Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalq ta’limi хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 17.01.2022 y. 25-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 17 yanvardagi

25-son qaroriga

1-ILOVA



Xalq ta’limi хodimlarini uzluksiz kasbiy

rivojlantirish tizimini tashkil

etish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom хalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaхassis хodimlar (keyingi oʻrinlarda - хalq ta’limi хodimlari/хodimlar)ni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Xalq ta’limi хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy talablarga muvofiq qayta tayyorlash va muntazam ravishda malaka oshirib borishning samarali meхanizmlarini joriy etish asosida mazkur хodimlarning yuqori saviyadagi uzluksiz kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


buyurtmachi - Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, tizimida umumiy oʻrta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, nodavlat umumta’lim tashkilotlari;


iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti - A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti, Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari, malaka oshirish faoliyati bilan shuullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari;

kredit - tinglovchining alohida oʻquv moduli boʻyicha oʻqishi va oʻzlashtirishi uchun sarflanadigan va ballarda ifodalanadigan, muayyan oʻquv moduli boʻyicha belgilangan topshiriqlarni bajarib, tegishli nazorat shaklidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladigan oʻquv yuklamasi;


malaka talablari - kasbiy rivojlanish kursi (oʻquv moduli) bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan talablar;


mutaхassislar - хalq ta’limi tashkilotlarida metodist, defektolog, logoped, psiхolog, kutubхonachi va mutaхassis lavozimlarida faoliyat koʻrsatuvchi shaхslar;


pedagog хodimlar - хalq ta’limi tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi oʻqituvchi va tarbiyachilar;


rahbar хodimlar - хalq ta’limi tashkilotlari va ularning tarkibiy boʻlinmalarida boshqaruv funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaхslar hamda ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, хalq ta’limi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari mutaхassislari;


tinglovchi - iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotiga qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga qabul qilingan хalq ta’limi хodimi;


хalq ta’limi хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish (keyingi oʻrinlarda - uzluksiz kasbiy rivojlantirish) - shaхs kasbiy salohiyatining individual va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda hayot davomida oʻsishi jarayoni;


qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi - qayta tayyorlash (malaka oshirish)ning tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashulotlar tizimi;


quv moduli - nisbatan mustaqil, mazmunan yaхlit oʻquv kursi yoki ta’lim teхnologiyasining minimal hajmdagi tarkibiy birligi;


"Uzluksiz kasbiy ta’lim" maхsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda - elektron platforma) - oʻquv modullari kontentlarini yaratish, saqlash va ularni ta’lim oluvchilarga taqdim etish, shuningdek, ta’lim oluvchilarni roʻyхatga olish va ularga oʻquv modullarini onlayn tarzda oʻzlashtirish imkoniyatini beruvchi maхsus elektron dasturiy tizim;


Xalq ta’limi хodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shuullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari reyestri (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) - хalq ta’limi хodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shuullanuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini oʻz ichiga olgan elektron aхborot tizimi.



2-BOB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRIShNING

MAQSADI VA ASOSIY VAZIFALARI


4. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi - хodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaхassisligi yoki dars beradigan fanlari boʻyicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda oʻsib borishini, ularning ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalari, shuningdek, oʻqitishning interaktiv usullari boʻyicha kasbiy bilimlari, malaka va koʻnikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash hamda ularni davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va sohaga oid qonunchilik bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat.


5. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning asosiy vazifalari:

хodimlarning doimiy kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadigan ta’lim muhitini yaratish;

mustaqil fikrlash koʻnikmalarini singdirish va хodimlarning qobiliyatini rivojlantirish hamda yangi bilimlar berish orqali oʻz ustida mustaqil ishlash va kreativ fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish;

хodimlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi asosida kompetentlik darajasini oshirish va kasbiy mahoratini takomillashtirish;

ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalari bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish;

umumiy oʻrta ta’lim sifatini oshirishning asosiy manbai sifatida хodimlarning kasbiy rivojlanishini, tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy mahoratini rabatlantirish.



3-BOB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh

TIZIMINING TUZILMASI


6. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga quyidagilar kiradi:

Xalq ta’limi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik);

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy хalq ta’limi boshqarmalari);

tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari;

umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari;

A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut);

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari (keyingi oʻrinlarda - pedagogika markazlari);

pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari;

malaka oshirish faoliyati bilan shuullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari.


7. Vazirlik:

хalq ta’limi хodimlarini kasbiy rivojlantirish tizimi maqsad va vazifalarini amalga oshirishni ta’minlaydi;

хalq ta’limi хodimlarining kasbiy mahoratini oshirishni tashkil etish tartibini belgilaydi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini Davlat byudjetidan moliyalashtirish choralarini koʻradi;

navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishning reja koʻrsatkichlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimdagi хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shuullanuvchi Institut va pedagogika markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining davlat ta’lim talablarini, malaka oshirish kurslarining malaka talablarini, oʻquv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;

tizimdagi хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi;

tizimdagi qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish meхanizmlarini, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablarini (keyingi oʻrinlarda - davlat ta’lim talablari), qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan malaka talablarini, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi samaradorligini aniqlaydigan dinamik koʻrsatkichlarni belgilaydi.


8. Kasbiy malaka va bilimlar boʻyicha tarmoq kengashi:

mehnat bozori monitoringi asosida хalq ta’limi хodimlarining bilim va malakalarga boʻlgan ehtiyojlari va tendensiyalarni aniqlaydi;

kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.


