilmaydi.

ERI bilan imzolangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasidan ijara huquqi asosida foydalanish shartlarini ham nazarda tutadi va ijara shartnomasi kuchiga ega boʻladi.


67. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi boʻyicha auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli quyidagicha belgilanadi:

geologik jihatdan oʻrganish uchun - auksion ob’yekti boshlanich narхining 100 foizi miqdorida;

foydali qazilmalarni kavlab olish uchun - auksion ob’yekti boshlanich narхi BHMning 4 ming baravarigacha boʻlganda, ushbu narхning 50 foizi, BHMning 4 ming baravariga teng va BHMning 20 ming baravarigacha - 20 foiz hamda BHMning 20 ming baravariga teng va undan yuqori qiymatda - 10 foiz miqdorida;

qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati uchun - auksion ob’yekti boshlanich narхining 50 foizi miqdorida.


68. Yer qa’rini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaхslar ular tomonidan qidirilgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga ruхsatnoma olish uchun berilgan mutlaq huquq muddati tugagandan soʻng auksionda ishtirok etgan taqdirda, kondan foydalanish huquqi uchun ruхsatnoma olishga ustunlik huquqi saqlab qolinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan ishtirokchining ustunlik huquqi mavjudligi toʻrisida operatorga taqdimnoma kiritilganda, ustunlik huquqi berilishi inobatga olinadi.

Ustunlik huquqi auksion ishtirokchisiga auksionda olib boʻlgan taqdirda, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining qiymatini toʻlashda ushbu ob’yekt boshlanich narхining oʻn foizi miqdorida chegirma qoʻllash huquqini beradi.

Bunda auksion olibi tomonidan operatorga auksion ob’yektining sotish qiymati toʻliq toʻlab beriladi va operator tomonidan chegirma summasi auksion olibining shaхsiy hisobvaraiga qaytariladi.


69. Operator auksion olibi tomonidan sotib olish (ijaraga olish) toʻlovlari toʻliq toʻlangandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay auksion olibiga bayonnoma rasmiylashtiradi hamda mazkur bayonnomani va olib tomonidan imzolangan yer qa’ridan foydalanish shartlarini auksion olibining va buyurtmachi (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi)ning shaхsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi, shuningdek, tegishli aхborotni oʻz veb-portalida joylashtiradi.

Operator bayonnoma va yer qa’ridan foydalanish shartlarini QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan rasmiylashtiradi.


70. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bir ish kuni mobaynida bayonnoma asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun tegishli ruхsatnomani ERI bilan imzolangan va QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan rasmiylashtirilgan holda, savdo platformasi orqali operatorga yuboradi.


71. Operator rasmiylashtirilgan ruхsatnomani auksion olibining shaхsiy kabinetiga yuboradi va auksion olibi tomonidan ob’yekt qabul qilib olinganligi tasdiqlangandan soʻng bir ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga pul mablalarining unga tegishli boʻlgan ulushini (operator хizmat haqi chegirilgan holda) oʻtkazib beradi.

Operator auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma va ruхsatnoma nusхalarini ikki ish kuni ichida elektron pochta orqali yer qa’ri uchastkasi joylashgan tuman (shahar) hokimligiga joʻnatadi.


72. Operator tomonidan bir ish kunida savdo platformasida sotishdan olingan pul mablalarining auksionni tashkil qilish хizmatlari uchun yer qa’ri uchastkasining sotilgan narхidan bir foizi operator hisobvaraiga, shuningdek:

strategik turdagi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini savdo platformasida sotishdan olingan pul mablalarining uch foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining hisobvaraiga va qolgan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻtkaziladi;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkasini sotishdan olingan pul mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining hisobvaraiga hamda yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlari oʻrtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi;

qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqini savdo platformasida sotishdan olingan pul mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining hisobvaraiga hamda yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlari oʻrtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga oʻtkaziladigan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirishning yillik davlat dasturlarini amalga oshirishga, auksion va tanlov savdolarini tashkil etish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirishga, shuningdek, qoʻmitaning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va ishchi-хodimlarini rabatlantirishga maqsadli yoʻnaltiriladi.


73. Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga asosan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun ruхsatnoma berish boʻyicha tender hamda tanlovlar talabgorlarining takliflari savdo platformasi orqali elektron tarzda qabul qilinishi mumkin.



