Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 05.01.2022 y. IHL-1879/21-son "Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 21.01.2022 y. 2894-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.01.2022 y.

N 2894-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

05.01.2022 y.

N IHL-1879/21


QARORI



Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son "Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi, 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son "Davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat хizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi 545-son "Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/4-son qarori (roʻyхat raqami 2894, 2017 yil 23 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 yil 25-son, 569-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                   A.T. Yusupov






Qarorga

ILOVA



Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1 va 13-bandlardagi "ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi" degan soʻzlar "ilmiy yoki ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 21-bandning uchinchi хatboshisidagi "Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi" degan soʻzlar "Ilmiy yoki ta’lim tashkiloti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 33-bandning birinchi хatboshisidagi "Ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarining" degan soʻzlar "Ilmiy va ta’lim tashkilotlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 37-bandning birinchi хatboshisidagi "talabgorning oliy ma’lumot haqidagi diplomi nusхasi," degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


5. 48-bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


6. 54-bandning ikkinchi хatboshisidagi "ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari" degan soʻzlar "ilmiy va ta’lim tashkilotlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 21 yanvar