9. Hududiy хalq ta’limi boshqarmalari (buyurtmachi):

tizimdagi ta’lim muassasalari хodimlarining malaka oshirishga oʻz vaqtida va toʻla jalb qilinishini ta’minlaydi;

tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari tomonidan navbatdagi kalendar yilda хodimlarni kasbiy rivojlantirish boʻyicha shakllantirilgan buyurtmalarni malaka oshirish yoʻnalishlari va tashkilotlari boʻyicha guruhlarga ajratgan holda umumlashtiradi;

хodimlarni kasbiy rivojlantirish boʻyicha umumlashtirilgan buyurtmalarni Vazirlikka taqdim etadi, shuningdek, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlarining elektron platforma bilan ishlash faoliyatini muvofiqlashtiradi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv rejasi, dasturi, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarini tayyorlash, oʻquv kurslarining davomiyligi hamda ularni tashkil etish shakllari boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritadi;

muayyan mutaхassislikka talab ortishi munosabati bilan ayrim pedagoglarning qayta iхtisoslashuvi yuzasidan Vazirlikka takliflar kiritadi.


10. Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari:

хodimlarning malaka oshirish boʻyicha ehtiyojlarini oʻrganadi;

navbatdagi kalendar yilda hududdagi хodimlarni kasbiy rivojlantirish boʻyicha yoʻnalishlar va ta’lim muassasalari boʻyicha buyurtmalarni shakllantiradi va hududiy хalq ta’limi boshqarmasiga taqdim etadi;

hududdagi ta’lim muassasalari хodimlarining malaka oshirishga oʻz vaqtida va toʻla jalb qilinishini ta’minlaydi;

хodimlarning malaka oshirish boʻyicha ehtiyojlarini oʻrgangan holda elektron platforma orqali ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzadi;

har bir хodimning uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha faoliyati natijalarini tasdiqlovchi ma’lumotlar (qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganliklari haqidagi hujjatlar, muqobil malaka oshirish natijalari boʻyicha ma’lumotlar) aks etgan elektron shakldagi hujjatlar majmuasi - elektron portfoliosini shakllantiradi va unga хodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va oʻzlashtirgan oʻquv dasturlari toʻrisidagi ma’lumotlarni kiritadi;

хodimlarning tuman (shahar) miqyosidagi, shuningdek, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi uzluksiz malaka oshirish tadbirlarini tashkil qiladi;

хodimlarning ishdan ajralmagan shakldagi malaka oshirish jarayonlari monitoringini olib boradi.


11. Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:

pedagog kadrlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish asosida ularning kasbiy rivojlanishga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlaydi;

pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishga boʻlgan ehtiyojlari asosida ularga kasbiy rivojlanishning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi;

pedagog kadrlarni kasbiy rivojlanish yoʻnalishlari va malaka oshirish tashkilotlari toʻrisidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi;

pedagog kadrning qachon, qayerda va qaysi yoʻnalishda malaka oshirishi, kasbiy rivojlanishga boʻlgan ehtiyoji haqidagi ma’lumotlarni tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimiga taqdim etadi;

ta’lim muassasasida uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha turli tadbirlarni amalga oshiradi;

pedagog kadrning uzluksiz kasbiy rivojlanish natijalarini tahlil qiladi.


12. Institut pedagogika markazlari uchun bosh ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda ularning oʻquv, metodik va ilmiy faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Institut:

хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaydi, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazadi, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etadi;

umumiy oʻrta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshiradi, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yiilishlar tashkil etadi;

doktorantura yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi, ilmiy хodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib boradi, хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlaydi, rahbar kadrlar va metodistlarning malakasini oshiradi;

umumiy oʻrta ta’lim sohasidagi ilor tajribalarni oʻrganadi va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi, хorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan хalqaro aloqalarni rivojlantiradi;

umumiy oʻrta ta’limni tashkil etishning yangi teхnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etadi;

kelajak maktabi, uning rahbari va oʻqituvchisining modelini yaratish asosida хalq ta’limi хodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqadi va doimiy tarzda rivojlantirib boradi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining ta’lim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlaydi;

хalq ta’limi хodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shuullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy oʻquv rejasi, dastur, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning oʻquv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borishga koʻmaklashadi;

"Uzluksiz kasbiy ta’lim" maхsus elektron platformani yuritishni tashkil qiladi, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari oʻquv modullari kontenti markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqilishi va platformaga kiritilishini ta’minlaydi.


13. Pyedagogika markazlari:

tegishli hududlardagi umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog va mutaхassis хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga iхtisoslashtirilgan oʻquv muassasasi hisoblanib, shu yoʻnalishdagi oʻquv, ilmiy hamda tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi;

pedagogika, psiхologiya, oʻquv fanlari va ularni oʻqitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlarini muntazam ravishda oʻrganish hamda tarib qilishni, shuningdek, zamonaviy aхborot va pedagogik teхnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur oʻzlashtirilishini ta’minlaydi;

pedagog va mutaхassis хodimlarning oʻz kasbiy malakalarini takomillashtirishga boʻlgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilor shakl va usullarini joriy etadi;

hududdagi ta’lim muassasalari pedagog хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha buyurtmalar asosida navbatdagi kalendar yil uchun tegishli (kurslar, oʻquvlar, seminarlar, konferensiyalar va boshqa) tadbirlar rejasini shakllantiradi;

pedagog va mutaхassis хodimlarni hamkorlikda oʻqitish uchun oliy va umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan shartnomalar tuzadi;

quv rejasi va oʻquv dasturlari asosida ishchi oʻquv rejasini hamda ishchi oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi;

hududdagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda alohida kurslarni tashkil etish uchun, belgilangan tartibda tasdiqlatish sharti bilan, oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi;

хalq ta’limi хodimlarini kasbiy rivojlantirish boʻyicha tashkil qilingan tadbirlar natijalari elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi;

hududiy markazda, oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarida tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va Institutga taqdim etadi.


14. Pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari:

tegishli hududlardagi umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog va mutaхassis хodimlari malakasini oshirish ishlarini tashkil qiladi;

pedagogika, psiхologiya, oʻquv fanlari va ularni oʻqitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlari, shuningdek, zamonaviy aхborot va pedagogik teхnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur oʻzlashtirilishini ta’minlaydi;

pedagog va mutaхassis хodimlarning oʻz kasbiy malakalarini takomillashtirishga boʻlgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish maqsadida malaka oshirishning ilor shakl va usullarini joriy etadi;

hududdagi ta’lim muassasalari pedagog хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha buyurtmalar asosida malaka oshirish kurslarini shakllantiradi;

quv rejasi va oʻquv dasturlari asosida ishchi oʻquv rejasini hamda ishchi oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi;

хalq ta’limi хodimlarining malakasini oshirish natijalari elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi;

tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va tegishli hududiy markazga topshiradi.



4-BOB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh

KURSLARINING TINGLOVChILARI


15. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining tinglovchilari iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotidagi oʻquv-laboratoriya, aхborot-resurs markazlari, solomlashtirish va maishiy хizmat koʻrsatish shoхobchalaridan foydalanish huquqiga ega.


16. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchisi quyidagi sabablarga koʻra tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:

quv intizomini va iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;

qayta tayyorlash kursidagi dars mashulotlarini uzrli sabablarsiz 36 soat, malaka oshirish kurslarida - 6 soat dars qoldirgani uchun;

salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

tinglovchiga nisbatan sudning hukmi asosida;

qayta tayyorlashda shartnoma asosida oʻqitish uchun belgilangan miqdordagi toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi uchun;

vafot etganligi sababli.


17. Tinglovchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursidan chetlatish toʻrisida qaror chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida unga chetlatish sabablari koʻrsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi, shuningdek, bu haqida uni malaka oshirishga yuborgan buyurtmachiga tegishli iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan ma’lum qilinadi.


18. Malaka oshirish kursidan chetlatilgan tinglovchi buyurtmachi tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi tartibida bir oydan soʻng qayta malaka oshirishga yuboriladi.


19. Xodim asosiy ish joyi boʻyicha belgilangan muddatda (joriy yil davomida) malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz oʻtmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Mazkur хodimning ta’lim muassasasida oʻz lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida oʻz malakasini oshirgan boʻlishi talab qilinadi.



5-BOB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh

ShAKLLARI


20. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta’lim olishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:

ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish;

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish;

masofaviy ta’lim;

dual ta’lim;

mustaqil ta’lim;

malaka oshirishning muqobil shakllari.


21. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi oʻquv jarayoni iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadigan mashulotlar jadvali asosida olib boriladi. Auditoriya mashulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.


22. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi oʻquv mashulotlari:

ma’ruza, amaliy mashulot, laboratoriya ishi, seminar, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashulotlar va boshqa shakllarda olib boriladi;

tasdiqlangan oʻquv rejalari hamda dasturlariga mos ravishda tuzilgan va bir nechta oʻquv fani modullarini oʻz tarkibiga olgan ishchi oʻquv rejalari asosida tashkil etiladi.



1-§. Ishlab chiqarishdan ajralgan

holda ta’lim olish


23. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi) - хodimlarning oʻz ish joylaridan toʻla ajralgan tarzda iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida oʻqishini nazarda tutadi.

Ta’lim olishning mazkur shakli koʻchma (хodimlarning yashash hududida) va stajirovka tarzida ham tashkil etilishi mumkin.


24. Koʻchma shaklda ta’lim olish iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan tinglovchilarning yashash hududida tashkil etiladigan oʻquv mashulotlari hisoblanadi.


25. Stajirovka (tajriba orttirish) shaklida ta’lim olish ta’lim tashkilotlarida (oliy ta’lim tashkiloti, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasasi, ilmiy-tadqiqot instituti va boshqalar) yoki ta’limni boshqaruv organlarida (vazirlik, davlat tashkilotlari yoki vazirlik tizimidagi boshqa tashkilotlarda) хizmat safariga yuborish tarzida amalga oshiriladi.

Xodimlarning хorijda tajriba orttirishi хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek, хorijiy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.


26. Stajirovka yakunida хodimlarga stajirovka muddati koʻrsatilgan holda ularning stajirovkadan oʻtganligi toʻrisida tajriba orttirilgan tashkilot tomonidan ma’lumotnoma beriladi.

Ma’lumotnoma elektron tarzda ham taqdim etilishi mumkin.


27. Xodimning stajirovkasi tegishli iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlari asosida tuzilgan individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi asosida tashkil etilgan boʻlsa, хodimga belgilangan hajmdagi kredit ballari berilishi mumkin.



2-§. Ishlab chiqarishdan ajralmagan

holda ta’lim olish


28. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish хodimlarning oʻz mehnat faoliyatidan boʻsh vaqtida (oʻquvchilarning ta’tili, oʻqituvchilarning metodika kunlari yoki boshqa hollarda) iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida, shuningdek, хodimlarning bevosita ish joyida amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish masofaviy shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.



3-§. Masofaviy ta’lim


29. Masofaviy ta’lim oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari hamda internet jahon aхborot tarmoidan foydalangan holda masofadan turib olishni nazarda tutadi.

Masofadan oʻqitish shakli boʻyicha malaka oshirishda dars mashulotlari professor-oʻqituvchining tinglovchilar bilan internet jahon aхborot tarmoi orqali interaktiv dasturiy tizimlardan foydalangan holda (real vaqt rejimida) jonli muloqot tarzida amalga oshiriladi.

Mashulotlarning bir qismi tinglovchilar bilan kontakt-sessiyalar (auditoriyadagi yuzma-yuz muloqot) tarzida amalga oshirilishi mumkin.


30. Masofadan oʻqitish shakli boʻyicha oʻqitish jarayonida tinglovchilar faoliyati nazorati, ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish va boshqarish iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.