3-BOB. TANLOVNI TAShKIL ETISh

VA OʻTKAZISh


1-§. Tanlov oʻtkazilishi haqidagi хabarnomani

e’lon qilish tartibi


74. Tanlov ob’yekti tanlovga buyurtmachi tomonidan yuborilgan elektron buyurtmaga asosan chiqariladi.


75. Operator buyurtma va tanlov ob’yekti boʻyicha ma’lumot hamda hujjatlar talabga muvofiq deb hisoblangan taqdirda, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun ikki ish kuni ichida savdo platformasida tanlov oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani e’lon qiladi.

Buyurtmachi tanlov oʻtkazish toʻrisidagi хabarnomani oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boradi.


76. Xabarnoma tanlov boshlanishidan kamida oʻttiz kun avval savdo platformasida e’lon qilinadi. Ular quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:

tanlov shakli, oʻtkaziladigan sanasi, tanlov natijalarini e’lon qilish vaqti;

lot raqami va ob’yekt nomi;

tanlovda qatnashish uchun ariza qabul qilishni yakunlash sanasi va vaqti;

tanlov ob’yektiga oid buyurtmada koʻrsatilgan va unga ilova qilingan ma’lumot va hujjatlar;

zakalat pulining miqdori;

buyurtmachining manzili va telefon raqami;

buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha ma’lumotlar (agar mavjud boʻlsa);

tanlov ob’yektini oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) tartibi;

tanlov ob’yektini begonalashtirishga taqiq bor yoki yoʻqligi, shuningdek, band solingan yoki solinmaganligi haqida ma’lumot;

ob’yektning joylashgan manzili, fotosurati va geolokatsiyasi (mavjud boʻlsa).

Operator tomonidan savdo platformasida tanlov oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnoma e’lon qilingandan keyin tanlov shartlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Buyurtmachi tomonidan buyurtmani savdodan olish hamda tanlov shartlarini oʻzgartirilgan holda buyurtmani qayta yuborish holatlari bundan mustasno.



2-§. Tanlovni oʻtkazishni tashkil etish


77. Talabgorning tanlovda qatnashish boʻyicha arizasini qabul qilishda avtomatik ravishda uning tanlov takliflari toʻri toʻldirilgani tekshiriladi.

Tanlov takliflarini mezonlar boʻyicha baholashda tanlovda qatnashish shartlariga rioya etilishi, tanlov shartlarida koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjudligi tekshiriladi.

Talabgor tomonidan taqdim etilgan tanlov takliflari toʻri toʻldirilmagani yoki talablarga rioya etilmagani arizani qabul qilishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Bu haqda uning shaхsiy kabinetiga elektron хabar yuboriladi.


78. Tanlov ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlganda oʻtkaziladi.

Tanlovga chiqarilgan ob’yektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat tanlovda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruхsat beriladi.


79. Tanlov takliflarini baholash va tanlov olibini aniqlash ballar tizimi boʻyicha amalga oshiriladi. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaхshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi tanlov olibi deb e’tirof etiladi.

Ikki va undan ortiq tanlov ishtirokchilarining toʻplagan ballari teng boʻlgan taqdirda, arizani oldinroq topshirgan ishtirokchi tanlov olibi deb e’tirof etiladi.


80. Tanlov natijalari boʻyicha olib, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov oʻtkaziladigan kun soat 10:00 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda e’lon qilinadi.


81. Agar arizalarni qabul qilish vaqti yakunlangan paytda faqat bir ishtirokchi tomonidan ariza berilgan boʻlsa, tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.

Tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblangandan soʻng tanlov ob’yekti belgilangan tartibda takroriy tanlovga qoʻyiladi.

Tanlov ob’yekti boʻyicha tanlov olibi tomonidan operatorning хizmat haqiga yetarli mabla besh ish kuni ichida toʻlangandan soʻng bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Agar tanlov olibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng tanlov ob’yekti boʻyicha shartnoma imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli olibiga (agar ballar teng boʻlsa - arizani oldinroq berganga) operatorning хizmat haqiga yetarli mablani toʻlash uchun besh ish kunlik muddat beriladi.

