Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2022 y. PQ-100-son "Parrandachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.01.2022 y.

N PQ-100



PARRANDAChILIK TARMOINI DAVLAT

TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Ichki iste’mol bozorini parranda goʻshti bilan barqaror ta’minlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida:


1. 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat solii toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik хoʻjaliklariga - oʻz хoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun subsidiya miqdori 2 500 soʻm etib belgilansin.

Bunda, subsidiya qoʻshilgan qiymat soliidan vaqtinchalik ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi.


2. Moliya vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 25 yanvar