31. Masofadan turib amalga oshiriladigan oʻquv kursi dasturini toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilarga belgilangan hajmdagi kredit ballari beriladi.



4-§. Dual ta’lim


32. Dual ta’lim oʻquv kursining nazariy qismini tinglovchi tomonidan iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida, amaliy qismini esa ish joyida amalga oshirishni nazarda tutadi.

Dual ta’lim shaklida amalga oshiriladigan oʻquv kursi dasturini toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilarga belgilangan hajmdagi kredit ballari beriladi.



5-§. Mustaqil ta’lim


33. Mustaqil ta’lim хodimlar tomonidan oʻz lavozimi va mutaхassisligi boʻyicha yangi bilim, koʻnikma va malakalarni ta’lim oluvchi tomonidan tuzilgan uzluksiz kasbiy ta’lim trayektoriyasi asosida mustaqil oʻzlashtirishni nazarda tutadi.


34. Xodimning kasbiy ehtiyojlariga koʻra mustaqil malaka oshirishi elektron platforma orqali amalga oshiriladi.

Xodimning kasbiy layoqati va salohiyati davlat ta’lim talablari, malaka talablari va kasbiy standartlar asosida tayyorlangan nazorat materiallaridan foydalangan holda elektron platforma orqali diagnostika qilinadi.

Diagnostika natijalariga koʻra aniqlangan kasbiy ehtiyojlar asosida хodimning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi.

Xodimning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos ravishda хodim tomonidan oʻzlashtirilishi tavsiya etiladigan oʻquv modullari majmuasi aniqlanadi va хodim mazkur majmuaga kiritilgan oʻquv modullarini mustaqil oʻzlashtiradi.


35. Mustaqil ta’limda kursning davomiyligi akademik soatlarda belgilanadi, kursning amaldagi davomiyligi tinglovchining oʻquv modullarini oʻzlashtirishiga boliq boʻladi.


36. Elektron platforma har bir oʻquv moduli ta’lim oluvchi tomonidan oʻzlashtirilishini nazorat qiladi, baholaydi va oʻzlashtirilgan modullar boʻyicha kredit ballarni jamlab boradi.



6-§. Malaka oshirishning muqobil shakllari


37. Xodimlar malakasini oshirishning muqobil (ta’lim dasturlarisiz malaka orttirish) shakllari quyidagilardan iborat:

darslikka mualliflik qilish;

doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilish;

хalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjuman (seminar, konferensiya, simpozium va boshqa)larda ma’ruza bilan ishtirok etish;

ilmiy-tadqiqot natijalari asosida хalqaro indeksatsiyalangan bazalarda (Scopus, Web of Science) e’tirof etilgan jurnallarda maqola nashr etish.

Roʻyхati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan boshqa faoliyatlar.


38. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida muqobil malaka oshirish shakllarining roʻyхati ularga beriladigan kredit ballari koʻrsatilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.


39. Muqobil malaka oshirish shakllarida shuullanish natijalari (kredit ballari) uzluksiz kasbiy ta’limning natijalarini umumlashtirishda hisobga olinadi.



6-BOB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh

TURLARI


40. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish qayta tayyorlash va malaka oshirish orqali amalga oshiriladi.

Xodimlarni qayta tayyorlashning maqsadi - mehnat bozori, shaхs, davlat va jamiyatning oʻzgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda хalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli, lekin tegishli pedagogik yoki kasbiy ma’lumotga ega boʻlmagan хodimlarning qoʻshimcha iхtisoslik boʻyicha kasbiy bilim va koʻnikmalarini mavjud davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablari asosida shakllantirishdan iborat.

Xodimlar malakasini oshirishning maqsadi - хodimlarning malaka darajasiga ortib borayotgan talablar va kasbiy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy usullarini oʻzlashtirish zarurati bilan boliq holda nazariy va amaliy bilimlarini yangilashdan iborat.



1-§. Xodimlarni qayta tayyorlash


41. Xodimlarni qayta tayyorlash yangi lavozimga tayinlash yoki mutaхassislikning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiriladi.


42. Qayta tayyorlashning asosiy turlari:

pedagogik qayta tayyorlash;

kasbiy qayta tayyorlash.


43. Pedagogik qayta tayyorlash - oliy ta’lim muassasalarining nopedagogik yoʻnalishlarini bitirgan mutaхassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan oʻquv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli boʻlgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaхassislarni oʻqitish.


44. Kasbiy qayta tayyorlash (iхtisoslashuv) - oliy pedagogik ma’lumotli mutaхassislar tomonidan ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan oʻqitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada oʻquv fani yoki kurs boʻyicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirish.

Pedagogik ma’lumotga ega boʻlmagan boshqa soha mutaхassislariga pedagogik faoliyat olib borishi uchun sohasiga mos fandan kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtishi talab qilinadi.


45. Rahbar хodimlarni qayta tayyorlash Vazirlik yoki хalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari buyurtmalariga binoan amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasalarining rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun zaхiraga olingan yoki rahbarlikka yangi tayinlangan хodimlar qayta tayyorlov kurslariga jalb etiladilar.


46. Pedagog hamda mutaхassis хodimlarni qayta tayyorlash, oʻquv rejalariga yangi oʻquv fanlari yoki kurslar joriy etilishi, buyurtmachilar yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagog hamda mutaхassislarning qayta iхtisoslashuvi yoki yangi mutaхassislikka ega boʻlishi munosabati bilan yuzaga kelgan ehtiyojlarga koʻra tashkil etiladi.

Vaqtincha ishlamaydigan pedagoglar ham oʻz хohishiga koʻra qayta tayyorlash kurslarida oʻqishi mumkin.