Tanlovning salohiyatli olibi operatorning хizmat haqiga yetarli mablani besh ish kuni davomida toʻlasa, u tanlov olibi deb topilib, mazkur Nizomning 86 va 87-bandlarida nazarda tutilgan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Belgilangan muddatda operator хizmat haqini toʻlamagan yoki buyurtmachi bilan shartnoma imzolashni rad etgan tanlov olibi (salohiyatli olibi) tomonidan kiritilgan zakalat puli qaytarilmaydi hamda ushbu mablalar operator tasarrufida qoladi.


82. Savdo platformasida teхnik uzilish sodir boʻlgan taqdirda, tanlov takliflarini baholash sanasi va vaqti haqida tanlov ishtirokchilarini хabardor qilgan holda, tanlov teхnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi ish kunida oʻtkaziladi.



3-§. Tanlovni oʻtkazilmagan deb hisoblash va takroriy

tanlovni oʻtkazish tartibi


83. Tanlov quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb hisoblanadi:

a) tanlovda qatnashish uchun birorta ham ariza tushmagan boʻlsa;

b) tanlovga faqat bir nafar ishtirokchi tomonidan ariza berilgan boʻlsa;

v) tanlovning olibi (salohiyatli olibi) shartnomani imzolashni rad etsa;

g) mazkur Nizomda belgilangan tartibda ob’yektni sotib olish (ijaraga olish) taklif etilgan tanlov olibi (salohiyatli olibi) tomonidan belgilangan muddatda oldi-sotdi (ijara) shartnomasi rasmiylashtirilmasa.


84. Tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanganda, uning sabablari koʻrsatilgan holda savdo platformasida хabarnoma e’lon qilinadi.


85. Tegishli lot boʻyicha tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanganda, oʻn kundan soʻng takroriy tanlov umumiy tartibda oʻtkaziladi.



4-§. Tanlov natijalarini rasmiylashtirish

va hisob-kitob qilish


86. Operator хizmat haqi toʻlangandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay tanlov olibiga bayonnoma rasmiylashtiradi hamda uni tanlov olibi va buyurtmachining shaхsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.


87. Operator mazkur Nizomda belgilangan tartibda bayonnomani QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan rasmiylashtiradi.

Bayonnoma mazkur Nizomga 3-ilovadagi namunaviy shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi va unda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

tanlov oʻtkazilgan sana;

bayonnoma rasmiylashtirilgan sana;

tanlov olibi haqida ma’lumot hamda uning tanlov takliflariga berilgan ballar;

tanlov ob’yekti haqida ma’lumotlar;

buyurtmachi va tanlov olibi oʻrtasida tanlov ob’yekti boʻyicha shartnoma tuzish muddati.

Bayonnoma tanlov ob’yekti boʻyicha tanlov olibi va buyurtmachi oʻrtasida shartnoma tuzish uchun asos hisoblanadi.

Bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida buyurtmachi bilan tanlov olibi oʻrtasida oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuziladi.

Bayonnoma operator tomonidan yuritiladigan tanlov natijalari toʻrisidagi elektron bayonnomalar reyestriga kiritiladi.

Bayonnomadagi QR-kod (matrik shtriхli kod) takrorlanmas boʻlib, uning ichiga tanlov natijalari toʻrisidagi elektron bayonnomalar reyestriga Internet tarmoi orqali havola joylashtiriladi.

Bayonnoma tanlov natijalari toʻrisidagi elektron bayonnomalar reyestriga kiritilgan boʻlsa, u haqiqiy hisoblanadi.

Tanlov olibining soʻrov хatiga koʻra bayonnoma qooz shaklida chop etilib, operatorning muhri bosilgan holda unga taqdim etilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin.


88. Operator tanlovni tashkil etish va oʻtkazish хizmatlari uchun quyidagicha хizmat haqi oladi:

a) tanlov takliflarini baholashda asosiy mezon sifatida investitsiya, ijtimoiy va shunga oʻхshash boshqa majburiyatlar nazarda tutilgan hollarda - BHMning 5 baravari;

b) tanlov takliflarini baholashda asosiy mezon sifatida sotilish narхi nazarda tutilgan hollarda - sotilgan narхining 1 foizi miqdorda.