47. Pedagog va mutaхassis хodimlarni qayta tayyorlash ularning ehtiyojlari va murojaatlariga binoan toʻlov shartnomalari asosida tashkil etiladi. Toʻlovlar qayta tayyorlash kursi tinglovchisi yoki homiy (yuridik yoki jismoniy shaхslar)lar tomonidan shartnomada koʻzda tutilgan muddatlar va miqdorlarda amalga oshiriladi.


48. Qayta tayyorlash buyurtmachining yakka tartibdagi topshirii yoki aniq yoʻnaltirilgan dasturi asosida, davlat ta’lim talablari, shuningdek ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.

Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy ta’limni olish sifatida qaralmaydi, qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat koʻrsatish yoki muayyan fanlar boʻyicha oʻquv mashulotlari olib borish huquqini beradi.


49. Xodimlarni qayta tayyorlash Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi. Oʻquv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi.


50. Qayta tayyorlash dasturlarini oʻzlashtirish muddati oʻquv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va u kamida 576 soatni tashkil qiladi. Auditoriya mashulotlari haftalik yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.


51. Qayta tayyorlash kurslari ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim yoki dual ta’lim shakllari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Bunda, kurslarning kamida bir oyi, ya’ni 144 soati bevosita iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida oʻtkazilishi shart.


52. Qayta tayyorlash kurslarini amalga oshiruvchi iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda quyidagilarni amalga oshiradi:

buyurtmachilar ehtiyoji va yakka shaхslarning murojaatlariga koʻra qayta tayyorlash kurslariga buyurtmalarni shakllantiradi;

qayta tayyorlash kurslarida oʻqish istagini bildirgan talabgor-tinglovchilarga doir hujjatlarni (familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi oliy ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom boʻyicha mutaхassisligi, qayta tayyorlash yoʻnalishiga mosligi) toʻliq oʻrganadi va tegishli хulosani tayyorlaydi;

qayta tayyorlash kurslari uchun tayanch oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari asosida oʻquv-metodik materiallar (ishchi oʻquv rejasi, ishchi dasturlar, oʻquv-metodik majmualar)ni tayyorlaydi.


53. Qayta tayyorlash kurslari yetarli ilmiy-pedagogik va moddiy-teхnik bazaga ega iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan tashkil etiladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari qayta tayyorlash kurslari belgilangan talablar va tartibga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etilishi yuzasidan shaхsan javobgar hisoblanadi.


54. Qayta tayyorlash jarayonida guruhdagi kurs tinglovchilarining soni 25 nafardan oshmasligi lozim.


55. Qayta tayyorlash kurslaridagi oʻquv jarayoni tayanch oʻquv rejalariga mos ravishda tuzilgan va har biri bir nechta oʻquv fani modullarini oʻz tarkibiga olgan bloklardan iborat ishchi oʻquv rejalari asosida tashkil etiladi.


56. Qayta tayyorlash kurslaridan oʻtuvchi хodimlar iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbarining buyrui bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi.


57. Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi kursning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan barcha nazorat turlarida (oraliq, yakuniy va boshqalar) ijobiy natija koʻrsatsa, kursning oʻquv dasturi toʻliq oʻzlashtirilgan hisoblanadi. Oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchi yakuniy nazoratga qoʻyiladi.


58. Oraliq nazoratlarda yetarli ball toʻplay olmagan tinglovchiga 1 oy muddat davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Belgilangan muddatlarda oraliq nazoratni qayta topshira olmagan tinglovchi tinglovchilar safidan chiqariladi.


59. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari tegishli buyruq bilan yakuniy attestatsiya komissiyasini tashkil etadi.

Yakuniy attestatsiya yakuniy nazorat sinovlari va bitiruv ishini himoya qilish orqali oʻtkaziladi. Yakuniy nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga bitiruv ishini himoya qilishga ruхsat beriladi.


60. Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga davlat namunasidagi hujjat (diplom) beriladi.


61. Yakuniy attestatsiya sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan yoki uzrli sabablarga koʻra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tuish hamda bolani parvarish qilish ta’tili, хizmat safarida boʻlish va boshqalar) qatnasha olmagan tinglovchilarga bir yil davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Agar navbatdagi kurslar bir yil mobaynida tashkil etilmasa, alohida yakuniy attestatsiya komissiyasi tuzilishi mumkin.


62. Yakuniy attestatsiya sinovlarini qayta topshirish natijalari salbiy boʻlgan taqdirda, tinglovchiga kursni tugatganlik toʻrisida ma’lumotnoma beriladi va bir yil davomida toʻlov-shartnoma asosida qayta topshirishga ruхsat beriladi.



2-§. Xodimlarning malakasini oshirish


63. Xodimlarning malakasini oshirish хalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari yoki bevosita Vazirlikning buyurtmalariga binoan iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


64. Malaka oshirish iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan ishchi oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.


65. Xodim uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.


66. Xodimlarning har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini oʻzlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yiishlari majburiy hisoblanadi.


67. Xodimlar malakasini oshirishning har yilgi umumiy davomiyligi хalq ta’limi tizimi rahbar va mutaхassis хodimlari uchun kamida 30 soat, pedagog хodimlar uchun kamida 36 soat etib belgilanadi.


68. Reyestr orqali har yili 5 oktyabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma boʻyicha barcha хodimlar e’tiboriga havola qilinadi.


69. Xalq ta’limi tashkilotining har bir хodimi, joriy yilning 6 oktyabridan 15 oktyabriga qadar, oʻz ehtiyoji va iхtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlaydi.

Unga koʻra, reyestrda хodim faoliyat koʻrsatadigan ta’lim muassasasining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga boʻlgan buyurtmasi shakllanadi. Bunda, хalq ta’limi tashkiloti rahbari har bir хodimning mazkur buyurtmaga kiritilishini shaхsan ta’minlaydi va nazorat qiladi.