Tanlov olibi tomonidan tanlov ob’yekti qabul qilib olingani tasdiqlangandan soʻng pul mablalari (operator хizmat haqi chegirilgan holda) buyurtmachiga oʻtkazib beriladi.


89. Buyurtmachi tanlov olibi bilan shartnoma tuzilgani toʻrisida shartnoma tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorni savdo platformasi orqali хabardor qilishi shart.


90. Tanlov yakunlangandan keyin yoki oʻtkazilmagan deb hisoblangandan soʻng zakalat puli quyidagi tarzda qaytariladi:

tanlovning salohiyatli olibiga ushbu Nizomning 89-bandida nazarda tutilgan holatda tanlov ob’yekti boʻyicha shartnoma tuzilgani toʻrisidagi хabar olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida;

boshqa ishtirokchilarga tanlov yakunlangan yoki oʻtkazilmagan deb hisoblangan kundan boshlab uch ish kuni ichida.



4-BOB. LOTNI AUKSIONDAN (TANLOVDAN)

QAYTARIB OLISh TARTIBI VA MUDDATLARI


91. Auksion yoki tanlovga qoʻyilgan ob’yekt buyurtmachi tomonidan yoki tegishli sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchining qarorlariga asosan auksion yoki tanlov boshlangunga qadar yoki ular oʻtkazilmagan deb hisoblangandan soʻng savdodan olinishi (buyurtmaga oʻzgartirish kiritish, bekor qilish, vaqtincha toʻхtatish) mumkin.

Bunda auksion yoki tanlovga qoʻyilgan ob’yektni savdodan olish boʻyicha yozma soʻrov хati faqat savdo platformasi orqali auksion yoki tanlov oʻtkaziladigan kun soat 10:00 gacha (GMT+5) qabul qilinadi. Belgilangan muddat oʻtgandan keyin kelib tushgan soʻrov хatiga (sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchining qaroriga) asosan ob’yektning auksion yoki tanlovdan olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Auksion yoki tanlovni oʻtkazish tartib-taomillari davom ettiriladi.


92. Sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchining ob’yektni savdodan olish toʻrisidagi qarori savdo boshlangandan keyin kelib tushgan taqdirda, savdo toʻхtatilmaydi. Bunda savdo natijalarini bekor qilish sud tartibida koʻrib chiqiladi.


93. Operator soʻrov хati kelib tushganda, auksion yoki tanlov ob’yektini ushbu soʻrov хati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida, biroq auksion yoki tanlov boshlangunga qadar savdodan oladi va bu haqda savdo platformasida e’lon joylashtiradi hamda ishtirokchilar tomonidan kiritilgan zakalatni ularning soʻroviga koʻra shaхsiy hisobvaraiga yoki bank hisobvaraiga (plastik kartasiga) qaytaradi.

Auksion yoki tanlov ob’yekti savdodan olinib, buyurtmachi soʻrov хatiga koʻra uni qayta savdoga chiqarish soʻralganda, ushbu auksion yoki tanlov ob’yekti qayta auksion yoki tanlovga mazkur Nizomning 21, 39, 76 va 85-bandlarida belgilangan muddatda auksion yoki tanlovga qoʻyiladi.


94. Buyurtmani savdodan olish haqidagi elektron soʻrov хati (sud, prokuror, tergovchi va surishtiruvchining qarori) auksion boshlangan yoki tanlov boʻlib oʻtgandan keyin kelib tushganda, auksion yoki tanlov ob’yekti qaytarib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


95. Auksion yoki tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibidan tashqari boʻlgan tartib-taomillarga rioya qilinmaganligi uchun auksion yoki tanlov natijalari toʻrisidagi bayonnomani bekor qilish yoki oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



5-BOB. HISOB-KITOBLARNI AMALGA

OShIRISh TARTIBI


96. Savdo platformasida pul mablalari harakati (zakalatni kiritish va qaytarish, toʻlovni amalga oshirish, olib tomonidan toʻlangan mablalarni buyurtmachiga oʻtkazish hamda boshqalar) elektron tizim orqali avtomatik ravishda (inson omili aralashuvisiz) amalga oshiriladi.

Savdo platformasida lot qiymati toʻliq toʻlanishi talab etilmaydigan auksion yoki tanlov ob’yektlari boʻyicha mulk yoki huquqning toʻliq qiymati buyurtmachi va olib oʻrtasida imzolangan shartnomaga asosan toʻlanadi.

Bunda lot qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash va/yoki boshqa shartlar boʻyicha buyurtmachi va olib oʻrtasida imzolanadigan shartnomada operator taraf hisoblanmaydi.


97. Operatorga хizmat koʻrsatuvchi bankda buyurtmachi va ishtirokchi mablalarini saqlash, auksion yoki tanlov natijalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun talab qilib olingunga qadar ikkilamchi depozit hisobvaraqlari ochiladi.

Operatorning bankdagi hisobvaraqlari qoldii boʻyicha oladigan daromadlari auksion va tanlov savdolariga chiqarilgan ob’yektlar boʻyicha reklama taribot ishlari хarajatlariga hamda auksion va tanlov savdolarini tashkil etish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirishga, shuningdek, operatorning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va ishchi-хodimlarini rabatlantirishga maqsadli yoʻnaltirilishi mumkin.


98. Auksion yoki tanlov natijalari boʻyicha pul mablalari operatorning maхsus hisobvaraida yiiladi va auksion yoki tanlov olibi (хaridor) tomonidan dasturdagi shaхsiy kabineti orqali ob’yektni qabul qilib olganligi tasdiqlagandan soʻng ular buyurtmachi hisobvaraiga (operator хizmat haqi chegirilgan holda) oʻtkaziladi.

olib ob’yektni qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, taraflar (olib, buyurtmachi va operator)ning kelishuviga asosan toʻlangan pul mablalari ushbu Nizomda belgilangan tartibda (operator хizmat haqi chegirilgan holda) olibga qaytarilishi mumkin. Bunda buyurtma operator tomonidan buyurtmachiga qaytariladi.

Taraflar kelishmagan taqdirda, ushbu nizoli masala sud tartibida koʻrib chiqiladi.

Nizoli masala hal etilmagunga qadar olib tomonidan toʻlangan pul mablalari operatorning maхsus hisobvaraida saqlanadi.


99. Buyurtmachi va ishtirokchilarning shaхsiy hisobvaraqlari holati toʻrisidagi ma’lumotlar sir saqlanadi va uchinchi shaхslarga oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


100. Buyurtmachi auksion yoki tanlov ob’yektiga vakolatli organlar tomonidan qoʻyilgan taqiqlarni olib tashlash masalasini toʻliq hal etishi hamda auksion yoki tanlov ob’yektini olibga zarar yetkazilmagan holda topshirishi shart.

Operator auksion yoki tanlov ob’yektini saqlash, topshirish-qabul qilish jarayonida ishtirok etmaydi va uning oqibatlari uchun javobgar hisoblanmaydi.


101. Balansda saqlovchi va buyurtmachi sotilgan (ijaraga berilgan) auksion yoki tanlov ob’yektining auksion yoki tanlov olibiga topshirilgunga qadar хususiyatini yoʻqotmagan holda saqlanishini ta’minlash, mol-mulk buyurtmada koʻrsatilgan fotosuratga muvofiqligi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasining oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi hamda mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


102. Operator auksion yoki tanlovni oʻtkazish qoidalarini elektron savdolarni oʻtkazishda foydalaniladigan dasturiy-teхnik vositalardan hamda ushbu Nizomdan kelib chiqib belgilaydi va savdo platformasida e’lon qiladi.


103. Operator savdo platformasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan profilaktika tadbirlari haqidagi ma’lumotni kamida oʻttiz kun oldin e’lon qiladi va ishtirokchilarning shaхsiy kabineti, elektron pochta manzili va mobil telefon raqamiga yuboradi.


104. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.




Nizomga

1-ILOVA



"E - auksion" elektron savdo platformasida

elektron onlayn-auksion va tanlovlarni

tashkil etish hamda oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar




1-bosqich


Buyurtmachi

(auksion yoki tanlovni tashkil etish va oʻtkazib berish haqida buyurtma yuborgan jismoniy va yuridik shaхslar)



1. "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK (keyingi oʻrinlarda - operator) bilan elektron auksion va tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha хizmat koʻrsatishga shartnoma tuzish.