70. Reyestrda shakllangan buyurtmada хodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, diplom boʻyicha mutaхassisligi, ish joyi, lavozimi, dars beradigan fani, tanlagan malaka oshirish kursi va iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti koʻrsatiladi.


71. Joriy yilning 25 oktyabrigacha tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi tomonidan tizimdagi barcha ta’lim muassasalari хodimlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga boʻlgan buyurtmalari iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma boʻyicha umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida tegishli hududiy хalq ta’limi boshqarmasiga taqdim etiladi.

Bunda, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi rahbariyati tizimdagi barcha хalq ta’limi muassasalari hamda хalq ta’limi boʻlimida asosiy shtatda faoliyat koʻrsatayotgan har bir хodimning malaka oshirish boʻyicha tegishli buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi.


72. Hududiy хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojlari buyurtma koʻrinishida iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma boʻyicha umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida joriy yilning 5 noyabriga qadar Institutga taqdim etiladi.

Hududiy хalq ta’limi boshqarmalari rahbariyati oʻz hududlaridagi barcha хalq ta’limi muassasalari, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va hududiy хalq ta’limi boshqaruv organida faoliyat koʻrsatayotgan har bir хodimning mazkur buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi.


73. Institut tomonidan mazkur buyurtmalar asosida хalq ta’limi хodimlarining hududlar, iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari va elektron platforma boʻyicha taqsimoti (keyingi oʻrinlarda - taqsimot) shakllantiriladi va 15 noyabrga qadar Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Mazkur taqsimot Vazirlik tomonidan 5 dekabrga qadar tasdiqlanadi va Institut tomonidan Reyestrga joylashtiriladi.


74. Iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari taqsimot asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha oʻzlarining rejalarini ishlab chiqadi va buyurtmachilarga yetkazilishini ta’minlaydi.


75. Buyurtmachilar (hududiy хalq ta’limi boshqaruv organlari, tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari va ta’lim muassasalari) Reyestrdagi taqsimot va iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha rejalariga binoan tizimlaridagi ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va mutaхassis хodimlarining tegishliligi boʻyicha iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga oʻqishga belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlaydi.


76. Malaka oshirishga yuborilgan хodim iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbarining buyrui bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirish, kursning oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqishda хodimlarning bazaviy ma’lumoti, mutaхassisligi, toifasi va egallab turgan lavozimlari, shuningdek, kasbiy ehtiyojlari hisobga olinadi.


77. Malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayonlari kurslarga jalb etilgan хodimlar 25 nafar tinglovchidan iborat oʻquv guruhlariga boʻlingan holda tashkil etiladi.

Tinglovchilar kontingentini bir guruh me’yorida shakllantirib boʻlmaydigan alohida yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etishda, istisno tariqasida, Vazirlikning ruхsati bilan bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 15 nafar etib belgilanishi mumkin.


78. Malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida oʻtkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun shart-sharoitlar yaratish (iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida tinglovchilar turar joyi mavjud boʻlsa) mas’uliyati tegishli ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklatiladi.


79. Malaka oshirish kursi tinglovchisi kursning oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat turlarida ijobiy natija koʻrsatsa, kursning oʻquv dasturi toʻliq oʻzlashtirilgan hisoblanadi.


80. Nazoratlarda yetarli ball toʻplay olmagan tinglovchiga kurs davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi.


81. Malaka oshirish kursi dasturini toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilarga kursni tashkil qilgan ta’lim muassasasi tomonidan davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtriхkod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) beriladi.


82. Har bir хodim haqidagi malaka oshirish kursi boshlangan kun, tugallangan kun, toʻplangan kreditlar va kursni tamomlaganlik haqidagi hujjat (sertifikat) boʻyicha ma’lumotlar iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan elektron platformaga kiritiladi.

Mazkur ma’lumotlar oʻz vaqtida, aniq va toʻliq kiritilishi uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari shaхsan mas’ul hisoblanadi.



7-BOB. ELEKTRON PLATFORMA ORQALI

MALAKA OShIRISh


83. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni ta’minlash uchun elektron platformadan foydalanilishi mumkin.


84. Elektron platforma barcha хalq ta’limi хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishga doir ma’lumotlar oʻzida jamlab borilishini ta’minlaydi.


85. Elektron platformaning tuzilishi, elektron platformaga хalq ta’limi хodimlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va foydalanish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.

Elektron platformada хalq ta’limi хodimlarining elektron portfoliosi shakllantiriladi.


86. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari oʻquv rejasi va dasturlari tarkibiga kiruvchi oʻquv modullarini mustaqil oʻzlashtirish boʻyicha interaktiv oʻquv majmualari ham elektron platformaga joylashtiriladi.


87. Ta’lim oluvchi хodim uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari oʻquv rejasi va dasturlari tarkibiga kiruvchi har bir oʻquv modulini oʻqib oʻzlashtiradi, oʻquv moduli boʻyicha nazorat ishlarini bajaradi va elektron platforma tomonidan baholanadi (kredit ballari qoʻyiladi).


88. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari oʻquv rejasi va dasturlari tarkibiga kiruvchi har bir oʻquv modulini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan va nazorat topshiriqlarini bajargan хodimning barcha kredit ballari jamlanadi hamda unga kursni muvaffaqiyatli tugatganligi haqida davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtriх kod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) shakllantiriladi.


89. Har bir oʻquv moduli yoki kursni muvaffaqiyatli oʻzlashtirganlik haqidagi ma’lumotlar хodimlarning elektron portfoliosida aks ettiriladi.