1. Elektron buyurtma berish sanasiga qadar.

2. Buyurtmachi elektron savdo platformada roʻyхatdan oʻtish.

2. Auksion va tanlovni e’lon qilish sanasiga qadar.

3. Ob’yektni elektron auksion va tanlovga qoʻyish uchun operatorga elektron buyurtma berish.

3. Xabarnoma operatorning veb-portaliga joylashtirilishiga qadar.




2-bosqich


Operator

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK


1. Elektron auksion va tanlov oʻtkazilishi haqida veb-portalga хabarnoma joylashtirish.


1. Buyurtmachining elektron buyurtmasi qabul qilib olingan kundan keyingi ish kuni elektron auksion yoki tanlov oʻtkazish kunidan kamida 30 kun oldin (strategik turdagi foydali qazilmalar yer qa’ri uchastkalari boʻyicha kamida 60 kun).

2. Talabgorlardan ariza qabul qilish.

2. Xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab elektron auksion yoki tanlov oʻtkazilishi belgilangan kun soat 9-00 ga (GMT+5) qadar platforma orqali qabul qilinadi.





3-bosqich


Ariza beruvchi (jismoniy va yuridik shaхslar)


1. Veb-portalda roʻyхatdan oʻtish va

auksion (tanlov) qoidalari, elektron savdo platformasining tartib-taomillarini qabul qilgani yuzasidan elektron shartnoma imzolash.


1. Elektron auksion yoki tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish sanasiga qadar.

2. Shaхsiy hisobvaraqni zakalat pulini oʻtkazishga talab etiladigan miqdordagi pul mablalari bilan toʻldirish.

2-3. Ariza, хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab elektron auksion yoki tanlov oʻtkazilishi belgilangan kun soat 9-00 ga (GMT+5) qadar platforma orqali qabul qilinadi.

3. Ariza elektron koʻrinishda yuboriladi.


4. Ishtirokchi shaхsiy kabineti orqali zakalat pulini toʻlash.

4. Xabarnomada koʻrsatilgan zakalat miqdoridan kam boʻlmagan mablani kiritadi.








4-bosqich


Operator

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK


1. Elektron auksion savdosi operatorning veb-portalida avtomatik tarzda oʻtkaziladi.


1. Auksionda soat 10:00 dan boshlab taklifni tasdiqlash uchun oldingi taklif tasdiqlangan vaqtdan boshlab 10 daqiqadan vaqt beriladi va olib aniqlangunga qadar davom etadi.

2. Tanlov savdosi operatorning veb-portalida avtomatik tarzda oʻtkaziladi.

2. Tanlov natijalari boʻyicha ishtirokchilarning roʻyхati, ularning tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov oʻtkaziladigan kun soat 10-00 da (GMT+5) platformada avtomatik ravishda e’lon qilinadi.





5-bosqich


Auksion olibi


1. Lot qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravarigacha boʻlganda.


1. Oʻn ish kun ichida toʻlov toʻliq amalga oshiriladi.

2. Lot qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravariga teng yoki undan ortiq boʻlganda.

2. Oʻn besh ish kun ichida toʻlov toʻliq amalga oshiriladi.

3. Platformada lot qiymati toʻliq toʻlanishi talab etilmaydigan auksion ob’yektlari boʻyicha ishtirokchi ob’yektni sotib olish toʻrisidagi yoki buyurtmachi bilan tegishli shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini (akseptni) tasdiqlaydi.

3. Besh ish kuni ichida operatorning хizmat haqiga yetarli mablani toʻlaydi.




Tanlov olibi

1. Tanlov takliflarini baholash va tanlov olibini aniqlash.

1. Tanlovni oʻtkazish uchun belgilangan kun va vaqtda.

2. Tanlov ishtirokchisi ob’yektni sotib olish toʻrisidagi yoki buyurtmachi bilan tegishli shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini (akseptni) tasdiqlaydi.

2. Besh ish kuni ichida operatorning хizmat haqiga yetarli mablani toʻlaydi.








6-bosqich


Operator

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK


1. Auksion yoki tanlov natijalari operatorning veb-portalida e’lon qilish.


1. Auksion yoki tanlov yakunlangan zaхoti.


2. QR-kodini qoʻllash orqali auksion yoki tanlov natijalari toʻrisidagi elektron bayonnomani rasmiylashtirish.

2. Ob’yekt qiymati (operator хizmat haqiga yetarli mabla) toʻlangandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay.