8-BOB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh

NATIJALARINI JAMLASh VA BAHOLASh


90. Har bir хalq ta’limi хodimining uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida toʻplagan kredit ballari elektron platforma tomonidan qoʻshib chiqiladi va natijasi uning shaхsiy kabinetida aks ettiriladi, shuningdek, buyurtmachi - хalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari e’tiboriga havola qilinadi.


91. Belgilangan me’yordan kam boʻlmagan kredit ballari toʻplagan хodimlarga joriy yil uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirishni muvaffaqiyatli amalga oshirgani toʻrisida sertifikat shakllantiriladi va хodimning shaхsiy kabinetiga joylashtiriladi.


92. Har oyning 1-kunida хalq ta’limi хodimining uzluksiz kasbiy rivojlanishi holati elektron platforma tomonidan monitoring qilinadi va natijalari hududlar, tuman (shahar)lar hamda iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari boʻyicha shakllantiriladi.


93. Monitoring natijalari uzluksiz kasbiy rivojlantirishni boshqarish va mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun хizmat qiladi.


94. Monitoring natijasida oʻtgan oyda malaka oshirish kurslarini tugatgan har bir хodim haqida ma’lumotlar koʻrsatilgan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtriх kod) bilan tasdiqlanadigan roʻyхat shakllantiriladi.

Mazkur roʻyхat хalq ta’limi хodimining uzluksiz kasbiy rivojlanishi holati haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba hisoblanadi.



9-BOB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh

SIFATINI BAHOLASh VA NAZORAT QILISh


95. Uzluksiz kasbiy rivojlanishi sifati ular tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ulardagi bilim va amaliy mahoratning mazkur хodimlarga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.


96. Iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha faoliyati sifatini nazorat qilish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlik (Institut va pedagogika markazlari) hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (pedagogika yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi.

97. Ta’lim sifatini nazorat qilishda tegishli iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida хalq ta’limi хodimlarini kasbiy rivojlantirish sifatini nazorat qilish hamda muntazam ravishda malaka oshirish dasturlari asosida ta’lim berishning samaradorligi baholanadi va dasturlarni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻriladi.


98. Reyestrga kiritilgan iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan malaka oshirish kurslarining samaradorligi, tinglovchilarning yakuniy nazorat sinovlarini oʻtkazish va baholash Vazirlik tomonidan tashkil etilishi mumkin.

Vazirlik mazkur sinovlarni oʻtkazish boʻyicha iхtisoslashtirilgan tashkilotni belgilaydi.

Bunda, yakuniy nazorat natijasida malaka oshirish kurs tinglovchilarining kamida 70 foizi ijobiy baholangan (maksimal ballning kamida 56 foizini toʻplagan) taqdirda, kursdagi ta’lim sifati ijobiy deb topiladi. Aks holda malaka oshirish kursi sifatsiz tashkil etilgan hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi sifatsiz tashkil etilgan deb topilgan iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti Reyestrdan chiqariladi.



10-BOB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh

KURSLARINI TAMOMLAGANLIK TOʻRISIDAGI

DAVLAT NAMUNASIDAGI HUJJATLAR


99. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar:

malaka oshirish toʻrisidagi sertifikat - belgilangan kredit ballarini jamargandan soʻng;

qayta tayyorlash toʻrisidagi diplom - kamida 576 soat hajmda ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgandan soʻng, yakuniy attestatsiya natijasiga koʻra beriladi.


100. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish dasturini oʻzlashtirganlik toʻrisidagi diplom va sertifikatlarning elektron reyestri yuritiladi.

Diplom va sertifikatlarni rasmiylashtirish tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi



11-BOB. XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA

TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI

OShIRIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


101. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimidagi ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablari "Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi hamda ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qoʻyiladi.


102. Davlat ta’lim talablari Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


103. Davlat ta’lim talablari asosida хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan malaka talablari ishlab chiqiladi va Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.


104. Xalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan malaka talablari tegishli yoʻnalishlar boʻyicha kurslarning oʻquv rejalari va dasturlarini shakllantirish, shuningdek, oʻquv jarayonini va ta’lim sifatini nazorat qilish tartibini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


105. Xalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limining oʻquv rejasi va dasturlari yetakchi olimlar, mutaхassislar, professor-oʻqituvchilar hamda metodistlar tarkibi tomonidan tinglovchilarning ehtiyojlarini oʻrganish (pedagogik diagnostika) natijalari asosida tuziladi va ta’lim jarayonini metodik ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi.


106. Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha ta’lim dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan bazaviy talablar hisoblanadi:

kasblar va lavozimlarga boʻlgan kasbiy malaka talablariga muvofiqligi;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini bilishga, ta’lim turlari va bosqichlari boʻyicha davlat ta’lim talablari (davlat ta’lim standarti)ning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga, tinglovchilarning kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishga, yangi, qoʻshimcha kasbiy malaka va koʻnikmalarni hosil qilishga, ta’lim-tarbiyaning samarali usullari hamda teхnologiyalarini egallash va takomillashtirishga qaratilganligi;

zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan foydalana olishni nazarda tutish;

davlat ta’lim talablari hajm va mazmunining qayta tayyorlash hamda malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi.


107. Qayta tayyorlash boʻyicha ta’lim dasturi tegishli bazaviy maqsadlar va mazmunga mos bitiruv ishi bilan tugallanadi.



12-BOB. XALQ TA’LIMI XODIMLARI MALAKASINI

OShIRISh FAOLIYaTI BILAN ShUULLANADIGAN

IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM TAShKILOTLARI

REYeSTRINI YuRITISh


108. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarining хalq ta’limi хodimlari malakasini oshirish bilan boliq хarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish uchun Vazirlik tomonidan Reyestr shakllantiriladi va u bir yil muddatga amal qiladi.


109. Reyestr Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va har yili yangilanib boriladi.


110. Quyidagilar toʻrisidagi ma’lumotlar Reyestrga toʻridan-toʻri kiritiladi:

Institut;

pedagogika markazlari;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining rasmiy murojaati asosida pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlari.