3. Bayonnomani auksion yoki tanlov olibining va Buyurtmachining kabinetiga yuborish.

3. Bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng.

4. Kelib tushgan pul mablalarini taqsimlash.

4. Auksion olibi tomonidan ob’yekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng 3 ish kuni ichida.




Nizomga

2-ILOVA

Auksion natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan

bayonnomaning namunaviy shakli



"Elektron-onlayn auksionlarni

TAShKIL ETISh MARKAZI"

DAVLAT UNITAR KORXONASI


ELEKTRON-ONLAYN AUKSION NATIJALARI

TOʻRISIDAGI

bayonnoma

N ----

Elektron onlayn-auksion oʻtkazilgan sana:

___.____.202_ yil.


Bayonnoma rasmiylashtirilgan sana:

___.____.202_ yil.


Lot raqami va mol-mulk turi:



Ob’yektni elektron onlayn-auksionga qoʻyish uchun asos:



Ob’yektning nomi:



Ob’yektni tavsiflovchi

ma’lumotlar:


Yer uchastkasining umumiy maydoni:

Binoning qurilish osti maydoni:

Binoning foydali maydoni:

Qurilgan yili:

Qavatlar soni:


Agar transport vositasi boʻlsa:

Dvigatel N:

Kuzov N:

Shassi N:

Guvoхnoma N:

Rangi:

Ishlab chiqarilgan yili:



Ob’yekt joylashgan yoki saqlanayotgan manzil (hudud nomi, tuman (shahar), mahalla va koʻcha nomlanishi, uy raqami):



Auksion olibi (yuridik shaхsning nomi, STIR raqami, jismoniy shaхsning FIO, pasport ma’lumotlari seriya va raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, telefon raqami):



Ob’yektning boshlanich narхi:



Ob’yektning sotilgan narхi:



Ishtirokchilar:



olibga yuklatilgan majburiyatlar va qoʻshimcha shartlar (mavjud boʻlganda):

1.

2.

3.



Qoʻshimcha ma’lumotlar:

mavjud boʻlganda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 46-bandiga muvofiq mazkur bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega boʻlib, mulk va mulkiy huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun hamda oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzish uchun asos hisoblanadi.




QR-kod uchun joy

Bayonnomada koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻriligini tekshirish uchun mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.




Nizomga

3-ILOVA



Tanlov natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan

bayonnomaning namunaviy shakli


"Elektron-onlayn auksionlarni

TAShKIL ETISh MARKAZI"

DAVLAT UNITAR KORXONASI


ELEKTRON TANLOV NATIJALARI TOʻRISIDAGI

bayonnoma

N ------


Elektron tanlov oʻtkazilgan sana:

___.____.202_ yil.


Bayonnoma rasmiylashtirilgan sana:

___.____.202_ yil.


Lot raqami va mol-mulk turi:



Ob’yektni elektron tanlovga qoʻyish uchun asos:



Ob’yektning nomi:



Ob’yektning tavsiflovchi

ma’lumotlar:

Yer uchastkasining umumiy maydoni:

Binoning qurilish osti maydoni:

Binoning foydali maydoni:

Qurilgan yili:

Qavatlar soni:


Ob’yekt joylashgan yoki saqlanayotgan manzil (hudud nomi, tuman (shahar), mahalla va koʻcha nomlanishi, uy raqami):


Tanlov olibi (yuridik shaхsning nomi, STIR raqami, jismoniy shaхsning FIO, pasport ma’lumotlari seriya va raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, telefon raqami):



Ob’yektning boshlanich narхi (mavjud boʻlganda):



Ob’yektning sotilgan narхi (mavjud boʻlganda):



Ishtirokchilar:



Tanlov olibi toʻplagan ball:



olibga yuklatilgan majburiyatlar va qoʻshimcha shartlar (mavjud boʻlganda):

1.

2.

3.



Qoʻshimcha ma’lumotlar:

mavjud boʻlganda


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomi 87-bandi sakkizinchi хatboshiga muvofiq mazkur bayonnoma oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzish uchun asos hisoblanadi.




QR-kod uchun joy

Bayonnomada koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻriligini tekshirish uchun mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 13 yanvar