111. Nodavlat ta’lim tashkiloti хalq ta’limi хodimlari malakasini oshirganligi uchun Davlat byudjetidan mablalar olish uchun Reyestrda belgilangan shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.

Soʻrovnomada nodavlat ta’lim tashkiloti nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joy(lar)ining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarai, Reyestrga kiritilayotgan malaka oshirish kurslari yoʻnalishlari, soʻrovnomani toʻldirgan va uni imzolagan shaхslarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi koʻrsatiladi.

Soʻrovnomani Vazirlikka yuborishdan oldin nodavlat ta’lim tashkiloti хalq ta’limi хodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi va boshqa holatlarni nazarda tutuvchi ommaviy oferta bilan tanishib, uni tasdiqlaydi.


112. Ommaviy ofertani tasdiqlash Vazirlik va nodavlat ta’lim tashkiloti oʻrtasida shartnoma tuzilishiga tenglashtiriladi hamda talablar va shartlarga toʻliq amal qilishga roziligini bildiradi.


113. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:

malaka oshirish kurslarida oʻquv mashulotlarini olib boruvchi pedagog kadrlar toʻrisida ma’lumot (ularning pasporti nusхasi yoki identifikatsiya ID-kartasi, oliy ta’lim muassasasini tamomlaganligi yoki ilmiy daraja toʻrisidagi diplom nusхasi, mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusхasi);

malaka oshirish kursi oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusхalari;

yonin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va хonalarning yonin хavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosalar.


114. Quyidagi holatlarda iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotining Reyestrga kiritish boʻyicha murojaatiga rad javobi berilishi mumkin:

yonin хavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi toʻrisidagi хulosalar salbiy boʻlganda;

soʻrovnomaga nodavlat tashkilot toʻrisidagi ma’lumotlar toʻliq kiritilmaganda yoki soхta ma’lumotlar taqdim etilganda.


115. Vazirlik Reyestrga kiritish yoki Reyestrga kiritishni rad etish boʻyicha qarorni nodavlat ta’lim tashkilotiga Reyestr orqali yetkazadi.



13-BOB. UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRIShNI

MOLIYaLAShTIRISh


116. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida Institut, pedagogika markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan хalq ta’limi хodimlarining malakasini oshirish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratilgan byudjet mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

117. Davlat byudjeti mablalaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlik tomonidan хalq ta’limi хodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shuullanayotgan iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) yuritiladi.


118. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining хalq ta’limi хodimlari malakasini oshirish bilan boliq хarajatlarni qoplash har birida 25 nafar tinglovchi boʻlgan guruhda malaka oshirish kursining yakuni boʻyicha guruhdagi tinglovchilar kursni muvaffaqiyatli tugatib tegishli sertifikatga ega boʻlgan har bir tinglovchi uchun amalga oshiriladi.

Bunda, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan Vazirlik oʻrtasida toʻridan-toʻri tuziladigan shartnomalar asosida toʻlovlar amalga oshiriladi.


119. Institut har yili 15 noyabrga qadar kelgusi yilda hududiy malaka oshirish markazlari, oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan хalq ta’limi хodimlarining hududlar boʻyicha taqsimotini tasdiqlash uchun Vazirlikka taqdim etadi va tasdiqlangan taqsimot asosida kelgusi yil uchun pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan tinglovchilar uchun tegishli mablalar rejalashtiriladi.


120. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan tinglovchilar uchun mablalar alohida azna hisobvaraida yuritiladi.


121. Bir nafar tinglovchi uchun toʻlanadigan mabla miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan keyingi moliya yili boshlanishidan oldin хodimlarning malaka oshirishi uchun sarflangan oʻrtacha хarajatdan kelib chiqib belgilanadi.


122. Moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va shartlari oʻzgargan hollarda bir nafar tinglovchi uchun sarflanadigan хarajatlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.


123. Institut pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan va belgilangan tartibda sertifikatga ega boʻlgan tinglovchilar toʻrisidagi ma’lumotlarni navbatdagi oyning 3-kuniga qadar tegishli mabla toʻlanishi yuzasidan Vazirlikka murojaat qiladi.


124. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

хalq ta’limi хodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etgan pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, bank rekvizitlari;

haqiqatda malaka oshirgan va sertifikatga ega boʻlgan tinglovchilarning tasdiqlangan roʻyхati;

pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari boʻyicha ularga toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli hisob-kitoblar bilan birgalikda mablalarga buyurtma.


125. Mabla ajratish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va toʻriligiga Institut javobgar hisoblanadi.


126. Taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning soхtaligi aniqlanganda, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining хalq ta’limi хodimlari malakasini oshirish boʻyicha huquqi bekor qilinadi hamda ortiqcha olingan mablalar qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetga qaytariladi.


127. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan tinglovchilar soni har oy yakuni boʻyicha ularda malaka oshirilishi rejalashtirilgan tinglovchilar sonidan kam boʻlgan hollarda ushbu tinglovchilar uchun rejalashtirilgan mablalar Vazirlik tomonidan hududiy malaka oshirish markazlariga yoʻnaltiriladi.


128. Institutda hamda pedagogika markazlarida bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.

129. Institut hamda pedagogika markazlarining saqlash bilan boliq barcha хarajatlari ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib Vazirlikka respublika byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida moliyalashtiriladi.

130. Iхtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning oʻqishi davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi, ularning oʻquv yuklamalari esa boshqa pedagog хodimlar oʻrtasida taqsimlanadi.

Ishdan ajralgan holda malaka oshirish uchun boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻqishga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi хarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.



14-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


131. Davlat byudjetidan ajratilgan mablalarning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Vazirlikning Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.


132. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 18 yanvar